Бухоро вилоят Инновацион ривожланиш бошқармаси | Расмий канал
231 subscribers
1.61K photos
288 videos
3 files
904 links
O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi - Buxoro viloyat innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi
Мурожаат учун тел: +998(99) 864-52-80

@buxoroinnovation
@mininnovation
links:
www.mininnovation.uz
Download Telegram
Forwarded from Azamat Naimov
🎓 IT sohasidagi innovatsion loyihalar salmog'ini oshirish sari qadamlar ....

2022 yilning 22-iyul kuni ProUnity IT Hubi o'z faoliyatini boshlagan edi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan ushbu loyiha zamirida 25 ta yangi ish o'rni yaratildi. Hozirda sohaning tajribali mutaxassislari tomonidan yoshlarga zamonaviy kasblarga o'qitish hamda shu bilan birga ish bilan ta'minlash tizimi joriy qilingan.

🗝 Bugun IT hubning birinchi 30 nafar bitiruvchilari grafik dizayn va dasturlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomladi. Shuni alohida ta'kidlsh joizki, bitiruvchilarning 20 nafari o'qigan sohasi bo'yicha doimiy ish o'rniga ega bo'ldi.

👨‍💼 IT hub tomonidan Romitan innovatsion tumanidagi yoshlarning zamonaviy kasblarga qiziqishini orttirish hamda ish o'rinlarini yaratish maqsadida tumanning ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalari orasidan 50 nafar yoshlarni beg'araz o'qitib kelinmoqda. Bu esa kelajakda innovatsion tumanda yangidan-yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

✈️ Tadbir davomida bitiruvchilar markaz tomonidan Grant mab'lag'lari, diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi.


Telegram | 😀Facebook | 📸Instagram | 😀Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Azamat Naimov
[ Альбом ]
Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Пахтачилик кенгашининг 2023 йил 11 февралдаги 3-сон йиғилиш баёнига мувофиқ тасдиқланган режа-график бўйича тегишли пахта тозалаш корхоналарида пахтани назорат остида қайта ишлаш ўтказилиши белгиланган.

Жорий йилнинг 16-март куни “Пахтасаноат илмий маркази” АЖ илмий ходимлари ҳамда Вобкент туманига бириктирилган ишчи гуруҳ аъзоалри бошчилигида Ғиждувон туманидаги Ғиждувон пахта тозалаш корхонасида ишчи гуруҳ раҳбарлигида Вобкент туманида етиштирилган Бухоро-8 навли пахтани назорат остида қайта ишлаш тадбири ўтказилди.

Вобкент пахта қабул қилиш масканидан келтирилган Бухоро-8 навли пахтани назорат остида қайта ишланганда, Толанинг нави ва сифати - Биринчи (Олий) ҳамда толанинг вазни 35,7 фоизни ташкил этди.

Ишчи гуруҳ томонидан ўрганиш якунида тегишли далолатнома расмийлаштирилиб кластер раҳбариятига тақдим этилди.


Telegram | 😀Facebook | 📸Instagram | 😀Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

“Har doim ham bunday sharoitlar boʻlmagan” – Davron Fayziyev

Sport sharhlovchisi, OʻFA media xizmati rahbari Davron Fayziyev konstitutsiyaviy islohot haqida gapirib, avvalgi va hozirgi ta‘limdagi o‘zgarishlarni taqqosladi hamda odamlarni bunga befarq boʻlmaslikka chaqirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆Oʻzbekiston yoshlari — chempion!

O‘zbekiston va Iroq o‘rtasidagi U-20 Osiyo kubogi final uchrashuvida O‘zbekiston 1:0 hisobda g‘alaba qozondi va chempionlikni qoʻlga kiritdi.

👏Yurtimiz prezidenti jamoa bilan sovrinni boshi uzra ko‘tardi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#E’lon

Xizmat ko‘rsatish sohasiga oid startap loyihalar tanloviga start berildi

💡Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi iqtidorli yoshlarning ilmiy-innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tanlov e’lon qiladi.

Startap loyihalarni qabul qilishda qo‘yiladigan shartlar:

1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan qatnashadi;

loyihalar asosida dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng uzoq muddati 1 yildan oshmasligi lozim.

➡️Arizalarni ko‘rib chiqishda quyosh panellariga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan startap loyihalarga ustuvorlik beriladi.

📥Quyidagi hujjatlar (asl nusxalari) PDF shaklida 👉https://forms.gle/fNwJeUH6i3WDnCrMA elektron manzili orqali joriy yil 16-aprelgacha qabul qilinadi.

☝️Dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi!

📞Loyihani elektron ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash xizmati: 71-203-32-23 (ichki raqam 216).

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5218

Telegram|Instagram|Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OTFIV | Buxoro
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🎓 “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovining Gʻijduvon tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi.

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek jamgʻarmasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 30-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligining Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi va Gʻijduvon tuman hokimligi mutassadilari tomonidan 2023-yilning 23-24-mart kunlari tanlovning tuman bosqichi oʻtkazildi.

🔺Tanlovning Gʻijduvon tuman bosqichida IQ testdan jami 88 nafar ishtirokchi muvaffaqiyatli oʻtgan boʻlsa shulardan 23 nafari tanlovda oʻz loyihasi bilan ishtirok etdi. Tanlov yakuniga koʻra 5 nafar ishtirokchi gʻolib deb topildi.

💰Tanlov gʻoliblari bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida pul mukofotlarini qoʻlga kiritib, sertifikatlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

📱 Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring🔽

💬Facebook 📷Instagram
Telegram 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli yurtdoshlar va qadrli obunachilarimiz!!!

Buxoro viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamda  Buxoro viloyat innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmalari  O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida birlashtirilib, ularning negizida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tashkil etildi.

Shu munosabat bilan Buxoro viloyat innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasining mazkur telegram kanal ma'lumotlari OTFIV Buxoro viloyati hududiy boshqarmasining yangi kanalida chiqarilishini ma'lum qilamiz. Yangi telegram kanal manzili  @OTFIV_Bukhara  deb nomlandi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligining sohaga doir yangiliklaridan doimiy boxabar bo'lish uchun hamda innovatsion faoliyatga doir tanlovlar haqida ishonchli ma’lumotlarni va yangiliklarni bilish uchun barchani yangi kanalimizga a'zo bo'lishlarini tavsiya qilamiz.

📱 Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring!🔽

💬Facebook    📸Instagram
🚀 Telegram    📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli yurtdoshlar va qadrli obunachilarimiz!!!

Buxoro viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamda  Buxoro viloyat innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmalari  O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida birlashtirilib, ularning negizida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tashkil etildi.

Shu munosabat bilan Buxoro viloyat innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasining mazkur telegram kanal ma'lumotlari OTFIV Buxoro viloyati hududiy boshqarmasining yangi kanalida chiqarilishini ma'lum qilamiz. Yangi telegram kanal manzili  @OTFIV_Bukhara  deb nomlandi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligining sohaga doir yangiliklaridan doimiy boxabar bo'lish uchun hamda innovatsion faoliyatga doir tanlovlar haqida ishonchli ma’lumotlarni va yangiliklarni bilish uchun barchani yangi kanalimizga a'zo bo'lishlarini tavsiya qilamiz.

📱 Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring!🔽

💬Facebook    📸Instagram
🚀 Telegram    📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM