Ro'zimuhammad’s blog
1 subscriber
28 photos
8 videos
16 links
Download Telegram
Toshkent shahridagi Amity universitetida "Job Fair 2023" yarmarkasi bo'lib o'tdi.

Yarmarkada ko'plab mahalliy shuningdek, ba'zi xalqaro kompaniyalar ham ishtirok etib, boʻsh ishlar va Juniorlar uchun internship haqida maʼlumotlar berishdi.

Xalqaro kompaniyalardan Epam System, Itransition, British Council, va mahalliy kompaniyalardan esa Uzcard, Anorbank, TBC bank, NBU, Uztelecom, Alifmobi, Uzinfocom(qolganlari rasmda).

Ba'zi Juniorlar uchun ancha yaxshi imkoniyat bo'ldi, shuningdek o'zim uchun ham.
Kompaniyaning HR lari bilan gaplashib boʻsh vakansiyalar haqida va qaysi kompaniya qanday dasturlash tillari ishlatishni bilib oldim.

#jobfair2023

@brosoftware
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Haqiqatdan ham, yaxshi kunlar kelmasachi !
Najot ta’limdan ketdim...

Bu post avvalroq chiqishi kerak edi, lekin ba’zi sabablarga ko’ra kechikib ketdi. Najot ta’limdagi Full Stack Web Development kursini oxiriga yetkazmasdan ketdim, kurs ikki qismga bo’lingan
- Frontend
- Backend
Alhamdulillah, Frontend qismini muvaffaqiyatli tugatib oldim. Najot ta’limda ko’p tanishlar ortirdim va u yerdagi o’quv tizimi boshqa markazlardan ancha farq qiladi. Har tomonlanma qulay, bepul co-working zone, free wi-fi va hakazo. Qisqa qilib aytganda, narxga yarasha sharoit va ta’lim tizimi.

Sentabr oyining 27-kunidan boshlangan kursimiz Aprel oyining 16-kuniga yetib Frontend qismi tugadi.

Backend uchun qaysi dasturlash tilini tanlashga o’ylanib yurgandim. Tanlovda:
- Nodejs
- PHP
bor edi. Php tanlovi bu postdan keyin chiqgandi. Uzoq ikkilanishdan so’ng Php kursi uchun ro’yhatdan o’tdim va Aprelda boshlanadigan kursimiz Ramazon oyiga to’g’ri kelgani uchun May oyidan boshlandi. Mana 2 - oyni ham boshlaganmiz kurs kutganimdanda yaxshiroq ketyapti.
Hozircha shular...)))


@brosoftware
Juma Muborak 🌙

📍Chilonzor, Ubay ibn Ka’ab masjidi
Germaniyaga borib ishlash bir qancha osonlashmoqda!

Yaqinda Jahongir Rahmonov kanalida shu haqida post o’qib qoldim.
Germaniya Immigrantlar uchun sezilarli o’zgarish bo’lgan, ayniqsa IT sohasida ishlash uchun. Avval IT sohasida diplomsiz ishga kirib bo’lmas edi.

Yangi qonunda Dasturchilar ham diplomsiz ishlashi mumkin. Nafaqat Germaniyada, balki butun dunyoda yaxshi dasturchilarga talab juda yuqori, hatto chet eldan yaxshi mutaxassis topilsa kompaniyalar o’zilari relocation puli ham qoplab beradi.

Bundan tashqari u yerda borib ish topa olmasangiz bemalol 1 yil davomida ish qidirsangiz boladi. Yevropada ham IT bozori ancha kattalashmoqda, Ba’zi FAANG kompaniyalar o’zlarini officelarini ochmoqda.

Yangilikdan parcha:

Germaniya qarigan ishchi kuchi va qurilish, sog'liqni saqlash va IT sohalarida ishchilarning etishmasligidan aziyat chekmoqda. Mehnat vaziri Hubertus Xeyl 2035 yilgacha yetti million malakali ishchiga ehtiyoj sezilishini aytdi.

BDA ish beruvchilar konfederatsiyasidan Rayner Dulger: "Bizga bu mamlakatda farovonligimizni saqlab qolishimizga yordam beradigan odamlar kerak", dedi.

Xorijiy malakalarni tan olish jarayoni soddalashtiriladi va malakasiz ishchilar ham ayrim sohalarni to'ldirishga ruxsat etiladi.

batafsil...

#surishkerak

@brosoftware
Katta bo’lib ko’ringan bolalar

Bolaligimizda 20 yoshlilar katta bo’lib ko’rinar edi. “Shu yoshda ham shu yosh bolacha ishlarni qiladimi?” deb o’ylardik. O’zimiz 20ga to’lganda undan battarlarini qildik.

O’ttiz yoshli do’stlarimga qarayman. Ko’pi o’zini 30 yoshdek his qilmaydi. 30 yoshdek tutmaydi.

Kattalik yillar bilan keladi deb o’ylardik. Yillar o’taverar ekan, kattalik doim ham kelmas ekan.

Menda bir yovvoyi nazariya bor: Aksar odamlar ulg’aymaydi. Bo’yi o’sib, sochi oqargani uchun biz katta bo’lib qoldi deb o’ylaymiz xolos. Ichida hali ham bola bo’ladi.

O’yinchoqlari bilan maqtanadi. (O’yinchoqlar o’zgargan xolos)
Bir - biridan arazlab yuradi (Aytmasdan yuradi xolos)
Maqtalgisi keladi (maqtov like ko’rinishiga o’tgan xolos)

Aslida ichkaridan bola bo’lishning yomon joyi yo’q. Bolalar samimiy bo’ladi. Muammo shundaki - katta bo’lib ko’rinishga harakat qilayotgan bolada - samimiylik yo’qoladi.

Shunday katta bolalarga doim bir gap aytgim keladi:

Yoki ustingizdek katta bo’ling, yoki ichingizdagi bolani to’liq olib chiqing. Bechora qiynalib ketdi.

@azizrakhimov_blog kanalidan

@brosoftware
Hozir ish topish avvalgidan ko'ra qiyinlashgan?

Djinni.co dagi statistikaga ko'ra kompaniyalar "hiring" ni ancha kamaytirgan. Ko'p kompaniyalar esa bozordan chiqib ketgan. Bunga asosiy sabablardan biri Rossiya va Ukraina o'rtasidagi urush bo'lishi mumkin.

Shu yil avgust oyi statistikasi: 90,664 ta ish qidiruvchi, 8,299 ta vakansiya

O'tgan yili mart oyi statistikasi: 39,382 ta ish qidiruvchi, 13,944 ta vakansiya

P.s. Yevropa va Osiyo (MDH) davlatlaridan remote yoki offline ish topish uchun Djinni.co saytini maslahat beraman.
Albatta, Rus tili yoki Ingliz tilini kami muloqot darajasida bilishingiz kerak.

@brosoftware
Forwarded from Sardor Dushamov | PHP
Offlayn kurs boshlanganiga 4 oy bo'ldi.

Oxirgi oy boshlandi.

Shogirdlarni qo'lidan ish kelib qoldi.

Bu videoda berilgan vazifani ko'rsatishyapti. Chakkimas a?

Shunaqa.
Bular PHPchilar😎
Forwarded from Botir Ziyatov
PHP-ning soʻnggi statistikasi e'lon qilindi: bozor ulushi 77,2%, hali ham veb-saytlar uchun "afzal dasturlash tili"

Bu tahlil Dunyodagi eng yaxshi 10 million veb-saytlar yordamida aniqlangan.

@botirziyatov
Forwarded from MohirDev.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Bitiruvchilar bilan uchrashuv

😀 MohirDev praktikum kurslari bitiruvchilari bilan maxsus uchrashuv bo'lib o'tdi.

🔥 Uchrashuvda Anvar Narzullayev, Sardor Dushamov va Ulug'bek Samig'jonov ishga kirish, portfolio, rezyume mavzularida muhim tavsiya va maslahatlar berib o'tishdi.

🔎 Tadbir so'ngida "resume-review" bo'lib, undagi xato va kamchiliklarni to'g'rilash bo'yicha individual maslahatlar berildi.

👉 Fotolavhalarni ko'rish

@mohirdev - hamjamiyatga qo'shiling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM