🇺🇿Buloqboshi tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
393 subscribers
4.39K photos
327 videos
6 files
537 links
Buloqboshi tumani Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi

_Rasmiy_kanallar_

Telegramda: https://t.me/buloqboshitumanMMTB

Facebookda:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100041959907488
Download Telegram
#OLTIN_VA_KUMUSH_MEDAL
#TOPSHIRILDI

BULOQBOSHI TUMANI HOKIMI VA BITIRUVCHI YOSHLAR UCHRASHUVI !!!

📝Joriy yilning 25-iyun kuni 43-MFIDUMda Buloqboshi tumani hokimi F.Bo'taxonov va sektor rahbarlari bilan birgalikda umumtaʼlim maktablaridan tashrif buyurgan iqtidorli o'quvchi yoshlar va ularning ota-onalari ishtirokida
#HOKIM_VA_BITIRUVCHI
#YOSHLAR_UCHRASHUVI" bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda ta'lim tizimida yaratilayotgan keng imkoniyatlar, tumanimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yoshlarimiz tomonidan erishilayotgan yutuqlar haqida fikrlar bildirildi.
Turli fan olimpiadalarida, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda, tuman, viloyat va respublika darajasidagi turli musobaqalarda fahrli o'rinlarni egallagan iqtidorli o'quvchilar, ularning ota-onalari hamda ustozlariga minnatdorchilik bildirildi.

Shuningdek, tadbir davomida tumanimiz maktablarini oltin va kumush medallar bilan yakunlagan o‘quvchilarga medallar tantanali topshirildi.

Buloqboshi tumani MMTB matbuot xizmati.