BUXORO IIB | Rasmiy kanal
11.2K subscribers
60.3K photos
7.6K videos
9 files
20K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
#LIVE
#3sektor_faoliyatidan
#Gijduvon_tumani

Ayni vaqtda G‘ijduvon tumanida bo‘lib turgan Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov tumanidagi kam taʼminlangan, ehtiyojmand aholi holidan xabar olib, ularning muammolarini shaxsan o‘zi o‘rganib, iftorlik dasturxonida ishtirok etdi.

Jarayonda o‘tganlar xotirasiga Qurʼon tilovat qilindi. Iftorlikda ishtirok etgan ro‘zadorlar yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, dehqonlarimiz yetishtirayotgan mahsulotlar hosiliga baraka tilab, duo qilishdi.

Shuningdek hudud ahlini madaniy hordiq chiqarishi uchun konsert dasturi tashkil etilib, ehtiyojmand xonadonlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
⚡️Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz!

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 22-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlarida xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi”gi buyrug‘i talablari asosida Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Patrul-post xizmati batalyoni ofitser xodimlaridan jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlaridan to‘sinda tortilish, 100 metrga yugurish, 1000 metrga yugurish va qo‘l jangi usullaridan sinovlar olindi.

Bunda, asosiy eʼtibor xodimlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda xodimlarni turli xil ekstremal vaziyatlarda harakatlanish tartib qoidalari, qo‘l jangi usullaridan foydalanish mahoratini oshirishga qaratildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
⚡️Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan YTH yuzasidan rasmiy maʼlumot

Bugun, 2023 yil 30 mart kuni soat taxminan 13:30 larda Buxoro tumani "So‘fikorgar" mahallasi "Choruq" qishlog‘i hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-68 avtomobil yo‘lining 5-km.da yo‘lning chetgi qismi (asfalt qoplamasidan tashqarida) yo‘l marzasida to‘xtab turgan "HOWO" rusumli yuk transport vositasining orqasiga, "Damas" rusumli avtomashina kelib urilgani ask etgan video tarqaldi.

Mazkur YTH Buxoro tuman IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan tezda o‘rganildi.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida hech kim og‘ir tan jarohati olmagan, faqat transport vositalariga shikast yetganligini maʼlum qilamiz.

Tergovga qadar tekshiruvharakatlari davom ettirilmoqda.

Shu o‘rinda barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarish jarayonida oraliq masofani saqlab, belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘rab qolamiz.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube