BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.11K subscribers
21.5K photos
1.84K videos
8 files
7.08K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Davra_suhbati
#Migratsiya

➡️ Tuman markazidagi Madaniyat markazida O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Toshkent viloyati filiali tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvda filial rahbari Tolmas Uzakov, yetakchi mutaxassislar, yoshlar yetakchilari, vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketgan yoshlarning oila a'zolari va uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi.

👤 Uchrashuv ishtirokchilarining huquqiy bilimlarini oshirish va sergaklikka chaqirish maqsadida xorijdagi harbiy harakatlarda ishtirok etganlik uchun jinoiy javobgarlik, fuqarolikdan mahrum qilish va boshqa og'ir oqibatlar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
#Ochiq_muloqot
#Migratsiya

🔺 Tuman hokimi Nizomiddin Abbosov boshchiligida Rossiya Federatsiyasida faoliyat olib borayotgan migrantlar bilan onlayn ochiq muloqot o'tkazildi.

🔸 2 soat davom etgan ochiq muloqot davomida chet davlatda faoliyat yuritayotgan fuqarolar mavjud muammolar yuzasidan tuman hokimiga to'g'ridan-to'g'ri murojaatlar yo'llashdi.

🔹 Tuman hokimi tomonidan tumanda mavjud ish o'rinlari, migratsiyadan qaytgan fuqarolarning bandligini ta'minlash bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar, yurtimizda aholi bandligini ta'minlash bo'yicha yaratib berilayotgan imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.

🔺 Chet elda faoliyat yuritib kelayotgan migrantlar tomonidan yo'llangan murojaatlar bo'yicha nazorat-reja ishlab chiqilib, ijrosi qat'iy nazoratga olinishi bo'yicha mas'ullarga topshiriq berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#migratsiya
#Muloqot_va_natija

💠 Joriy yilning avgust oyida Bo'ka tumani hokimi Nizomiddin Abbosovning Rossiya Federatsiyasida ishlab kelayotgan Bo'ka tumani fuqarolari bilan onlayn videomuloqotida migrantlar tomonidan qator masalalar yuzasidan tuman hokimiga murojaatlar yo'llangan edi.

🔹 Jumladan Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida ishlayotgan Sh.Inomov ham tuman hokimiga to'g'ridan-to'g'ri murojaat yo'llab, ishga joylashish yuzasidan amaliy yordam so'ragan edi.

🔺 Bugungi kunga kelib, Sh.Inomov Rossiya Federatsiyasidan O'zbekistonga qaytib keldi. Uni tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo'limi haydovchisi vazifasiga ishga qabul qilish bo'yicha tuman hokimining qarori imzolandi. Ayni vaqtda u tuman hokimligida faoliyat olib bormoqda.

🔺 Eslatib o'tamiz, kuni kecha migrantlar bilan ishlash bo‘yicha viloyat hokimining virtual ish ofisi test rejimida o‘z faoliyatini boshladi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#migratsiya

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.


🔺 Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi B.Begmatov va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva boshchiligida mahalla raislari, sektor kotiblari va tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Migratsiyada yurgan fuqarolarni xatlovdan o'tkazish ishlarini tashkil etish yuzasidan seminar o'tkazildi.

🔺 Unda davlatimiz rahbarining tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab­ quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish hamda tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriqlari ijrosini samarali ta’minlash hamda 2024-yil 19-apreldagi “Tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Respublika komissiya yig‘ilishining 1-sonli bayoni ijrosini tizimli tashkil etish va bajarilishini ta’minlash masalalari yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar tushuntirildi.

🔸 Shuningdek, "Mahalla yettiligi"dan iborat ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladigan ishlar, shtab faoliyatini to'g'ri tashkil qilish, tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish orqali yaratiladigan ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlarni shakllantirish, joriy yilning 10-iyun sanasiga qadar tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni xonadonma-xonadon yurib, xatlovdan o‘tkazish va muammolarini o‘rganish bo'yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#migratsiya

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig'ilish o'tkazildi.


🔺 Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida Kasaba uyushmalari Federatsiyasidan biriktirilgan vakil D.Saitov va tuman hokimining o'rinbosari M.Saydullayev boshchiligida mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari va sektor kotiblari ishtirokida Migratsiyada yurgan fuqarolarni xatlovdan o'tkazish ishlarining holati yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.

🔺 Yig'ilishda Davlatimiz Rahbarining tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab­ quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish hamda tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriqlari ijrosini samarali ta’minlash hamda 2024-yil 19-apreldagi “Tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Respublika komissiya yig‘ilishining 1-sonli bayoni ijrosining tumandagi holati va amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#migratsiya

Migratsiyada yurgan fuqarolarni O'zbekistonga qaytarish va ish bilan ta'minlash choralari ko'rilmoqda.


🔹 Ayni kunlarda Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayevning tashabbusi bilan viloyatimiz bo'ylab chet davlatlarda migratsiyada yurgan fuqarolar bilan suhbat o'tkazish, ularni yashash va ish sharoitlarini o'rganib, O'zbekistonga qaytarish va ish bilan ta'minlash choralarini ko'rish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔸 Jumladan, bugun Bo'ka tumani hokimi B.Begmatov tomonidan chet davlatlarda, xususan Rossiya Federatsiyasi va Turkiya davlatida ish, o'qish va boshqa maqsadlarda migratsiyada yurgan "Mirzabek", "Cho'lobod", "Ko'korol", "Do'stlik", "Guliston", "Jo'raobod", "Yangiobod", "Rovot", "Oltish", "Moytepa", "Ezgulik", "Dashtobod", "O'zbek" mahallalarida doimiy ro'yhatda turuvchi 19 nafar fuqarolar bilan onlayn suhbatlashib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Shuningdek, ularni O'zbekistondagi qulay mehnat sharoitlariga ega va yuqori maosh beruvchi korxonalarga ishga joylashtirish choralari ko'rilishi, tumanimizda ham muhim ish o‘rinlari mavjudligi, qiziqishi, iqtidori hamda mutaxassisligiga mos, yuqori maosh to‘lanadigan bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish uchun barcha imkoniyatlar yetarli ekanligi ma'lum qilindi.

🔸 Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish istagida bo'lgan yoshlar uchun imtiyozli bank kreditlari ajratish bo'yicha amaliy yordam ko'rsatilishi aytildi.

💠 Onlayn muloqot ishtirokchilari tomonidan yuborilgan murojaatlar asosida nazorat reja ishlab chiqilib, qonun hujjatlari asosida ijobiy hal etish choralari ko'rilishi bo'yicha mas'ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#migratsiya

Migratsiyada yurgan fuqarolarni O'zbekistonga qaytarish va ish bilan ta'minlash choralari ko'rilmoqda.


🔹 Jarayonlar videolavhada

Batafsil o'qish

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#migratsiya

Migratsiyada yurgan fuqarolarni O'zbekistonga qaytarish va ish bilan ta'minlash maqsadida onlayn muloqot o'tkazildi.


🔸 Bugun Bo'ka tumani hokimining o'rinbosarlari O.Djo'rayev, Z.Mannopova, Yoshlar ishlari agentligi Bo'ka tumani bo'limi boshlig'i M.Ismoilov, Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish markazi rahbarining o'rinbosari Q.Diyorov tomonidan chet davlatlarda ish, o'qish va boshqa maqsadlarda migratsiyada yurgan fuqarolar bilan onlayn suhbatlashib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

🔹 Shuningdek, ularni O'zbekistondagi qulay mehnat sharoitlariga ega va yuqori maosh beruvchi korxonalarga ishga joylashtirish choralari ko'rilishi, tumanimizda ham muhim ish o‘rinlari mavjudligi, qiziqishi, iqtidori hamda mutaxassisligiga mos, yuqori maosh to‘lanadigan bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish uchun barcha imkoniyatlar yetarli ekanligi ma'lum qilindi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM