BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.16K subscribers
19.2K photos
1.63K videos
6 files
6.25K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#vatanparvarlik_karvoni
#Boka_tumani_yoshlari

Bo’ka tumani “Bo’ston” MFY hududidagi 2-son kasb-hunar maktabida Bo’ka tumani Mudofaa bo’limi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Bo’ka tumani Kengashi, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, tuman Xalq ta’limi bo’limi, 42219-harbiy qism bilan hamkorlikda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbilayalash, ularda ona Vatanga bo’lgan muhabbatni yanada yuksaltirish maqsadida “Vatanparvarlik karvoni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirga tashrif buyurgan yoshlar uchun harbiylar ishtirokida turli jang sahnalari hamda harbiy texnikalar namoyish qilinib, qurol aslahalar, aloqa vositalari, askar va ofitserlar hayoti bilan yaqindan tanishtirildi.

Bo'ka tuman hokimligi axborot xizmati
#mexr_va_etibor
#malham
#Boka_tumani_yoshlari

BIR INSON QALBINI SHOD ETIB…

Bo’ka tumani tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sho‘basi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Bo’ka tumani Kengashi hamda 44-maktab Yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda yana bir loyihani amalga oshirdi. Loyiha davomida Asilbek Sharifbekov xonadoniga yangi tuhfa bilan tashrif buyurdik va uning quvonchiga sherik bo’ldik.

Asilbek Sharifbekov, 26 yoshda. U hozirda Bo’ka tumani Ko’korol MFY, Chilonzor ko’chasi, 41-uyda istiqomat qiladi.

Asilbek, sen doimo e’tiborimizdasan!

Yoshlar ittifoqi Bo'ka tuman kengashi
#Boka_tumani
#Saylov
#Men_saylovda_ishtirok_etaman_sizchi ?

Respublika ma‘naviyat va ma‘rifat markazi Bo‘ka tuman bo‘linmasi tomonidan Saylov oldi targ‘ibot guruhi tashkil etilgan boʻlib, ushbu targʻibot guruhi yurtdoshlarimizning siyosiy xuquqlari to‘liq va to‘g‘ri foydalanishlari uchun turli targ‘ibot tashvig‘ot tadbirlarini tashkil etmoqda. Xususan tumanda "Men saylovda ishtirok etaman sizchi?" mavzusida chellenjga start berilgan boʻlib, unda tumanimizdagi 2-umumta'lim maktabi jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Chellenjda maktab direktori U.Qodirxoʻjayev, maktab direktori oʻrinbosari D.Komilov, maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ‘ibotchisi G.Joʻrayeva hamda butun maktab jamoasi yurtdoshlarimizni o‘z siyosiy xuquqlaridan foydalanishga va oʻz kelajagi uchun munosib nomzodga ovoz berishga chaqirishmoqda.

Bo'ka tumani ma'naviyat va ma'rifat markazi
#imkon
#Sardorlar_Kengashi
#Boka_tumani_yoshlari

SARDORLAR TASHABBUSI

🔷O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Bo‘ka tumani 2, 4-umumiy o‘rta ta’lim maktablari sardorlari “Achamayli fayz-baraka” MFYda istiqomat qilayotgan Abdurashid ota va Rokiya ona xonadoniga tashrif buyurdi.

🟢Tashrif davomida sardorlar keksalar bilan tanishdi, ularning bosib o‘tgan hayot yo‘llari haqidagi fikr-mulohazalarini tinglashdi, uy va xo‘jalik ishlariga ko‘maklashdi. Sardorlarning ko‘magidan boshi osmonga yetgan xonadon sohiblari ularni duolar qilishdi.

✳️Ushbu loyihani tashkil etgan 4-maktab “Imkon” yo‘nalishi sardori Shaxzoda Sherzodovadan yangi tashabbuslarni kutib qolamiz!
#Sharaf_lentasi
#Targibot_aksiyasi
#Boka_tumani_sardorlari

🔥Xotira bor ekan – millat barhayot!

🎗9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Bo'ka tumani Kengashi, Yoshlar ishlari Agentligi va bir guruh sardorlar ishtirokida "Sharaf lentasi" targ'ibot aksiyasiga start berildi.

Mazkur aksiyada barcha hamshaharlarimizni faol ishtirok etishga chaqiramiz.
#Zukko_kitobxon_2022
#Boka_tumani_bosqichi

ZUKKOLARNING ZUKKOLIGI G'ALABA KELTIRDI

📚Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Zukko kitobxon" intellektual turnirining Bo'ka tumani bosqichi tashkil etildi.
🔎Turnir yakunida jamoalar quyidagi o'rinlarni egalladi:
1-o'rin — Shodlik MFY "Zukkolar" jamoasi;
2-o'rin — Dashtobod MFY "Riyozot" jamoasi;
3-o'rin — Samarqand MFY "Adolat" va Bo'ston MFY "Eksklyuziv" jamoalari
.
Tanlovning tuman bosqichida ishtirok etgan barcha jamoalar Yoshlar ishlari Agentligi tomonidan esdalik sovg'alari bilan munosib rag'batlantirildi.
📊O'zbekiston yoshlar ittifoqi Bo'ka tumani Kengashi tomonidan "Zukkolar" jamoasi tanlovning viloyat bosqichida munosib ishtirok etishiga ishonch bildiramiz!
#Boʼka_tumani
#yernazorati

⚡️Bo‘ka tumanida aniqlangan noqonuniy qurilmalar

🔎 Kadastr agentligining Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida tuman hududida o‘zboshimcha egallangan yerlar hamda noqonuniy ravishda qurib olingan qurilmalar aniqlandi.

🔸 Tadbir davomida holat yuzasidan tegishli tartibda ogohlantirish xati berilib, mahalliy aholiga yerlardan belgilangan maqsadlarda foydalanish lozimligi hamda yer uchastkalarini o‘zboshimcha egallash va noqonuniy qurilmalar qurishning huquqiy oqibatlari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʼka_tumani #OAV_biz_haqimizda #brifing #yernazorati

⚡️Bo‘ka tumanidagi mavjud 55 ta maktab, 21 ta maktabgacha taʼlim muasassalari hamda 483 ta ijtimoiy soha obyektlari maʼlumotlari o‘rganilib, Uzkad tizimga kiritilishi taʼminlandi.

Bu haqida Davlat kadastrlari palatasi Bo‘ka tuman filiali rahbari F.Tojiqulov maʼlumot berdi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM