Boysun Tumani Hokimligi
4.19K subscribers
30.5K photos
3.86K videos
2 files
10.7K links
Hurmatli do‘stlar ushbu kanal Boysun tuman hokimligining telegramdagi rasmiy sahifasi.
Download Telegram
Munosabat

Bugun Respublikamizdagi ko‘plab hududlarida yog‘ib o‘tgan yomg‘ir Boysun tumani markazi hamda tog‘li hududlarida ham kuzatildi.

Jumladan, tumanning O‘rta Machay, Yuqori Machay mahallalarida yog‘ib o‘tgan yomg‘ir natijasida qir adirliklardan oqib kelgan sel suvlari tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida tuman hokimi, tuman IIB bo‘limi, tegishli mas’ullar hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limining tezkor guruhi hududga yetib borishgan.

Hozirda soy qirg‘oqlari yana bir bor ko‘zdan kechirilmoqda. Sel kelish xavfini oldini olish va uni bartaraf etish maqsadida Boysun tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi shay holatga keltirildi.

Ma’lumot o‘rnida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida mahallada joylashgan ijtimoiy soha obektlari, aholi xonadonlari va yo‘l infratuzilmasiga ziyon yetmaganligi aniqlandi.

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Viloyat hokimi kubogi musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

Boysun tumanidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va salomatligini mustahkamlash maqsadida 8-11-sinf o‘g‘il bolalar va qiz bolalar o‘rtasida sportning futbol, mini futbol turi bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning final bosqichida o‘g‘il bolalar o‘rtasida;

🥇 1-o‘rin 39-maktab jamoasi,
🥈 2-o‘rin 18-maktab jamoasi,
🥉 3-o‘rin 5-maktab jamoasi,
🥉 3-o‘rin 36-maktab jamoasi.

Qiz bolalar o‘rtasida;

🥇 1-o‘rin 30-maktab jamoasi,
🥈 2-o‘rin 38-maktab jamoasi,
🥉 3-o‘rin 2-maktab jamoasi
🥉 3-o‘rin 23-maktab jamoasi qo‘lga kiritib, viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Viloyat hokimi kubogi musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

Boysun tumanidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va salomatligini mustahkamlash maqsadida 8-11-sinf o‘g‘il bolalar va qiz bolalar o‘rtasida sportning futbol, mini futbol turi bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ochiq eshiklar kuni

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga e'tibor ularni kasb-hunarga o'rgatish va bandligini ta'minlash muhim vazifalardan biridir.

Joriy yilning 11-may kuni Boysun tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabida tumandagi umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini kasbga yo'naltirish va o'zlari qiziqqan soha mutaxassisi bo'lib kamol topishlarini inobatga olib "Ochiq eshiklar kuni" festivali o'tkazildi.

Maktab bitiruvchilari 2024-2025 o'quv yili rejasida belgilangan ettita kasb yo'nalishlari bilan batafsil tanishtirildi.

Muassasada Germaniyaning "GIZ" loyihasi asosida Tikuvchilik yo'nalashida ham samarali ishlar taskil etilganligi namoyish qilindi.

Shuningdek, festival davomida "Zakovat" intelektual o'yinlari, sport musobaqalari, kitobxonlik ko'rgazmalari, yo'nalishlar kesimida texnik vositalar, jixozlarning amaliy ko'rgazmalari ham oʻtkazildi.