𝐁𝐔𝐆𝐔𝐍𝐆𝐈 𝐌𝐀𝐃𝐀𝐍𝐈𝐘𝐀𝐓 (A.I.Madiyev) - MAD.REVIZOR✍️✍️✍️
376 subscribers
6.58K photos
1.49K videos
34 files
1.27K links
Madaniyat va san'at sohasiga aloqador gaplar...
Download Telegram
Forwarded from Deleted Account
Бугун Сурхондарё вилоят Олтинсой туман 15-сонли болалар мусиқа ва санъат мактабида директор вазифасида узоқ йиллар фаолият олиб борган, ўз касбининг жонкуяр ва фидоийси Пардаев Қахрамон Жураевич 49 ёшида бевақт оламдан ўтди. Сурхондарё вилоят маданият бошқармаси жамоаси Қахрамон Жураевичнинг оила аъзолари ва яқин қариндошларига таъзия изҳор этиб, чуқур ҳамдардлик билдиради. Болалар мусиқа ва сант мактаби ривожига муносиб ҳисса қўшиб, маданият соҳасида ҳурматга сазовор бўлган меҳнатсевар ва самимий инсон Қ.Пардаевнинг самарали меҳнатлари, қолдирган излари бутун умр мерос бўлиб қолади. Марҳумнинг охиратлари обод, жойлари жаннатда булсин.
Bugun 1-fevral
"Maqom cholģu ijrochigi" kafedrasi dotsenti, Òzbekistonda xizmat kòrsatgan artist, sevimli ustoz Malikaxon Ziyayevaning tavallud topgan kunlari. Ustozni kanalimiz nomidan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Mashaqqatli va sharafli kasbingizda ulkan zafarlar yor bòlsin!!!

@bugungi_madaniyat
SIYOSAT SIRTIDAGI ARTISTLAR YOHUD SHAVKAT MIRZIYOYEV SIYOSATIGA QILINAYOTGAN SABOTAJLAR HAQIDA...

Aziz kuzatuvchim, men oddiy bir insonman, oddiy bir blogerman,esingizda bo'lsa yaqindagina e'lon qilgan JAHONGIR OTAJONOV haqidagi maqolamdan so'ng, ayni kunlarda menga yana bir nimalar ayon bo'la boshladi, aynan nima ekanligi to'liq ma'lum emas, ammo TANGANING IKKINCHI tomoni, yoki sodda qilib aytadigan bo'lsam kelayotgan PREZIDENT SAYLOVLARI atrofida SAN'ATKORLAR bilan sodir bo'layotgan G'ALATI holatlar ustidan menga ayon bo'layotgan ba'zi bir QARTALAR haqida sizlar bilan bo'lishmoqchiman...

2016-yilda biz ESKI O'ZBEKISTONDAN YANGI O'ZBEKISTONGA o'ta boshladik, tilimiz mustaqil, fikrlarimiz erkinlashdi!
Oldinlari oddiy bir mahalliy amaldorning qabuliga kira olmagan bo'lsak, yangi Prezidentimiz hokimiyatga kelgandan so'ng hatto vazirlarning oldiga kirib, oddiy odam bo'lsakda TALASHIB TORTISHADIGAN bo'ldik!
Prokurorning, militsiyaning BETIGA QARAB TURIB tik gapira oladigan bo'ldik!

O'tayotgan shu besh yil davomida nohaq ish qilib kelgan ULKAN NAHANG AMALDORLAR ustidan adolatli choralar ko'rildi va buning natijasida mana-man degan vallomatlar sud kursisiga keltirildi, oddiy misol, biringchi prezidentning arzandasi GULNORA KARIMOVA! Bir paytlar sal kam dohiy darajasiga chiqib borgan MALIKA bugun qilgan jinoyatlari uchun jazosini olmoqda!

27 yil davomida o'ta mahorat bilan sahnalashtirilib kelingan siyosat to'laligicha yangi prezident poyqadami bilan isloh qilinib, haqiqiy demokratik siyosat, demokratik parlament shakllandi!
27 yil davomida umuman tilga olinmagan TANQIDLAR tilga olindi!
Hullas, yangi Prezident ShAVKAT MIRZIYOYEV demokratik islohotlarni boshlab berdi!

Ammo, shu besh yil ichida jurnalist ISMAT HUSHEV aytganlaridek hozirgi kunga qadar O'zbekistonimizda "eski va yangi siyosat o'rtasida ulkan va ayovsiz kurash" boryapti!
Bir tomonda eski siyosat davrini qumsayotgan, ikkinchi tomonda esa yangi demokratik siyosat tarafdorlari bo'lgan yangi dunyoqarash va yangi avlod yoshlari turib kurashmoqdalar!

Mashxur ingliz yozuvchisi AGATA KRISTI haqida eshitgan va uning ERKYUL PUARO asarlarini o'qigan bo'lsangiz kerak.
PUARO haqidagi filmlarni ko'rgan bo'lsangiz, juda ko'p qismlari aynan o'sha davr SIYOSATI va SIYOSATCHILARI haqida hikoya qiladi! AGATA KRISTI ushbu romanlarida SIYOSATNING eng sirli, jirkanch va achinarli tomonlarini mahorat bilan ochib bergan!
PUARO filmida esa bosh qahramon PUARO har bir qism oxirida dalillarni birlashtirgan holda hodisalarning sirli yechimini topadi va mahorat bilan ochib beradi!
Men ham o'zimda hozir huddi shunday g'alati holatni, g'alati QARTALARNI his qilayapman, albatta, men o'zimni AGATA KRISTIGA YOKI PUAROGA tenglashtirayotganim yo'q, shunchaki sodir bo'layotgan, ayniqsa SAN'ATKORLAR bilan sodir bo'layotgan G'ALATI SIYOSIY holatlar meni o'ylantirmoqda...

Yaqinlashib kelayotgan Prezident saylovi atrofida sodir bo'layotgan voqea hodisalarning tub mohiyatini, hozirgi prezident siyosatiga qilinayotgan SABOTAJLAR sababini anglash uchun quyidagi savollarni berishni lozim topdim:

1) Nega to'satdan siyosiy maydondan yiroqda bo'lgan iqtisodchi Professor XIDIRNAZAR OLLOQULOV siyosiy maydonga kirib keldi va yangi SIYOSIY PARTIYA tuzmoqchi bo'layapti?

2)Nega to'satdan san'atsiz yasholmaydigan JAHONGIR OTAJONOV san'atni tark etib, PREZIDENT bo'lishga harakat boshlab yangi partiya tuzmoqchi bo'layapti?

3)Nega to'satdan san'atkor AHAD QAYUM intervyusida "HAR BIR QILADIGAN ISHIMNI KUN ORA PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV BILAN MASLAHATLASHIB, SUHBATLASHIB QILAMAN, U KISHI MASLAHAT BERADILAR" deb qoldi?

4)Nega Prezidentimiz 2021-yilni to'satdan YOSHLARNI QO'LLAB QUVVATLASH YILI deya e'lon qildi?

Yuqoridagi to'rtta savolga javobni topishga harakat qilsak, o'z-o'zidan SIYOSATIMIZDA SODIR BO'LAYOTGAN BIR QANCHA HOLATLARNI OCHIB BERUVCHI SIRLI QARTALAR ochiladi va oydinlashadi.

BIRINCHIDAN;
Eski iqtisodchi-professor XIDIRNAZAR OLLOQULOVNING siyosiy maydonga kirib kelishi, bu hozirgi prezident siyosatiga qilinayotgan SABOTAJNING bir qismidir. Siyosiy partiya tuzish bahonasida OLLOQULOV DODAMIZN
ING ortida turgan kuchlar, go'yoki shu besh yil ichida prezident o'z vazifasini yaxshi bajara olmagani, xalqning ishonchini oqlay olmadi degan bir tasavvur uyg'otish va xalq orasida PREZIDENT SIYOSIY PORTRETIGA DOG' TUSHIRISHDIR!

IKKINCHIDAN;
OLLOQULOVNING ortida turgan kuchlar, birinchi SABOTAJGA qoniqmay, ancha vaqt ikkinchi sabotaj ustida bosh qotirayotgan vaqtda, to'satdan san'atdagi bir G'ALATIROQ odam chiqib: "KECHIRASIZLAR, SAN'AT ASLIDA HAROM EKAN, MEN SAN'ATDAN CHIQDIM, ENDI SAN'ATDA YURMAYMAN" deb qoladi. OLLOQULOV ISHI yaxshi foyda bermaganidan foydalanib, ikkinchi SABOTAJ uchun aynan SAN'ATNI TARK ETGAN G'ALATI SAN'ATKOR yaxshi xo'rak bo'lishini ular bilishardi.
Tasavvur qilayapman, vaziyatdan foydalangan, JAHONGIR OTAJONOVNING tabiatini puxta biladigan bu kuchlar OTAJONOVNING oldiga keladida: "SIZ JUDA TOG'RI ISH QILDINGIZ, SIZGA NIMA KERAK BO'LSA MANA BIZ TAYYORMIZ, PREZIDENT SAYLOVI YAQIN QOLDI, SIZ ASLIDA PREZIDENT BO'LISHGA JUDA LOYIQ INSONSIZ, BIZNI ORTINGIZDA DEB BILING, NIMA XIZMAT BO'LSA DOIM TURIB BERAMIZ, FAQAT BIZ SIZNING PREZIDENT BO'LISHINGIZNI HOHLAYMIZ" degan bir ANEKDOTNI uning miyyasiga quyadi!
OTAJONOV ham ushbu gaplarni eshitgandan so'ng, uyga borib, ko'zgu qarshisida o'ziga-o'zi termulib: "NEGA ENDI MENDAY ODAM BIR CHETDA TURISHIM KERAK EKAN, AXIR BIR DUNYO MUHLISLARIM BOR, BIR PREZIDENT BO'LSA MENCHALIK BO'LARDA, MEN HAQIQATDAN LOYIQMAN RAHBAR BO'LISHGA, MEN ALBATTA BO'LAMAN, MANA AXIR SHUNDAY INSONLAR MENGA IXLOS QILIB ISHONCH BILDIRAYAPTI" degan bir g'oyani kashf qilib, o'zi bilmagan holda TUZOQQA tushib qoladi!
Shu orada shunday kuchlar ushbu ANEKDOTNING yanayam yoyilishi uchun OTAJONOVGA barcha moliyaviy ko'maklarni keragidan ortiq muhayyo qiladi! OTAJONOV ushbu e'tibordan o'zini hozirdan Prezident bo'lgandek tasavvur qilib, hatto QURULTOY o'tqazishga kirishib boshlaydi!

OLLOQULOV, OTAJONOV orqali SABOTAJNI mohirlik bilan amalga oshirayotganidan mamnun bo'layotgan KUCHLAR, endilikda yana ham ko'proq ishni amalga oshirishni hohlay boshlaydi, sababi, go'yoki amaldagi hukumat hech narsani aniqlay olmaydi degan tasavvur bilan, endilikda kichikroq o'ljani qidiradi. Shu orada shuhratparaslikni hush ko'radigan, PIAR qilishni qotirib qo'yadigan AHAD QAYUM yarim milliarddan ziyod mablag' sarflab mashina uchun nomer olganligi e'tiborni tortadi!
Shunda kichikroq bir o'lja kimligi ayon bo'ladi. Endilikda bu kuchlar AHAD QAYUMNING OLDIGA BORIB: "AHADJON, SIZNING IJODINGIZ BUTUN MAMLALAT BO'YLAB JUDA MASHHUR, HATTO PREZIDENTIMIZ HAM HAR BIR IJODINGIZNI KABINETIDA TURIB KUZATIB, KICHIK DAVRALARDA SIZ HAQINGIZDA DOIM SO'Z OCHADILAR VA MAQTAYDILAR!" deb qoladi, bu gap esa AYNAN SHUNDAY KUCHLARNING RAHNAMOLIGIDA YURGAN MASHXUR ODAMLAR tomonidan aytilganligiga guvoh bo'lgan SHUHRATPARAST bir san'atchi huddi OTAJONOVDEK o'zi bilmagan holda tuzoqqa tushadi va o'zini huddi PREZIDENT MIRZIYOYEV bilan har kun maslahatlashayotgandek his qiladi! Intervyusida PREZIDENTNI tilga olganligi esa AHAD QAYUMNING tuzoqqa tushganligidan va QORA KUCHLAR hohlagan kichik bir sabotajni o'zi bilmagan holda bajarganligidan dalolat beradi!

TO'RTINCHIDAN;
Prezident MIRZIYOYEV nima uchun 2021-yilni aynan YOSHLARNI QO'LLAB QUVVATLASH YILI deb e'lon qilganligi, aynan yuqorida taxmin qilingan "ESKI VA YANGI SIYOSAT KURASHI"ning tobora jiddiy tus olayotganligidan dalolat beradi! Prezidentimiz aynan yosh avlod UYG'ONIB UNGA QANOT BO'LISHI, ILDIZ OTIB KETGAN ESKI TIZIM bilan qo'rqmasdan kurashishi uchun bir imkoniyatni berdi, biz yoshlar esa prezidentga ayni davrda qanot bo'lib, dastak bo'lishimiz kerak!
Prezidentning SIYOSIY PORTRETIGA dog' tushurishga harakat qilayotgan kuchlar yuqoridagi UCH NAFAR xo'rakni shu qadar mahorat va puxta o'ylangan reja asosida tanlaganki, bunga tan bermaslikning iloji yo'q!
Ammo, QORA KUCHLAR bir tomondan kalta o'yladi holos, ayni davrdagi hukumatimiz, organlarimiz KIM VATANGA SODIQ YOKI KIM XIYONATKOR hamma hammasini biladi va ertaga albatta hisob kitobi qilinadi!
Buning natijasida yuqoridagi uch xo'rakning taqdiri shunchaki meni o'ylantimoqda!
Jahongir Otajonov meni nazarimda saylovdan keyin yoki
"RUHIY KASAL" deb kasalxonaga yotqiziladi, yoki mamlakatdan chiqib ketadi, yoki o'ziga tegishli xulosa chiqarib yana sahnada qo'shiq aytib boshlaydi!
OLLOQULOV ishi esa, shunchaki mag'lubiyat bilan tugaydi!
AHAD QAYUM ishi esa, boshqa PIAR qilolmaydigan darajaga kelib qoladi, AHAD AKA saylovdan keyin shunchaki bir kichkina do'konchani ochib, pista yoki qurut sotib tinch hayot kechiradi!

Eng alamlisi esa, QORA KUCHLAR KIMLAR degan savolga javob topish qoldi holos, afsuski, aynan kimligini bilmayman, lekin shuni bilamanki hozirgi Prezidentimizning SIYOSIY PORTRETLARIGA QARSHI SABOTAJ uyushtirayotgan QORA KUCHLAR aynan Prezidentimizning atrofidagi ba'zi bir ko'rolmas insonlardir! Ular joyi kelganda Prezidentimiz bilan yuzma-yuz bo'lib ham turadi, faqat Prezidentning sadoqatli insonlari oldida bunday insonlar MAHORATLI PARDA ORTIGA berkingan holos... Ammo, bu pardada ular uzoq turishmaydi, baribir kun kelib ularning kimligi ma'lum bo'ladi va o'z jazosini olishadi!

P/s: Demokratik qadamlarni dadil tashlayotgan Prezidentimizga sizni bilmadimu, men yana bir bora ovoz berishga tayyorman!
Shuni tushunishingizni istardimki, Prezident MIRZIYOYEV vatanimiz tarixida haqiqiy yangi demokratik sahifalarni ochishga ulgurdi!
Unga qarshi qancha SABOTAJ uyishtirishmasin, baribir maqsadlariga yetisholmaydi!
Yangi O'zbekistonni hechkim yangi g'oyalardan va islohotlardan ortga qaytara olmaydi!

YANGI O'ZBEKISTON HECH QACHON ORTGA QAYTMAYDI!!!

MUALLIF: ALIJON_MADIYEV
Forwarded from Surxondaryo viloyati hokimligi (Zahiriddin To'rayev)
Термизда ашёвий далил билан қўлга олинган блогер товламачиликда айбланмоқда

ИИВ ҳузуридаги Тергов департаментининг хабарига кўра, ижтимоий тармоқларда «Отабек Сатторий» номи билан фаолият олиб борувчи блогер 2020 йилнинг декабр ойида Шеробод туманида жойлашган «Чинора Гул барака» деҳқон бозорида озиқ-овқат ярмаркасига борган. Бозордаги камчиликларни қўл телефонига тасвирга олган.

2021 йил 28 январ куни блогер «Чинора Гул барака» деҳқон бозори раҳбари Л.Т.га қўнғироқ қилиб, бозорни видеотасвирга олиш жараёнида ўзи фойдаланиб юрган «Xiaomi Redmi 5» русумли уяли телефон аппарати синиб қолганлигини, агарда унга бир дона янги «Vivo-X50» телефон аппаратини сотиб олиб бермаса, бозордаги салбий ҳолатлар туширилган видеотасвирларни ижтимоий тармоқларга тарқатиб юбориши билан таҳдид қилган.

Ушбу ҳолат юзасидан блогерга нисбатан қонуний чора кўришларини сўраб, фуқаро Л.Т. ИББга мурожаат қилган. Далил сифатида блогер билан сўзлашувларни тақдим қилган.

29 январ куни ўтказилган тезкор тадбир давомида блогер махсус кимёвий ишлов берилган нархи 5 млн сўмлик бир дона «Vivo-Х50» телефон аппаратини Л.Т.дан олган вақтида ашёвий далил билан ушланган.

Мазкур ҳолат юзасидан блогерга нисбатан ЖКнинг 165-моддаси 1-қисми(товламачилик) билан жиноят иши қўзғатилган.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
18+ POST ANEKDOT

HOZIRGI JAMIYATIMIZDA ESKI DUNYOQARASHDA QOLIB KETGAN RAHBARLAR UCHUN TO'G'RI GAP YOQMAYAPTI!
MISOL UCHUN MEN BLOGERMAN, YOKI MENGA O'XSHAGANLAR BLOGERLIK QILAYAPTI, ORASIDA BIR TIYIN MANFAATSIZ YURGANI QANCHA!
LEKIN MABODO BIROR BIR TIZIMDA BIRORTA RAHBAR ODAM CHICHIB QO'YSA, MENGA O'XSHAGAN BLOGER CHIQIB "HEY QARANGLAR, MANA BU ODAMINGIZ CHICHIB QO'YDI" DESAM, TAMOM, MENI YAQAMDAN OLISHADI, HATTO MEN BILAN KURASHGA OTLANISHADI!
LEKIN BIROR INSON YO'QKI, CHICHIB QO'YGAN RAHBARNI OLDIGA BORIB, "HEY, SEN NEGA BU YERDA BUNDAY CHICHDING, NEGA CHICHAYAPSAN" DESA!

P/S: HULLAS, AZIZLAR, BA'ZI BIR ISHTONIGA CHICHGANLAR MAG'RURLANIB YURIBDI!
LEKIN MENGA QOLSA OSHI BO'LSIN! MENGA DESA YANA CHICHSIN!
FAQAT BIR "JALKO" BUNDAY CHICHGANLARGA HATTO BIR HAYFSAN BERILMAGANLIGIDAN, QOLGANLAR CHETDA TURIB: "MANA PALOCHNI CHICHGANDI, ISHDAN KETADI YOKI HECH BO'LMAGANDA HAYFSAN OLADIMIKAN DESAK, "NABOROT" OBRO'SI OSHIB KETYAPTI, BUNAQASI KETMAYDI, BIZAM CHICHAMIZ!" DEB MAQSAD QILAYOTGANI "PROSTO JALKO..."😏
𝐁𝐔𝐆𝐔𝐍𝐆𝐈 𝐌𝐀𝐃𝐀𝐍𝐈𝐘𝐀𝐓 (A.I.Madiyev) - MAD.REVIZOR✍️✍️✍️
Photo
Ko'za kunda emas, kunida sinadi...

Ko'pchilik kuzatuvchilarim mendan Surxondaryo filarmoniyasi direktori S.M.Isakov bilan bo'lib o'tgan sud haqida so'ramoqda.
Albatta, Isakov bilan sud bo'lib o'tdi, ammo tergov oxiriga qadar yakunlanmagani sababli sud hali yana bo'ladi. Isakov mening ustimdan, ya'ni BUGUNGI MADANIYAT BLOGERI A.MADIYEV ustidan bergan O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MA'MURIY JAVOBGARLIK TOG'RISIDAGI KODEKSINING 41-MODDASI "HAQORAT" bo'yicha sudga bergan.
Isakov o'tgan hafta seshanba kungi birinchi sud majlisidanoq o'ziga advokat olib, davosini ma'lum qildi!
Davo shundan iboratki, emishkim, men IJTIMOIY TARMOQLARDA S.M.ISAKOVNING SHAXSIGA VA SHA'NIGA NISBATAN HAQORAT qilibman!
Ammo, mening BUGUNGI MADANIYAT kanalimda aslida S.M.ISAKOV menga nisbatan qilgan haqoratlari mavjud bo'lsa mavjudki, men tomonimdan hech qanday haqorat bo'lmagan.
Ammo, Isakov tomon MENI IJTIMOIY TARMOQLARDA HAQORAT QILDI deya bir qancha SCREENSHOOTLAR keltirgan. Screenshootlarda mening hech qanday shaxsim va yoki boshqa alomatlarim yo'q. Sudning qoldirilganligi sababi esa "BUGUNGI MADANIYAT BLOGERI A.MADIYEV FUQARO S.M.ISAKOVNI HAQORAT QILGANI HAQIDAGI SCREENSHOOTLAR HAQIQIYMI YOKI YO'QMI?" degan bir savolga javob topish uchun qoldirildi. Yaqinda yakuniy sud majlisi ham bo'lib qolsa kerak. Birinchi sudda sudyaning shaxsan o'zi BUGUNGI MADANIYAT nomi ostidagi SCREENSHOOTLAR haqiqiyligini, menga tegishli ekanligini, ammo, bu maqolalarda hech qanday HAQORAT mavjud emasligi deyarli ayon bo'lib qoldi!
Ammo, ISAKOV tomonidan keltirilgan, ba'zi bir sahifalarida hozirda madaniyat boshqarmasida ishlayotgan SHODMON QOSIMOV sahifasiga tegishli SCREENSHOOTLAR(USHBU SCREENSHOOTLAR QOSIMOV SHODMON AKA TOMONIDAN YUBORILGAN), yana ba'zi SCREENSHOOTLAR boshqa bir RUSS, AZIZ sahifalari tomonidan yuborilgan.
Endi bir masalaga yechim izlaylik, meni ISAKOVGA NISBATAN HECH QANDAY G'ARAZ NIYATIM, XUSUMATIM YO'Q!
Men bir bloger sifatida ISAKOV noqonuniy bo'shatmoqchi bo'lgan uch nafar fuqaroning huquqlari uchun jamoatchilik bilan bo'lishib, uch nafar hodimning huquqlari tiklanishiga, ishda qolishiga, xizmat uyida yashashiga sababchi bo'ldim holos...
Ammo, sudda ISAKOV "BU MENI SHUNDAY HAQORAT QILDI, MENI SHA'NIMGA NISBATAN HAQORAT QILDI" deya ochiqdan ochiq davo qilmoqda!
Ammo, barchasini SUD hal qiladi!
Keyingi sudda SHODMON QOSIMOV tomonidan keltirilgan(agar shu rost bo'lsa) screenshootlar, yana AZIZ nomi ostida keltirilgan screenshotlarning egalarini guvoh sifatida keltirilishini talab qilaman.
Aziz kuzatuvchilarim orasida, shu kanalimni doimiy kuzatib boruvchilar orasida guvoh bo'lganlari bo'lsa, marhamat, @bizbilan_aloqa_bot orqali fikrlarini bildirib o'tishlari mumkin!
Lekin men rahbar emasman, oddiy blogerman, men mast holatda hodimimni so'kib, qishni qoq o'rtasida ularni yashab turgan uylaridan haydamoqchi bo'lib, ularni noqonuniy kasaba uyushmasi majlisi qilib haydamoqchi bo'lganim yo'q.
Men majlisda yakkayu yagona tarafimni olgan REJISSORNI yarim kechasi orqasidan so'kkanim yo'q!
Xalq meni nima qilayotganligimni yaxshi biladi!
Qonun ham!
Men shu ishlar orasida ba'zi bir blogerlarga o'xshab moddiy manfaat yoki besh million so'mlik qimmatbaxo qo'l telefonini ta'ma qilganim yo'q! Qilmayman ham!
Yana shuni ma'lum qilamanki kecha 4-fevral oqshomida ICHKI ISHLAR bo'limida fuqaro S.M.ISAKOV ustidan men, ya'ni BUGUNGI MADANIYAT blogeri A.MADIYEV sha'niga nisbatan hodimlari oldida men yo'qligimda "MEN UNI O'TGAN SAFAR OGOHLANTIRGANMAN, MADIYEV HAZILLASHMA, XAVFSIZLIKKA AYTAMAN, MAZANGNI QOCHIRTIRAMAN DEGANMAN, O'RTADA BIR HAFTA YOPILDI BU KANAL, BU KANAL BOSHQA NOM BILAN OCHILDI YANA" degan ISAKOVGA tegishli bo'lgan dalilni ilova qilgan holda, O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MA'MURIY JAVOBGARLIK TOG'RISIDAGI KODEKSNING 41-MODDASI "HAQORAT" bo'yicha da'vo arizasini qoldirdim!
Endi nima bo'lishini ODIL SUD hal qiladi!
Hullas, xalqimizda "KO'ZA KUNDAMAS, KUNIDA SINADI" degan gap singari, nima bo'lishi sudda ma'lum bo'ladi!

Yuqoridagi suratda esa BUGUNGI MADANIYAT ya'ni mening kanalimda S.M.ISAKOV hodimasi BOBOXONOVA OYNISANI haqorat qilganligi haqidagi material
𝐁𝐔𝐆𝐔𝐍𝐆𝐈 𝐌𝐀𝐃𝐀𝐍𝐈𝐘𝐀𝐓 (A.I.Madiyev) - MAD.REVIZOR✍️✍️✍️
Photo
yuzasidan 19-yanvar kungi TERMIZ SHAHAR MA'MURIY SUDIDA fuqaro S.M.ISAKOV O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MA'MURIY JAVOBGARLIK TO'G'RISIDAGI KODEKSNING 41-MODDASI bilan aybdor deb topilib, eng kam oylik ish haqining BESH BAROBARI miqdorida jarimaga tortilgan. Yengil jarima qo'llanilgani sababi, ISAKOV hodimasi BOBOXONOVA OYNISANI haqorat qilgani uchun chin ko'ngilgan pushaymon ekanligi, hozirda ikkinchi mutaxassislikda talaba ekanligi, qaramog'ida farzandlari bo'lganligi sababli yengillik so'ragan. ISAKOV qanchalik pushaymon bo'lgan menga qorong'udir, ammo, u bir marta bo'lsa ham hodimasi BOBOXONOVA OYNISADAN KECHIRIM SO'RAMAGAN!
Endi esa keyingi sud natijalarini birgalikda kuzatib boramiz...

@bugungi_madaniyat
𝐁𝐔𝐆𝐔𝐍𝐆𝐈 𝐌𝐀𝐃𝐀𝐍𝐈𝐘𝐀𝐓 (A.I.Madiyev) - MAD.REVIZOR✍️✍️✍️
Audio
S.M.ISAKOV tomonidan BUGUNGI MADANIYAT KANALI BLOGERI A.MADIYEVga nisbatan hodimlari NAZIROVA PARIZODA, BOBOXONOVA OYNISALAR oldida aytilgan gaplar:

"MEN UNI O'TGAN SAFAR OGOHLANTIRGANMAN, MADIYEV HAZILLASHMA, XAVFSIZLIKKA AYTAMAN, MAZANGNI QOCHIRTIRAMAN DEGANMAN, O'RTADA BIR HAFTA YOPILDI BU KANAL, BU KANAL BOSHQA NOM BILAN OCHILDI YANA"

Ushbu haqoratli gaplar ustidan kecha oqshom ichki ishlar bo'limida O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MA'MURIY JAVOBGARLIK TOG'RISIDAGI KODEKSNING 41-MODDASI orqali ariza berdim.
𝐁𝐔𝐆𝐔𝐍𝐆𝐈 𝐌𝐀𝐃𝐀𝐍𝐈𝐘𝐀𝐓 (A.I.Madiyev) - MAD.REVIZOR✍️✍️✍️
Audio
USHBU AUDIONI ESHTIB, ASLIDA KIM KIMNING SHA'NIGA JAMOATCHILIK GUVOHLIGIDA, HODIMLAR GUVOHLIGIDA HAQORAT QILGAN, TAHDID QILGANLIGINI BILIB OLISHINGIZ MUMKIN!
ORTIQCHA IZOHGA HOJAT YO'Q!