BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.11K subscribers
21.3K photos
1.81K videos
8 files
6.99K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Sarhisob
#Bo'ka_tumani_yetakchilari

YETAKCHILAR FAOLIYATI MUHOKAMA QILINDI

📌O'zbekiston yoshlar ittifoqi Bo'ka tumani Kengashi tomonidan "Yoshlar markazi" binosida tumandagi ta'lim muassasalari Yoshlar yetakchilarining 2021/2022-o'quv yilidagi sentabr-oktabr oyi faoliyati yakunlari yuzasidan tanqidiy va tahliliy yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishda yetakchilarga berilgan vazifalar muhokama qilindi va balli tizim asosida Monitoring ishlab chiqildi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida saylov uchastkalari hamda "Yosh saylovchi" targ'ibot tadbirlarida ishtirok etgan barcha Yoshlar yetakchilariga Sertifikatlar topshirildi.
#Sarhisob
#Yoshlar_ittifoqi
#Konferensiya_2022

YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI — BIRLASHAYLIK!

🏢Ertaga 8-oktabr kuni soat 14:00da Bo'ka Agrotexnologiyalar texnikumi Faollar zalida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Bo'ka tumani mahalliy Kengashining Konferensiyasi chaqiriladi.

🔎Konferensiya ishida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Bo'ka tumani Kengashining 2017-2022 yillardagi faoliyati tahlil qilinadi va kelgusidagi rejalari belgilab olinadi.

✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev raisligida Piskent, Boʻka, Bekobod, Yangiyoʻl, Chinoz, Oʻrta Chirchiq hamda Boʻstonliq tumanlarida boʻlib oʻtgan tanqidiy-tahliliy muhokamalar asosida “Nurafshon” telekanali maxsus reportaj namoyish qildi.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

VILOYATDA AVTOMOBIL QATNOV YO‘LLARI RAVONLASHMOQDA

Toshkent viloyatida avtomobil yo‘llari tarmog‘ini yanada yaxshilash, qatnov yo‘llarining texnik holati va harakat xavfsizligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatdagi avtomobil yo‘llari uzunligi 13 655 kilometrni tashkil qilsa, shundan 4 045 km umumfoydalanuv yo‘llari, 358 km xalqaro, 1 354 km davlat hamda 2 333 km mahalliy ahamiyatdagi yo‘llardir.

Ichki yo‘llar uzunligi 9 610 kilometrga teng. Viloyat hududidagi avtomobil va ichki yo‘llarda joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida barcha dasturlar bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borildi.

Jumladan, 1 509 085,4 million so‘m miqdordagi mablag‘lar hisobiga 1 608,3 kilometr uzunlikdagi yo‘llarda ta’mirlash doirasidagi tadbirlar amalga oshirildi.

Shuningdek, viloyat hududidagi 7 ta infratuzilmani rivojlantirish dasturi, 6 ta shahar ko‘chalari, 1 ta erkin iqtisodiy zona, 566 ta ta’mirlash ishlari dasturi borasidagi ishlar bajarilib, foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, PQ-408-qaror ijrosi yuzasidan mahallalarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha 302 ta, PQ-5118-sonli qaror doirasida 176 ta, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 2 ta obyektlar bitkazildi. Dasturdan tashqari 14 ta shag‘allashtirish ishlari olib borildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_ishlari_agentligi
#sarhisob

Yoshlar yetakchilarining hisobotlari tinglandi.

💠 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq joriy yil dekabr oyida yoshlar masalalari boʻyicha masʼullarning hisobotini eshitish belgilangan.

🔹 Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Bo'ka tumanining 44-mahalla yoshlar yetakchilari yil davomida amalga oshirilgan ishlari hususida hisobot berishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob
#Infografika

📊Bo'ka tumanida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi qanchaga yetdi?

🔹 Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish:
Sabzavot – 171,1 mlrd soʻm
Don – 223,6 mlrd soʻm
Meva – 52,6 mlrd soʻm

🔹 Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish:
Goʻsht – 797,3 mlrd soʻm
Sut – 312,0 mlrd soʻm
Tuxum – 7,7 mlrd soʻm

🔹 Baliqchilik mahsulotlari yetishtirish:
Baliq – 26,1 mlrd soʻm

🔺 Shundan fermer xoʻjaliklari ulushi - 467,9 mlrd soʻm
🔺 Dehqon (shaxsiy tomorqa)xoʻjaliklari – 1412,9 mlrd soʻm
🔺 Qishloq xoʻjaligi korxonalari – 174,4 mlrd soʻmni tashkil etadi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob
#Infografika

Viloyatda “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2023-yil yakunlariga koʻra “Hududlar reytingi” eʼlon qilindi

Unga koʻra:

aholi jalb etilishi boʻyicha ”Eng faol hudud“Ohangaron tumani;
jamoatchilik nazorati boʻyicha ”Eng faol hudud“ Oqqoʻrgʻon tumani;
loyihalar ijrosi boʻyicha ”Eng faol hudud“ Boʻstonliq tumani.

Aytish mumkinki, joriy yilning 1-fevralidan ”Tashabbusli budjet" jarayonining 2024-yil 1-mavsumi boshlanadi. Jami 500 milliard soʻmdan ziyod mablagʻlar ajratilishi reja qilinmoqda.

Shuningdek, quyidagi havola orqali 2023-yilda gʻolib boʻlgan 366 ta loyiha va ularning bajarilishi bilan bogʻliq ishlar sarhisob qilingan.

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter