Buni hayot deydilar...
47 subscribers
3.04K photos
753 videos
52 files
336 links
Assalomu alaykum!
Xush kelibsiz.
Hayot satrlarda:Qalbdagi gaplar;
Biroz adabiyot, iqtiboslar.(07.11.2023)

Bizga baxtlar yarashadi, armon emas...

Men berayin savobimni ular uchun,
Jannatlarda oʻzga tilak,tilak emas.
Ota-onamsiz kirsam JANNAT kerak emas!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bazen geç kalmak seni ait olduğun yere götürebilir , hayallarini daha da güzel gerçekleştirebilir.....🤍

@Farahzodam🤍
🖤🖤🖤

Alloh deydi:
“Kimni Mendan ko‘proq sevsang, uni sendan olib qo‘yaman.”
Va yana qo‘shadi:
“Usiz yashay olmayman” dema,seni usiz ham yashataman.

Fasl o‘tadi, soyabon bo‘lgan daraxtlarning shoxlari quriydi, sabr tugaydi, joning kabi sevganing ham bir kun kelib begona bo‘ladi, aqling hayratda qoladi.

Do‘sting dushmanga aylanadi, dushmaning esa do‘st bo‘ladi.
Shunday g'arib dunyo bu...

“Bo‘lmaydi” degan narsalarning bari bo‘ladi…

“Yiqilmayman” deysan – yiqilasan,
“Adashmayman” deysan – adashasan.

Eng ajablanarlisi shundaki:
“O‘ldim” deysan – baribir yashaysan.

Kanaldan olindi: yourbookloversis📚
​​​Sof muhabbatda nuqta bo'lmaydi.
Balki, urishish, tortishish, arazlash va hokazolar bo'lishi mumkin. Ammo hech bir sabab va bahonasiz sof muhabbat to'xtab qolmaydi. U yurakda yashashda va hayotingizda o'sishda davom etaveradi. Uni tafakkur aqli bilan sinashga urinmang. Chunki muhabbat miyada emas
, yurakda yashaydi.

Elchin Safarli



Kanaldan olindi: asar_iqtibos
Odamlar har doim gapiradi
nima qilsang ham, qanday yashasang ham. Shunday ekan, o‘z yo‘lingni top, o‘z xatolaringni qil, o‘zing uchun yashagin. Chunki kun kelib, hayoting yakuniga yetganda, seni tushunmaganlar emas, seni chin dildan sevganlar eslaydi.

Ko‘pchilikning fikri hech qachon sening baxtingdan muhim emas. Hayotni o‘z qo‘lingga ol, qo‘rquvlarsiz yashagin va o‘zing bo‘lishdan qo‘rqma!
#AYOL 💗

Oyoqosti bo'lishini istaganda, ehtimol, oyoq suyaklaridan yaratgan bo'lardi...
Ammo qovurg'adan yaratdi: yurakka yaqin bo'lsin deb...!
Яхши эди бир кўрсам сени,
Васлингдан ҳам қўрқаман, бироқ.
Яхши бўлур бир кўрсам сени, Кўрмаганим ундан яхшироқ.

Рауф Парфи.
Audio
Barchani yig’latgan Salovat😢 Rosulullohni S.A.V. sog’inganlar uchun❤️☝🏻

@baxt_va_hayot_maktabi
Audio
Sardor Rahimxon- Rosululloh Keladur❤️ mp3

Juda ta’sirli. SubhanAllah.

@baxt_va_hayot_maktabi
Ovozlaring aylaydi sarxush,
Bir soniya sen bilan birga..
Dunyodagi eng chiroyli tush.
Ko’nglim go’yo bog’laydi qanot,
Falaklarga ketaman uchib.
So’zing asal, so’zlaring novvot,
Choyga qo’shib olsaydim ichib.
So’zlayversam, So’zlayversang..
Tinglayversam jim..
Dunyo qo’ysa bizni unutib,
Umrimdan ham rozi bo’lardim..
Umrim o’tsa suhbating kutib,
Nigohingga duch kelsam birdan,
Sham misoli eriy boshlar jon,
Oyoqlarim uzilib yerdan,
Boshimgacha egilar osmon.
Hech to’ymayman suhbatlaringga..
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tun yaqin, daraxtlar junjukar behol.
Bir kun o‘tgan edik bu yerdan shoshib.
Yomg‘ir hidi kelar tentirar shamol,
Bir o‘zim borurman sensiz, adashib.

Bir o‘zim, sen yo‘qsan endi yo‘limda,
Serzavq davralarda yurarsan o‘ynab.
Achchiq she'r silqiydi yara ko‘nglimdan,
Qadimiy so‘zlarni terarman qiynab.

Baxtiyor edik-ku bir jon-u bir tan,
Nahot ko‘z ochmasdan hammasi o‘tdi.
Biz buyuk edik-ku sevgimiz bilan,
Eski jafolarning ohlari tutdi.

Uchib ketmoqdasan qaylarga qarab,
Men esa eslayman sevgi kunlarin.
Bir bola buchakda turar dildirab,
Ko‘ksida o‘tmagan so‘lg‘in gullari.

Men uryon o‘tlarning ustida chopdim.
Qara, kuymoqda-ku yetim sevgimiz.
Bu yorug‘ olamda men seni topdim,
Sening izlaganing men emas, esiz.

Yodingdami, bir kun. Eslagim kelmas,
Yangi zarba topib qo‘yibsan. Nadir?
Sening hayotingda men yakka emas,
E voh, oxirgi ham emasman axir.

O, mayli, o‘ylanma, qayg‘urma zinhor,
Baxt-iqbol yor bo‘lsin ko‘rkam, munosib.
Biroq sen oh cheksang agarda bir bor,
Men yana kelurman qalbimni bosib.

Sirli qo‘shiq aytar ruhimning qushi,
Abadiy bir navo singari samo.
Sen bilan kechgan u damlarning tushi
Yaltirab chaqirar, imlar har zamon.

O‘pib hayolingni qonaydi dardim,
Yig‘lar xotiramning g‘arib bog‘lari.
Seni tushlarimdan so‘rab axtardim,
Qaytarib bo‘lmas hech o‘sha chog'lari.