BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.16K subscribers
19.2K photos
1.63K videos
6 files
6.25K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#agrar_soha

Fermerlar ishtirokida
agrar sohadagi masalalar muhokama qilindi.

🔺 Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida “Fermerlar kuni” munosabati bilan sohaga oid masalalar ko’rib chiqildi.

🔺 Jumladan, ichki sug’orish tarmoqlarini betonlashtirish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, 2024-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini parvarishlash va birinchi oziqlantirish, dala ishlarida qatnashadigan qishloq xo’jaligi texnikalari va o’rim kombaynlarini mavsumga tayyorlash ishlarining borishi kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

🔹 Yig’ilish yakunida havo harorati yaxshilangach aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq berilib, qishloq xo’jaligi korxonalari rahbarlariga o’z yo’nalishlari bo’yicha nazoratni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#agrar_soha

Fermerlar kuni: Amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.


🔺 Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida “Fermerlar kuni” munosabati bilan sohaga oid masalalar muhokama qilindi.

🔺 Jumladan, 2024-yil hosili uchun urug'lik chigit tayyorlash bo'yicha joylarda olib borilayotgan ishlar, fermer xo'jaliklari hisobidagi ichki ariqlarni betonlashtirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, 2024-yil pilla boqish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish ishlarining borishi kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

🔹 Yig’ilish yakunida yuqoridagi tanqidiy masalalardan to'g'ri hulosa qilib, bugundan boshlab vaqtdan samarali foydalangan holda qishloq xo'jaligida agrotexnik tadbirlarni jadallashtirish, qishloq xo'jaligi mavsumini ko'tarinki ruhda boshlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq berilib, qishloq xo’jaligi korxonalari rahbarlariga o’z yo’nalishlari bo’yicha nazoratni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#agrar_soha

Bo'kada 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish ishlariga qizg‘in kirishildi.


🔸 Bugun "Do'stlik" hududidagi "APK Bo'ka" MChJ dala maydonida tuman hokimi B.Begmatov, sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi masʼullari, fermerlar, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari rahbarlari hamda nuroniylar ishtirokida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmali amaliy seminarda mavsum oldidan agrotexnik chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔹 Dastlab jonliq so‘yilib, dehqonlarning ishiga unum, el dasturxoniga to‘kinlik, yurtimizga tinchlik tilab, duolar qilindi.

🔸 Joriy yilda tumanda jami 11 ming 900 gektar maydonga chigit ekilib, sanoat uchun qimmatbaho xomashyo yetishtirish maqsad qilingan.

🔹 Seminarda soha mutaxassislari tomonidan chigitni qisqa muddatlarda sifatli ekib, 10-aprelga qadar yakunlash hamda undirib olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

🇹🇷 Shuningdek, seminarda Turkiyalik mutaxassislar tomonidan suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, tomchilatib sug'orish va g'allani parvarishlashda kimyoviy o'g'itlarni qo'llash kabi mavzularda muhim ma'lumotlar berildi.

🔹 Mas'ullar tomonidan bugungi kunda kuzatilayotgan suv tanqisligi muammosidan kelib chiqqan holda ilg'or suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va shu orqali sug'orishni tashkil qilish bo'yicha topshiriq berildi.

🔸 Seminar doirasida yuqori hosildor chigit va qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari, kimyoviy o‘g‘itlar namunalari, texnikalardan iborat qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#agrar_soha

Fermerlar ishtirokida
agrar sohadagi masalalar muhokama qilindi.

🔺 Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida “Fermerlar kuni” munosabati bilan sohaga oid masalalar ko’rib chiqildi.

🔺 Sektor rahbarlari, qishloq xo’jaligi korxonalari va fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirok etgan mazkur yig’ilishda
🔸 Chigit ekish ishlarini yakunlash, bunda Xitoy Xalq respublikasidan keltirilgan urug'lik navlarini ekilishiga e'tibor qaratish;
🔸 Kechiktirib bo'lmaydigan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish;
🔸 Ichki sug’orish tarmoqlarini betonlashtirish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish;
🔸 2024-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini parvarishlash va birinchi oziqlantirish;
🔸 Dala ishlarida qatnashadigan qishloq xo’jaligi texnikalari va o’rim kombaynlarini mavsumga tayyorlash ishlarining borishi;
🔸 Pilla mavsumini uyushqoqlikda o'tkazish;
🔸 Tumandagi sholichilik, baliqchilik, parrandachilik va chorvachilik yo'nalishlarida faoliyat yuritib kelayotgan fermer xo'jaliklari tomonidan yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar, ko'rsatkichlarning statistik hisobotlarda aks etmayotganligi, bandlik va soliq qarzdorliklari kabi muhim masalalar tanqidiy muhokama qilindi.

🔹 Yig’ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq berilib, qishloq xo’jaligi korxonalari rahbarlariga o’z yo’nalishlari bo’yicha nazoratni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#agrar_soha

Fermerlar kuni: Amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.


🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida “Fermerlar kuni” munosabati bilan sohaga oid masalalar muhokama qilindi.

Jumladan,
🔸 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish ishlarini yakunlash hamda g'o'za qator oralariga birinchi ishlov berish (kultivatsiya) ishlarining borishi;
🔸 2024-yil g'alla hosili uchun boshoqli don ekinlarini parvarishlash, zararkunandalarga qarshi kurashish, begona o’tlardan tozalash hamda g'alla o'rish kombaynlarini mavsumga tayyorlash;
🔸 Suv tejovchi, jumladan tomchilatib va yomg'irlatib sug'orish texnologiyalarini joriy qilish holati;
🔸 2024-yil pilla boqish mavsumini uyushqoqlikda o'tkazish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

🔹 Barcha fermer xo’jaliklarining soliq qarzdorliklarini undirish, ayniqsa sabzavotchilik, bog’dorchilik, baliqchilik, chorvachilik fermer xo’jaliklarida yerdan samarasiz foydalanish holatlariga qarshi keskin choralar ko’rish, soliq, bandlik va statistik ko’rsatkichlarni joyiga qo’ymagan xo’jaliklar rahbarlari qat’iy ogohlantirildi.

🔹 Yig’ilish yakunida sohada yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar aniq tahlillar asosida tushuntirilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq berildi va qishloq xo’jaligi korxonalari rahbarlariga o’z yo’nalishlari bo’yicha nazoratni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#agrar_soha

Qishloq xo'jaligi vaziri Bo'ka tumanida bo'ldi.


🔸 Bugun O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Bo'ka tumanida bo'lib, tuman hokimi Baxtiyor Begmatov bilan birgalikda sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🔹 Dastlab qishloq xo'jaligi vaziri Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi Bo‘ka agrotexnologiyalar texnikumida bo'lib, viloyatning qishloq xo‘jaligi tizimi uchun tayyor agronom kadrlar yetishtirib berishi lozim bo‘lgan ta’lim dargohidagi sharoitlar bilan tanishdi.

🔸 Shuningdek, dala maydonlarida ishlaydigan, bevosita ilmni amaliyotga joriy etish vazifasini amalga oshiradigan, uni amaliyotda qo‘llay oladigan kadrlarni tayyorlash eng muhim vazifa ekanligi, o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini aytib, ta'lim dargohining bugungi kun shukuhiga mos holatga keltirish va ta'lim sifatini oshirish bo'yicha zarur topshiriqlar berildi.

🔸 Tashrif davomida Bo'ka tumanidagi "TNA AGRO INVEST" MCHJ korxonasining Gollandiya texnologiyalari asosida tashkil etilgan zamonaviy issiqxona va meva -sabzavotlarni qayta ishlash korxonasiga tashrif buyurib, u yerda amalga oshirilayotgan bir qator loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

🔺 Mazkur majmuaning yangi imkoniyatlari bilan tanishar ekan, bu yerda yetishtirilayotgan har bir meva va sabzavotlarning daladan dasturxonimizgacha keladigan jarayoni dehqon hamda fermerlarimizning, qanchadan-qancha ishchi-mehnatkashlarning og‘ir va mashaqqatli mehnati samarasi ekanini alohida qayd etdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#agrar_soha

Fermerlar kuni: Amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.


🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida “Fermerlar kuni” munosabati bilan sohaga oid masalalar muhokama qilindi.

🔺 Sektor rahbarlari, tegishli hokim o'rinbosarlari, qishloq xo'jaligi korxonalari va fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirokida o'tgan mazkur yig'ilishda
🔸 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekilgan maydonlarda ob-havoning sernam kelganligi tufayli g'o'za agrotexnika tadbirlarini alohida nazorat bilan o'tkazish, jumladan zararkunandalarga qarshi biologik mahsulotladan foydalanish, kultivatsiya, chuqur yumshatish, suspenziya sepish, chopiq hamda oziqlantirish ishlarining borishi;
🔸 O'rim-yig'im ishlariga tayyorgarlik ko'rish va kombaynlarni tayyorlash;
🔸 Bog'dorchilik, sabzavotchilik, baliqchilik yo'nalishlarida faoliyat yuritib kelayotgan fermer xo'jaliklarining faoliyati va mavjud soliq qarzdorliklari kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

🔹 Yig’ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq berilib, qishloq xo’jaligi korxonalari rahbarlari tomonidan nazoratni kuchaytirish va muammolarga yechim topish choralarini ko'rishlari lozimligi ta'kidlandi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM