Boysun Tumani Hokimligi
4.19K subscribers
29.8K photos
3.75K videos
2 files
10.5K links
Hurmatli do‘stlar ushbu kanal Boysun tuman hokimligining telegramdagi rasmiy sahifasi.
Download Telegram
Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

Boysun tumanida O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2023-yil 11-martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-92 sonli qarorini 4-bandi hamda “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining 5 bandiga asosan har bir mahallada “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” loyihasi asosida uyushmagan va muammoli yoshlarga biriktirilgan nuroniylar o‘zlarining vakolat doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Kuni kecha tumandagi madaniyat markazida faol nuroniylar orasida “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda g'olib bo'lgan faol nuroniylar diplom, pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati
#Jarayon

⚽️ 🏆 Tuman hokimi kubogi

Boysun tumanida tashkilot va korxona xodimlari ishtirokida sportning mini futbol turi bo‘yicha “Tuman hokimi kubogi” musobaqasi qizg'in davom etmoqda.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum! Bugun 24-iyul, chorshanba.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati

|| Telegram || Facebook || YouTube || Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boysun_tumani

Viloyatimizda ham “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Ma’naviyat festivali” bo‘lib o‘tmoqda. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, viloyat madaniyat boshqarmasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi va qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilayotgan festival doirasidagi tadbirlarda taniqli san’atkor va aktyorlar, ilm-fan, san’at, adabiyot namoyandalari ishtirok etishmoqda.

👉 Kanalga ulanish 👉https://t.me/boysunaxborotxizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Maktublarda O‘zbekiston yetakchisi rahbarligida yurtimiz davlatchilikni mustahkamlash, xalq farovonligini yuksaltirish va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yo‘lida ulkan yutuqlarga erishayotgani ta’kidlangan.

Shuningdek, davlatimiz rahbariga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tilaklari, mamlakatimiz bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga qat’iy intilish bildirilgan.

|| Telegram || Facebook || YouTube || Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Parij shahrida eng nufuzli sport va do‘stlik musobaqasi — XXXIII Yozgi Olimpiada o‘yinlari boshlanishiga oz vaqt qoldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini, shart-sharoitlarni tizimli ravishda shaxsan o‘zi nazorat qilib bordi. Bu yil Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan sportchilarimiz soni keskin ortdi.

Yana bir katta tarixiy natija sifatida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi birinchi marta Olimpiada o‘yinlarida qatnashayotganini ta’kidlash joiz. Bugun O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Ispaniya jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

Xalqimiz, Prezidentimiz har bir sportchimizga katta umid bildirib, ularga omad va zafarlar yor bo‘lishini tilamoqda.

Jahon sport arenasida barcha atletlarimiz O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarishga, shoda-shoda medallar bilan Vatanga qaytish sharafiga muyassar bo‘lishsin.

#qonimda_g‘alaba
#O‘zbekiston_olg‘a

|| Telegram || Facebook || YouTube || Web-site