Buxoro viloyati transport boshqarmasi
321 subscribers
2.4K photos
359 videos
1.05K links
Buxoro viloyati transport boshqarmasi
rasmiy web sayt: buxoro.mintrans.uz
Murojaat uchun: https://t.me/Murojaattransportbot.
Тelefon 0-365-228-48-90, 11-67
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ижтимоий_ролик

Ҳурматли йўловчилар, йўловчи ташиш хизматларидан фойдаланишда қонуний асосда фаолият кўрсатувчи транспортлар хизматидан фойдаланишингизни сўраймиз.

Бухоро вилояти Транспорт бошқармаси.
⚡️YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA ! ⚡️

Yurtimizda joriy yilning 10-aprel kuni Ramazon Hayiti kuni yo'lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida jamoat transportlarining harakati soat 05-00 dan boshlab tashkil etiladi hamda shu kuni soat 05-00 dan 11-00 gacha avtobuslar Buxoro shahar yo'nalishlarida yo'lovchilarga bepul xizmat ko'rsatadi.

Hayit munosabati bilan dam olish kunlari deb e’lon qilingan 11 va 12-aprel kunlarida esa jamoat transportlari harakati dam olish uchun belgilangan grafik asosida tashkil etiladi.

Buxoro viloyati Transport boshqarmasi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 Viloyatimiz aholisi va mehmonlari diqqatiga!

Buxoro viloyati bosh imom xatibining yo‘l harakati qatnashchilariga MUROJAATI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Biz avtomobil yo‘llari tarmog‘ining soz holatda saqlanishi tarafdorimiz” shiori ostida nazorat oyligi tadbirlari davomida  Transport nazorat inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Buxoro viloyati hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan yuk mashinalari haydovchilari o‘rtasida targ'ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Avtomobil va suv transportida nazorat Buxoro viloyat hududiy bo'limi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tirbandlik masalasini jamoat transportini rivojlantirish orqali hal qilib bo’ladimi?

O'zbekiston-24 teleradoikanalida ayni masalada Buxoro viloyatida olib borilayotgan ishlar to'g'risida fikr yuritildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Жамоат транспортларида жорий этилаётган Брутто-шартнома тизими имкониятлари ва афзалликлари тўғрисида.
#ДИҚҚАТ_ТЕНДЕР

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 6 декабрдаги “Автомобиль транспортида йўловчи ташиш йўналишлари бўйича очиқ тендерларни электрон тарзда ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида” 738-сон қарори асосида вилоятдаги йўловчи ташиш йўналишлари бўйича 2024 йилнинг 2 июль куни соат 17-00 да очиқ тендер бўлиб ўтади.

Батафсил

Бухоро вилояти Транспорт бошқармаси.
Диққат, эълон!

Бухоро шаҳар ҳокимининг тегишли фармойишига асосан И.Каримов кўчасида қурилиш-таъмирлаш ишлари олиб борилиши учун ушбу кўчада транспорт воситалари ҳаракати вақтинчалик чекланишини инобатга олиб, бир қатор автобус йўналишларининг ҳаракатланиш йўналишига вақтинчалик ўзгаришлар киритилади. Йўлнинг қарама-қарши томонидан ҳаракатланувчи йўналишлар ўзгаришсиз ҳаракатланади.

Бухоро вилояти Транспорт бошқармаси.
ЭСКАТО билан ҳамкорликда янги лойиҳаларни амалга ошириш масалалари муҳокама этилди

Жорий йилнинг 5-6 июнь кунлари Тошкент шаҳрида Бирлашган миллатлар ташкилотининг Осиё ва Тинч океани учун иқтисодий ва ижтимоий дастури (ЭСКАТО) билан ҳамкорликда “Шаҳар жамоат транспорти тизимлари интеграцияси ва рақамли технологиялардан фойдаланиш" бўйича Ўзбекистон Республикаси миллий семинари ташкил этилди.

Семинарда бошқарма ходими Ғ.Яшинов иштирок этиб, Бухоро шаҳрида жамоат транспортини ривожлантиришнинг олдинда турган долзарб масалалари тўғрисида маъруза қилди.

Батафсил
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бухоро телерадиоканали "Ассалом Бухоро" кўрсатуви: Жамоат транспортларида йўловчилар учун яратилаётган қулайликлар.
"Uzbekistan Airways" авиакомпанияси Қурбон ҳайити муносабати билан қўшимча авиақатновлар амалга оширилишини эълон қилди.

Жумладан, авиакомпания 2024-йил 15-18 июнь кунлари Тошкент – Бухоро – Тошкент – йўналишида қўшимча авиақатновларни амалга оширади.
​​Bayram munosabati bilan transportning barcha turlarida qo‘shimcha qatnovlar bajariladi

Bayram munosabati bilan e’lon qilingan qo‘shimcha dam olish kunlarida yurtdoshlarimizning muqaddas ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish, ichki turizm yo‘nalishida yurtimiz bo‘ylab sayohat qilayotgan fuqarolarga munosib transport xizmatlari ko‘rsatish maqsadida barcha yo‘nalishlarda qo‘shimcha avia, temir yo‘l va avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

✈️ Jumladan, aviatsiya sohasida:

Rezident aviakompaniyalar tomonidan Toshkent shahrini viloyat markazlari bilan bog‘lovchi mahalliy yo‘nalishlarda haftasiga 300 (150) ta aviaqatnovlar bajarilmoqda.

15–18 - iyun kunlari belgilangan jadvalga muvofiq mahalliy yo‘nalishlarda 130 (65) ta aviaqatnovlar bajarilib, 13 056 ta yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari Namangan, Termiz, Samarqand, Farg‘ona, Urganch va Buxoro shaharlaridan 15–18 - iyun kunlari 30 (15) ta qo‘shimcha reyslar amalga oshirilishi hisobiga yana 4 020 ta yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

🚆Temir yo‘l transporti sohasida:

Bugungi kunda temir yo‘l transportida 45 ta yo‘lovchi poyezdlar 35 ta yo‘nalish (4 ta xalqaro, 31 ta mahalliy) bo‘ylab muntazam va uzluksiz yo‘lovchi tashuvlarini amalga oshirmoqda.

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 14-iyundan 20-iyunga qadar “Toshkent – Xiva – Toshkent”, “Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent”, “Toshkent – Shovot – Toshkent”, “Toshkent – Termiz – Toshkent” yo‘nalishlarida harakatlanuvchi barcha yo‘lovchi poyezdlarga 4 tadan 6 tagacha qo‘shimcha vagonlar ulanib, poyezdlar tarkibidagi vagonlar soni 16 tadan 22 tagacha oshiriladi.

Shuningdek, 15 – 17-iyun kunlari yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Toshkent – Samarqand – Toshkent” yo‘nalishidagi “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Umumiy hisobda 15-iyundan 18-iyunga qadar mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlar orqali 126 000 nafar yo‘lovchini tashish imkoniyati mavjud bo‘lib, shundan 13 000 nafari qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yilgan yo‘lovchi poyezdlar orqali tashiladi.

🚌 Avtomobil transporti sohasida:

Toshkent shahrini boshqa viloyatlar bilan hamda viloyatlararo bog‘lovchi 99 ta shaharlararo yo‘nalishlarga 381 ta avtobus, 145 ta mikroavtobus biriktirilgan bo‘lib, bayram kunlarida mavjud harakat tarkibining barchasi muntazam va uzluksiz faoliyat olib borishi ta’minlanadi.

Toshkent shahridan viloyatlardagi shaharlarga 50 ta yo‘nalishda kunlik 392 ta qatnovlar orqali yo‘lovchilarga avtotransport xizmati ko‘rsatiladi.

Viloyatlararo shaharlarni bog‘lovchi 49 ta yo‘nalishda 133 ta avtobus, 97 ta mikroavtobuslar biriktirilgan bo‘lib, kunlik 338 ta qatnovlar bajariladi.

Shuningdek, Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan “Toshkent”, Abu Saxiy hamda hududiy avtovokzallardan kunlik grafik asosida qatnovchi reyslardan tashqari zaruratdan kelib chiqib, qo‘shimcha reyslar tashkil qilinadi.

Qo‘shimcha reyslar orqali avtobuslarda 13 000 dan ortiq yo‘lovchilar o‘z manziliga yetkaziladi.

‼️ Eslatib o‘tamiz, yo‘lovchilar avia, temir yo‘l va avtobus chiptalarini www.uzairways.com, www.chipta.railway.uz, www.avtoticket.uz saytlari hamda ATTO va UzBus mobil ilovalari orqali onlayn xarid qilish mumkin.
ДИҚҚAТ ЭЪЛОН

Жорий йилнинг 16 июнь куни юртимизда Қурбон Ҳайити байрами муносабати билан, фуқароларимизга қулайлик яратиш ҳамда Қурбон ҳайити байрамида сифатли, хавфсиз жамоат транспорти хизматини кўрсатиш мақсадида жамоат транспортлари ўз ҳаракатини соат 4-00 дан бошлайди.

Байрам муносабати билан қўшимча дам олиш кунлари сифатида белгиланган 17-18-июнь кунлари жамоат транспортларии одатий жадвал асосида ҳаракатланади.

Бухоро вилояти Транспорт бошқармаси.
Расмий муносабат.

"Потребитель Бухара плюс" телеграм канали орқали 437-сонли автобус йўналиши ҳайдовчилари томонидан қилинган видеомурожаат юзасидан ўрганишлар олиб борилмоқда. Ўрганиш натижалари юзасидан қўшимча маълумот берилишини билдирамиз.