BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.15K subscribers
19.3K photos
1.64K videos
6 files
6.27K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#kichik_sanoat_zonasi

Tuman hokimi
Kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

🔸 Bugun tuman hokimi B.Begmatov “Toshloq” va “Achamayli” mahallasi hududida tashkil etilgan kichik sanoat zonalarida bo’lib, hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔺 Tuman hokimi boshchiligida “Toshloq” mahallasidagi Kichik sanoat zonasida mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi “Fayz-Toshkent-Eksport”, “Prom Diagonal”, plastik va alyumin eshik-romlar ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanuvchi “Carpet Cleaning”, shuningdek, “Achamayli” mahallasida joylashgan Kichik sanoat zonasidagi beton va beton mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Grand Beton Zavod” korxonalari faoliyati ko’zdan kechirildi.

🟢 Tuman hokimi tomonidan korxonalarda faoliyat yuritayotgan ishchilarning bandligini rasmiylashtirish, loyihada ko’rsatilgan yangi ish o’rinlarini yaratish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, hududni obodonlashtirish, bo’sh turgan binodan samarali foydalangan holda qo’shimcha ishlab chiqarish liniyalarini tashkil qilish va yangi loyihalarni ilgari surish bo’yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM