ππ”π†π”ππ†πˆ πŒπ€πƒπ€ππˆπ˜π€π“ (A.I.Madiyev) - MAD.REVIZOR✍️✍️✍️
376 subscribers
6.58K photos
1.49K videos
34 files
1.27K links
Madaniyat va san'at sohasiga aloqador gaplar...
Download Telegram
Forwarded from Deleted Account
ππ”π†π”ππ†πˆ πŒπ€πƒπ€ππˆπ˜π€π“ (A.I.Madiyev) - MAD.REVIZOR✍️✍️✍️
Photo
#Tavallud_kun
Bugun Termiz ixtisoslashtirilgan san'at maktabining "Akademik vokal" sinfi katta o'qituvchisi, oliy toifali pedagog, Surxondaryo viloyatidan yetishib chiqqan ko'plab vokal ijrochilarining ustozi Choriyev Komil Amirovich muborak 60 yoshini qarshi oldi.
Ushbu munosabat bilan maktabda tadbir tashkil etilib, uni Termiz ixtisoslashtirilgan san'at maktabining direktori B.Q.Ishmuratov ochib berdi. Komil Amirovich 1991-yildan buyon Termiz ixtisoslashtirilgan san'at maktabi (sobiq Termiz musiqa bilim yurti)da vokal ijrochiligidan o'quvchi yoshlarga ta'lim-tarbiya berib kelmoqda. Faoliyati davomida o'quvchilari bilan ko'plab Respublika tanlovlarida ishtirok etib kelmoqda.
Bugun jonkuyar ustoz pedagogni tabriklash uchun ko'plab hamkasblari, shogirtlari tashrif buyurdi.
Tadbir davomida kuy-qo'shiqlar ijro etildi.

Ma'lumot uchun: Choriyev Komil Amirovich faoliyati davomida Termiz ixtisoslashtirilgan san'at maktabining akademik xonandalik kafedrasi mudiri, bundan tashqari 2019-yilda Respublika baxshichilik san'atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori lavozimlarida ham samarali faoliyat yuritgan.
Bugungi kunga qadar Komil Amirovich yosh iste'dodlarga g'amxo'r pedagog, har tomonlama o'rnak ustoz sifatida faoliyat olib bormoqda.
Shu munosabat bilan Termiz ixtisoslashtirilgan san'at maktabi jamoasi muborak 60 yosh yubileyi bilan tabriklab, sixat-salomatlik, oilaviy baxt, ijodiy barkamollik tilaydi.
Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin!

πŸ‘‰https://t.me/tism_matbuot_xizmati
2024-yil 28-may soat 10:00da
Respublika baxshichilik san'atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faollar zalida 2023-2024 o'quv yili yakuniy, Hisobot konsertiga taklif etamiz.


Baxshiinternat.uz
🌐 Telegram  🌐 Instagram
🌐 Facebook  🌐 Youtube

Β© RBSIMI Matbuot xizmati.
πŸ…πŸ…πŸ…

🟒 OΚ»zbekiston davlat filarmoniyasi SurΡ…ΠΎndaryo viloyat boΚΌlinmasi Baletmeystiri Abdimurodov Madiyor Egamurod oΚ»gΚ»li (MDH) oΚ»rtasida boΚ»lib oΚ»tgan Xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik tanlovining 5-turi 1-bosqichining gΚ»olibi boΚ»lib, Β«THE BEST STUDENT OF THE CISΒ» β€œMDHning ENG YAXSHI TALABASI” naminasiyasi bilan taqdirlanib, Sertifikat, diplom hamda medal sohibi boΚ»ldi.
Madiyor Egamurod oΚ»gΚ»liga omad va ulkan yutuqlar tilab qolamiz.

✍🏻 OΚ»zbekiston davlat filarmoniyasi SurΡ…ΠΎndaryo viloyat boΚΌlinmasi axborot xizmati

@surxon_filarmoniya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O'zbekiston qo'shig'i
Alijon Madiyev so'zi va musiqasi.
Aranjirovka ustasi Xurshid Tursunov.

Ijrochilar:
Oybek Halilov
Shahzodbek Umarov
Feruza Xolmirzayeva
Dildora G'afforova.

Respublika baxshichilik san'atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati hisobot konsertidan.

@bugungi_madaniyat
Surxondaryo viloyati madaniyat tizimida o'zgarishlar bo'ldi(mi)?

Ushbu savolni o'z oldimizga qo'yarkanmiz, tizimda salmoqli o'zgarishlar bo'ldi deb bemalol aytishimiz mumkin va bu o'zgarishlarning asosiy omili sifatida Prezidentimizning yoshlarga bergan e'tiborlari o'laroq, tizimda ham yosh kadrlarning rahbarlik vazifalariga keltirilayotganligini misol qilishimiz mumkin.
Misol sifatida bugungi yosh rahbar kadrlar avvalgi avlod kadrlaridan tubdan farq qiladi. Sobiq ittifoq davridagi tor doira dunyo qarashini olgan, savodi kirill va lotin alifbolari o'rtasida chalkashgan, bugungi dunyoviy texnologiyalar haqida mutlaqo tushunchaga ega bo'lmagan rahbar kadrlar o'rniga yangi dunyo texnologiyalarini biladigan, bugungi mintaqa siyosati va mafkurasidagi o'zlarishlarni his qila oladigan, O'zbekistonimizga nima foydayu nima zarar ekanligini his qila oladigan kadrlar bugungi madaniyat tizimimizga suv va havodek zarurdir.
Yosh avlod kadrlari almashinuvi va uning ijobiy natijalari sifatida bir qancha misollarni keltirib o'tish mumkin, xususan, viloyatimizdagi baxshilar maktabi, Termiz tumanidagi musiqa maktabi, Sherobod tumani musiqa maktabi, Termiz shahar madaniyat bo'limi, Surxondaryo viloyati filarmoniyasi, ayniqsa, viloyat madaniyat boshqarmasidagi yangi avlod yosh kadrlari ish faoliyatidagi ijobiy natijalar bunga yaqqol misoldir.
O'ylaymizki, madaniyat tizimimizdagi ushbu o'zgarishlarning davomi sifatida bundan keyin ham yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun kerakli chora tadbirlar ko'rilishi, eski kadrlar davridagiga nisbatan yosh kadrlar davrida moliyaviy jinoyatlarning kamaygani, madaniyat tizimida yoshlarning yutuqlari ko'paygani singari keyingi kadrlar islohotida ham o'z samarasini beradi deb o'ylaymiz. Zero, kelajak yosh va istiqbolli kadrlar qo'lidadir!

(San'atshunos, mustaqil ekspert Nuriddin Toshmurodov)
Ona tilim!

Necha zamonlarda chig'iriqdan o'tgan
Toptalgan, o'qtalgan, o'tlarda yongan
Navoiy ishqida kuyib kul bo'lgan
G'ururim, ko'ksimda faxrsan tilim!

Boburing sen bilan baytlarin bitgan
Kimlar kelib ketgan, tarixing titgan
Bitta qalam bilan dunyoni olgan
Navoiy tilisan, sen ona tilim!

Temurning tuzugi sening ruhingda
Muqanna azobi sening ohingda
Sen bilan yashadik, boru yo'g'ingda
Dushman yo'q qilolmagan ey ona tilim!

Bugun bulbul bo'lib sayraymiz bog'da
Yangi O'zbekiston gullagan chog'da
Har kuni, saharda, har kuni tongda
Sen bilan uyg'onay ey ona tilim!

Avlodlar yashasin sen bilan abad
Farzandlar ulg'aygay sen bilan albat
Seni anglamoqlik yuksak fazilat
Bugun sening kuning ey ona tilim!

Aytaman baralla, bor dardu-dilim
Sen bilan yashnasin, ona yurt elim
Sendadir bor ilm, sendadir bilim
Sen borsan men borman ey ona tilim!

(A.Madiyev)