Ro'zimuhammad’s blog
1 subscriber
28 photos
8 videos
16 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IT sohasini rivojlantirishsiz davlat, jamiyatda rivojlanish bo‘lmaydi.

Shavkat Mirziyoyev IT-sohasini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi ko‘rsatmalarni berdi:

▪️IT-xizmatlari eksporti $800 mlnga yetkaziladi;

▪️avia, temir yo‘l, avtobus, metroning harakatlanish yo‘nalishlari va grafigi to‘g‘risida yagona onlayn axborot tizimi yaratiladi;

▪️“Raqamli mahalla” yagona platformasi ishga tushiriladi;

▪️2026-yili O‘zbekistonda Xalqaro informatika olimpiadasi o‘tkaziladi;

▪️hujjatlarga apostil qo‘yish jarayoni raqamlashtiriladi va boshqalar.

“Raqamlashtirishdan bosh tortayotgan rahbar - korrupsiyani yoʻq qilishga intilmagan rahbar” — Shavkat Mirziyoyev


@brosoftware
#bug #fix

Dasturchi akalar ma'lumotni tekshirib qo'yinglar!😁
 lastName == null 


Zebo null
Charos null

@brosoftware
$yil++
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
Hayotingda qilgan eng muhim investitsiyang nima deb so’ralsa, o'ylanmasdan ingliz tili o’rganganim deyman.

Ushbu postni o’qiyotgan har kim ingliz tilini o’rgana oladi. Tekinga!

@Ibrat Farzandlari Tekin manba!
@BBC Learning English Tekin!
@British Council | LearnEnglish. Tekin!
@B.I.S. English Xalqaro toifadagi ingliz tili o’qituvchisi. Telegramda tekin darslari bor
@ENGLISH with James · engVid. 4,7M obuna bo’lgan. Tekin resurs!
@Speak English With Vanessa. 5,8M obunachi bilan. Tekin resurs!
@Learn English with EnglishClass101.com, 7,8M obunachilari bilan. Tekin resurs

Bahona qilishni bas qilish kerak. Harakat qilish vaqti allaqachon kelgan, o'tib bormoqda.

Bek Olimjon
"balki foydasi tegar..."
#quotes #programmer

Dasturchilar ham ijodkor bo'ladi, ularni hafa qilmang, asablarini saqlang, hurmat qiling. Ishoning, siz qilgandan bir necha bor ko'p qilib qaytaradi bunaqa turdagi kasb egalari.

#SaveProgrammers

@brosoftware
Nima uchun xodimlar kompaniyaga xiyonat qilishadi?

Xodimlarning kompaniyaga xiyonat qilishining asosiy sabablari:

Adolatning yo‘qligi: Ish haqi, mukofot yoki imkoniyatlar teng taqsimlanmasligi.

Hurmat yetishmasligi: Rahbariyatdan e’tibor va tan olmaslik.

O‘zini qadrsiz his qilish: Mehnati tan olinmasa yoki hissasi e’tibordan chetda qolsa.

Qoniqarsiz ish sharoitlari: Stress, haddan tashqari ish yuki yoki noqulay muhit.

Professional rivojlanishning yo‘qligi: Karera o‘sish imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa.

Moliyaviy muammolar: Boshqa joyda ko‘proq daromad topish istagi.

Sadoqatni oshirish uchun adolatli va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish muhim.


@brosoftware
Forwarded from Alisher Sadullaev
Yig'ilishda masofaviy xizmatlar eksportini yangi bosqichga olib chiqish vaqti kelgani taʼkidlandi.

Faqat texnik xizmat ko‘rsatish bilan cheklanmay, buxgalteriya, konsalting, sug‘urta, yuridik va boshqa professional xizmatlar eksportini yo‘lga qo‘yish kerakligi qayd etildi.

Mutasaddilarga xorijiy davlatlarning xizmatlar importini va talablarini tahlil qilib, o‘quv dasturlarini shunga moslash va tegishli mutaxassislarni tayyorlash topshirildi. Bu yil kreativ iqtisodiyotdagi startap loyihalar uchun 50 million dollar ajratildi.

Misol uchun, “Amazon”da ishlab, Nukusga qaytib kelgan Beknazar Abdukamolov startap loyihasiga “Facebook”dan 3 million dollar jalb qilgani uchun bugungi kunda aktivlari 15 million dollarga baholanmoqda.

Hozirda dunyoning yirik IT kompaniyalarida ishlayotgan bunday yuzlab yoshlarimiz bor. Raqamli texnologiyalar vazirligiga eng avvalo shunday yoshlar bilan birgalikda startap loyihalarini amalga oshirish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Umuman, 2025-yilda IT xizmatlari hajmini 30 foizga o‘stirib, 80 trillion so‘mdan, eksportini 1 milliard dollardan oshirish zarurligi taʼkidlandi.

@alisher_sadullaev
Hamma pullaringizni o’z ehtiyojlaringiz uchun sarflamang!

Bir qismini yomon vaqtlari uchun saqlab qo’ying.

Hozirda men ishsizman va 3 oydan beri Testing bo’yicha ish qidiryapman.

Menda ish topish uchun hech qanday bosimni xis qilmayapman.
Menda tanlash uchun vaqt bor.

Siz bilasizmi nima uchunligini?

Chunki, Men bir qancha pul saqlab qo’yganman oldinroq. U katta miqdorda emas. Men uni kirim sifatida ishlatish uchun yetadi.

Mana bu mening maslahatim siz uchun do’stim:
O’z pullaringizda bir qismini saqlab qo’ying, yomon vaqtlar uchun.

Oyiga 1000$ dan.

Sizda 1000$ yo’qmi? 100$ saqlang,
Sizda 100$ yo’qmi? 10$ saqlang,
Sizda 10$ yo’qmi? 1$ saqlang.

Oyiga 1$,
Ko’p insonlar bu ishni qila oladi.

1$ bilan siz o’zingizni kelajagingizni ta’minlay olmasligingiz mumkin,
To’g’rimi?
To’g’ri!, lekin…

Boshlanishi uchun miqdor muhim emas,
Boshlanishi uchun odat muhim,

Oyiga 1$ saqlar edingiz,
Keyin miqdor o’sdi oyiga 10$

Oyiga 10$ saqlar edingiz,
( va 10$ siz yashayapsiz )
Keyin miqdor o’sdi, oyiga 20$

Bu shunchaki pul jamg’arish uchun odat qurish.
Vaqt yaxshi miqdorni quradi yomon vaqtlari uchun...


Batafsil

@brosoftware
Agar siz zo‘r texnologik kompaniyaning bir qismi bo‘lishni istasangiz, unda sotishni yoki yaratishni bilishingiz kerak. Agar ikkalasini ham qilolmasangiz, O‘rganing.


The Almanack of Naval Ravikant kitobidan
1-IYUN – XALQARO BOLALAR KUNI


01.06.2025, Toshkent
Yaxshi kompaniya topdingmi? Endi savol boshqacha bo‘ladi…

Ko‘pchilik “Yaxshi kompaniya” orzusida yurgan bo‘ladi.

Vaqti keladi — sharoit zo‘r, maosh yaxshi, stack modern, ta’til bor.
Hammasi joyida, lekin biror narsa ichki holatingni ezadi

Kun o‘tadi — ilhom pasayadi.
Weekli meeting — og‘irlik qiladi.
Suhbatdan qochasan, shunchaki “task bajarish mashinasi” bo‘lib qolasan.

Bilasizmi nega?

Chunki:

Kompaniya — bu ish joyi.
Jamoa — bu insonlar.


Kompaniya seni ishga oladi.

Jamoa esa ushlab qoladi.
• Kompaniya huquqiy shartnoma taklif qiladi.
• Jamoa esa ishonch, hurmat va o‘zaro madaniyat quradi.
• Kompaniya processlarni o‘rnatadi.
• Jamoa esa o‘zaro ishonch asosida muammolarni hal qiladi.



Intervyudan chiqqaningda o‘zingdan so‘ra:

“Men bu odamlar bilan har kuni 8 soat ishlagim keladimi?”
Agar javob — yo‘q bo‘lsa, bu joy senga mos emas.



Yaxshi jamoada hatto oddiy kompaniya ham o‘sadi.
Lekin yomon jamoada hatto eng zo‘r kompaniya ham motivatsiyani o‘ldiradi.

Yaxshi jamoa — bu o‘zingni tutib tura oladigan, o‘rgana oladigan, qadr topadigan joy.
Shunday jamoada ishla. Shunday jamoa qur. Shu — haqiqiy kuch berarkan.


@mukhriddinweb
"Noto‘g‘ri" dasturlash tilini o‘rganayotganingizdan xavotirdamisiz? Xavotir olmang.

Chunki dasturchi muhandis sifatida shakllantiradigan asosiy ko‘nikmalar — bu har qanday dasturlash tilida qo‘llaniladigan universal qobiliyatlardir. Tilning sintaksisi biroz farq qilishi mumkin, ammo eng muhim ko‘nikmalar doimo bir xil bo‘lib qoladi:

• Muammolarni hal qilish qobiliyati
• Toza, oson tushuniladigan va biznes uchun qulay kod yozish
• Haqiqiy hayotdagi masalalarni hal qila oladigan loyihalarni to‘g‘ri tuzish

Bu ko‘nikmalar sizga istalgan dasturlash tilida foyda beradi.
Muhimi — siz o‘rganayotganingiz, amaliy tajriba orttirayotganingiz va tizimli fikrlashni rivojlantirayotganingizdir. Demak, yo‘lingiz to‘g‘ri.


@brosoftware
Forwarded from Dr. Algorithm
Ota, farzand va kitob

Avtobusda ketayotib ajoyib manzarani kuzatdim.

Ota farzandini aravachada olib ketmoqda, qoʻlida kitob.


Iroda - kitobni keyin oʻqirman, shartmi hozir oʻqishim, - desa boʻladi-ku. Otaning matonati, barcha "sabab"larni "bahona"ga aylantirganini qarang. Irodasiga qoyil qoldim.

Intizom - har birimizga vaqt kuniga 24 soat berilgan. Kimdir ishini ketma-ket reja qiladi. Shu sabab har bir ishga ketgan vaqtni yigʻsak 24 chiqadi. Kumdir ertalab turib: "Bugun nima qilmoqchi edim", - deydi. Uniki 16 chiqsa kerak. Rasmdagi otadek insonlarda ishlar parallel reja qilingan boʻladi. Bular kuniga 32 soat yashasa kerak.

Ota - farzandini maktabga olib borish faqat onalarning vazifasi emas. Otaning ham vazifasi. Rasmga qarab, oʻylanib qoldim. Yuqoridagi gapga yaxshi namuna ekan.

Eʼtibor bering, aravachada 2 ta bola.


- Mayli, man ishga ketdim. Bollarni bir nima qilarsan, - deb ketvorsa boʻladi -ku.

Xulosa qilib aytganda, hali bir-birimizdan oʻrganadigan narsa koʻp. Vaqtimizni qancha unumi qila olsak, shuncha oʻzimizga va yurtimizga yaxshi.

Kitob oʻqigan xalq kambagʻal boʻlib qolmaydi.


Oʻqiylik. Oʻrganaylik.

---

Kecha bitta yangilik oʻqib qoldim. AQSh va Xitoy oʻrtasida boj masalasi uzil kesil hal boʻlibdi. Endi Xitoy xalqi AQSh universitetlarida maxsus imtiyoz bilan oʻqishi mumkin. Xitoy oʻz xalqi AQShda oʻqishi uchun harakat qilmoqda. 10-20 yilda koʻrasiz, Xitoy taʼlimda ancha oldinga oʻtib oladi. Keyin hammamiz Xitoyga borib oʻqisak kerak, "MIT Chin" da.

12.06.2025 London
@DrAlgorithm
Forwarded from DanAds CA
🚀 PHP dasturchilar uchun amaliyot dasturi qanday o‘tganini bilmoqchimisiz?

👨‍💻DanAds CA 2024-yilda ilk bor PHP dasturchilar uchun stajirovka e’lon qildi va unga 250 nafardan ortiq nomzod ariza topshirdi. Ularning orasidan 7 nafar eng kuchli ishtirokchi tanlab olinib, 2 oy davomida amaliyot dasturidan o‘tishdi.

🧑‍💻Ofisda ular professional mutaxassislarimizdan mentorlik olib, real tajriba va bilimlarni amalda sinab ko‘rishdi.

💚Atmosfera shu qadar qiziqarli va ilhomlantiruvchi bo‘ldiki, ba’zi stajyorlar hatto ofisda tunab qolib, vazifalarni mukammal bajarishga intilishdi. Ular birlashib, haqiqiy jamoa ruhini his qilishdi.

💻 Eng quvonarlisi — 7 nafardan 2 ta amaliyotni qoyilmaqom darajada o‘tagan stajorlarimizni ish bilan ta’minladik.

📌 Batafsil fikrlarni karuselimizda o‘qing!

Bizga obuna bo‘ling va keyingi oqimning bir qismi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM