BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.17K subscribers
20.9K photos
1.77K videos
8 files
6.85K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#seminar

Bo'ka tumanidagi 27-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Yangi baholash tizimi” mavzusida seminar taqdimoti o'tkazildi.

🔹 Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2023-yil 23-maydagi "Ta'lim tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-79- sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida baholashning yangi tartibini amalga oshirish uchun tajriba sinov tariqasida Respublika boʻyicha 500 ta, viloyatda 28 ta maktablar tanlab olingan. Jumladan, tumanimizdagi 27-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida ham yangi baholash mezonlari tizimi joriy etilgan.

🔺 Bugun ushbu maktabda “Yangi baholash tizimi” mavzusida seminar taqdimoti o'tkazildi. Taqdimotda tuman hokimi B.Begmatov, Toshkent viloyati MMTB boshligʻi o'rinbosari Gʻ.Xamraev, tuman hokimi oʻrinbosarlari, barcha maktab direktorlari va ilmiy boʻlim mudiri oʻrinbosarlari ishtirok etishdi.

🔸 Seminarda joriy yilning 26-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi prezidentining sovrini uchun o’tkazilgan “Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichida faxrli o’rinlarni egallagan maktab jamoalari taqdirlanishdi. Jumladan,
🥇 1-o’rinni egallagan 3-umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoasiga 100 million so’mlik;
🥈 2-o’rinni egallagan 32-umumta’lim maktabi jamoasiga 75 million so’mlik;
🥉 3-o’rinni egallagan 5-umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoasiga 50 million so’mlik maxsus vaucherlar topshirildi.

🔺 Seminarda “Oʻz kasbining fidoyisi” medali ni qo'lga kiritgan 3 nafar oʻqituvchi (F.Primova, M.Xasanova va X.G'ulomova) lar tuman hokimi va boshqarma boshlig'i o'rinbosari tomonidan taqdirladilar.

🔺 Shuningdek, Singapur xalqaro matematika olimpiadasida faxrli 2-o'rinni egallab, Singapur oliy oʻquv yurtlarida imtiyoz asosida oʻqish imkoniyatini qo'lga kiritgan 4-sinf oʻquvchisi S.Saidbaxromovning yutuqlari ham e'tirof etildi.

🕊 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

G'alla parvarishi mavzusida
seminar bo'lib o'tdi.

🔺 O'simliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent viloyati boshqarma boshlig'i F.Muxaymenov boshchiligida Bo'ka tumanida joylashgan Agrotexnologiyalar texnikumida g'alla parvarishi mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

🔸 Seminarda tumanda faoliyat olib borayotgan fermer va dehqon xo'jalik rahbarlari va agronomlari qatnashishdi. Seminar davomida g'alla maydonlariga kuchli zarar beradigan zararli organizmlarga qarshi kompeleks kurashish tizimi haqida soha mutaxassislari tomonidan zarur ma'lumot va tavsiyalar berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Bo'ka tumanida paxtaga birinchi agrotexnik ishlov berish ishlari boshlandi.


🔺 Bo'ka tumanida 2024-yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida birinchi agrotexnik ishlov berish (kultivatsiya) ishlari boshlandi. Bugun "Mustaqil O'zbekiston" hududida joylashgan "Odil Xosiyat" fermer xo'jaligi dala maydonida tuman hokimi B.Begmatov, Toshkent viloyati hokimining birinchi o'rinbosari B.Alimbekov, IIB boshlig'i J.Manazarov, viloyat qishloq xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i Sh.Xaydarov boshchiligida paxta maydonlariga birinchi agrotexnik ishlov berish (kultivatsiya) ishlarini bajarish bo'yicha seminar o'tkazildi.

🔹 Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Bo'ka tumani bo'limi boshlig'i Y.Turdaliyev, qishloq xo'jaligi korxonalari va paxta-g'allachilik yo'nalishidagi fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirokida o'tgan mazkur seminarda mas'ullar tomonidan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar, maxsus kultivator uskunalarini o'rnatish va ishlov berish bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.

🔸 Seminar yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan tegishli javoblarni olishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Paxtaga birinchi agrotexnik ishlov berish bo'yicha
seminar o'tkazildi.

🔺 Bugun "Mustaqil O'zbekiston" hududida joylashgan "Odil Xosiyat" fermer xo'jaligi dala maydonida Toshkent viloyati hokimining birinchi o'rinbosari B.Alimbekov, viloyat qishloq xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i Sh.Xaydarov, viloyat Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi X.Niyozov, tuman hokimining o'rinbosari O'.Alimov boshchiligida paxta maydonlariga birinchi agrotexnik ishlov berish (kultivatsiya) va oziqlantirish ishlarini bajarish bo'yicha seminar o'tkazildi.

🔹 Dastlab jonliq so‘yilib, dehqonlarning ishiga unum, el dasturxoniga to‘kinlik, yurtimizga tinchlik tilab, duolar qilindi.

🔹 Bo'ka, Bekobod, Piskent va Yuqorichirchiq tumanlari hokimlarining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosarlari, ushbu tumanlarda faoliyat yuritib kelayotgan qishloq xo'jaligi korxonalari va paxta-g'allachilik yo'nalishidagi fermer xo'jaliklari rahbarlari va hudud raislari ishtirokida o'tgan mazkur seminarda mas'ullar tomonidan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar, maxsus kultivator uskunalarini o'rnatish va ishlov berish bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.

🔸 Seminar yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan tegishli javoblarni olishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Bo'kada paxtaga birinchi agrotexnik ishlov berish bo'yicha
seminar o'tkazildi.

Jarayonlar "Nurafshon" telekanali lavhasida

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Koloniya xodimlari ishtirokida o'quv-mashg'uloti o'tkazildi.


🔹 Birinchi mintaqaviy hudud 43-son manzil koloniyasida shaxsiy tarkib xodimlarining bilim saviyasini yanada oshirish maqsadida Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo'ka tuman sudi raisi Sh.Abduqodirov boshchiligida qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarish va qo'shimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha o'quv mashg‘uloti tashkil etildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Urug'lik g'alla maydonlarini aprobatsiya jarayonlari bo'yicha viloyat seminari o'tkazildi.


🔺 Bugun "Mustaqil O'zbekiston" hududida joylashgan "Odil Xosiyat" fermer xo'jaligi dala maydonida Toshkent viloyati hokimining birinchi o'rinbosari B.Alimbekov, viloyat qishloq xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i Sh.Xaydarov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i S.Sadikov, Qishloq xo'jaligi ekinlari urug'lari yetishtirilishini nazorat qilish bo'limi boshlig'i H.Razzoqov, tuman hokimining o'rinbosari O'.Alimov boshchiligida 2024-yil hosili uchun ekilgan urug'lik g'alla maydonlarini aprobatsiya* jarayonlari bo'yicha seminar o'tkazildi.

🔹 Qishloq xo'jaligi korxonalari, g'allachilik yo'nalishidagi fermer xo'jaliklari rahbarlari, hudud raislari va qo'shni tumanlardagi g'allachilik yo'nalishidagi fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirokida o'tgan mazkur seminarda mas'ullar tomonidan aprobatsiya jarayonlarini tashkil qilish, shuningdek urug'lik g'alla maydonlarida zaruriy agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.

🔸 Seminar yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan tegishli javoblarni olishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
🟩🟩🟩🟩

Bo‘ka tumanida  yoshlar yetakchilari uchun o’quv
seminar tashkil etildi.

🔹 Xabaringiz bor, 13-16-may kunlari Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida 3 kun davomida  mahalladagi yoshlar yetakchilari uchun Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparati xodimlari tomonidan Respublika o’quv-seminari tashkil etilgan edi.

🔺 Bugun Bo‘ka tumanidagi 44 nafar yoshlar yetakchilari uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Jumladan, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlar murojaatlari, og‘ir toifadagi yoshlar, yoshlar balansi, yoshlar daftariga kiritilgan yoshlar bilan ishlash, yer ajratish, yoshlarni murojaatlarini tizimli hal etish, yoshlar yetakchilarining ustuvor vazifalari va ularning media savodxonligini oshirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berildi.

🔸 Seminarda Bo‘ka tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i M.Ismoilov va respublika o’quv-seminarida ishtirok etgan 4 nafar yoshlar yetakchilarining ma’ruzalari tinglandi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
🟩🟩🟩🟩

Mahallalardagi ijtimoiy xodimlarga
seminar-trening darslari tashkil etilmoqda.

🟢 Bo'ka tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ijtimoiy xodimlarning kasbiy ko'nikmaga ega bolishlari uchun o‘quv seminari o'tkazilmoqda.

🔺 Seminarda ijtimoiy xodimlarga aholi bilan muloqot o'rnatish, nogironligi bo'lgan oilalarni o'rganish, ularga huquqiy maslahatlar berish amaliyoti yuzasidan ko‘nikmalar berilmoqda.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

"Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonun mazmun-mohiyati yuzasidan seminar-trening o‘tkazildi.

🔺 Bo‘ka tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida markaz xodimlariga belgilangan reja-grafikka asosan tuman Adliya bo‘limi bosh mutaxassisi A.Niyozov hamda markaz huquqiy masalalarda ekspert maslahatchisi P.Abdazov tomonidan "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonun mazmun-mohiyati yuzasidan seminar-trening o‘tkazildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
#Ijtimoiy_xodim

🥹 Toshkent viloyatining ijtimoiy xodimlari kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda

🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi qoshidagi Malaka oshirish markazi hamda Toshkent viloyati boshqarmasi hamkorligida viloyatdagi barcha tuman, shaharlarning ijtimoiy xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi.

😊 Jumladan, ayni paytda Bo‘ka va Piskent tumanlari ijtimoiy xodimlari uchun mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodim ishini tashkil etish hamda keys menejmenti amaliyoti mavzularida seminar bo‘lib o‘tmoqda.

1️⃣ Birinchi kunda ishtirokchilar ijtimoiy xodimning kasbiy ko‘nikmalari, uning vazifa va funksiyalari, huquq hamda majburiyatlarini batafsil o‘rgangan bo‘lsa, bundan tashqari mutaxassislar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining 12 toifasi, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlarning mazmun va mohiyatini tushuntirildi.

2️⃣ Treningning ikkinchi kunida ijtimoiy xodimlarga keys menejment asosida oilaga kirish, ularni baholash, aholi bilan kommunikatsiyaga kirishishda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi mavzular kreativ usullarda o'rgatilmoqda.

Ma'lumot uchun, ushbu seminar bosqichma-bosqich har bir tuman, shaharlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Bo'ka tumanida g'oza agrotexnikasi va paxta yig'im-terimiga tayyorgarlik mavzusida
seminar o'tkazildi.

🔺 Bo'ka tumanida 2024-yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida agrotexnik ishlov berish, defoliatsiya ishlariga tayyorgarlik, shuningdek paxta yig'im-terim ishlarini uyushqoqlikda tashkil etish bo'yicha o'tkazilgan seminarda tuman hokimi B.Begmatov, Toshkent viloyati Qishloq xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i Sh.Xaydarov, tuman prokurori B.Yuldashev, IIB boshlig'i J.Manazarov, DSI boshlig'i Sh.Xazratov, qishloq xo'jaligi korxonalari rahbarlari, klasterlar, hudud raislari va fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.

🔹 Seminarda mas'ullar tomonidan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar, terim kombaynlari va tashish texnikalarini mavsumga tayyorlash kabi muhim yo'nalishlar bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.

🔸 Seminar yakunida fermer xo'jaliklari rahbarlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari, shuningdek klasterlar rahbarlaridan tegishli javoblarni olishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

"Dolzarb qirq kunlik" bo'yicha ilmiy-amaliy
seminar bo'lib o'tdi.

🔸 Bugun Bo‘ka tumani "Baxmal" hududida joylashgan "Olimov Shodiyor" fermer xo'jalik g'o'za maydonida O'simliklar karantini va himoyasi agentligi Bo‘ka tumani bo‘limi inspektorlari hamda Bo‘ka tuman klaster, fermer xo‘jaliklar rahbarlari ishtirokida g'o'za maydonlarida "Dolzarb qirq kunlik" bo'yicha ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi.

🔹 Seminarda 2024-yil g'o'za maydonlarida olib borilishi kerak bo'lgan agrotexnik tadbirlar, kimyoviy mahsulotlarni o'z vaqtida sifatli qo'llash va shu kabi dolzarb masalalar bo'yicha zarur tavsiyalar berib o'tildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

Direktor o'rinbosarlari ishtirokida
seminar tashkil etildi.

🔹 Toshkent viloyati Boʻka tumani MMTB tasarrufidagi umumtaʼlim maktablari uchun MMIBDOʻ ishtirokida "Taʼlim tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusidagi oʻquv-seminari oʻtkazildi.

🔹 Seminarda mas'ullar tomonidan mamlakatimizda davlat tomonidan taʼlim tizimini rivojlantirish, oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilayotgani haqida fikrlar bildirildi.

🔹 Milliy gvardiya Boʻka tumani bo'limi bolalar bilan ishlash boʻyicha katta inspektor psixolog Sh.Ergashev, Sh.Davranov, S.Tajibayevlar ishtirok etib, oʻquvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ota-onaning farzand tarbiyasidagi maʼsuliyatini oshirish borasida soʻz yuritdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Paxta maydonlarini defoliatsiya qilish yuzasidan ko’rgazmali seminar o’tkazildi.

🔸 Bo'ka tumani “Jambul” hududidagi “Baxtiyor Samariddin” fermer xo’jaligi dala maydonida g’o’za ekin maydonlarida defoliatsiya ishlarini o'z vaqtida va sifatli olib borilishi bo'yicha ko’rgazmali seminar bo’lib o’tdi.

🔹 Tuman hokimi B.Begmatov, IIB boshlig’i J.Manazarov, tuman hokimining o’rinbosari, qishloq xo’jaligi mas’ullari, fermer xo’jaligi rahbarlari hamda qishloq xo’jaligi sohasida ko’p yillik tajribaga ega agronomlar ishtirok etishdi.

🔹 Tuman hokimi tomonidan g‘o‘za defoliatsiyasini o'z muddatida sifatli qilib amalga oshirish, defoliantlarni qo‘llash meʼyorlariga rioya etilib o‘tkazilishi, defoliatsiya oʻtkazishdan oldin tuproq namligiga, tadbir davomida ishlatiladigan texnika va agregatlarning sozligiga alohida eʼtibor berish kerakligi ta'kidlandi.

🔹 Seminar ishtirokchilariga gʻoʻza defoliatsiyasi boʻyicha mutaxassislar tomonidan zarur maslahat va tavsiyalar berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Bo'ka tumanida 2025-yil hosili uchun g‘alla ekish bo‘yicha
seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹 Kuni kecha "B.Umarov" hududidagi "Xaydar Ahmad Chorbog'i" fermer xo‘jaligida tashkil etilgan seminarda tuman hokimi B.Begmatov, Qishloq xo’jaligi vazirligi G’allachilik bo’limi boshlig’i Z.Artiqov, Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot instituti vakili Z.Ziyodullayev, tuman hokimining o‘rinbosari O'.Alimov, Qishloq xo'jaligi bo'limi boshlig'i B.Turg'unboyev, qishloq xo‘jaligiga aloqador tashkilotlar hamda fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.

🔸 Unda asosiy e’tibor 2025-yil hosili uchun ekiladigan g‘alla agrotexnik tadbirlarga qaratilib, yer tayyorlash, g’alla ekishda navlarni tanlash, tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli o‘tkazish, xususan, zararli hasharot va kasalliklarga qarshi kurashish, mineral o‘g‘itlar bilan to‘yintirish, bu orqali yuqori hosildorlikka erishish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

🔹 Seminarda fermer xo’jaliklari rahbarlari faoliyatlari davomida duch kelgan muammolar, kelgusidagi rejalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari va olimlardan tegishli javoblar oldi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

🇺🇿🇩🇪O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Yosh Fermerlar kengashi va Germaniya Yosh amaliyotchilarni qo‘llab-quvvatlash Dasturi tomonidan seminar tashkil etildi.

Bugun Toshkent viloyati Bo'ka tumanida O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi va Germaniyaning Yosh amaliyotchilarni qo‘llab-quvvatlash dasturi hamkorligida "Germaniyada Ta’lim Imkoniyatlari" mavzusidagi seminar-trening muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazildi.

Seminarni Germaniyalik 18 yoshli Tom Berger olib bordi. U ishtirokchilarga Germaniyada ta’lim olish imkoniyatlari, universitetlar va ta’lim dasturlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, seminar davomida Germaniyada o‘qish uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatlar haqida aytib berdi.

Tom Bergerning taqdimoti ishtirokchilarga Germaniyada ta’lim olish jarayoni, qabul va grantlar haqida keng qamrovli tushunchalar berdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

🧅 “Bog' vа tok” oralariga piyoz, sarimsoq piyoz hamda to'qsonbosti usulida eksportbop sabzavot ekinlarni ekish bo’yicha amaliy seminar bo’lib o’tdi.

🔺 Bugun Bo'ka tumani A.Navoiy hududida joylashgan "Temur Agro Zamin" fermer xo’jaligi dala maydonida tuman hokimining qishloq va suv xo'jaligi bo'yicha o'rinbosari O'.Alimov, Agroinspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i S.Sodiqov, qishloq xo'jaligiga tegishli korxona-tashkilotlar va fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirokida "Bog' vа tok” oralariga piyoz va sarimsoqpiyoz hamda to'qsonbosti usulida eksportbop sabzavot ekinlarni ekish bo’yicha seminar tashkil etildi.

🔺 Seminarda mas’ullarga dala madaniyatini shakllantirish, "Bog' vа tok” oralariga piyoz va sarimsoqpiyoz hamda to'qsonbosti usulida eksportbop sabzavot ekinlarni ekish ishlarini tashkil qilishda e’tibor qaratiladigan agrotexnik tadbirlar bo’yicha tushunchalar berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SEMINAR

O'simliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan dala o'quv seminari o'tkazildi.


🔸 O'simliklar karantini va himoyasi agentligining topshirig'iga asosan agntlikning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 2025-yil hosili uchun qishloq xo'jaligi ekinlariga zarar keltiruvchi zararli organizmlarni hududlarda qishlovga ketish miqdoriga aniqlik kiritish maqsadida dala o'quv-seminari bo'lib o'tdi.

💠 Bo'ka tumanida kuzgi yer kavlash (raskopka) bo'yicha o'tkazilgan seminarda inspektorlarga zarur tavsiyalar berib o'tildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM