QDPI_BTM_YANGILIKLAR
515 subscribers
3.45K photos
501 videos
58 files
1.6K links
Qo'qon davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim fakulteti dekanining rasmiy kanali

Dekanga murojaat: @btm_dekan_kspi
Ma'naviyat boʻyicha dekan oʻrinbosari: @btm_fayozxoja
Download Telegram
#Tayinlov

Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektorining buyrug‘i bilan Jamolidinova Dilnoza Mirxojidinovna Boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.

Dilnoza Jamolidinova 1980-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2002-yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari doktori (DcS)

Shu kunga qadar Boshlang‘ich ta’lim kafedrasida pedagogik faoliyat olib borgan.
_____

🎓Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/joinchat/RUoqb3RqQsJ8-oKR
Forwarded from Kokand State Pedagogical Institute (official)
#TAYINLOV

Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektorining buyrugʻi bilan Oʻrinboyev Davlatjon Baxtiyorovich Tarix fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.

Davlatjon Oʻrinboyev 1984-yil Fargʻona viloyatida tugʻilgan. 2006-yilda Qoʻqon davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Ilmiy darajasi va unvoni: falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).

Tayinlovga qadar Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Facebook | Instagram | Youtube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Ibrohim Yo‘lchiyevich Abdurahmonov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlandi va shu munosabat bilan Innovatsion rivojlanish vaziri lavozimidan ozod etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Tayinlov

Abduqodir Hamidovich Toshqulov Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri lavozimidan ozod etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Tayinlov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan Yunusov Ziyodbek Alisherovich Fargʻona viloyati oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

U 2010-yili Fargʻona politexnika instituti, 2013-yilda Koreya Respublikasi Donguk universitetining magistratura, 2018-yil shu universitet doktoranturasini tamomlagan. Texnik fanlari doktori (DSc).

2013–2016-yillarda Donguk universitetining yarim oʻtkazgich laboratoriyasida mutaxassis, 2016–2017-yillarda Koreyaning COAMTECH.Co kompaniyasida izlanuvchi-muhandis boʻlib ishlagan.

2018-yildan Innovatsion rivojlanish vazirligida faoliyatini boshlagan. 2020–2021-yillar davomida vazirlik huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ish yuritgan.

Tayinlovga qadar Fargʻona viloyati hududiy Innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#Tayinlov

Qo'qon davlat pedagogika instituti rektori buyrug‘i bilan, Boshlangʻich taʼlim fakulteti kontingenti oshganligi sababli, Valiyev Elyorjon Ilxomjon o'g'li Boshlang'ich ta'lim fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Valiyev Elyorjonning ishlarida zafarlar tilab qolamiz.
Forwarded from Edu.uz
#Tayinlov

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan Qodirova Nigora Abdurashidovna Qoʻqon davlat pedagogika institutining Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Nigora Qodirova 1970-yil Farg’ona viloyatida tugʻilgan.

U 1992-yilda Qo’qon davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi (Rossiya Federatsiyasida aspiranturani tugatib, Moskva davlat mintaqaviy universitetida dissertatsiya himoyasini amalga oshirgan) ilmiy darajasiga ega.

U 1992–2023-yillar davomida Qo’qon davlat pedagogika institutida laborant, o’qituvchi, katta o’qituvchi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritib, yetarli tajriba orttirgan.

N.Qodirova 2 ta o‘quv, 3 ta uslubiy qo‘llanma, 60 tadan ortiq ilmiy maqola muallifi hisoblanadi.

Tayinlovga qadar Qo’qon davlat pedagogika institutinig Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#TAYINLOV

🏛Qo'qon davlat pedagogika instituti
🏢 Boshlangʻich taʼlim fakultetida
Institutning Xodimlar bo'limi boshlig'i tomonidan yig'ilish o'tkazildi.

👍Yigʻilishda Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor N. Kadirova hamda Xodimlar boʻlimi boshligʻi K.Ahmedovalar soʻzga chiqib,
Hamidova Kamola Ma'mirovna
Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi mudiri lavozimiga hamda
Nizamova Shahnoza Ubaydullayevna Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlanib, jamoaga tanishtirib oʻtildi va kelajakdagi faoliyatlariga omad va zafarlar tilab qolishdi.

😎😎😎😎😎
🙏Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.me/btm_yangiliklar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from QDPI rasmiy sahifasi
#TAYINLOV

Kongratbay Sharipov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Kongratbay Avezimbetovich Sharipov Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Bundan ilgariroq K.Sharipov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.

🌨🌨🌨🌨
🎆👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram

🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from QDPI rasmiy sahifasi
#TAYINLOV

Institut rektorining buyrug‘i bilan yangi tashkil etilayotgan fakultetlarga dekanlar tayinlandi.

1. Aniq va tabiiy fanlar fakulteti – Xo‘jayev Vahobjon Umarovich
2. O‘zbek va rus filologiyasi fakulteti – Jamoliddinova Dilnoza Mirhojiddinovna
3. Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti – Erkaboyeva Nigora Shermatovna
4. Amaliy fanlar fakulteti – Xusanov Ahmadjon Jo‘rayevich
5. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti – Rasulov Inomjon Mo‘ydinovich

Avvalroq Xorijiy filologiya fakultetiga turkiyalik Prof., Dr. Ug‘ur Sadiog‘lu tayinlanishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.

Yangi tayinlangan fakultet dekanlari 2024/2025 oʻquv yilidan oʻz vazifalarini bajarishga kirishadi.

😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram

🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from QDPI rasmiy sahifasi
#TAYINLOV

Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektorining buyrug‘i bilan bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

1. O‘rinboyev Davlatjon Baxtiyorovich – Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i;
2. Abdullayev Oybek Qurbonovich – Institut Kengashi kotibi;
3. Rahmonov Xusan Tojiyevich – Texnologik ta’lim kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi;
4. Yo‘ldashev O‘tkir Jumanqo‘ziyevich – Pedagogika va ta’lim menejmenti kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Avvalroq institut tarkibiy tuzilmasi yangi o‘quv yilidan boshlab oʻzgarishi haqida xabar bergan edik.

😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram

🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from QDPI rasmiy sahifasi
#TAYINLOV

Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektorining buyrug‘i bilan navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi.

1. Rasulova Matluba Hamzayevna — Rus tili va adabiyoti metodikasi kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi;

2. Karimova Vasila Vahobovna — Xorijiy tillar metodikasi kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi;

3. Xasanova Barno Yusupovna — Boshlangʻich taʼlim nazariyasi kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi;

4. Tolibjonov Alijon Akramovich — Jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi;

5. Oripov Elyor Shavkatovich — Huquq taʼlimi kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi;

6. Najmiddinov Ahmad Rahmatovich — Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda ingliz tili kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Yangi tayinlangan kafedra mudirlari 2024/2025 oʻquv yilidan oʻz vazifalarini bajarishga kirishadi.

              😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram

🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM