Brain Time
423 subscribers
429 photos
29 videos
5 files
67 links
Download Telegram
2025 yilning dastlabki 6 oyi davomida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy IT-kompaniyalar to‘lagan soliq miqdori e’lon qilindi.

TOP-10likda quyidagilar bor:
1️⃣ Meta (Facebook, Instagram, WhatsApp, Messenger) – 22,58 mlrd so‘m;
2️⃣ Apple – 22,1 mlrd so‘m;
3️⃣ Google – 19,43 mlrd so‘m;
4️⃣ OpenAI (ChatGPT) – 2,88 mlrd so‘m;
5️⃣ Booking – 1,86 mlrd so‘m.

6 oy davomida 78,2 mlrd so'm soliq to'langan, o'tgan yilning xuddi shu qismiga nisbatan 42 % o'sish bor.

Kanalimiz👉@Brain_Time1
Forwarded from MAQSUD MUXTOR
Rus tilidagi ayrim turkizmlar

Утюг (ütü), кирпич (kərpic), сундук (sandıq), айва (heyva), арбуз (qarpız), караул (qaravul), очаг (ocaq), туман (duman), кочевать (köç etmək), карандаш (qara daş), таскать (taşımak/daşımaq), сунуть (sunmaq, uzatmaq), тыл (dal/tal, tıl), толстый (dolu/tolu, dolğun), сыпать (səpmək), бок (böyür/bokur), qığılçım anlamında işlədilən искра (isti, isticə), пища (bişmə, bişmiş), чертеж (çərtmə, çərtiş), кусок (kəsik), край (kırak/qıraq), платить (pul saymaq, pul atmaq), область (oba, obalaşdı).

© Е. N. Shipova

@Maqsud_Muxtor
👍2
Klaviy krateri — Oydagi eng yirik va eng qadimiy zarba kraterlaridan biri. Janubiy qutb yaqinida joylashgan bo‘lib, diametri taxminan 231 km, chuqurligi esa 3,5–4 km. Taxminan 4 milliard yil avval yuz bergan gigant meteorit zarbasi natijasida hosil bo‘lgan. Krater ichida bir nechta kichik kraterlar mavjud, ularning eng kattasi — Porter krateri. Klaviy — teleskop yordamida Oy yuzasida juda yaxshi ko‘rinadigan ob’ektlardan biri bo‘lib, astronomlar uchun muhim mo‘ljal nuqtasi sanaladi.

Kanalimiz👉@Brain_Time1
Sun'iy intellekt modellari ma’lumotlarni qaysi manbadan oladi?

Statista tadqiqotlar agentligi yangi hisobotni e’lon qildi. Ular Semrush platformasi orqali, S.I modellari ma’lumotni qaysi saytlardan olishini oʻrganib chiqishgan. Birinchi oʻrinda Reddit.

Wikipedia ham eng dolzarb manba hisoblanarkan. Qizig’i, uchinchi oʻrinni Youtube egallab, Google undan keyingi qatorda turibdi.

Kanalimiz👉@Brain_Time1
Merkuriy Quyosh atrofida juda cho‘zinchoq (eksentrik) orbitaga ega. Shu sababli, Quyosh Merkuriy osmonida bir nuqtada tursa, gohida biroz orqaga ham harakatlangandek tuyuladi. Bu hodisa Merkuriydagi vaqtni juda o‘ziga xos qiladi: bir Merkuriy kuni (uning o‘z o‘qi atrofida to‘liq aylanish vaqti) 176 Yer kuni davom etadi, ya’ni bir yili uning bir kunidan qisqaroqdir.

Kanalimiz👉@Brain_Time1
Birinchi kir yuvish mashinasi 1874-yilda Uilyam Blekston tomonidan yaratilgan.

1908 yilda Hurley Machine Company birinchi elektr quvvatli kir yuvish mashinasini ishlab chiqardi.

Kanalimiz👉@Brain_Time1
🔥1
Singarmonizm — bu turkiy tillarga xos fonetik hodisa bo‘lib, so‘z ichidagi unli tovushlarning bir-biriga moslashuvi (uyg‘unlashuvi) demakdir. Ya’ni, bir so‘zdagi barcha unli tovushlar yoki old qator (e, i, ö, ü) yoki orqa qator (a, o, ı, u) bo‘ladi.

🔹 Vazifasi — talaffuzni osonlashtirish va nutq oqimini silliq qilish.

🔹 Turlari:

Unli uyg‘unligi — so‘z ichidagi unlilar qator va ba’zan lab holati bo‘yicha bir-biriga mos keladi.
Undosh uyg‘unligi — qo‘shimchadagi undosh tovushlar ildizdagi tovushlarga moslashadi (kamroq uchraydi).

🔹 Misol:

1. "Ikrom"dagi "i"

Talaffuzda [ɪ] yoki [ɨ]-ga yaqinroq bo‘lib, orqa qator unli. Singarmonizm bo‘yicha orqa unli so‘zlar qatoriga kiradi. Ko‘proq a, o, u, ı kabi orqa unlilar bilan uyg‘unlashadi.

2. "Til"dagi "i"

Talaffuzda [i] bo‘lib, old qator unli. Singarmonizm bo‘yicha old unli so‘zlar qatoriga kiradi. Ko‘proq e, ö, ü kabi old unlilar bilan uyg‘unlashadi.

❗️ Singarmonizm o‘zbek tilida to‘liq saqlanmagan bo‘lsa-da, qozoq, qirg‘iz, turk tillarida ancha faol ishlaydi.

Kanalimiz👉@Brain_Time1
Nimaga ruchkani qopqog'ida teshik bor?

— Ko'pincha uy vazifalariga e'tiborni qaratadigan maktab o'quvchilari qalamni yoki ruchkani kemirishni yaxshi ko'radilar. Yutilgan qalpoq tomoqqa tiqilib qolsa va jabrlanuvchi tez yordam kelganiga qadar ushlab tursa, qopqoqdagi teshik orqali o'pkaga havo kirib turadi.

Kanalimiz👉@Brain_Time1
🤣72
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dermografizm (lotincha dermographismus, “teriga yozish” degani) — bu teriga yengil mexanik ta’sir (masalan, tirnalish, ishqalash yoki bosish) berilgandan keyin, shu joyda rangli chiziq yoki shish paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladigan teri reaksiyasi.
U tibbiyotda fiziologik va patologik holat sifatida uchrashi mumkin.

Mexanizmi: Mexanik ta’sir natijasida teri kapillyarlari va semiz hujayralar (mastotsitlar) ta’sirlanadi. Semiz hujayralar gistamin ajratadi, bu esa kapillyarlarning kengayishiga va suyuqlik chiqishiga olib keladi. Natijada terida oq yoki qizil chiziq, ba’zan shish paydo bo‘ladi.

Saqlanish davomiyligi: Odatda 1–15 daqiqa ichida yo‘qoladi, lekin ba’zan uzoqroq saqlanishi mumkin.

Turlari
•Oq dermografizm
•Qizil dermografizm
•Urtikar dermografizm

Normada: Ko‘pchilik odamlarda yengil qizil dermografizm fiziologik holat hisoblanadi.

Patologiyada:
•Allergik dermatozlar
•Atopik dermatit
•Stress, vegetativ distoniya
•Dorilarga reaksiya

Kanalga ulanish👉 @Medosferauz
Kristofer Nolan filmlari

Kanalimiz👉@Brain_Time1
Dunyo bo'yicha McDonaldsning fastfudlar tarmog'ida 1 sekundda 75 ta gamburger sotilar ekan. Quyidagi saytda sotilayotgan mahsulotlarni sonini ko'rishingiz mumkin.

Kanalimiz👉@Brain_Time1
Zangezur koridori — Ozarbayjonning asosiy qismi bilan Naxchivon eksklavini Armanistonning Syunik (Zangezur) viloyati orqali bog‘laydigan transport yo‘lagi g‘oyasi. 2020-yilgi Qorabog‘ urushidan so‘ng dolzarblashgan.

2025-yil 8-avgustda AQSh vositachiligida Armaniston bu hududni 99 yilga AQShga ijaraga berishga rozi bo‘ldi. Koridor orqali temiryo‘l, neft-gaz quvurlari va aloqa liniyalari qurilishi rejalangan.

Kanalimiz👉@Brain_Time1
Dyurand chizig'i (Durand line) - Afg'oniston va Pokiston orasidagi 2640 kmlik amalda belgilanmagan chegara.

Bu chiziq Buyuk Britaniya o'z mustamlakasi Hindistonni kengaytirishga harakat qilgan ikki ingliz-afg'on urush natijasida paydo bo'lgan. Bu chiziq 1893-yilda Afgʻoniston amiri Abdurrahmon va Hindiston mustamlakachi maʼmuriyati kotibi ser Mortimer Durand oʻrtasidagi muzokaralar natijasidir. Afg‘oniston hukumati uni chegara sifatida tan olishdan bosh tortmoqda.

Kanalimiz👉@Brain_Time1
"You Tube" dagi eng uzun videoning davomiyligi qancha?

2011-yil 14-dekabr kuni "You Tube" ga eng uzun video qo'yilgan bo'lib uning davomiyligi 596 soat 32 daqiqa 21 soniya ni tashkil etadi. Bu videoni ko'rishga 25 kun vaqtingiz ketadi.

Kanalimiz👉@Brain_Time1
🔥2
Kosta-Rika suvlarida hayratlanarli hol yuz berdi: tarixda ilk bor «oltin» akula ushlandi

Bu eng kamyob mutatsiya — ksantizm, ya’ni sariq pigmentning ortiqcha to‘planishi, akula tanasini yorqin oltin rangga aylantirgan.

Ksantizm baliqlarda uchrashi mumkin, ammo akulalarda ilk bor qayd etildi.

Kanalimiz👉@Brain_Time1
🔥6
🤩🤩 7 oyda 212 mingdan ziyod yengil avtomobil ishlab chiqarilgan

🏢 Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2025-yilning yanvar–iyul oylarida turli rusumdagi 212 156 dona yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) ishlab chiqarilgan.

📊 Ular rusumlar boʻyicha quyidagicha:

Cobalt – 83 167 dona;

Damas – 51 587 dona;

Tracker – 26 385 dona;

Onix – 18 734 dona;

KIA – 14 419 dona;

Chery – 4 838 dona;

Haval – 4 425 dona;

BYD – 8 601 dona;

Maxsus yengil avtomobillar - 28 951 dona.


Kanalimiz👉@Brain_Time1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM