Botir Ziyatov
7.67K subscribers
464 photos
95 videos
1 file
537 links
Shaxsiy blog va texnologiyalar haqida
Hamkorlik: @giglink_admin
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#startup
Million Dollarlik Bosh sahifa

Aleks Tew 21 yoshida veb-saytda piksel sotish orqali atigi 4 oy ichida $1 million+ ishlab topgan.

Bu statik web sahifa boʻlgan.

Kontseptsiya juda oddiy edi:
kamida $100 evaziga reklama beruvchi 100 pikselli blokni (10 x 10 grid) sotib olishi va oʻzi tanlagan rasm yoki logotipni link bilan namoyish qilishi mumkin edi.

Bu saytni qilish uchun 2 kun vaqt ketgan va domen uchun 50$ pul sarflagan.

👉 @botirziyatov
#startup
Zoʻr idea bilan startup qilmoqchi boʻlamiz, Aslida ...
ishni qanday amalga oshirish muhimroq

qiziq tarix:
Gari Dal ismli inson toshlarni sotish orqali millioner boʻlgan.

Gari Dal'ning doʻstlari uy hayvonlariga qarash koʻp kuch, vaqt va pul sarflashlari kerakligidan doim nolib kelgan.
Shundan keyin Gari Dal "ahmoqona" Pet Rock gʻoyasini oʻylab topgan.
Yani tosh uy hayvoni, u maxsus qutida boʻladi, unda tosh va pichan uya bor.
Tosh pichan uyasiga qoʻyiladi, shunda u yoqimli tuxumga oʻxshaydi.🧠

"bu qutida bitta naslli uy hayvonlari bor" degan soʻzlar boʻlgan.

Gari Dal intervyusida bu gʻoya qadoqlangan hazil tuygʻusidan boshqa narsa emasligini aytgan.

Bitta tosh narxi 3.95 dollarni boʻlgan, va u 6 oyda 15 million dollar ishlab topgan.

agar gʻoyangiz ahmoqona boʻlib koʻrinsa ham, uni chiroyli ijro qilinishi muvaffaqiyatli biznesga aylantirishi mumkin.

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#startup
Hobbi sifatida boshlangan loyiha millionlar olib keldi.

SaveFrom.net haqida bilsangiz kerak. YouTube, VK va 40+ boshqa saytlardan media fayllarni yuklash imkonini beradi.

Loyihani 2007-2008 yillarda Anton sherigi Kirill bilan boshlagan.

- Dunyodagi eng ko‘p tashrif buyurilgan 200 ta saytga qatoriga kiritilgan.

- Oylik auditoriya: 100 milliondan ortiq kishi

2019-yildagi ma'lumotar

@botirziyatov
#startup
Hech kim muvaffaqiyatli boʻlishini kutmagan startap:

Canva - maktablar uchun yillik kitoblarni tahrirlovchi kompaniya sifatida boshlangan.

Melani Perkins - 2006 yilda Gʻarbiy Avstraliya universitetida dizayn fanidan dars bergan va gʻoya shundan boshlangan.
Loyihani rivojlantirishga 100+ investorlar rad javob bergan.

Hozirda Canva daromadi yiliga 1 milliard dollarga baholanadi.

@botirziyatov
#startup
Koʻpchilik muvaffaqiyatli boʻlishini kutmagan startap:

Dropbox - odamlar avvaliga buni fayllarni saqlashni ahmoqona usuli deb oʻylagan.

Drew Houston - dasturchi boʻlgan, 2007-yilda, 24 yoshida kursdoshi Arash Firdavsiy bilan kompaniyaga asos solgan.

2022-yil Dropbox daromadi 2,3 milliard dollarni tashkil qilgan

👉 @botirziyatov
#startup

Rod isimli yigit ish topish uchun veb-saytlar katalogini tuzib chiqdi va buni ortida 20 ming dollar ishlab oldi.

Nima uchun bu saytni qildingiz:
• Bir kuni Stack Overflow Jobs yopilishi haqidagi xabarni oʻqib qoldim, kommentda koʻp odamlar buni oʻrniga qanday saytlar borligini soʻrab yozardi.

• Ertasi kuni 5 soat ichida MVPni yaratdim, u yerda bitta index.php, HTML, CSS va JavaScript-ni jQuery bilan boshladim.
stackoverflowjobsalternatives.com (2022-yil noyabr) domeniga ulab e'lon qila boshladim.

• Keyinchalik qoʻshimchalar qoʻshib bordim.
Orada rebrending qildim, nomini JobBoardSearch.com ga oʻzgartirdim.

hozirda saytga kiruvchilar soni oshib bormoqda...

@botirziyatov
#startup

Noah ismli dasturchi Notion asosida loyiha ishlab chiqdi.
loyiha nomi : potion.so

Potion bu - Notion kontentingiz bilan bir necha daqiqada osongina veb-sayt yaratishingiz mumkin.

Noah:
Internetda Notion haqida gapiradigan odamlar ko‘p, buni ajoyib belgi sifatida ko‘rdim.
Men 2,5 yildan beri Potionni ustida ishlayman va 6 ming dollarlik MRR ga erishdim

2023 yil iyun oyida Noah bu biznesni 300 ming dollarga sotdi!

@botirziyatov
#startup

Rang palitralari bilan ishlash uchun "oddiy" veb-sayt.
loyiha nomi : coolors.co

yakkaxon dasturchi tomonidan boshqariladi.

5 milliondan ortiq foydalanuvchisi bor.

Dasturchi:
2014 yilda coolors.com domeni 200 dollarga sotuvga chiqgan edi. Men buni sotib olmadim, keyin men .co ni tanladim.
va yaqinda 10 ming dollar ga .com domenini sotib olidim.
Lekin bu loyiha .co domeni bilan mashhurlikka erishdi

@botirziyatov
#startup

2021-yilda Web 3 shov-shuvga aylanishni boshlagan vaqtda,
Web 3 yoʻnalishidagi xodimlarni ishga olish uchun e'lonlar doskasi ishlab chiqildi.

web3.career

e'lon beruvchilar hozirda har bir e'lon uchun 200 dan 500 dollargacha pul toʻlaydi.

Loyiha boshidan global bozorga kirishni reja qilgan va amalga oshdi.

@botirziyatov
#startup
Nicolas ismli yigit loyihasidan 1-dollarini ishlab olganini aytdi.

Loyiha nomi - getmagicformula.com

Bu Excel, Airtable, GoogleSheets va SQL da xatosiz formulalarni yozish uchun moʻljallangan Google Chrome kengaytmasi.

Loyiha 20-avgust kuni chiqarilgan.

Nicolas aytishicha, keyingi maqsad: $1000 lik daromadga chiqish.

@botirziyatov
#startup
Qat'iyatsizlik.

Biz juda qat'iyatsizmiz. qanaqadir sabablar bilan 1 loyihadan boshqasiga tezda o‘tib ketamiz.

Salbiy fikrlar va bahonalar bilan loyihalarni muddatidan oldin o‘ldiramiz.

@botirziyatov
#startup

💸 Qanday qilib nol daromadli loyiha qilish mumkin:

1. Eng zo‘r texnologiyadan foydalaning
2. Maqsad unchalik aniq bo‘lmasin
3. Bo‘sh vaqtingizda ishlang
4. Imkon qadar kattaroq bozorni tanlang va innovatsiya qilishga xarakat qiling
5. Loyiha tayyor bo‘lguncha marketing va savdo haqida o‘ylamang.

Bular muvaffaqiyatsiz mahsulotni yaratmoqchi bo‘lganlar uchun maslahatlar

@botirziyatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#startup #meme

Chunki marketingga pul yo‘q, pul bo‘lsa bundan ham zo‘r funksiya qo‘shardik

nega bu videoni qayta qayta ko‘ryapman, tushunmayapman :)

@botirziyatov