Buxgalter consulting
420 subscribers
440 photos
470 videos
2.74K files
1.08K links
◆Бухгалтерия ва 1С курслари
◆Бухгалтерияни тиклаш ва хисобини юритиш
◆Консалтинг хизмати
◆Аутсорсинг хизмати
◆Лицензияли 1С дастурини урнатиб берамиз
◆Мурожаат учун: +998977817817
◆Манзил: Тошкент ш. Хувайдо кучаси. Машхура укув маркази
2-кават,16-х
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #soliq_hisobotlari

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

2022-yilda soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi:

🔹Foyda solig‘ining bo‘nak to‘lovlari bo‘yicha maʼlumotnoma taqdim etish va to‘lash tartiblari o‘zgarishsiz qoldi;

Soliq to‘lovchilar 2022-yil I choragi uchun 10-yanvarga qadar foyda solig‘i bo‘nak to‘lovlari to‘g‘risida maʼlumotnoma taqdim etish huquqiga ega;
Jami daromad summasi 5 mlrd so‘mdan oshadigan soliq to‘lovchilar foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini har oyning 23-kunidan kechiktirmay to‘lashlari lozim;

🔹QQS hamda Aylanmadan olinadigan soliqlarning hisobot davri oylik etib belgilandi;

🔹Ushbu soliq turlari bo‘yicha stavkalar o‘zgarishsiz qoldi;

🔹Soliq organlariga, agar bitimning narxi tovar (xizmat)larning bozor qiymatidan past bo‘lsa, aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq bazasiga tuzatish kiritish huquqi berildi;

Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga o‘tish tartiblari ham aniqlashtirilmoqda.

👉QQS to‘lashga o‘tishning yangi tartiblari bilan bu yerda tanishing!
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2022-yil 1-yanvardan ...

👉 Onlayn nazorat texnikalari chekining QR-kodini Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan xarid summasidan 1% qaytariladi

👉
Soliq huquqbuzarligi haqida soliq organlariga xabar berganlarga undirilgan jarima summasidan 20% mukofot to‘lanadi

👉
To‘lov tizimlarini onlayn-NKMga ulash orqali soliq organlarining axborot tizimlariga integratsiyalash talabi o‘rnatildi

👉
Chakana savdoda onlayn-kassaga ulangan, shtrix-kodlar va markirovka kodlarini o‘qishni taʼminlovchi maxsus skanerlardan foydalanish talabi o‘rnatildi

👉
01.01.2023-yilgacha tadbirkorlik subyektlariga onlayn-NKM hamda shtrix-kodlar va markirovka kodlarini o‘qishni taʼminlovchi skanerlarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga 1 ta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda foyda solig'i, AOS yoki YATTlarning JShODS summalarini kamaytirish huquqi beriladi

👉 Xaridorlarga MXIK kodlari aks ettirilmagan onlayn nazorat texnikalari cheklarini berish taqiqlandi

👉 Kameral soliq tekshiruvi natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotini muddatida taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi

👉 Tumanlarda (Toshkent shahridan tashqari) faoliyat yurituvchi YATTlarga ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga pasaytiriladi

👉 QQS to‘lovchilar va ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 % va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslari “E-aktiv” AATdan foydalanadi
👉 “E-aktiv” AATni ishga tushirish bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi sababli 01.07.2022-yilgacha tizimdan lozim darajada foydalanmaganlik uchun ta’sir choralari ko‘rilmaydi

👉 Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini ro‘yxatga qo‘yish E-ijara tizimida amalga oshiriladi

👉Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz solig‘i solinmaydi

👉Tabiiy va suyultirilgan gazni O‘zbekistonga import qilishda QQSni 120 kungacha kechiktirib to‘lash huquqi berildi

👉 Uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig‘i stavkasi 10% etib belgilandi

👉 QQS salbiy summasini qoplash (qaytarish) soliq hisobotini topshirishda xabardor etish orqali amalga oshiriladi

👉 Umumiy ovqatlanish korxonalariga AOS, foyda, suv, yer, mol-mulk soliqlari va yig‘imlar bo‘yicha 15.08.2021-yil holatiga mavjud qarzdorlikni, shuningdek, barcha soliqlar bo‘yicha jarima va penyalarni 01.01.- 01.07.2022-yilgacha bo‘lib to‘lash huquqi berildi

👉 Tadbirkorlik subyektlari umumiy maydoni 1 000 kv.m.dan ortiq bo‘lgan yer va ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganda mol-mulk va yer solig‘i to‘lashni 6 oyga kechiktirish huquqi berildi

👉 Moʻynoq tumanidagi ayrim tadbirkoriar uchun bir qator soliq stavkalari 1%, Tuproqqalʼa, Yangiariq, Yangibozor tumanlaridagi tadbirkorlar uchun esa 50% etib belgilandi
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#EHF

Qanday hollarda bir tomonlama elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi?

Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom (VMQ-489-son) 59-1 band bilan to‘ldirildi.
👉VMQ-471-son 22.08.2022-yil.

Soliq solish obyekti sifatida quyidagi harajat va boshqa daromadlarga bir tomonlama elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi:

🔸aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta ishlash uchun topshirish, shuningdek qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo‘lgan, shuningdek aksiz to‘lanadigan shunday xom ashyo va materiallarning mahsuli bo‘lgan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga ishlab chiqaruvchi tomonidan topshirish;
🔸aksiz to‘lanadigan tovarlardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish;
🔸aksiz tovarlarni realizasiya qilish narxi va tannarxi o‘rtasidagi ijobiy farq;
🔸O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning buzilishi, yo‘qotilishi, yaroqsizligi, kamomad, yo‘qotish yoki shikastlanish (sinish, bo‘linish) aniqlanishi;
🔸uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha daromadlar;
🔸REPO operatsiyalari bo‘yicha daromadlar;
🔸qimmatli qog‘ozlar va (yoki) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha olingan daromadlar;
🔸asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olingan daromadlar;
🔸tekinga olingan mol-mulk (olingan xizmatlar);
🔸inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarning va boshqa mol-mulkning qiymati tarzidagi daromadlar;
🔸qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar;
🔸talab qilish huquqidan o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo‘yicha olingan daromadlar;
🔸ilgari chegirib tashlangan xarajatlar yoki zararlarning o‘rnini qoplash tarzidagi daromadlar;
🔸shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan jarimalar, penyalar va boshqa sanksiyalar, shuningdek zararlarning (ziyonning) o‘rnini qoplash summalari;
🔸valyuta hisobvaraqlari bo‘yicha ijobiy kurs farqining salbiy kurs farqidan oshishi;
🔸aksiyador (mulkdor, ishtirokchi, muassis) yuridik shaxs foydasiga
o‘z ulushining (ulushi bir qismining) qiymatini olishdan voz kechish natijasida ustav fondi (ustav kapitali) kamayishi munosabati bilan olgan daromadlar yoki yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) hissalar hisobiga ko‘paytirilganda;
🔸Soliq kodeksining VII bo‘limida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi;
🔸dividendlar tarzida olingan daromadlar;
🔸foizlar tarzida olingan daromadlar.

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
Yuridik_va_jismoniy_shaxslarga_soliq_solish_hamda_bojxona_imtiyozlarini.pdf
208.7 KB
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish hamda bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida Moliya vazirligining axborot xabari
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yil 1-maydan maʼmuriy jarimalarni to‘lashda yengilliklar beriladi

Prezident
"Maʼmuriy jarimalarni to‘lashda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 332 prim 1-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida"gi Qonunni imzoladi. O‘RQ–830-son, 18.04.2023 y.

Unga ko‘ra, 2023-yil 1-maydan huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab jarima miqdorining 15 kun ichida 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lasa, jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod etiladi.

Mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga ham tatbiq etiladi.
Amalda 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizi ixtiyoriy ravishda to‘lansa, jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod etiladi.

Quyidagi hollarda mazkur soddalashtirilgan tartib qo‘llanilmaydi:
▫️jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
▫️xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.

❗️Soliq xizmati organlari tomonidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 159 prim 1, 168, 174-moddasi 3-qismi, 215 prim 3 hamda 175-moddasi 1-3, 5-6 qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar bo‘yicha choralar ko‘riladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter