Bunyod Abdusaidov 🇺🇿🇺🇸
157 subscribers
38 photos
11 videos
6 files
52 links
🗽 Amerikada ta’lim va hayot haqida.
🚀 Shaxsiy tajriba va maslahatlar.
🎯 Yuqori saviyadagi kontent.

Instagram: https://instagram.com/@bunyod.us

Bunyod’s Insights: @bunyodinsights
Download Telegram
Forwarded from Bunyod's Insights
​​CodePath tomonidan o’tkazilayotgan Intro to Software Engineering (Technical Interview Prep) kursiga qabul qilindim.

Bu kurs professional dasturchilar tomonidan o'qitiladigan 12 haftalik virtual dars bo’lib qiyin algoritmik masalalarni yechish, eng yaxshi texnologiya kompaniyalarida amaliyot va ish o'rinlari uchun texnik intervyular haqida o'rganish imkoniyatini yaratadi!

CodePath tashkiloti bir nechta yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlaydi - Meta, Walmart, Salesforce, Bloomberg, Visa, Course Hero, … .

@babdusaidov
​​Amaliyot dasturidan rad javobi.

Codepath va Salesforce companiyasi kamkorligida o’tkazilayotgan FTL (Futureforce Tech Launchpad), ya’ni dasturlash bo’yicha amaliyot dasturiga topshirgan edim.

Qabul qilinishimga juda qattiq ishongan edim. Lekin qabul qilinmabman (rejected). O’zimga katta baho (overestimate) berib yuboribman.

1012ta topshiruvchilardan faqat 25 kishini qabul qilar ekan. Bu degani qabul qilinish darajasi (acceptance rate) 2.47%ni tashkil qiladi degani. Demak hali yetarli darajaga yetmabman.

Rejected bo’lish yaxshi, odam o’z ustida yanada ko’proq ishlashiga undaydi. Rad qilingan bo’lsam ham, dastur uchun bajarilishi kerak bo’lgan vazifani bajarish vaqtida yaxshi tajriba orttirdim.

Vazifani GitHubda ko’rish.

@babdusaidov
​​AQSHga kelganimdan beri, men uchun bu birinchi Ramazon oyi edi. To'g'risini aytganda, Ro'za oyi kutilmagan darajada yaxshi o'tdi.

Juda ko'p yaxshi voqealarni videoga olaolmadim, lekin Ramazon Hayit ayyomi bizda, ya'ni Amerikada qanday o'tganligini ko'rsatishga harakat qildim.

YouTube: https://youtu.be/hztpfxPuvfk
Ўзбекнинг 100 та сўздан иборат ҳаёти.

Бешик. Йўргак. Йиғи. Тил.
Илк қадам. Педиатор.
Хўрозқанд. Қум. Ўйинчоқ.
Буви. Ясли. Арғумчоқ.

Мактаб. Икки. Уч. Тўрт. Беш.
Тўп. Ўйин. Дарсдан қочиш.
Кўча. Дўстлар. Тун. Саёқ.
Уриш. "Толпа". Гипс. Ётоқ.

Репетитор. Олийгоҳ.
Сигарет. Пиво. Ароқ.
Ёз. Сессия. "Узатиш".
Википедия. Диплом иш.

Қиз. Севги. Карашма. Ноз
Кўз. Юз. Қўл. Лаб. Эҳтирос.
Қарз. Тўй. Мебель. Зўр артист.
Россия. Патент. Таксист.

Уй. Оила.
Уй. Иш.
Қуёш. Ёз.
Қор. Қиш.

Ўғил. Таглик. Бешик тўй.
Бизнес. Канцерт.
Дача. Ремонт. Мошин. Пул.
Телевизор. Футбол. Пульт.

Чойхона. Маҳалла. Ош.
Кўзойнак. Оқарган соч.
Масжид. Невара. Бешик.
Қон босими. Дард. Тўшак.

Юрак. Буйрак. Шифокор.
Жаноза. Тобут. Мозор.....

(C)
Forwarded from Azim Pulat
Amazondan Offer Oldim

🔗 Manba: azimjon.com/blog/amazondan-offer-oldim
Assalamu alaikum. It has been 2 months since I stopped posting.

Later I will share about the updates in my life during that time.

First, I wanna share about the thing that happened just now. I was watching the video by @wayoflifesq about Quran on Instagram. Then I thought about ordering the Quran and I was about to visit the websites to make an order. Then my friend, Bunyod Abdusaidov came and handed me a gift for my upcoming birthday and asked to open it. As I opened the box, there was Holy Quran, prayer mat and tasbeeh. I was shocked at that moment. Just stood up and hugged my friend.

Bunyod, he didn’t know that I was planning to order. SubhanAllah, Allah SWT gave the sign at the perfect moment. This has been an unforgettable moment of my life and the best birthday gift.

In Sha Allah, I will start reading the Quran and May Allah bless him 🤲

Takbeer 💪🏻

Share the post with others!
Alhamdulillah. VISA updated

Consulate: U.S. Embassy Tashkent
"USA, Missouri State University, BS in Computer Science" talabasi BUNYOD ABDUSAIDOV bilan "KATTA SUHBAT".

Mavzu: Amerika Qo'shma Shtatlarida ta'lim va hayot.
Vaqt: 11 Yanvar, soat 16:00, "BILIM ZIYO" da!!!

1. AQSh universitetlariga qanday hujjat topshirsa bo'ladi?
2. AQSh vizasini qanday olsa bo'ladi?

- Ariza berish jarayoni haqida batafsil va maslahatlar.
- To'liq viza jarayoni, qo'llanma, va maslahatlar.
- Savol-javob.

Bundan tashqari +
- Notionda Universitetlar Ro'yxatining Shabloni
- Elektron Pochta Shabloni
- Shaxsiy Ariza Hujjatlari (Shaxsiy Bayonot va Tavsiyanomalar)
- AQSh Vizasi Intervyu Jarayonidagi Shaxsiy Savol-Javob

AQSh universitetlariga qiziquvchi 10-11 sinf o'quvchilarimizni taklif qilamiz. Aniq bilamiz bu uchrashuv siz uchun juda ham foydali va esda qolarli bo'ladi!

P.S. Shoshiling, o'rinlar cheklangan!
Ro'yxatdan o'tish uchun: Ism va familiyangizni, maktab va sinfingizni + telefon raqamingizni bitta SMS qilib @bilim_ziyo_represantative ga yuboring!

@bilim_ziyo
Live stream scheduled for
Eslatma!

Bugungi seminar Bilim Ziyo binosida soat 16:00da bo’lib o’tadi. O’rinlar cheklangan. Ro’yxatdan o’tib qo’ying.

Shaxsan ishtirok eta olmaydiganlar uchun o’zimni
Telegram kanalimda, Bilim Ziyo telegram kanalida, va mening Instagram sahifamda jonli efir qilamiz.

@bunyodabdusaidov
Seminar 30 daqiqaga kechikishi mumkin!
Live stream finished (50 minutes)
"Amerika Qo'shma Shtatlarida ta'lim va hayot" mavzusida BUNYOD ABDUSAIDOV bilan bo'lib o'tgan "KATTA SUHBAT"imiz juda ham qiziqarli bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirga tashrif buyurgan o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdilar.

Xabaringiz bor 2023-yil "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" yili deb e'lon qilindi. Biz aynan markazimiz tomonidan sifatli ta'limni eng yuqori darajasiga chiqarishga harakatni boshlab yubordik. Bunday tadbirlar endi "BILIM ZIYO" o'quv markazida davomli tashkillashtiriladi.

Bunyod Abdusaidovga jamoamiz va o'quvchilar nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Kelgusi o'qishlarida omad yor bo'lsin!

P.S. Tadbirning video lavhasini tez kunlarda sizlar bilan bo'lishamiz...

@bilim_ziyo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KATTA_SUHBAT

Kuni kecha "BILIM ZIYO" o'quv markazining "CO-WORKING ZONE"ida ajoyib tadbir bo'lib o'tdi.

Unda, xozirgi kunda Amerika Qo'shma Shtatlarining MISSURI DAVLAT UNIVERSITETIning bakalavr bosqichida tahsil olayotgan hamshaharimiz BUNYOD ABDUSAIDOV bilan "Amerikada ta'lim va hayot" mavzusida katta suhbat bo'lib o'tdi.

Tadbirda qatnashgan o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan turli xil savollarga javob oldilar.

Ha aytgancha, inglizchada "suvdek" gapirishini qarange 🧐

P.S. To'liq suhbat videosini tez kunlarda telegram kanalimizga joylashtiramiz. Bizni kuzatishni davom eting...

#bilim_ziyo