Bunyod Abdusaidov 🇺🇿🇺🇸
157 subscribers
38 photos
11 videos
6 files
52 links
🗽 Amerikada ta’lim va hayot haqida.
🚀 Shaxsiy tajriba va maslahatlar.
🎯 Yuqori saviyadagi kontent.

Instagram: https://instagram.com/@bunyod.us

Bunyod’s Insights: @bunyodinsights
Download Telegram
Kanada vizasini qo'lga kiritish yo'lidagi barcha mehnatlaringiz o'z samarasini berib, viza ofitseri sizning arizangiz va hujjatlaringizni viza taqdim etishga loyiq deb hisobladi. Xo'sh, undan keyin qanday harakatlar amalga oshiriladi?

Onlayn shaxsiy kabinetingizga PPR - Pasport request letter (Pasport so'rovi xati) kelganidan so'ng 30 kun ichida o'z pasportingizni Kanada elchixonasiga jo'natishingiz shart, aks holda viza berish rad etiladi. Pasportingizda viza stikerini yopishtirish uchun birorta bo'sh bet bo'lishi (ya'ni, boshqa davlatlarga chiqaverib, viza urilaverib to'lib qolgan bo'lmasligi), pasportning amal qilish muddati esa sizning Kanadada bo'lish vaqtingizdan ertaroq tugab qolmasligi zarur. Sababi viza stikeri pasportning amal qilish muddatidan ortiqroq muddatga urib berilmaydi.

O'zbekistondan turib vizaga onlayn hujjat topshirsangiz sizning arizangiz Kanadaning Polshada joylashgan elchixonasi tomonidan ko'rib chiqilgan bo'ladi va siz pasportni aynan Polsha poytaxti Varshava shahrida joylashgan elchixonaga jo'natishingiz lozim bo'ladi.

Pasportni to'g'ridan to'g'ri Polshadagi elchixonaga yuborish mumkin emas, uni vizaga ariza bergandan so'ng topshiriladigan biometrika ma'lumotlarini olgan VAC - Visa Application Centre (Viza murojaati markazi)ga yuborish zarur. Aynan ushbu viza markazi sizning pasportingizni tegishli elchixonaga yuboradi. Avval ham ta'kidlaganimizdek O'zbekistonda bunday xizmat hozircha mavjud emas, shuning uchun men ham Qozog'istonga borib Almata shahrida biometrika ma'lumotlarimni topshirganman.

DHL yoki FedEx xalqaro jo'natmalar xizmatidan foydalanib pasportingizni yuborish qulayroq, sababi bu xizmatlar orqali hujjatingizni jo'natish ishonchli va 3-5 kun ichida manzilga yetib boradi. Tracking service (Kuzatib turish xizmati) orqali jo'natmangiz qayerga yetib borganligini real vaqt rejimida onlayn kuzatib turishingiz mumkin. Narxi esa arzon emas, shaxsan o'zim pasportni Almataga yuborish uchun 860.000 ming so'm to'lashga majbur bo'ldim. Hali pasportni qaytarib olib kelish uchun undan ham qimmatroq to'lov kutib turibdi.

Pasport bilan birgalikda viza markaziga Pasport request letter va Biometric Instruction letterni ham qo'shib jo'natish kerak. VAC, ya'ni viza markazi sizning pasportingizni Polshaga o'zi yuboradi va qabul qilib oladi, bu esa yana o'rtacha 2 hafta vaqtni oladi. Agarda siz biometrikani aynan mana shu VAC da topshirgan bo'lsangiz bunga yana to'lov qilish shart emas, sababi boshida biometrika topshirilganda siz to'lagan summa ichida pasportni yuborish to'lovi ham kiritib ketilgan bo'ladi. Pasportingizga viza stikeri urilib qaytarib berilganidan so'ng, uni yana VACdan buyurtma orqali xalqaro pochta xizmatlari yordamida olib ketish zarur bo'ladi. Bu esa yana o'rtacha 3-5 kunga teng. Pasportingizni qo'lga olish uchun jami sarflanadigan vaqt odatda 20-30 kun hisoblanadi.

Bizni kuzatib borish uchun kanalga qo'shiling👉@CanadAli
MSA Open House Iftar 🌙

MSU dagi Muslim Student Association tomonidan o’tkazilgan katta Iftorlik. 100 dan ortiq odam ishtirok etdi. Bu yerda nafaqat musulmon studentlar, balki boshqa din vakillari hamda universitetda ishlaydigan hodimlar ham qatnashishdi.

• Event boshida Qurondagi Ramazon haqidagi oyatlar o’qildi. Azon aytildi va birgalikda hamma Shom namozini o’qidi ☪️

2-rasm da esa MSU dagi O’zbeklar 🇺🇿

• Yamanlik do’stimiz Saiman “Bekzod aka* ” 🇺🇸 ham da trendda 🔥

• Ovqat: Biryani, korma & nan 🇵🇰

Alhamdulillah, fayzli & barokatli bo’ldi 😊
Iftorlikda palov 🇺🇿🇺🇸

Rasmdagilar Yamanlik do’stlarimiz Ahmed & Saiman bugundan boshlab rasman O’zbek 😅

Osh uchun rahmat, Bunyod 👨🏻‍🍳

Alhamdulillah!
Forwarded from Linkard
🎉 Linkardga xush kelibsiz! 🌐

Biz sizni kelajak smart biznes kartalari bilan tanishtirishdan xursandmiz. An'anaviy qog'oz vizitkalar bilan xayrlashing va uzluksiz raqamli ulanishni kutib oling! 🤝

Linkard orqali biz sizga NFC va QR-kod texnologiyasining kuchini taklif qilamiz, bu esa odamlar bilan ulanishni har qachongidan ham oson va samaraliroq qiladi. 📲💼

🔹 Oddiy teginish yoki skanerlash orqali aloqa maʼlumotlaringizni bir zumda baham koʻring.
🔹 Potentsial mijozlar va hamkorlar bilan to'g'ridan-to'g'ri smartfoningizdan osongina bog'laning.
🔹 Moslashuvchan va zamonaviy raqamli smart biznes kartalari bilan hammadan ajralib turing.

Ushbu innovatsion sayohatda bizga qo'shiling va professional aloqalarning yangi dunyosini oching. 🚀

😱 Oldindan buyurtma qilib Linkardlardan birini band qilish va buni evaziga 50% chegirmaga ega bo'lish uchun, "linkard50" kupon so'zini @linkard_contact ga yuboring.

@linkarduz