BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.16K subscribers
20.7K photos
1.75K videos
7 files
6.78K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозон шаҳрида “Келажак ўйинлари” биринчи халқаро мусобақасининг тантанали очилиш маросимида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в торжественной церемонии открытия первого Международного турнира «Игры будущего» в городе Казани.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #sport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#sport

Sportning voleybol turi bo‘yicha "Ichki ishlar bo'limi boshlig‘i kubogi"ning Bo'ka tumani bosqichi o‘tkazildi.


🔺 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son farmoniga muvofiq, uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda jismoniy faolligi darajasini oshirish maqsadida sportning voleybol turi bo‘yicha "Ichki ishlar bo'limi boshlig‘i kubogi"ning Bo'ka tumani bosqichi o‘tkazildi.

🔹 Musobaqaning ochilishida tuman hokimi B.Begmatov, IIB boshlig'i J.Manazarov, DSI boshlig'i Sh.Xazratov, mas'ul korxona-tashkilot rahbarlari va sportchi yoshlar ishtirok etishdi.

🔺 Musobaqa avvalida tuman hokimi B.Begmatov va IIB boshlig'i J.Manazarov tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlarini ommalashtirish va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida to'xtalib o'tib, musobaqada barcha ishtirokchi jamoalarga omad tiladi.

🔻 Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda kechgan bellashuvlar yakunida "Qoraqo'yli" mahallasi yoshlari faxrli 1-o‘rinni egallab keyingi bosqichiga yo‘llanma olgan bo‘lsa, 2-o‘rinni "Samarqand", 3-o‘rinni "Ravot" mahallasi yoshlari egalladilar.

🔺 Tadbir so‘ngida Bo'ka tumani IIB boshlig‘i tomonidan musobaqada faol ishtiroklari uchun barcha yoshlarga minnatdorchilik bildirilib, g‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport

Bo'kalik yoshlar viloyat birinchiligi g'olibi

🔺 Kuni kecha Bo'ka tumani sport maktabi jamoasi “Sport maktablari futbol ligasi” O‘zbekiston chempionatiga saralash Toshkent viloyati chempionati g‘olibligini qo'lga kiritdi.

🥇 Bo'ka tumani SM
🥈 Yuqorichirchiq tumani SM
🥉 Viloyat SO‘T va YE ISM

🔺 E'tiborlisi, musobaqaning viloyat bosqichida Bo'ka tumani sport maktabi jamoasi a'zolaridan Sh.Irsaliyev - "Eng yaxshi darvozabon" va A.Rashidov - "Eng yaxshi futbolchi" nominatsiyasida tengsiz deb topildi.

🔸 Vakillarimizga musobaqaning keyingi bosqichida ham muvafaqqiyat tilab qolamiz.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Nurafshonda belbogʻli kurash boʻyicha viloyat hokimi Kubogi oʻtkazildi

Kecha Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahrida Navroʻz bayrami munosabati bilan belbogʻli kurash boʻyicha oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida “Toshkent viloyati hokimi kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur musobaqada viloyatning sport talim muassasalari, sport klublari va turli tashkilotlardan belbogʻli kurash boʻyicha shugʻullanayotgan sportchilar gʻoliblik uchun oʻzaro kuch sinashishdi. Bellashuvlarda 5 ta vazn toifasida jami 120 nafar sportchi ishtirok etdi. 

Umumjamoa hisobida kuchli uchlik:

🥇 Parkent tumani
🥈 Chirchiq shahri 
🥉 Boʻka tumani


Musobaqa gʻolib va sovrindorlari diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlanishdi.

Manbaa
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport

"Olam nurga to'lsin sen bilan Navro'z!" shiori ostida
sport musobaqasi bo'lib o'tdi.

🔹 Bugun Boʻka tumani Sport maktabida sportning stol tennisi turi boʻyicha 12-13 va 14-15 yoshdagi oʻgʻil va qiz bolalar oʻrtasida Boʻka tumani ochiq chempionati musobaqasi o'tkazildi.

🏓 Ushbu musobaqada Boʻka, Bekobod, Piskent, Oqqoʻrgʻon tumanlari va Angren shaxridan tashrif buyurgan jami 110 nafardan ortiq sportchi oʻgʻil va qizlar gʻoliblik uchun baxs olib borishdi.

🏆 Murosasiz kechgan baxslarda umumjamoa hisobida
🥇 1- oʻrinni - Boʻka tumani
🥈 2- oʻrinni - Oqqoʻrgʻon tumani
🥉 3- oʻrinni - Piskent tumani sportchilari egallab, tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Ertaga Nurafshonda jurnalist va media olami faollari oʻrtasida spartakiada oʻtkaziladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport

Maktabgacha va maktab ta'limi tizimida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar ishtirokida
sport musobaqasi o'tkazildi.

🔸 Kuni kecha Bo'ka tumani hokimligi Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi va sport maktabi bilan hamkorlikda ta'lim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlar ishtirokida sportning voleybol turi bo'yicha tuman birinchiligi musobaqasi o'tkazildi.

🔸 120 nafardan ortiq pedagoglar ishtirokida o'tgan mazkur musobaqa yakunlariga ko'ra
🥇 1-o'rin - 35-maktab jamoasiga
🥈 2-o'rin - 15-maktab jamoasiga
🥉 3-o'rin - 2-maktab jamoasiga nasib etdi.

🔻 G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport
#ochiq_muloqot

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish borasidagi ishlar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
.

🔺 Bugun tuman hokimligida aholi orasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish borasidagi ishlar, bugungi kundagi natijalar va kelgusidagi rejalar yuzasidan ochiq muloqot o'tkazildi.

🔹 Tuman hokimining o'rinbosari O.Djo'rayev, sport maktabi vakillari va yoshlar ishtirokida o'tgan mazkur ochiq muloqotda yoshlarni sportga jalb qilish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, bu orqali ular orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va Bo'ka tumanidan ham yetuk sportchilar yetishib chiqishi uchun barcha yo'nalishlarda amaliy yordam berish borasida masʼullarga vazifalar yuklatildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport

1-sektor hududidagi "Navro'z" mahallasida joylashgan 5-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning stol tennisi turi bo'yicha musobaqaning sektor bosqichi bo'lib o'tdi. Musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlar tuman bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport

Nuroniylar futbol musobaqasida bellashishdi.


🟡 Kuni kecha Olmaliq shahrida joylashgan sport maydonida tumanimiz nuroniylaridan iborat jamoa Ohangaron tumani nuroniylaridan tashkil topgan jamoa bilan mini-futbol musobaqasida o'zaro kuch sinashishdi.

🟢 Qizg'in va murosasiz o'tgan bahsda Bo'ka tumani jamoasi Ohangaron tumani jamoasi ustidan 2-1 hisobida g'alabaga erishib, keyingi bosqichga yo'l olishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport

"ARMRESTLING" musobaqasining Bo’ka tuman bosqichi bo’lib o’tdi.

🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi sportning "ARMRESTLING" turi boʻyicha tuman birinchiligida 4 ta sektorda o'tkazilgan musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yoshlar ishtirok etishdi.

🤚 Musobaqaning tuman bosqichida 55, 65, 75, 75+  vazn toifalaridagi 18-30 yoshli sportchi yoshlar o'zaro bellashdilar

🔺 Tuman birinchiligida gʻolib boʻlgan yoshlar musobaqaning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport
#nuroniylar

Bo'ka tumanida Nuroniylar jamoalari o‘rtasida “Sog‘lom va zavqli hayot uchun” shiori ostidagi mini futbol bo’yicha viloyat musobaqasining final uchrashuvi o'tkazildi.


🔸 Viloyatimizda yoshi ulug'lar hayotini bugungi yoshlarga ibrat namunasi etib ko'rsatish, keksalarni qadrlash va ularni ijtimoiy hayotdagi faolliklarini oshirish maqsadida turli tadbirlar tashkil etib kelinadi.

🔸 Xususan, bugun Bo'ka tumanida Nuroniylar jamoalari o‘rtasida “Sog‘lom va zavqli hayot uchun” shiori ostida sportning mini-futbol turi bo‘yicha o'tkazilayotgan viloyat musobaqasining final uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda Chirchiq shahri nuroniylaridan iborat jamoa vakillari Oqqo’rg’on tumani nuroniylariga qarshi bahsda maydonga tushishdi.

🔹 Qizg'in va yuqori kayfiyatda bo'lib o'tgan musobaqa finalida Chirchiq shahri nuroniylari raqiblarini 3-1 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi va g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

🔺 Final uchrashuvi so'ngida faol otaxonlar Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev va Toshkent viloyati “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi A.Nosirov boshchiligida diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport

Voleybol bo'yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqalari o'tkazildi.


🖐 Bo'ka tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning Voleybol turi boʻyicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqasining 1-sektor bosqichi boʻlib oʻtdi.

🔹 "O'zbek" mahallasida oʻtkazilgan musobaqa qizgʻin va murosasiz jarayonlarga boy boʻldi.

Unda16-21 va 22-30 yosh toifasida yigitlar hamda qizlar oʻrtasida bahslar bo'lib o'tdi.

Sektor bosqichi gʻoliblari tuman bosqichida ishtirok etish imkonini qoʻlga kiritdi. Musobaqalar davom etmoqda.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport

Voleybol bo'yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqalari o'tkazildi.


🖐 Bo'ka tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning Voleybol turi boʻyicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqasining 3-sektor bosqichi boʻlib oʻtdi.

🔹 "Ravot" mahallasida oʻtkazilgan musobaqa qizgʻin va murosasiz jarayonlarga boy boʻldi.

🔸 Unda16-21 va 22-30 yosh toifasida yigitlar hamda qizlar oʻrtasida bahslar bo'lib o'tdi. 3-sektorda joylashgan 12 ta mahalla jamoalari g'oliblik uchun kuch sinashishdi.

Sektor bosqichi gʻoliblari tuman bosqichida ishtirok etish imkonini qoʻlga kiritishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport

Mini futbol bo'yicha musobaqa o'tkazildi.


🔸 Kuni kecha Bo'ka tumani "Do'stlik" mahallasidagi mini-futbol maydonida Bo'ka tumani hokimligi va "O'zMilliyBank" tashabbusi bilan o'rtoqlik turniri tashkil etildi.

Qizg'in va murosasiz baxslarga boy o'tgan sport musobaqasida
🥇 1-o'rinni - "Do'stlik" mahallasi yoshlari;
🥈 2-o'rinni - "Madaniyat" mahallasi yoshlari;
🥉 3-o'rinni - "O'zMilliyBank" jamosai qo'lga kiritishdi.

G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ko'chma kubok, diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport

Bo'ka futbolining 60 yillik bayrami nishonlandi.


⚽️ Kuni kecha tuman Madaniyat markazida Bo'ka futbolining 60 yilligi munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etildi.

🔻 Tadbirda tuman hokimi B.Begmatov, O'zbekiston sport tashkilotlari faxriylari Kengashi raisi B.Maxsitov, Toshkent viloyati “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi A.Nosirov, sport faxriylari, jumladan futbol bo'yicha qator yutuqlarga erishgan faxriylar, futbol murabbiylari va sport maktabi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

🔸 Tadbirda tuman hokimi tomonidan Bo'ka tumani futbol bo'yicha uzoq yillik tarixga ega ekanligi, yillar davomida tumanda yashovchi sportchilar orasidan Aleksandr Shadrin, Fozil Musayev, Nodirbek Abdurazzoqov kabi bir nechta chempionlar, legioner futbolchilar yetishib chiqqanligi, bu esa o'z navbatida futbolga bo'lgan qiziqishni yanada orttirishga xizmat qilishi ta'kidlandi.

🔺 Shuningdek, erishilgan yutuqlar qatorida yoshlar o'rtasida doimiy tarzda o'tkazib kelinayotgan "DXX kubogi" musobaqalarida Bo'ka tumani vakillari munosib ishtirok etib kelayotganligi e'tirof etildi.

🔸 Faxriy mehmon, O'zbekiston sport tashkilotlari faxriylari Kengashi raisi Baxodir Maxsitov tomonidan Bo'kada futbol boshqa hududlarga nisbatan yaxshi rivojlanganligi, tumanda iqtidorli yoshlar ko'pligi va ular erishgan yutuqlar aytib o'tildi.

🔸 Tadbir yakunida sport faxriylariga tashkilotchilarning esdalik nishonlari, medal, diplom va sovg'alar topshirildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport

Bo'ka tumanida mahalla yoshlari o'rtasida
sport musobaqasi bo'lib o'tdi

🔴 Bo'ka  tumani "Yangixayot" mahallasida joylashgan  sport maydonida mahalla yoshlari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning “Gandbol” turi bo'yicha "O’zbekiston Mahallalari uyushmasi kubogi"ning tuman bosqichi o‘tkazildi.

👁 Musobaqada sektorlardagi saralash bosqichlarida faol ishtirok etib, finalga yo'llanma olgan mahalla yoshlari ishtirok etishdi.

🖐 Yakuniy natijalarga ko'ra:
🥇1-o'rinni - "Do'stlik" mahallasi
🥈2-o'rinni - "Ko'korol" mahallasi
🥉3-o'rinni - "Qoraqo'yli" mahallasi yoshlari qo'lga kiritishdi.

🤚 Musobaqada g'olib bo'lgan jamoalarga diplom, medal va esdalik sovg'alari topshirildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport

"Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi"ning tuman bosqichi boʻlib oʻtdi


🔻 Bugun Bo'ka tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan yoshlar ishtirokida "Yurtning kuchi - birlikda, qadri esa - tinchlikdadir!" shiori ostida "Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi" sport musobaqalarining tuman bosqichi oʻtkazildi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra:
🥇1-oʻrinni - "Shodlik" mahallasi yoshlari jamoasi,
🥈 2-oʻrinni - "Mirzabek" mahallasi yoshlari jamoasi qoʻlga kiritdi.

G'olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM