🇺🇿Buloqboshi tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
364 subscribers
4.74K photos
352 videos
6 files
597 links
Buloqboshi tumani Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi

_Rasmiy_kanallar_

Telegramda: https://t.me/buloqboshitumanMMTB

Facebookda:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100041959907488
Download Telegram
#Эълон
Жорий йилнинг 29-октябрь соат 16:00дан Андижон шаҳридаги "Эко-парк"да ўтказилиши режалаштирилган "Истиқболли кадрлар" лойиҳасининг тақдирлаш маросими об-ҳавонинг ноқулай келганлиги сабабли 30-октябрь соат 16:00 га кўчирилди.

Тақдирлаш маросимида интерфаол ўйинлар, диско-шоу ҳамда акциялар ўтказилиши режалаштирилган.

Барча ёш директорларимизни байрамбоп кайфият ва формада тадбирда фаол иштирок этишга таклиф қиламиз
#Эълон

📣 Videoroliklar tanlovi: “Vaqt yaxshilik bilan”


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Vaqt yaxshilik bilan” videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi.

❗️Bundan ko’zlangan maqsad yordamga muhtoj hamda imkoniyati cheklangan, keksa yoshdagi yolg‘iz insonlarga yordam ko‘rsatish, tabiat ne’matlariga, shuningdek, qarovsiz hayvonlarga ozor bermaslikka chorlashdan iborat.

🔗 Ijodiy ishlaringizni 2024-yil 3-fevraldan 29-fevralga qadar @uzedu_tanlov_bot orqali yuborishingiz mumkin.

✔️Eng yaxshi videorolik mualliflari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

👉 Tanlov shartlari haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1464

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, saralashning 3 - (yakuniy) bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ro'yxati e'lon qilindi
.

👉 Bu bilan saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin: https://uzedu.uz/uz/news/1497

Eslatib o‘tamiz, saralashning 3 - (yakuniy) bosqichida har bir fan bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etgan:

biologiya fanidan – 4 nafar;

informatika va axborot texnologiyalari fanidan – 4 nafar;

kimyo fanidan – 4 nafar;

fizika fanidan – 5 nafar;

matematika fanidan – 6
nafar o‘quvchilar ishtirokida nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi shakllantiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон

5-8-sinf o'quvchilari uchun informatika fanidan fan olimpiadasining tuman bosqichi 6-aprel kuniga ko'chirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-113-son Qarorida 21-24-mart kunlari dam olish kunlari deb e’lon qilingan.

❗️Hakamlar hay’ati, apellyatsiya komissiyasi, auditoriya rahbarlari va nazoratchilari hamda ishtirokchi o‘quvchilarni olimpiadaga jalb qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida, joriy yil 23-mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan olimpiadaning tuman bosqichi 2024-yil 6-aprel kuniga ko‘chirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон

📣 Respublika umumta’lim maktablari rahbarlari va o‘qituvchilari diqqatiga!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan umumta'lim maktablarining koreys tili o‘qituvchilarini kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish ochilganini e’lon qilinadi.

Kurslar gibrid shaklda tashkil etilgan. Bunda joriy yilning 20-iyunidan 15-avgustiga qadar oflayn o‘qitish, 15-avgustdan 25-dekabrga qadar esa masofaviy seminarlar bo'lib o'tadi.

Kurs ishtirokchilari oflayn rejimda o‘qish muddati uchun yotoqxona bilan ta’minlanadi.


Ushbu kursda o‘qishga quyidagi pedagoglarga ruxsat etiladi:

ona tili va adabiyot o‘qituvchilari;
chet tili va adabiyoti o‘qituvchilari;
rus tili o‘qituvchisi;
davlat tili o‘qituvchilari;
filologiya va tillar tayyorlash sohasi mutaxassislari;
tegishli mutaxassislik diplomiga ega bo‘lgan, ammo vaqtincha ishsiz bo‘lgan o‘qituvchilar koreys tili o‘qituvchilari.

Qayta tayyorlash kurslariga yozilish uchun nomzoddan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

ariza;
diplom nusxasi;
pasport nusxasi;
maktabdan yo‘llanma hamda bog’lanish uchun ishlab turgan telefon raqami (agar hozirda biron bir ta’lim tashkilotida ishlayotgan bo‘lsa, yo‘llanma talab etilmaydi).

Nomzodlar ushbu pochta manziliga hujjatlarni jo'natishlari mumkin:
bshakhnoz99@gmail.com

Hujjatlarni qabul qilish 19-iyunga qadar davom etadi.

Qayta tayyorlash kursida eng yaxshi o‘qish natijalarini ko‘rsatgan ishtirokchilar Koreyaga amaliyot o‘tash uchun yuboriladi.

Talabalarni o‘qitish va joylashtirish uchun mablag‘ Koreya Ta’lim Markazi tomonidan amalga oshiriladi.

📞 Bog'lanish uchun:

🔗 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutaxassislari ( +998 97 461 75 61; +998 95 770 33 44)

🔗 O‘zbekistondagi Koreya ta’lim markazi (+998 99 027 57 34)


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон

❗️ DIQQAT, TANLOV!

Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichi, BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi doirasida hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi e’lon qilinmoqda.

Tanlov Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilmoqda.

❗️Talabgorlar tanlov ishlari, belgilangan namunadagi ariza va Nizom 10-bandida keltirilgan hujjatlarni 2024-yil 1-iyundan 1-noyabrga qadar konkurs2024@nhrc.uz elektron manziliga yuborishlari lozim.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM