BUJANG | MMA | UZ | BOKS | Live | UFC
866 subscribers
1.05K photos
751 videos
102 links
BUJANG - Каналини расмий телеграм канали.
Download Telegram
🏴‍☠️ Qaroqchi oktagonga kirishga tayyorlanmoqda! 🕐 #UFCSaudiaArabia
Bullet hamda Peyj jangida hakamlar qo'ygan ballari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Nassurdin Imavov 2-raundda Israel Adesanyani shunday tarzda nokaut qildi

📹UFC Eurasia
Shohjahon Ergashev afrikalik raqibi o‘rniga yana Afrikadan raqib topdi

15-fevralda Farg‘onadagi boks oqshomida jang qiladigan Ergashevning raqibi o‘zgardi. U aslida namibiyalik Paulus Shishiiveni Amavila (10-2-1, 5 KO) bilan jang qilmoqchi edi, ammo bu jang bekor bo‘lgan. Sababi bizga qorong‘i. Uning o‘rniga esa Ugandadan 24 yoshli Junju Pauer (8-1, 6 KO) olib kelinmoqda. Pauer faoliyatidagi 9 ta jangidan 8 tasini vatanida o‘tkazgan va ularda g‘alaba qozongan. Vatanidan tashqaridagi 1 ta jangida esa nokaut bilan yutqazgan.

Farg‘onada nima tomosha ko‘rsatishini esa 15-fevralda bilib olamiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇯Sobiq chempionni shunday ayanchli nokautga uchratishdi

Prof boksning birinchi yengil vazn tofiasida IBF sobiq chempioni Shavkat Rahimov (17-2-1, 14 KO)ning omadsiz yurishi davom etadi. Tojikiston vakili AQSHdagi boks oqshomida Jastin Poldo (18-2, 9 KO) 8-raundda nokaut bilan yutqazdi.
Maynazovchilik davom etadi

Pulning hidini 2 kilometrdan biladigan yigit — Jeyk Pol 3-mayda Las Vegasda Saul Alvares “Kanelo” bilan jang qilar ekan. Ikkala tomon bu borada shartnomaga imzo chekkan. Shouni esa Netflix platformasi translyatsiya qiladi.

UFC promousheni MMA’ni qanchalik yuqori cho‘qqiga olib chiqishda davom etayotgan bo‘lsa, boks shunchalik quyiga sho‘ng‘ishda davom etmoqda. Afsuski, bunda top-bokschilarning ham rol o‘ynayotgani achinarli…
🇺🇿Nursulton Ro‘ziboyevning ukasi Mashrabjon Ro‘ziboyev 16-feval kuni UFC’da debyut jangini o‘tkazadi

Mashrabjon (20-4-1) yengil vazn toifasida Jared Gordonga (20-7) qarshi UFC Fight Night 251 turniri doirasida oktagonga chiqadi.

Gordon aslida Kaue Fernandeshga (9-2) qarshi jang qilishi kerak bo‘lgan, biroq u jarohat olib safdan chiqqan. Mashrabjon esa jangga 4 kun qolganda rozilik berib, UFC’da debyut qilishga qaror qilgan.
UFC 313: Pereyra vs Ankalayev

9-mart sanasida bo‘ladigan raqamli turnirning kardi hozircha shunday ko‘rinishda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dmitriy Bivol jamoasi bilan 22-fevralda bo‘ladigan Beterbiyevga qarshi revansh jangi uchun Ar-Riyoda yetib bordi
“Chuchvara otmen”: Mashrabjon Ro‘ziboyevning UFC’dagi debyuti kechiktirildi

Chunki kichik Ro‘ziboyev vazn me’yorini bajara olmagan. Shu tariqa uning Jared Gordonga qarshi jangi bekor qilindi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Isroil Madrimov (10-1-1, 7 KO) 22-fevraldagi jang oldidan media tadbirlarni o‘tkazib oldi

Madrimov Beterbiyev—Bivol revansh jangi oqshomida WBC vaqtinchalik chempioni Verjil Ortisga (22-0, 21 KO) qarshi ringga chiqadi.

Birga ko‘ramiz!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Madrimov vs Ortis

Jangga oz qolmoqda.

Nasib qilsa, birga ko‘ramiz!
Хаммага хайрли кеч окала! Хоз хч каттан оберганм йо шунчун жонли эфир кганимиза йо ! Агар катандцр оберса албатта жонли эфир кламиз ёки сзларга у хакида хабар берамиз
Madrimovning jangi Jang Jeyli—Agit Kabayel to‘qnashuvidan keyin boshlanadi.

Jang—Kabayel jangi esa endi boshlanadi. Kanaldagi jonli efirni ham Madrimovning jangidan oldin boshlaymiz.
Isroil Madrimov WBC Interim kamari uchun jangda yutqazdi

Prof boksning super yarimo‘rta vazn toifasida WBC Interim kamari uchun jang o‘tkazildi.

Unda Isroil Madrimov (10-2-1, 7 KO) vaqtinchalik chempion Verjil Ortisga (23-0, 21 KO) ochkolar hisobida yutqazdi. Hakamlar 12 raund yakuniga ko‘ra, 117-11, 115-113, 115-113 hisobida Ortisning g‘alabasini qayd etdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Nursulton Ro‘ziboyev UFC’dagi 3-g‘alabasini shunday nokaut bilan qo‘lga kiritdi

📹UFC Eurasia
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bivol revansh jangida Beterbiyevni mag‘lub etib, prof boksning yarimog‘ir vazn toifasi mutlaq chempioni bo‘ldi

Prof boksning yarimog‘ir vazn toifasi mutlaq chempionligi uchun Saudiya Arabistonida Artur Beterbiyev (21-1, 20 KO) va Dmitriy Bivol (24-1, 12 KO) o‘zaro jang qildi.

Jang to‘liq 12 raund davom etdi, dastlabki 2 raundni Bivol o‘z hisobiga yozdi, keyin esa ketma-ket 4 raund Beterbiyev faollik ko‘rsatdi. Yakuniy raundlarni esa Bivol yutib olishga erishdi.

Yakunda hakamlar Bivolning 116-112, 115-113, 114-114 hisobidagi g‘alabasini qayd etdi.

Bivol shu tariqa prof boksning yarimog‘ir vazn toifasidagi barcha kamar egasiga aylandi — IBF, WBC, WBO, WBA.

📹DAZN Boxing