💡Bu Oson
5.41K subscribers
237 photos
1.08K videos
219 links
- Biz bilan hayot doimgidan ko'ra osonroq.
- Siz bilmagan foydali maslahat va ma'lumotlar.

• Aloqa: @shavkatjon_a
Download Telegram
#uyqu

- Uxlayotganingizda ham tanangiz kalorya sarflashini istasangiz issiq bo'lmagan xonada yoting.Tana o'zini isitish uchun energiya sarflaydi.

👉 @BuOson — doimgidan osonroq
​​Pulni qanday taqsimlash kerak?

Pulni boshqarish ilmi bu - ilmlarning eng muhimlaridan biridir. Pul ilmi haqida gapirganda, "6 Kuvshin" usuli eng qulay va soddalaridan biri hisoblanadi. Ushbu usulga ko'ra siz o'z daromadlaringizni quyidagi tartibda taqsimlaysiz:

1. 55% - zaruriy ehtiyojlar uchun, ya'ni ro'zg'or harajatlariga.

2. 10% - qimmatbaho harajatlar. Ushbu pulni siz uzoq vaqt ishlatiladigan mahsulotlar, masalan avtomobil xarid qilish uchun yig'ishingiz mumkin.

3. 10% - ta'limga. Ushbu pulni eng avvalo o'zingizga sarflang. Kitob olib o'qing yoki seminar va treninglarda qatnashing.

4. 10% - investitsiya. Bu summani siz ikkinchi yoki uchinchi daromad manbalarini yaratish uchun investitsiya qiling.

5. 10% - jamg'arma. Bu pulni siz "qora kun"ga olib qo'ying. Inson qanchalik optimist bo'lmasin, ertangi kun qanaqa bo'lishini bilib ololmaydi. Shu sababli mablag'ingizning ma'lum qismini "qora kun"ga asrab qo'yganingiz ma'qul.

6. 5% - xayru ehson. Ushbu kuvshinga ajratgan pulingizni siz xayru ehsonga, yoki qarindoshlar va oila a'zolaringizga hadyalar xarid qilishga sarflashingiz mumkin.

Ishoning, daromadlaringizni ushbu uslubga ko'ra taqsimlash va qoidaga qat'iy rioya qilish sizni HH yaqin bir necha yil ichida moliyaviy mustaqil bo'lishingizni ta'minlab beradi!

Manba #maqola

👉 @BuOson — doimgidan osonroq
#asab

- Asabiylikdan qutulish uchun saqich chaynang. Bu tinchlanishga yordam beradi. Ong tanovul paytida tanani xavfsiz holatda deb qabul qiladi va asabiylik holati bartaraf etiladi.

👉 @BuOson — doimgidan osonroq
#psixologiya

"Menimcha" va "O‘ylashimcha" so‘zlarini gap boshida kamroq ishlating. Bu insonning o‘z so‘ziga unchalik ham ishonmasligi, jumlaning shubha ostida ekanligini bildiradi.

👉 @BuOson — doimgidan osonroq
#salomatlik

Har kuni bir dona banan iste’mol qilsangiz, uning tarkibidagi kaliy moddasi qon tomirlari devorlariga xolesterin to‘planishiga to‘sqinlik qiladi.

👉 @BuOson — doimgidan osonroq
#odat

Odatlar shakllanishi uchun o‘rtacha 66 kun zarur. ertalab yugurish, kechki sayr yoki boshqa foydali yumushni odatga aylantirish uchun ikki oy sabr qilishingiz kifoya.

👉 @BuOson — doimgidan osonroq
#sogʻliq

Chekuvchilar sabzi iste’mol qilib yurishlari foydali. Chunki uning tarkibidagi beta-karotin o‘pka faoliyatini yaxshilaydi, saratonni keltirib chiqaruvchi omillarga qarshi kurasha oladi.

👉 @BuOson — doimgidan osonroq
​​Miya faoliyatini yaxshilaydigan 7 ichimlik

1.Qahva
Qahva eng mashhur nootrop ichimlik hisoblanadi. Kofein va xlorogen kislotaga boy bo‘lgan qahva miya faoliyatini yaxshilaydi. Kofein diqqatni oshiradi va xotiraga ijobiy ta’sir qilibgina qolmay, Alsgeymer kasalligining oldini oladi. Uni kuniga 400 milligramm (taxminan, 4 finjon)gacha ichish zararli bo‘lmaydi.

2.Ko‘k choy
Kofein miqdori qahvadagidan kamroq bo‘lgani bilan ushbu ichimlik nootrop birikmalar l-teanin va gallat epigallokatexinni o‘z ichiga oladi. Tinchlanishga yordam beradigan l-teanin kofein bilan birga diqqatning oshishiga yordam berishi tadqiqotlarda aniqlangan. U miyaga ijobiy ta’sir qilib, neyrodegenerativ kasalliklarda yaxshi samara berishi mumkin.

3.Kombucha
Qora yoki ko‘k choy, shuningdek, meva va o‘simliklardan tayyorlanadigan mazkur ichimlik iste’molidan keyin ichaklarda foydali bakteriyalar, ya’ni probiotiklar ko‘payadi. Ichaklar faoliyatining yaxshilanishi esa miyaga ham ta’sir qilmay qolmaydi.

4.Apelsin sharbati
C vitaminiga boy bo‘lgan apelsin sharbati miya faoliyatiga ta’sir qiladi. O‘tkazilgan tadqiqotlarda C vitaminiga boy mahsulot iste’mol qiladigan kishilarning diqqati, xotirasi va fikrini ifoda qilishi boshqalardan yaxshiroq bo‘lishi aniqlangan. Ammo ushbu ichimlikda shakar apelsinning o‘zidan ham ko‘proq bo‘lgani bois me’yorga amal qilishni bilish kerak. Yurak kasalliklari va ikkinchi turdagi qandli diabet kelib chiqish xavfining oldini olish uchun esa shunchaki ushbu mevaning o‘zini iste’mol qilgan yaxshi.

5.Chernika sharbati
O‘simlik polifenolga boy ekani sabab ham chernika miya faoliyati yaxshilanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Antioksidantlar bisyorligi uchun ham ushbu mevani taomnomaga kiritish tavsiya qilinadi.

6.Lavlagi sharbati
Lavlagi hujayralarni kislorod va qon bilan ta’minlaydigan nitratga boy sanaladi. Ushbu jarayon miya va uning nutq, o‘rganish va murakkab qarorlarni qabul qilishga javob beradigan qismlari faoliyatida muhim rol o‘ynashi mumkin.

7.Kefir
Probiotiklarni o‘z ichiga oladigan kefir ichaklardagi foydali bakteriyalarning ko‘payishiga hissa qo‘shib, bu bilan miya faoliyati yaxshilanishiga ham ta’sir qiladi.

Manba #maqola

👉 @BuOson — doimgidan osonroq
#oyoqkiyim

Oyoq kiymingiz oyog'ingizni urib tashlasa qo'l kremidan foydalaning.Uni oyoq kiyim ichiga surtish sizga yordam beradi.

👉 @BuOson — doimgidan osonroq
#telefon

Telefoningizni quvvatlantirish uchun qo'ymoqchi bo'lsaningizu rozetka ostida uni qo'yish uchun jihoz bo'lmasa quvvatlagichni o'zidan foydalanishingiz mumkin.

👉 @BuOson — doimgidan osonroq
#daraxt

Erta gullagan daraxtlar sovuq tufayli muzlab qolmasligi uchun ularni suvga boʻktirib sugʻoring. Tuproq ostidagi iliq harorat suv orqali tashqariga chiqib daraxtlarni muzlab qolishdan himoya qiladi.

👉 @BuOson — doimgidan osonroq
#sharbat

Sharbat quyayotgan vaqtingizda atrofga sachramasligi uchun, idish qopqog'i joylashgan tarafini yuqoriga qilib quyishingiz lozim.

👉 @BuOson — doimgidan osonroq
#uy #koʻkat

Koʻkatlarni tabiiy holatda saqlash uchun uni folgaga o'rab qo'ying shunda odatdagidan ancha uzoq tabiiy holatda saqlasa bo'ladi.

👉 @BuOson — doimgidan osonroq
#bayram

Yaqin insoningizga bayram uchun qanday sovg'a olishni bilmayotgan bo'lsangiz o'zingizni sovg'a olgandek tutib undan o'sha sovg'a nimaligini topishini so'rang. Shunda bir nechta variantga ega bo'lasiz.

👉 @BuOson — doimgidan osonroq
#kiyim

Ustara yordamida kiyimda yigʻilib qolgan mato tolalarini osongina tozalashingiz mumkin.

👉 @BuOson — doimgidan osonroq
Aziz va muhtaram ayollar

Sizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimizdan qutlab, Sizga baxoriy tabassum, mustaxkam sixat-salomatlik, quyosh xarorati-yu olam-olam quvonchga to‘la xissiyotlarni yo‘ldosh bo‘lishiga tilakdosh bo‘lib qolamiz!

Lablaringizdan samimiy kulgu, xonadoningizdan baxt-saodat tuyg‘ulari, ezgulik xissi, nur va sevinch, mehr va muxabbat aslo arimasin!

👉 @BuOson — tabriklaymiz!
#uy

Ko'p marta suv qaynatilgan choynaklar ostida yig'iladigan tuz qatlamini osongina ketkazish uchun limon bo'laklarini o'sha idishda qaynating.

👉 @BuOson — doimgidan osonroq
#kiyim #saqich

Kiyimga yopishgan saqichni ketgazish uchun issiq sirkani saqich ustiga quying va cho'tka yordamida tozalab tashlang.

👉 @BuOson — doimgidan osonroq
#mebel #uy

Yog'och mebellarda tirnalgan joy bo'lsa u yerga yong'oq mag'zini ishqalang. Shunda bu mammo ajoyib tarzda bartaraf etiladi.

👉 @BuOson — doimgidan osonroq
​Miyaga salbiy ta'sir etuvchi omillar
1-qism

1.Nonushtaning yo'qligi
Ertalabki ovqat tanavul qilishni o'tkazib yuborish kun davomida kishining tonusi va mehnatga layoqatiga salbiy ta'sir qiladi. Bu kundek ravshan tuyuladi, lekin bu yerda gap organizm uchun zarur energiya iste'mol qilish ustidagina bormay. Balki, nonushta qilmaslik qondagi qand miqdorini pasaytirishi to'g'risida. Bu esa o'z navbatida, miyaga ozuqaviy moddalarning yetib kelishini qiyinlashtiradi.

2.Shakarning me'yordan orqiqligi
Avvalgi bo'lim, nima uchun miyaning samarali ishlashi uchun shirinlikning, shu bilan birga, ayniqsa achchiq shokolad, iste'mol qilinishini tavsiya qilishlarini tushuntirib beradi. Biroq, shakarning me'yordan ortiq miqdori oqsilning va ozuqaviy moddalarning o'zlashtirilishida muammolar keltirib chiqaradi. Natija huddi qondagi qand miqdori pastligidagi kabi: ozuqaviy moddalar miyaga yetib bormaydi.

3.Stress
Kuchli psixoemosional zo'riqish neyronlar o'rtasidagi bog'lanishlar uzilishiga olib keladi va sabab-natija aloqalarini va hodisalar ketma-ketligini tushunishni qiyinlashtiradi. Bu bilan kuchli asabiy qo'zg'alish va qo'lidan barcha narsalar to'kilib ketayotgani hissi bog'liq. Yig'ilib qolgan stress xotirani susaytiradi va intellektual salohiyatni pasaytiradi.

Manba #maqola

👉 @BuOson — doimgidan osonroq
#tugma

Tugmalardagi iplar ishqalanishi tufayli ko'pincha uzilib ketadi. Bu holat ro'y bermasligi uchun tugma ipiga lak surting. Shunda lak iplar orasiga kirib ishqalanishni kamaytiradi.

👉 @BuOson — doimgidan osonroq