Tun yaqin, daraxtlar junjukar behol.
Bir kun o‘tgan edik bu yerdan shoshib.
Yomg‘ir hidi kelar tentirar shamol,
Bir o‘zim borurman sensiz, adashib.
Bir o‘zim, sen yo‘qsan endi yo‘limda,
Serzavq davralarda yurarsan o‘ynab.
Achchiq she'r silqiydi yara ko‘nglimdan,
Qadimiy so‘zlarni terarman qiynab.
Baxtiyor edik-ku bir jon-u bir tan,
Nahot ko‘z ochmasdan hammasi o‘tdi.
Biz buyuk edik-ku sevgimiz bilan,
Eski jafolarning ohlari tutdi.
Uchib ketmoqdasan qaylarga qarab,
Men esa eslayman sevgi kunlarin.
Bir bola buchakda turar dildirab,
Ko‘ksida o‘tmagan so‘lg‘in gullari.
Men uryon o‘tlarning ustida chopdim.
Qara, kuymoqda-ku yetim sevgimiz.
Bu yorug‘ olamda men seni topdim,
Sening izlaganing men emas, esiz.
Yodingdami, bir kun. Eslagim kelmas,
Yangi zarba topib qo‘yibsan. Nadir?
Sening hayotingda men yakka emas,
E voh, oxirgi ham emasman axir.
O, mayli, o‘ylanma, qayg‘urma zinhor,
Baxt-iqbol yor bo‘lsin ko‘rkam, munosib.
Biroq sen oh cheksang agarda bir bor,
Men yana kelurman qalbimni bosib.
Sirli qo‘shiq aytar ruhimning qushi,
Abadiy bir navo singari samo.
Sen bilan kechgan u damlarning tushi
Yaltirab chaqirar, imlar har zamon.
O‘pib hayolingni qonaydi dardim,
Yig‘lar xotiramning g‘arib bog‘lari.
Seni tushlarimdan so‘rab axtardim,
Qaytarib bo‘lmas hech o‘sha chog'lari.

Dunyo oʻtkinchi deymiz.
Yoʻq dunyo emas, biz oʻtkinchimiz.
Bahor bir aylanib kelguncha birov tugʻiladi, birov oʻladi. Birov birovni yaxshi koʻradi. Birov birovning koʻziga choʻp soladi.
📔"Ikki eshik orasi"
©Oʻtkir Hoshimov
Yoʻq dunyo emas, biz oʻtkinchimiz.
Bahor bir aylanib kelguncha birov tugʻiladi, birov oʻladi. Birov birovni yaxshi koʻradi. Birov birovning koʻziga choʻp soladi.
📔"Ikki eshik orasi"
©Oʻtkir Hoshimov
#me🖼
Agar u odamlardan uzoqlashsa,hech kimga muhtoj bo‘lmasa,ko‘p mehnat qilib, ilm olishga intilsa,Demak uni qutqarish shart emas, U o‘zini qutqaribdi!
Agar u odamlardan uzoqlashsa,hech kimga muhtoj bo‘lmasa,ko‘p mehnat qilib, ilm olishga intilsa,Demak uni qutqarish shart emas, U o‘zini qutqaribdi!
"Sarpo emas ilm oling".
Bu so‘zlarni bir yil avval yuragimizdan chiqarib, boshqalarga ham yetkazmoqchi bo‘lgan edik. Chunki biz ishonamiz: qiz bolaning eng katta boyligi -- bu uning ilmi, fahmi, nurli fikrlari.
Chiroyli liboslar, hashamatli sarpolar vaqtinchalik. Ammo ilm -- qizning ko‘zidagi nur, qalbidagi ishonch, yuragidagi kuchdir. Ilmli ayol hayotni boshqacha ko‘radi: u sabrni ham, muhabbatni ham chuqurroq his qiladi.
Shu sababdan, bu fikr bugun ham o‘zgarmaaydi. Balki, yanada chuqurroq ahamiyat kasb etmoqda. Yosh qizlarga eng go‘zal sovg‘a -- bu bilimdir. Chunki ilm bilan mustahkam e‘tiqod, oqilona qarorlar va go‘zal tarbiya keladi.
Shuning uchun aytamiz: sarpo emas, ilm oling. Chunki ilm -- sizni chinakam chiroyli qiladi. Yillar o‘tadi, lekin qalbingizda yig‘ilgan ilm -- sizga har doim yor bo‘ladi.