Boʻshliq..
4 subscribers
Yangi va eng birinchi katta asarim
Havaskor yozuvchiman
Download Telegram
Channel created
Channel photo removed
Channel photo updated
Ba'zida shubha paydo boʻla boshladi hayotim va hayollarimda. Goʻyo men oʻz hayotimni yashamayotgandek edim. Ammo hammasi ancha avval bolalik paytlarimda boshlangandek edi. Osuda tun va men negadir uygʻonib ketgan edim. Buvimlar bilan edim. Aniq eslolmaymanku lekin roʻza oylari edi. Kechroq uyga qaytganim uchun erta uhlab qolganman. Buvim va opa saharlik qilish uchun turishgan ekan. Men ham qoʻshildim. Opam: e sen yosh bola narsa nima qilasan barbir ohiriga yetkazmaysan undan koʻrasi uhla deb aytgandi. Buvimlar oldimni olganlari esimda. –Hay hay qoʻysangchi qizalogʻim bolada qiziqadi, oʻtirsa oʻtiraversin bitta ustun qoʻyib oladi. Keyin opam indamadi. Buvimlar har doim men uchun eng sevimli odamlardan boʻlgan qachon ular haqida yomon gap eshitsam oldilarini olib: yana bir nima desanglar kunlaringni koʻrsataman, yosh bola deb oʻylamang deb kuchimni koʻrsatib qoʻyardim. Jiddiy olishmagan kulib qoʻyishardi. Shu kuni ertalab oʻynash uchun bolalar bilan chiqib ketib naqt "абэт"ga kelibman. Oʻzim choy ichdim yosh bola boʻlganim uchun qoganlarni ham yeyishga rosa undaganman. Yoʻq biz yeb oldik deyishgan. Yana oʻynash uchun koʻchaga chopdim. Miltiq-miltiq oʻynamoqchi ekanimiz esimga tushib oʻzim yasagan miltiqni olish uchun uyga qaytdim. Bobom oʻtin qilayotgan ekan. Oʻtinlarini orasida mening miltigʻim ham turibdi. Olishni iloji yoʻq borsam naqt terimga somon tiqadiya. Mayli boshqa oʻyin toparmiz deb koʻchaga chopdim. Bolalar kutib turgan ekan. Qayerdandir toʻp topdik. Mahallamizdan pastroqqa tushib rosa tepdik. Oʻyin qizigandan qizida. Qayerdandir Hoji aka kelib qolmagunicha. Oʻzini ismini haligacha bilmayman Hoji deyishadi tamom. Birov ismiga qiziqmagan. Meni bir yaqin doʻstim boʻlardi Asad degan. Uni menga qarshi gij-gijladi. U ham chippa-chin ishona qoldi va menga tashlanib ketdi. Men ham oʻz oʻrnida javob qaytardim. Burnimiz qonadi. Birov ajratmasdi ham. Tekin tomosha ishqibozlari. Oʻyindan oʻt chiqdi degani shu boʻlsa kerak. Ancha urishdan soʻng doʻstimni onasi kelib qoldi. Juda yaxshi ayol edi. Biron marta soʻkmagan yomon soʻz aytmagan. Birovni mushugini pisht demaydigan ayollardan edi. Ikkimizni qoʻlimizdan ushlab uyimizga olib ketar ekan: Asadbek bolam bu seni doʻsting boʻlsa doʻst bilan ham urishadimi? Unaqa qilmanglarda bolajonim Anvarjon oʻzing ham esli bolasanku unaqa qilmanglar endi—deb qoʻya qoldi. Jilla qursa e ahmoqlar deb ham qoʻymadi. Lekin : rangi oʻchsin shu Hojiniyam kap-katta bolani qib yurgan ishini—deb oʻziga oʻzi gapirib ketayotganini eshitdim. Asad bilan yarashib oldik. Bolalikda boʻladi deb qoʻya qoldi Asadning onasi. Men esa onamga ham buvimga ham aytmadim. U vaqtlar dadam ishda boʻlar edi. Quyosh rosa tik kelgan palla uyga kirsam buvim uhlatib qoʻyadi. Asad bilan choʻmilishga borishga qaror qildik. Oʻzimizcha qayerlarnidir izladik. Topdik ham lekin suv kir edi. Qayerdandir yana bir toʻda bolalar kelib qoldi. Suvga tushayotganlarini koʻrib biz ham tushdik. Asad qaytmaydigan bola edi. Shu yerda ham urish boshladi. Ajratishga harakat qildim. Meni ham qoʻshib olishdi. Son boʻyicha ustun edilarda. Rosa kaltaklab qochib ketishdi yaramaslar. Bir ahvolda uyga qatdik. Qaytarkanmiz Asad keyingi safar uchratsak bitta-bitta uraman hammasini deb maqtandi. Qayoqda men yoʻq boʻlsam qoʻlingni uzib ikkinchi qoʻlinga berishadi deb kuldim. U ham javoban hali koʻrsatib qoʻyaman deb qoʻlini musht qilib kuldi. Qoʻllarimizni yelkalarimizdan oʻtkazib uyga qaytdik. Kech ham boʻlib qolgandi. Uyga kelsam opam ikki buklanib turibdi. Bunga nima qildi desam roʻzada sal qiynalib qoldi deb chiqib keldi buvim. Qayoqda buningiz tugabdi buvijon deb yugirib ketdim. Ayib oʻzida meni ustimdan kulmasligi kerak edi. Yana men unga aytganman kel ustun qoʻyib ol deb yoʻq dedi. Oʻzidan koʻrsin. Mana men zoʻr boʻlib yuribmanku.
Iftorlik qiladigan vaqt boʻldi. Buvim meni onamga maqtadi:bugun Anvarjon roʻza tutdi. Onam boshimdan sila barakalla bolajonim deb qoʻydilar. Shu bilan uhlashga kirib ketdik. Shu kechasi ukam kasal boʻlib qoldi. Yarim kechasi boʻlgani uchun suv topa olmadik dorini ichishga hech narsa topolmadik.
❤4
Tokchada iftorlikda ukamni oʻzi ichmagan va ichib qolar deb onam uyga olib kirgan ovqat bor ekan shundan bir qoshiq olib ukamga dorisini ichkizdilar. Ukamdan har doim havotir olganmiz kasallikka yengil edi. Salga kasal boʻlib qolar edi. Ukamni ham juda yaxshi koʻrganman. Esli hushli bola edi yoshligida. Bir amallab dorisini ichkizib uhlatdik. Ertalab tong otdi. Onam barvaqt ishga kettilar men va ukam buvim bilan qoldik bugun opam yoʻq. Uylariga ketgan, opam ham aslida amakimni qizlari biz bilan katta boʻlgan. Buvimlarnikiga tez-tez kelib turardilar. 5 ta amakim bor. Ikktasi oʻta ketgan ahmoq edi. Meni arqonga bogʻlab daraxtga ilib rosa aylantirishga keyin uyogʻdan buyogʻga uchirishgan. Arqon uzilib yuzim bilan tushib uyni yigʻim bilan toʻldirganman. Yuzim qon boʻlib ketgan edida. Buvim kelib ikkisini ham quvlab ketgan. Qoʻshnimiz balnitsada ishlar edi. Chiqib menga tezda yordam qilgan. Shundan keyin amakilarim menga yaqin kelmaydigan boʻlishdi. Oldimga kelishsa buvim quvib solardi.
❤4🔥1
Telfon qoʻngʻirogʻi hayolimni buzdi. Bobur aka telfon qilayotgan ekan. Biz u bilan birga ishlaymiz. Qurilishda. Ha kasmanaft telfonni olishingiz qiyin, yerga qayting ishni boshlaylik— deb gap boshladi.
–uhlab qolibmanda, keldingizmi.
–ha keldim chiqing endi noz qilmasda.
–ha ha aka mana chiqdim.
Bobur akam bilan yaqin boʻlib ketganmiz tugʻishganlardek. Yoshligim haqida unga aytib berganman deyarli oramizda sir yoʻq. Kasmanaft boʻlmoqchi boʻlganimni aytganimdan keyin kasmanaft deb nom qoʻyib olgan.
Bobur aka bilan uchrashganimizga koʻp boʻlgani yoʻq. Kam ham emas 4 yil avval mardikor bozorda edi. Bobur aka qurilish uchun odam izlab yurgan ekan. Menga koʻzi tushib qolib sharta kelib qoʻyaqolgan emish. Yaxshi odam koʻnglida kiri yoʻq birinchi koʻriahganimizdayoq bilganman. Menga qarab qani sakra qahramon degan. Bunaqa payt suskashlik ketmaydi, harakatingni qilda ishli boʻl bolakay uhlama— piching ham qilgan. Oʻylab oʻtirmay men ham ketaveribman. Narxini gaplashim ham olmagandim. Endigina puldan gap boshlaman deganimda:
–ha aytgancha uka ish haqisiga qancha soʻraysiz ?
–berganigizni olaveraman.
–birinchi martta chiqishingizmi ?
–ha shunda, qiyinchilik har ishga majbur qilar ekan.
–nolimang uka nolimang Hudoga hush kelmaydi. Ogʻirroq boʻling.
Gaplariga unchalik eʼtibor bermadim lekin inkor ham qilmadim. Bosh irgʻab qoʻydim.
Ishxonaga ham keldik. Ishchilar koʻp ekan. Uchrashib tanishib qolganlarim esa. Biri adashim Anvar yana biri Salim ekan. Salim Buxorodan. Anvar oʻzimizni Andijondan. Bitta shahar boʻlmasayam viloyatdoahim ekan. Ular bilan ancha chiqishib qoldim. Adashim qoʻpolroq koʻrinsada boshqalarga koʻproq u qaygʻuradi. Bilaman sumkasida har doim bitta bint va spirt olib yuradi. Oʻziga kerak boʻlmaydi juda ham orasta ish qiladi. Koʻrgan odam soatsoz deb oʻylaydi. Bir qadam bosishdan avval oʻn martta oʻylaydi baraka topgur. Salim aka ham yaxshi odam doim kulib yuradi. Bobur akani oʻrtogʻi yoshlikdan katta boʻlishgan. Har holda menga shunday deb aytishgan. Bu jamoa bilan ishlash menga juda yoqardi toki oʻsha kun kelmagunicha.
Bobur aka bir ahvolda kirib keldi. Hamma ishlarni u gaplashagan va bir ishda xato qilgan ekanmiz. Bobur akani chaqirib olib rosa uribdi marazlar. Salim aka oʻzini bosa olmadi. Mashinaga oʻtirdiyu oʻsha joyga ketdi. Biz ham bordik. Salim aka ular bilan koʻrishishga ulgurgan ekan. Adashim ancha baquvat. Ular ham kam emas lekin urib qoʻyishimizga ishondikmi borib ularga yopishib ketdik. Deyarli urib ham qoʻydik. Hammasi qochib ketishdi. Oyogʻing qurugirlar bekorga qochmagan ekan salim akaga pichoq tiqib ketishibdi. Tez yordamga qoʻngʻiroq qildik. Bularni faqat nomi tez oʻzimiz olib borishga qaror qildik. Yetib bordikham lekin anchagina qon yoʻqotib boʻlgan edi. Aperatsiyaga olib kirib ketishdi. Birdan shifokorlar tez yordam kerak bir kishini pichoqlab ketishibdi deb harakat qilib qolishdi. Ablahlar biz kelgan manzilni aytishyabdi. Shunaqa jahlim chiqganidan bir doktrni urib burnini ham sindirdim.
–sen aytgan oʻsha odam mana uying kuygir vahliroq harakat qilsang boʻlmasmidi. Bilasanmi bu odamni nechata bolasi bor. 3 ta eshityabsanmi 3 ta oʻlib qolsa yetim qolishadi tushunyabsanmi? Senga davlat shu uchun pul toʻlayabdimi harakatingni qilsang boʻlmasmidi ablah nobakor.
Anvar aka qoʻlimdan ushlab orqaga tortdi. Doktr ham baqirganicha telfonini olib burchaklarga kirib ketdi.
–aka oʻlay agar ushlamaganizdaniz oʻldirardim oʻlay agar oʻldirardim. Qilgan ishini qarang aka yarashadimi?
–tinch qoʻy ularni uka oʻzimizdayam ayib bor bormasligimiz kerak edi.
–chavaqlab ketishardi aka chavaqlab hozir ham umid bor lekin lekin aka tushunyabsizmi?
–ogʻiroq boʻl ogʻirroq...
Adashni koʻnglidan nima oʻtayotganini ham bilardim. Hech kimga yomonlik istamagan. Boʻri terishidagi qoʻzichoq.
–oʻrnida men boʻlishim kerak edi.
❤3🔥1
–aka bu nima deganigiz endi. Qoʻysangizchi baxtsiz tasodif oʻtib ketadi. Salim akam tuzalib koʻrmagandek boʻlib ketadi.
–ahir ahir aqalli uni toʻxtatishim kerak edi. Bu shashtingdan qayt ertaga borib soʻrab olamiz desam boʻlardi. Lekin ahmoqlik qildim.
–hozir menga nima deyotgandingiz bu nimasi aka endi sizmi ? Ogʻiroq boʻling aka.
Koshki meni eshitsa. Oʻrnidan turdiyu eshikdan chiqib ketdi.
❤2🔥1
Kasalxona suv quygandek jim-jit hammayoq tinchib ketgan, shifokorlardan darak yoʻq edi. Kirib ketganlariga ham ancha vaqt boʻlib qoldi. Oramizda hamma oʻzini ayibdor sanardi. Bobur aka ham keldi. Qani Salim— deb yoqamdan oldi. Avvallari hech bunday qilgan emasdi. Oʻzimni eng aybi koʻp odam deb bilardim ayni damda. Hammasini tushuntirdim. Bobur aka ham tushundi birga kutar ekanmiz sukut orani buzdi. Ahu orada meni hayollar oʻz domiga torta boshladi.
Asad chaqirib keldi. Oldida Azizbek ukasi ham bor. Hali maktabga chiqmagan vaqtlarimiz. Quyosh rosa tepaga chiqgan vaqti. Hamma uyquga ketgan yoz vaqtlari. Choʻmilishga boramiz dedi. Men ham boradigan boʻldim. Ukam Jasur ham qoʻshilib oldi uyda qolishini rosa iltimos qildim. Qani foydasi boʻlsa. Hammamiz birga boradigan boʻldik. Yoʻl uzoq mehribonchiligim tutdimi yoki boshqa, ukamni yelkamga oldim. Asad ham Azizbekni koʻtarib oldi. Bir-birimizni quvalashib yetib ham oldik. Kichikroq joyga ham borganimiz yoʻq. Mahallamizga yaqinida kanal bor. Katta emas lekin tez oqadi. Tinch joyi ham bor biz oʻsha yerda choʻmildik. Azizbek bilan Jasurni suvga tushurmadik qumda oʻynashlarini aytdik. Suv sovuq ekan, lekin keyinchalik oʻrganib qoldik. Asad yaxshi suzadi. Men ham unchalik zoʻr emasdim suzishda. Azizbek yugurib kelib qoldi. Jasur Anvar aka Jasur qarang deb baqirdi. Jon holatda suvdan chiqib chopib ketdim. Jasur suvda. Oqib ketayabdi. Orqasidan baqirishdan boshqa narsa qila olmasdim. Oyoqlarim oʻzimga boʻysunmasdi. Ovozim oʻzimni boʻgʻardi. Ilojsizlik meni zanjirband qilgandi. Adas oʻylab ham oʻtirmay oʻzini suvga otdi. Mendan foyda boʻlmadi hech narsa qilolmasdim. Azizbek ham kanal qirgʻoqlab yugurib ketardi. Oʻzimni yigʻib olib suvga tushdim ham lekin oʻzimni ham eplay olmay qirgʻoqga chiqib men ham yugurdim. Asad ham charchadi choʻkib ketishga yaqin qolganida suvdan chiqdi. Qirgʻoqlab hammamiz yugurib quvlab yurdik. Atrofda zogʻ koʻrinmas yordam kuta olmasdik. Qoʻllarimiz bogʻlangan ilojsiz edik. Eplay olmadik. Taslim boʻlish ogʻir lekin Jasur endi koʻrinmayotgandi. Bir yiqildimu qaytib turmadim. Koʻz yoshlarim yuzimni yuva-yuva quyilardi. Asad yelkamdan koʻtarib tur ushlab olamiz topamiz taslim boʻlma. Endi foydasi yoʻq. Foydasi bor bor foydasi. Hozir bobomni chaqirib kelaman. Sen uni quvib bor toʻxtama seni bobongni ham olib kelaman. Ortidan boringlar Azizni ham ol. Toʻxtamanglar kuzatib turinglar. Asad uy tomonga yugurib ketdi. Azizbek aka yuring ana ana koʻrindi. Yana yugurdi. Men qotib qolgan edim. Ikkilanib qoldim. Bir ukamni ortidan quvgim kelsa bir qochishni istardim. Ukamdan umidimni ham uzgandim. Aniqki u endi qaytmaydi. Orqaga qaradimu qochdim. Oʻzimni oʻzligimdan borimdan borligimdan. Bor kuchim bilan qochar edim. Yiqilib yiqilib qochardim. Qayerga ketayotganimni bilmasdim lekin qochardim. Oyoqlarim toyib yiqilardimu yugurish meni ham oʻldirar edi. Men taqdirimdan qochayotgan edim. Bir katta it quvyabdiyu men unda qochar edim. Nomardlik qildim. Bittayu bitta ukamni oʻlishiga qoʻyib berdim. Afsuslar ortimda. Yetib olsa meni oʻldiradi. Yoʻq qilivchi domiga tortadiyu yoʻq qiladi. Yoʻl boʻylab ketayabman. Hech kimsiz qolgandekman. Bir toshga qoqildimu qattiq yiqildim. Koʻzimni ochganimda kech boʻlgan ekan yumshoq oʻrinda uygʻondim. Kimdir uyiga olib kirganmi bilmasdim. Oyijon ana ana uygʻondi, qarang tirik ekan. Albatta tirik boʻladida bolajonim. Yaxshimisan bolakay isming nima qayerdansan. Javob bergim kelmasdi. Umuman gapirishni istamasdim. Qoʻlib bilan ishora qilib gapira olmasligimni aytdim. Soqov deb oʻylashlarini menga gapirmasliklarini istardim. Qayerdan ekanligimni yana soʻraganida indamadim. Nima qilib yuribsan deb soʻrashdi. Javobim yoʻq edi. Hotirasini yoʻqotgan deb oʻyladi. Oʻrnimdan turib tashqariga chiqdim. Qorongʻu tushib boʻlgan. Oy oʻz oʻrnida. Qulay vaqt boʻlishi bilan men u uydan ham qochdim. Yana qattiq yugurdim. Borar manzil aniq emas men hamma narsadan qochayotgan edim. Juda uzoq yugurdim. Deyarli odam yurmas joylarga kedim. Yuragimda qoʻrquv degan narsa butkil oʻchgan hozir qoʻrqishga vaqtim yoʻq. Na avvalni na keyinni oʻylay olar edim.
❤3
Hayolim qochishda. Katta daraxt ostida toʻhtadim. Oyoqlarim hoʻl. Biroz ogʻriq ham bor ammo oʻtib ketadi. Shu daraxt ostida oʻtirdim. Hayolarim bostirib kela boshladi. Jasur atrofimda oʻynab yurgandek. Aka kel oʻynaylik. Yana ustinga mindir aka. Choʻmilishga olib bor aka. Tur aka turaqol. Oʻzimni oʻzim oʻldirayotgandek. Afsus nadomat qaniydilar ichidaman. Yosh boʻlishim mumkin lekin hozir hayotdan eng toʻygan odam men. Buvim aytgan oʻsha Azroilni kelishini hammadan koʻp hohlardim.
❤2❤‍🔥1
Operatsiya xonasi ochilib jarroh chiqib keldi.
-bemor sizlardanmi ?
Bobur akam;
-ha biz, oʻzi yaxshimi ?
-ancha yaxshi yashab ketadi, chuqur sayilmagan.
Shevasidan maʼlum Andijonda. Koʻnglimiz taskin topgandek boʻldi. Bobur aka oldiga kirmoqchiligini aytdi. Palataga olsak albatta kirasizlar deyishdi. Hech boʻlmasa yashab ketadi.
Ancha vaqt oʻtib qolgani bois qorin ham ochgan. Ozgina pulim bor,
-aka nimadir yeb olamizmi ?
-ha mana bu pulni olib biror narsa olib kel.
-oʻzimda bor aka qoʻyavering
-ol degandan keyin olda
Pulni olib ul-bul olib keldim. Bobur aka ham istamaygina yedi. Bunaqa payt ogʻizdan qil oʻtarmidi. Barbir nimadir yeb olmasak boʻlmasdi. Oʻrindiqda uhlab qolibmiz hamshiralar kelib uygʻotishdi. Salim akani palataga olishibdi. Bobur aka shoshib ketdi. Orqasidan bordim. Yeta olmadim. Mendan avval kirdi. Senga nima boʻldi e bemor degani tashqaridan turib eshitildi. Kirganimda esa eng yaqin odamlardek gaplashib oʻtirishardi. Darrov bir birini sogʻinishgandek. Bobur akam hangomadan keldilar.
-ha bemor u yoq qanaqa ekan
-e qoʻysangchi
-ha nima sen ancha yaqin edingda. Oʻrniga yangi odam olamanmi deb havotir olayotgan edim.
-qutilib boʻbsan yaramas, men hali oʻlmoqchi emasman
❤2
Toʻgʻri unaqa katta kanal emas vada qilgan narsam chiqmayotgani ham haqiqat qattiq uzur soʻrab qolaman. Yozgani vaqtim bor lekin nimadir kam. Bir kun yana koʻp qilib yozishni boshliman oʻshangacha uzur 🙂
❤2👍1🔥1🥰1