Buxgalteriya va soliq
906 subscribers
140 photos
38 videos
7 files
199 links
📰 Buxgalteriya, soliq sohasidagi dolzarb va muhim yangiliklar...
Download Telegram
#kadr 

🟢Savol: Men budjet tashkilotida ishlayman. Tashkilot shtat birligida inspektor lavozimi uchun YTSning 6-razryadi belgilangan. Biroq mening oliy ma'lumotim borligi uchun razryadimni oshirish mumkinmi?

🔵Javob: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentabrdagi 743-son qarorining 4-ilovasiga muvofiq «O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga saqlanadigan tashkilotlarda band bo‘lgan xizmatchilarning keng tarqalgan lavozimlari xodimlari ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha” razryadlar belgilangan. Mazkur ilovaning 6-qatorida oliy ma’lumotli muhandislar, mutaxassislar va inspektorlar uchun YTSning 7-razryadi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sizning razryadingizni YTSning 7-razryadi etib belgilash orqali oshirish mumkin.

@Buhgalteriya_soliq