BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.09K subscribers
19.6K photos
1.67K videos
7 files
6.4K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing
#Kuz_qish

🚒 Bo’ka tumanida joriy yilda sodir bo‘lgan yong‘inlar va ularni oldini olish borasida amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Shuxrat Perdabekov ishtirokida brifing.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kuz_qish

🚛 Tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Nizomiddin Abbosov sektor rahbarlari, tegishli o'rinbosarlar, Xalq ta'limi, Favqulodda vaziyatlar bo'limi va umumta'lim maktablari direktorlari ishtirokida muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi.

🟢 Yig'ilishda tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi tomonidan “Yong’in xavfsizligi oyligi” doirasida umumta'lim maktablarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan o'tkazilgan xatlov jarayonida aniqlangan kamchiliklar muhokama qilindi.

🔺 Tuman hokimi tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida kamchiliklarga yo'l qo'ygan mas'ullar tanqid ostiga olinib, muammolarni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_gvardiya
#kuz_qish

Milliy gvardiya Qo'riqlash bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari boshchiligida yig'ilish o'tkazildi.

💪 Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo'riqlash bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari, polkovnik Nishonov Sherzod Baxtiyorovich boshchiligida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrishni jadallashtirish maqsadida, hududlarda aholining gaz, issiqlik taminoti va elektr energiya boʻyicha mavjud muammolarini oʻrganish hamda ularni oʻz vaqtida bartaraf etish, shuningdek "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirishda uyushqoqlik bilan harakat qilishga qaratilgan MAXSUS SHTAB faoliyati yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.

🔺 Tuman hokimi, sektor rahbarlari, tegishli korxona-tashkilot vakillari va shtab a'zolari ishtirok etgan mazkur yig'ilishda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni o'z vaqtida oldini olish va mavjud muammolarni bartaraf etish lozimligi ta'kidlandi.

🔺 Shuningdek, fuqarolar tomonidan qilinadigan murojaatlarni o'z vaqtida qabul qilish va bartaraf etish choralarini ko'rish uchun Call-markaz faoliyati ham uzluksiz ravishda 24 soat ishlab turishi lozimligi bo'yicha topshiriq berildi.

Eslatib o'tamiz, maxsus shtab Milliy gvardiya qoʻmondoni nazorati ostida faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek, unga IIB, FVB va ijro hokimligining sohaga oid mutasaddi rahbarlari jalb etilgan.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kuz_qish_mavsumi
#nazorat

🔺 Bugun erta tongdan tuman hokimi v.v.b. Xusan Ashurov, tuman IIB boshlig'i Jamoliddin Manazarov, tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’i Shuxrat Perdabekov boshchiligida mas'ul korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida "Madaniyat" mahallasida bo‘lib, ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga ko'rilgan tayyorgarlik holati, obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ko'zdan kechirdi.

🔺 Shuningdek "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan nihollar parvarishi va ekish rejalashtirilgam maydonlar o‘rganildi.

🔸 Aniqlangan kamchiliklar va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni o'z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

🔸 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko'zdan kechirish va kamchiliklarni bartaraf etish jarayonlari davom ettirilmoqda.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kuz_qish

🔺 Xabaringiz bor, kuz-qish mavsumida tuman hududidagi gazlashmagan mahalla fuqarolar yig'inlarida yashovchi aholi doimiy ravishda ko'mir yonilg'isi bilan ta'minlab kelinadi. Mavjud 44 ta mahalla fuqarolar yig'inlaridan 25 tasi ana shunday gazlashtirilmagan hududlar toifasiga kiradi.

🔸 Bugungi kunda "Ko'mir ta'minot" MCHJ tomonidan 1 kunda o'rtacha 100 tonna ko'mir yonilg'isi shu hududlarda istiqomat qiluvchi aholiga yetkazib berilib, bugungi kun holatiga ushbu ko'rsatkich 2 740 tonnani tashkil etmoqda.

🔺 Eslatib o'tamiz, ko'mirga ehtiyoji bo'lgan fuqarolar "Jag'albayli" MFY da joylashgan "Ko'mir ta'minoti" MCHJ korxonasiga murojaat qilishlari mumkin.

Murojaat uchun:
📞 +998990970981 - Uchqun Ergashev (Kambag'allikni qisqartirish va mahallani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i o'rinbosari)

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kuz_qish
#Shtab_faoliyati

🔺 Xabaringiz bor, Bo’ka tumanida 2023-2024-yil kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda "Yashil makon" loyihasini amalga oshirish maqsadida tuman hokimi v.v.b. Xusan Ashurov boshchiligida shtab a’zolari va tegishli korxona-tashkilot rahbarlari bilan ishlarni samarali tashkil etish bo’yicha muhokama yg’ilishi o’tkazildi.

🔺 X.Ashurov tomonidan mahallalarda bo’sh turgan yer maydonlarini ko'chat ekishga tayyorlash, ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, aholi xonadonlaridagi isitish tizimlari, elektr vositalarini nazoratdan o’tkazish bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berilib, kunlik olib borilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlarni o'z vaqtida muhokama qilish bo’yicha vazifalarni belgilab berdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM