Buxoro innovatsiyalar universiteti | Rasmiy
7.53K subscribers
4.9K photos
608 videos
26 files
1.65K links
🏛 Buxoro innovatsiyalar universitetining rasmiy telegram sahifasi

Bakalavriat | Magistratura | 2-mutaxassislik
▪️21 dan ortiq ta'lim yo'nalishlari
▪️Kunduzgi
▪️Masofaviy

☎️ Call markaz: +998(55)307-50-00
🌐 Sayt: bui.uz
👤 Admin: @bui_admin
Download Telegram
📌 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 1-maydagi 173-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish maqsadida Buxoro innovatsiyalar universiteti talabalari uchun Buxoro viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasining “Shon-sharaf” muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor M.Yarashov hamda tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor Z.Ahmadova boshchiligidagi ushbu tashrif talabalarning huquq-tartibot organlari tarixi va soha fidoyilari faoliyati haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qildi.

Muzey eksponatlari va tarixiy lavhalar bilan tanishish asnosida professor Z.Ahmadova talabalarga yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida ko‘rsatilgan jasorat namunalarini tarixiy tahlillar asosida so‘zlab berdi. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir nafaqat nazariy bilimlarni amaliy taasurotlar bilan bog‘ladi, balki yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat va ona vatanga sadoqat bilan xizmat qilish mas’uliyatini yanada mustahkamladi.

Telegram Instagram Facebook
LinkedIn X YouTube Vebsayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍179🥰21👏1
🗽 9-may – Xotira va qadrlash kuni

Tarixni yod etish – yorug' kelajakni qurishning eng muhim shartidir.
Bugun biz nafaqat o'tmish qahramonlarini xotirlaymiz, balki ular bizga qoldirgan eng katta boylik – tinchlikning qadriga yetishni o'zimizga burch deb bilamiz.

Buxoro innovatsiyalar universiteti tinch va osoyishta yurtda zamonaviy bilimlarni egallayotgan, vatanparvar va intellektual yoshlarni tarbiyalash yo'lida xizmat qilishdan g'ururlanadi. Zero, chinakam taraqqiyot faqatgina tinchlik hukm surgan zamindagina yuz beradi.

9-may – Xotira va qadrlash kunida faxriylarimizga ta'zimdamiz.

Hurmat bilan, Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori, Ro'ziyeva Dilnoz Isomjonovna.

Telegram Instagram Facebook
LinkedIn X YouTube Vebsayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4👏4
📢 Hurmatli bitiruvchi kurs talabalari!

Sizdan quyidagi so‘rovnomani to‘ldirishingizni so‘raymiz. Mazkur ma’lumotlar yoshlar bandligini ta’minlash, amaliyot va kelgusidagi imkoniyatlarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

🎓 So‘rovnoma faqat 2025–2026 o‘quv yili bitiruvchi kurs talabalari uchun mo‘ljallangan.

📝 So‘rovnomani quyidagi havola orqali to‘ldirishingiz mumkin:
🔗 https://forms.gle/kstUPg55aan98ZkG7

🤝 Hamkorlik va faolligingiz uchun rahmat!
4🎉1