Buxgalteriya va soliq
968 subscribers
140 photos
38 videos
7 files
199 links
📰 Buxgalteriya, soliq sohasidagi dolzarb va muhim yangiliklar...
Download Telegram
#budjet

🟢Savol: Korxonamiz Vazirlik tizimidagi tashkilot bo'lib, jami boshqaruv xodimlari shtat birligi 92 tani tashkil etadi. Korxonamiz boshqaruv xodimlari sonidan kelib chiqib, nechchitagacha texnik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar shtat birligini joriy qilishimiz mumkin?


🔵Javob: Texnik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar soni Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 9-dekabrda 1288-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qarorga asosan aniqlanadi. Bunda ularning soni qarorning 3-ilovasiga muvofiq hisoblanadi. Agar Sizning tashkilotingiz davlat boshqaruv organining hududiy boshqarmasi bo’lsa unda quyidagicha aniqlanadi:
-boshqaruv xodimlari soni 50 birlikgacha shkalada:
texnik xodim 50 birlik х 0,28 = 14,0 birlik;
xizmat ko’rsatuvchi 50 birlik. х 0,12 = 6,0 birlik.
-boshqaruv xodimlari soni 51 dan 100 gacha shkalada: 92 – 50 = 42
texnik xodim 42 birlik. х 0,19 = 7,98 birlik;
xizmat ko’rsatuvchi 42 birlik. х 0,09 = 3,78 birlik;

Mumkin bo’lgan texnik va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar jami soni 32 shtat birligini tashkil etadi (14,0 + 6,0 + 7,98 + 3,78 = 31,76).

@Buhgalteriya_soliq
#budjet
🟢Savol: Korxonamiz budjet tashkiloti bo'lib, sohaga oid xizmatlar ko'rsatishdan qo'shimcha daromad oladi. Ushbu daromadlardan qanday soliqlar to'lashimiz kerak?

🔵Javob: Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarorining 4-bandiga muvofiq faoliyat turi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan qo‘shimcha daromad olayotgan budjet tashkilotlari 2000-yil 1-yanvardan boshlab 2024-yil 1-yanvargacha Davlat budjetiga undiriladigan soliqlar, Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod qilingan bo’lib, bo‘shab qolgan mablag‘lar moddiy-texnika va ijtimoiy bazasini mustahkamlashga, shuningdek, ularning xodimlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltirilishi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sizning korxonangiz 2024-yil 1-yanvargacha soliqlardan ozod qilingan.

@Buhgalteriya_soliq