Buni hayot deydilar...
42 subscribers
3.14K photos
785 videos
52 files
352 links
Assalomu alaykum!
Xush kelibsiz.
Hayot satrlarda:Qalbdagi gaplar;
Biroz adabiyot, iqtiboslar.(07.11.2023)

Bizga baxtlar yarashadi, armon emas...

Men berayin savobimni ular uchun,
Jannatlarda oʻzga tilak,tilak emas.
Ota-onamsiz kirsam JANNAT kerak emas!
Download Telegram
Inson o‘zini ko'chadagi tilanchidan ustun qo‘ydimi, bilingki shaytonga ergashibdi,kibrlanibdi...
Negaki, kimning kimdan darajasi ulug‘ligini, faqatgina Alloh biladi!
- Ўғлим, бор ён қўшнимиздан бироз туз олиб чиқ.
- Бувижон, уйимизда туз етарлику, қўшнидан олиб нима қиламиз?
- Ҳозир уларни аҳволлари бироз оғир, эшигимизни тез-тез таққиллатиб, нарса сўраб туришибди. Биз ҳам орада сўраб қўяйлик, чиқишга хижолат бўлишмасин.

@IkromSharif
Фарзандингизга хато қилганида бировдан узр сўрашдан олдин Аллоҳга истиғфор айтишини ўргатинг. Токи, Аллоҳнинг наздидаги гуноҳ одамларникидан каттароқ ва хатарлироқ эканини билсин.

@IkromSharif
Quvonch bilan dilni g‘ashlayman,
Ko‘zlarimdan to‘kilmaydi xun.
Men shundog‘am
baxtli yashayman,
Bu dunyoda borliging uchun...


EH
— Savatda nima olib ketyapsan?
— Olma!
— Kimga?
— Sevgilimga.
— Nechta?
Qiz hayron:
— Sevgiliga bergan narsani sanaydilarmi hech?
...Odamning qo‘lidagi tasbeh yerga to‘kildi..
Nima zamon kelsa kelsin hayo pardasi koʻtarilmasin ekan….!
Harom arzon bo‘lgan zamondan o‘zi asrasin😢, to‘ylarimiz, yoshlarimiz, odamlar qayoqqa qarab ketyapti. Astag‘firulloh🤍
#tafakkur 🕊

Haromga beriluvchi ko‘z, qiyomatda Allohni ko‘rish saodatidan mahrum bo‘lishi mumkin.
Ishoning, Allohning huzuridagi narsa yaxshiroq va boqiydir. Bu dunyodagi har qanday lazzat, qanchalik buyuk bo‘lmasin, vallohi, Oxiratdagi abadiy ne‘matdan mahrum bo‘lishga arzimaydi. Bugun nafsingizni jalb etgan har qanday narsa ertaga yo‘qoladi. Qoladigan narsa esa, yoki itoat izi, yoki gunoh dog‘idir. Nur yoki zulmat? Shunday ekan, o‘zing uchun sen bilan qolishini xohlaganingni tanla!
Энг буюк ва энг муқаддас муҳаббат ота-онанинг ўз фарзандига бўлган муҳаббатидир. Фақат уларгина ҳар қандай ҳолатингизда – гўзал бўлсангиз ҳам, хунук бўлсангиз ҳам, яхши бўлсангиз ҳам, ёмон бўлсангиз ҳам сизни севишдан тўхтамайди. Сиз уларни ёқтирасизми, ёқтирмайсизми, боймисиз, камбағалми, бахтлимисиз ёки бахтсиз – уларнинг сизга нисбатан муҳаббати асло ўзгармайди.

Улар сизни ютуқ ва камчиликларингиз билан, қандай бўлсангиз, шундайлигингизча, ҳеч қандай шартсиз севишади. Ўртадаги келишмовчиликлар ёки масофалар ҳам муҳаббатларига тўсиқ бўлолмайди. Бундай муҳаббатни бошқа ҳеч қаерда топа олмайсиз. Шундай экан, уни ўзга қалблардан излаб, ўзингизни беҳуда қийнаманг...

"Оғриқлардан сабоқлар" китобидан

@IkromSharif
Бахт, бахтиёрлик ажойиб туйғу — сиз уни бошқаларда кўрсангиз ҳам кўзингиз қувонади!..

@IkromSharif
ONA

Meni o'g'il qilib tug'sang bo'larkan,
Uy tomin boshqatdan yopib berardim.
Ishlab, davlat topib, hech kim kiymagan,
Asl matolardan topib berardim.

Qiz bola birovning xasmi...
Palaxmon,
Uzoq-uzoqlarga otilib ketdim.
Va'da etilgani o'sha bir xirmon,
Sariq chaqalarga sotilib ketdim.

Qara, qolib ketdi qarzlar uzilmay,
Sen yo'q ostonani yalab-yulqadim.
Seni sog'insam ham quchib so'zlolmay,
Kimni "Onajon" deb tinmay alqadim.

Ona!
Meni o'g'il qilib tug'sang bo'larkan,
Umrim o'tmasmidi yetti bukulib.
Menga deb barmog'ing teshilib tikkan,
Yostuq jildlariga ketdim to'kilib.

Qizing qismatidan kuyib ketmasding,
Ezilib ketmasding mendan ming chandon.
Yetmishga bukilib ketmasdi qadding,
Negayam qiz qilib tug'ding, onajon!

Kechir, kechirolsang, mendan rozi bo'l,
So'litgan men bo'ldim gulday yuzingni...
Oh, Ona, shundayam duo qilasan,
Faqat qizlarini o'ylar qizingni...

© Malika Salimova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yosh kelin kuyovlarga eslatma!

🎧
@QuronTilovatiBot - Билан Телеграмдан чиқмасдан туруб Қуръон ўқишингиз ва эшитишингиз мумкин😇

@IymonAhllari I Obuna bo'ling
🦋

Beddualar kurşun olsaydı hepimiz katildik…

Agar qarg’ishlar o'q bo'lganida hammamiz qotil bo'lardik...

#Tarjimadan
Farahzodam🤍
Koʻrgim kelar sizni negadir
Sevara Nazarxon
Toshkentning qaysidir derazasidan,
Osmoniga boqib meni yodlar — U.
Hayotni sog'inchlar bezasa-da,
Yo'llar hech kelmadi hamon ro'baro'.
Baland beton uylar — najot qal'alar,
Ijara haqqiday uchma-uch umid.
Armonlar bolalar, qarzlar bolalar,
Qancha istaklarni ketyapti ko'mib.
Toshkentning qaysidir derazasidan,
Hamon uxlamagan quyosh ko'rinar.
Menga hatto biror xat yozmasa ham,
Xudoga bor dardi har kun yorilar!

Unga ham osonmas, menga osonmi?


Nafisa Omon
Oh, odamlar sizning hayotingizdan g‘oyib bo‘lishni qanday yaxshi ko‘radilar. Ayniqsa, siz ularga allaqachon bog‘langan bo‘lsangiz..

Chexov
Gunoh ranggi

Dunyoning boʻyniga osildi gunoh,
Hayotning boʻgʻzida oldi alanga.
Ikki yoʻl arosat, ikki yoʻl gumroh,
Gunohning ranglari ayting, qay rangda?!

Xayollar musavvir boʻlgan bu dunyo-
Baxtni chizdim dardga oʻxshatib.
Rostlik soyasida ulgʻaygan roʻyo-
Mehrimdan qahrni qoʻydi ajratib.

Mujgonimga ildim hayratlarimni,
Borliqda sevgirang tonglarim otdi.
Oqlikka oʻradim nafratlarimni,
Ichimdagi nafrat "Yoʻqlikka" botdi.

Gulxanga aylandi inja hislarim,
Mangulik ranggidan angladim ishqni.
Hayotni anglamas bosgan izlarim-
Balki anglamadim bir gunoh ishni.

Chizdim... Ranglarga burkandi qismatim,
Nechun gunohlarga topolmadim rang.
Oʻyladim...dunyoda bitta istagim-
Gunohning ranglari boʻlsin Tavbarang...

© Shahzoda Orifjonova
«Cеваман» деб айтишнинг ўзи етарли эмас. Уни таржима қилиб бериш керак!

@IkromSharif
АРАФА ДУОСИ МУСТАЖОБ!

Ибн Ражаб роҳимаҳуллоҳнинг "Латоифул маъориф" китобида келади:
"Орифлардан бири айтади:
"Арафа куни нима дуо қилган бўлсам келаси йилгача албатта ижобат бўлган!".

@IkromSharif
***

Ўзимни унутиб, чорладим сени,

билмадим бу дунё ўнгимми-ҳушим?
Азизам, кел, менга эслатгин мени,
азизам, кел, мени ёдимга тушир.

Кўнглим синиқларин кўзимдан тергин,
оғриқларим айтиб қўрқит, учунтир;
азизам, кел, мени изоҳлаб бергин,
азизам, кел, мени тушунтир!

Азизам, кел фақат, келсанг бас, тамом,
бус-бутун эгаллаб ол борлиғимни:
бир сен исботлашинг мумкиндир
ҳамон
бу дунёда мен борлигимни.

Мансур Жумаев