BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.17K subscribers
19.8K photos
1.69K videos
7 files
6.47K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Yoshlar oyligi
#Bo'ka tumani

🏫14-umum taʼlim maktabi
💥 Yoshlarning iqtidori va yetakchilik qobiliyatini rag'batlantirish, bo'sh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida

♦️ KAMALAK
BILIMDONLARI ♦️

nomli loyiha tashkil etildi.
Tanlovda jamoalar 4 ta shart bo'yicha o'zaro bellashishdi.
Tanlov natijasiga koʻra:

1-o'rin "KAMALAK YULDUZLARI"
2-o'rin "OMAD"
3-o'rin "BARKAMOL AVLOD"

jamoalari egalladilar.
G'olib jamoalar DIPLOM va esdalik sovgʻalari bilan munosib taqdirlandi.

🇺🇿 Yoshlar yetakchisi🇺🇿
Sarvinoz Xusanova
#Yoshlar_oyligi
#Yetakchi_tashabbusi
#Bo'ka_tumani_yoshlari

🌈O'zbekiston yoshlar ittifoqi Bo'ka tumani 15-maktab Yoshlar yetakchisi hamda sardorlar tomonidan Yoshlar oyligi doirasida bir guruh yoshlar xonadoniga tashif tashkil etildi.

Tashrif davomida yoshlar bilan iliq va samimiy muloqot o'tkazildi, ularning qiziqishlari o'rganildi, sardorlar turli o'yinlarni uyushtirdi.

📖Yoshlar yetakchisi Navbahor Xusanova o'z dastxati bilan o'quvchilarga kitoblar jamlanmasini taqdim etdi.
#Yoshlar_ittifoqi
#Yoshlar_oyligi
#Quvnoq_startlar

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Bo‘ka tumani hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Bo‘ka tumani Kengashi, Xalq ta’limi bo‘limi, 13, 14-maktablar bilan hamkorlikda “Yoshlar oyligi” doirasida 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 13, 14-maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi tashkil etildi.
🏃Musobaqada 13, 14-maktablarning 8 nafar o‘quvchilaridan iborat jamoalari 4 ta bir-biridan qiziq shartlar asosida sinovdan o‘tdi. Hakamlar tomonidan barcha shartlarni muvaffaqiyatli yakunlagan jamoalar quyidagi o‘rinlarni egalladi:
I o‘rin – 14-maktabning “UCHQUN” jamoasi;
II o‘rin – 13-maktabning “LOCHIN” jamoasi.
❇️Musobaqada ishtirok etgan jamoalar Bo‘ka tumani hokimligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Bo‘ka tumani Kengashi tomonidan diplom va kitoblar jamlanmalari bilan rag‘batlantirildi.
#Yoshlar_ittifoqi
#Yoshlar_oyligi
#Targ’ibot
#Chellenj

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Bo’ka tumani Kengashi hamda sardorlar Kengashi tomonidan “Yoshlar oyligi” doirasida targ’ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilib, turli soxa vakillari ishtirokida chellenj o’tkazildi.
#Yoshlar_ittifoqi
#Yoshlar_oyligi
#Voleybol

❇️O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Bo‘ka tumani Kengashi, Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda Yoshlar yetakchilari o‘rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish hamda “Yoshlar oyligi” doirasida 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Voleybol musobaqasi tashkil etildi. Ushbu musobaqa ilk marotaba erkaklar va ayollardan tuzilgan aralash (mikst) tarkibda o’tkazildi.
🔷Musobaqada 6 nafar ishtirokchilardan iborat 4 ta jamoa g’oliblik uchun kurash olib bordi. Jo’shqin va quvnoq kayfiyatda o’tgan musobaqada jamoalar quyidagi o‘rinlarni egalladi:
🥇I o‘rin – “TASHABBUSKOR YOSHLAR” jamoasi;
🥈II o‘rin – “YOSHLIK” jamoasi;
🥉III o’rin – “LIDERLAR” hamda “ILG’OR YETAKCHILAR” jamoalari.
Musobaqada yakunida barcha jamoalar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Bo‘ka tumani Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
#Yoshlar_oyligi_2021
#Yosh_notiqlar
#Bo'ka_tumani_yoshlari

Munozara turniri g'oliblari aniqlandi

💼O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Bo‘ka tumani Kengashi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning tanqidiy va tahliliy fikrlash ko‘nikmasini o‘stirish, notiqlik san’atini rivojlantirish maqsadida 1-son kasb-hunar maktabi Faollar zalida “Munozara” intellektual turnirining Bo‘ka tumani bosqichi tashkil etildi.
🔷Turnirda ishtirok etgan jamoalar qur’a tashlash yo‘li bilan “Tasdiq” va “Inkor” jamoalariga bo‘lindi. Hakamlar hay’ati a’zolari va Time keeper vazifasiga malakali mutaxassislar biriktirildi. Hakamlarning yakuniy xulosasiga ko‘ra jamoalar quyidagi o‘rinlarni egalladi:
I o‘rin – Professional ta’lim muassasalari jamoalari orasidan Bo‘ka Agrotexnologiyalar texnikumining “Yangi yulduzlar” jamoasi;
I o‘rin – Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari jamoalari orasidan Bo‘ka tumani 46-maktabning “Bunyodkor yoshlar” jamoasi.
Tadbir yakunida barcha jamoalar Diplomlar bilan rag'batlantirildi.
#Yoshlar_oyligi
#Forum_2021
#Sardorlar_seminari
#52_maktab

SARDORLIK BU - MAS'ULIYAT!

🌈Kuni kecha Bo'ka tumani 52-umumiy o'rta ta'lim maktabi Yoshlar yetakchisi - Maxliyo Murtozayeva tomonidan maktab Sardorlar Kengashi a'zolari uchun navbatdagi Seminar tashkil etildi.

✍️Seminarda yangi sardorlarga ularning vazifalari tushintirildi, istiqboldagi yangi rejalarni amalga oshirish muddatlari kelishib olindi.
#Forum_2021
#Yoshlar_oyligi
#Tanlov
#Bo'ka_tumani_yetakchilari

TANLOVNING SEKTOR BOSQICHI YAKUNLANDI

🔍O'zbekiston yoshlar ittifoqi Bo'ka tumani Kengashi tomonidan Yoshlar yetakchilari faoliyatini tahliliy o'rganish hamda ularning bilim-ko'nikmasi, yoshlarni ortidan ergashtira olgani, faoliyati davomida erishgan natijalari hamda boshqa qobiliyatlarini baholash maqsadida Ishchi guruh a'zolari ishtirokida "Yilning eng faol yoshlar yetakchisi" Respublika ko'rik-tanlovining sektor bosqichi tashkil etildi.
Tanlovning sektor bosqichida quyidagi maktab yetakchilari g'oliblikni qo'lga kiritib, tuman bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi:
1-sektordan 4, 49-maktab yetakchilari;
2-sektordan 23, 24, 52-maktab yetakchilari;
3-sektordan 14, 48-maktab yetakchilari;
4-sektordan 39, 44-maktab yetakchilari.

Yoshlar Ittifoqi Bo`ka tuman Kengashi
#Yoshlar_oyligi
#Zakovat_2022
#Final
#Uzbek_power

🎓Ertaga 6-iyun kuni soat 19:00da "Yoshlar oyligi" doirasida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning mantiqiy davomi sifatida "Bahor oromgohi" yozgi maydonida "Zakovat" intellektual o'yini Bo'ka tumani Final uchrashuvi o'tkaziladi.

🔥Turnirda to'rtta sektordan 1, 2, 3-o'rinlarni qo'lga kiritgan quyidagi jamoalar g'oliblik uchun baxs olib boradi:
1-sektor — Guliston MFY, Samarqand MFY, Navro'z MFY jamoalari;
2-sektor — Mirzabek MFY, Oltish MFY, Ramadon MFY jamoalari;
3-sektor — Navobod MFY, Rovot MFY, Beshkapa MFY jamoalari;
4-sektor — Bo'ston MFY, Baxmal MFY, Ko'korol MFY jamoalari.

📣Barcha ilm ahlini ushbu intellektual turnirni tomosha qilishga taklif qilamiz.
#Yoshlar_oyligi_2022
#Zakovat_Final
#Bahor_oromgohi

ZAKOVATDA EKSKLYUZIV JAMOASI CHEMPION!

🌍Bo'ka tumani hokimligi, IIB, O'zbekiston milliy gvardiyasi, FVB, Yoshlar ishlari Agentligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi, Madaniyat bo'limi tomonidan "Bahor oromgohi" yozgi maydonida "Zakovat" intellektual o'yini Bo'ka tumani Final uchrashuvi tashkil etildi.

📊Turnir g'olibligi uchun 14 jamoa baxs olib bordi va yakunda quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o'rin — Bo'ston MFY "Eksklyuziv" jamoasi;
2-o'rin — Ramadon MFY "Liderlar" jamoasi;
3-o'rin — Ko'korol MFY "Tafakkur" jamoasi.

🏆Tadbir so'nggida barcha jamoalar tuman hokimi N.Abbosov boshchiligida munosib rag'batlantirildi.
#Yoshlar_oyligi
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Munozara_2022
#Etirof

MUNOZARA - YOSH NOTIQLAR MINBARI

🌎Joriy yilning 18-20 iyun kunlari "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida umumiy o'rta ta'lim maktablari sardorlari ishtirokida "Munozara" intellektual turnirining Respublika bosqichi o'tkazildi.

📊Turnirda 16 jamoa g'oliblik uchun baxs olib bordi. Quvonarlisi, ushbu turnirda Toshkent viloyati jamoasi tarkibida ishtirok etgan Bo'ka farzandi - Munisa Tojiboyeva ikkinchi spikerlar orasida "Eng yaxshi notiq" nominatsiyasi g'olibi bo'ldi va O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi - Shavkat Zayniddinov tomonidan maxsus sovrinni qo'lga kiritdi.

🤝Ushbu tarixiy yutuq bilan Munisaning ota-onasi va barcha bo'kalik yoshlarni muborakbod etamiz.
#YOSHLAR_OYLIGI_2024
#BREYN_RING
#YETAKCHI_TASHABBUSI

🔸 Kuni kecha Bo'ka pedagogika kolleji Faollar zalida Yoshlar oyligi munosabati bilan "Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida o'quvchi-talabalar o'rtasida "Breyn-ring" intellektual o'yini tashkil etildi.

🎓 Intellektual musobaqada 4 ta jamoalar g'oliblik uchun bahs olib bordi va quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o'rin — "Milliy" jamoasi;
2-o'rin — "Ilk qadam" jamoasi;
3-o'rin — "Onlayn" jamoasi.

🔸 Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar kollej rahbariyati va Yoshlar ishlari Agentligi Bo'ka tumani bo'limi tomonidan munosib rag'batlantirildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_oyligi

Yoshlar oyligi doirasida "Milliy kurash" sport musobaqasi o'tkazildi.

🟢 Bugun Bo’ka tumani Bo’ston mahalla fuqarolar yig’ini hududida Yoshlar oyligi doirasida sportning "Milliy kurash" turi bo'yicha 50, 60, 70 kg vazn toifalarida musobaqa tashkil etildi.

🔹 Musobaqa natijalariga ko’ra
50 kg vazn toifasida
1-oʻrin - Saidjalolov Saidislom
2-oʻrin - Abdullayev Sardor
3-oʻrin - Egamberdiyev Shoxjahon
60 kg vazn toifasida
1-oʻrin - Eliboyev Sherzod
2-oʻrin - Mirsoliyev Odiljon
3-oʻrin - Jamolov Jasur

70 kg vazn toifasida
1-oʻrin - Kamolov Abdulaziz
2-oʻrin - Mamashokirov Sarvar
3-oʻrin - Doʻstboyev Rahim

G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_oyligi

Yoshlar oyligi doirasida sport tadbirlari davom etmoqda

🔹 Bugun Bo’ston "Yoshlar bog’i"da sportning "Stol tennisi" turi bo’yicha musobaqa tashkil etildi.

🔹 Ushbu musobaqada "Stol tennisi"ga qiziquvchi 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar ishtirok etishdi.

🥇Musobaqa natijalariga ko’ra
1-o’rin - Aliboyev Sarvar (Cho’lobod MFY)
2-o’rin - Boybo’ldinov Diyorbek (Chavlisoy MFY)
3-o’rin - Nug'monov Jamshid (Bo’ston MFY)


Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM