Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Hokim_qarori
ENDI "OPEN BUDGET" PORTALIDA BOGʻ YARATISH UCHUN HAM ISHTIROK ETISH MUMKIN
Prezidentimizning "Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi farmoniga muvofiq, endilikda Toshkent viloyatida ham davlat byudjetidan har yili ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi "Yashil bog‘lar" va "Yashil jamoat parklari"ni tashkil qilish uchun "Open byudjet" axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan "Mening bog‘im" loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.
Bunda aholi tashabbusi bilan "Yashil bog‘lar" va "Yashil jamoat parklari"ni tashkil qilish bo‘yicha maydon manzili va rasmlari ko‘rsatilgan holda, qiymati 250 million so‘mdan oshmagan tashabbuslar bildirilishi hamda "Mening bog‘im" loyihalarini shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida o‘tkazilishi belgilangan.
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitterr

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Hokim_qarori
Boʻka tumanida ayrim yer maydonlari davlat zaxirasiga qaytarildi
Boʻka tumani "Boʻston" massividagi "Innovation Keramic Group" MChJ hamda "Parkent" massividagi "Ergash Shuxrat Impeks" fermer xoʻjaligi oʻrtasida tuzilgan yer ijara shartnomasi sudning tegishli qaroriga koʻra bekor qilindi.

Shuningdek qarorda, mazkur yer maydonlari davlat mulki sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi va yerdan samarali foydalanish choralari koʻrilishi belgilangan.
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitte

Toshkent viloyatidagi shahar va tuman hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha loyiha menejerlari ish faoliyati samaradorligini baholash hamda ularni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. 2024-yil 1-aprelga qadar ularga ustamalar belgilash boʻyicha komissiya tuziladi.
Joriy yil 1-iyulga qadar mazkur vazifa egalari faoliyati samaradorligini baholash tizimi va ularning faoliyatiga doir hisobotlarning yuritilishi tajriba-sinov tariqasida, yil yakuniga qadar esa toʻliq avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshirish choralari koʻriladi.
🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter

Viloyatdagi ayrim yaroqsiz obyektlar buziladi
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli qarori bilan, viloyatdagi ayrim yaroqsiz holatdagi binolar buzilishi belgilandi.
1️⃣ Xususan, Zangiota tumani "Asil" MFY hududidagi 27-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining foydalanishga yaroqsiz bir qavatli qoʻshimcha bino-inshootlari;
2️⃣ Boʻka tumani "Oʻzbek" MFY hududidagi 4-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining foydalanishga yaroqsiz 3 ta bir qavatli bino-inshootlari;
3️⃣ Toshkent tumani "Chigʻatoy" MFY hududidagi 18-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining foydalanishga yaroqsiz bir qavatli binolari buziladi va boʻshaydigan yer maydonidan kelgusida samarali foydalanish choralari koʻriladi.
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitte
Viloyatdagi ayrim yaroqsiz obyektlar buziladi
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli qarori bilan, viloyatdagi ayrim yaroqsiz holatdagi binolar buzilishi belgilandi.
1️⃣ Xususan, Zangiota tumani "Asil" MFY hududidagi 27-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining foydalanishga yaroqsiz bir qavatli qoʻshimcha bino-inshootlari;
2️⃣ Boʻka tumani "Oʻzbek" MFY hududidagi 4-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining foydalanishga yaroqsiz 3 ta bir qavatli bino-inshootlari;
3️⃣ Toshkent tumani "Chigʻatoy" MFY hududidagi 18-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining foydalanishga yaroqsiz bir qavatli binolari buziladi va boʻshaydigan yer maydonidan kelgusida samarali foydalanish choralari koʻriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Hokim_qarori
Toshkent viloyatining bir qancha hududlarida boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan uchastka va yer maydonlari davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorlarni imzoladi.
Xususan, Yangiyoʻl tumanida 108,6 va 105,52 gektar, Boʻka tumanida 113,28 gektar, Qibray va Piskent tumanlarida uchastka va yer maydonlari davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Shuningdek, kelgusida mazkur qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish choralari koʻrilishi belgilangan.