BOLAJON PARVARISHI
7.42K subscribers
396 photos
148 videos
5 files
338 links
Bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar berib boramiz!

Bolalar shifokori: @pediatric_uz

Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu yoshidan onasiga yordamchi

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉
@Bolajon_parvarishi
📍Болаларни телефон, компьютерлардан чеклаш керакми?

🔹 Ҳозирги пайтда болаларни гаджетлардан ажратиш мушкул ишга айланмоқда. Айрим кўрсатмаларга эътибор билан амал қилинса, бунинг кераги ҳам бўлмайди.

▫️ Бола ва компьютер экрани оралиғи 70 см, планшет экрани эса 25 см масофада бўлиши керак.
▫️ 2 ёшгача бўлган болаларга бундай гаджетлар билан ишлаш тавсия этилмайди.
▫️ 2-5 ёш оралиғида кунига 1 соатдан ошмаслиги лозим.
▫️ 6 ёшдан кейин эса кунига 2 соатдан кўп фойдаланиш мумкин эмас.
▫️ Телевизор томоша қилганда ҳам бола ва телевизор экрани оралиғи 3 метрдан кам бўлмаслиги керак.
▫️ Экран қанчалик катта бўлса, орадаги масофа хам шунчалик узайиши керак.

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi
Muhammad Rizoni layklar bilan qo'llab-quvvatlasangiz xursand bo'lar edik. Oldindan rahmat!

https://t.me/ricomelbeverages/680
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Otalarning bola parvarishi va tarbiyasidagi ishtiroki qanchalik muhim?

Otalarga yuborib qo'yish esdan chiqmasin!

Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Nima uchun chaqaloqlar uni tebratishlarini yaxshi koʻradi?

Bolani tebratish unga ona qornida boʻlgan davrini oʻsha paytdagi onaning harakatini eslatib, bolaga tinchlantiruvchi ta'sir koʻrsatadi va uni uxlatib qoʻyadi.

Uni yelkasiga asta urib uxlatish ham unga ona qornidagi vaqtlarda tanish boʻlib qolgan onaning qadam tovushlarini eslatadi. Bu ham bolani tinchlantiradi.

Alla aytish ham bolaning nerv sistemasiga tinchlantiruvchi ta'sir qiladi.

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi
Qo'l yuvish - salomatlik garovi!

Bolaga qo'lini to'g'ri yuvishni o'rgatib ota-ona avallambor uni ko'plab kasalliklardan, xususan gripp va shamollashdan saqlaydi. Statistikaga qaraganda aynan qo'lning toza bo'lishi kasalliklarni 10 barobar kamroq yuzaga kelishini ta'minlar ekan.

Qo'lni juda ko'p yuvish ham, umuman uvmay yurish ham yaxshi emas. Tez-tez yuvilgan qo'llarda mikroblarga qarshi immunitet hosil bo'lishi qiyin bo'ladi. Natijada bola organizmi oddiy mikroblarga bardoshsiz bo'lib qoladi. Shuning uchun qo'lni:

Ko'chadan kelganda;
Ovqatlanishdan oldin;
Kir bo'lganida yuvish kerak.
Bola kichikligidanoq qo'l yuvish jarayonini bilib olishi lozim. Ota-ona bolaga qo'l yuvishda namuna bo'lishi, bolada qo'l yuvish jarayoniga hurmat bilan qarashga turtki bo'ladi.

Quyida qo'l yuvish qadamlari ko'rsatilgan bo'lib, ularni har safar bajarish kerak.


Qo'l yaxshilab yuvilib bo'lgach, yaxshilab chayilishi ham muhim.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
🤰33 yoshdan keyin farzand ko‘rgan ayollar ko‘proq yashaydi

Boston universiteti qoshidagi tibbiyot maktabi olimlari 30 yoshgacha tuqqan ayollardan ko‘ra 33 yoshdan keyin tabiiy yo‘l bilan farzand dunyoga keltirgan ayollar keksalik yoshiga yetishga imkoniyatlari ko‘proq bo‘lishini aniqlashdi.

Olimlar uzoq umr ko‘rgan 551 oilani o‘rganib chiqishdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 33 yoshdan keyin ona bo‘lganlar 29 yoshgacha ona bo‘lganlardan ko‘ra ko‘proq 95 yoshga yetgan.

Katta yoshda ona bo‘lish qobiliyati ayolning reproduktiv tizimi sekin qarishidan dalolat beradi, degan xulosaga kelgan olimlar.

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi
❗️2024 йил 1 июндан бошлаб амал қиладиган давлат мактабгача таълим ташкилотларида болалар таъминоти учун тўлов миқдорлари 20 фоизга оширилди.

Охирги маротаба боғчалар учун тўлов миқдорлари 2021 йил 29 апрелда оширилган эди.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉
@Bolajon_parvarishi
👩‍🏫 Kunlarning birida matematika fani ustozim bir umr yodimizda qoladigan gaplar gapirdi, gaplarini namoyish ham qilib berdi.

🔹️Doskaga katta 1 raqamini yozdi va dedi: “Bu sizning tarbiyangiz, odamiyligingiz. Hayotda eng muhim hislatlar shular bo‘ladi”.
🔹️1 raqamidan keyin 0 yozdi va dedi: “Bu esa siz erishgan yutuqlar, tarbiya bilan sizni o‘n karraga yuksaltiradi”.
🔹️Yana 0 – bu tajriba, qarang inson “100” ga teng bo‘ldi.
🔹️Shunday qilib 0 larni yozaverdi – ta’lim, muhabbat, omad... har bitta qo‘shilgan 0 odamni har safar 10 barobar yuksaltiraverdi.

🔹️So‘ngra ustozim qator boshida turgan 1 raqamini o‘chirdi. Doskada keraksiz, ma’nosi yo‘qolgan 0 lar qoldi...

🔹️Ustozim dedi: “Ko‘rdingizmi, agar tarbiyangiz va odamiyligingiz bo‘lmasa, qolgan hislatlaringiz sariq chaqaga ham teng emas”.

🚀 Yaqinlaringizga ham ulashib qo'ying!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Tadqiqotchi olimlar bir homilador ayolga har kuni ayni bir vaqtda faqat bitta ertakni so'zlashgan. Bola tug'ilib, olti yoshga yetganda turli ertaklarni so'zlab bera boshlashgan. Ayol homiladorlik davrida tinglagan ertakka gal kelganida, dastlabki jumlalarni eshitiboq, bola "Men bu ertakni bilaman", deb so'zlab bergan. Bu rivoyat emas, ilmiy xaqiqat! Demak, bola onaning qornida ekanidayoq tashqi dunyo bilan aloqada bo'lar ekan. Shundanmikin, donishmandlar "tarbiya bola tug'ilmasidan avval boshlansa yanada yaxshi" deyishgan ekan.

©️Tohir Malik (Jinoyatning uzun yo'li) kitobidan

🚀 Yaqinlaringizga ham ulashib qo'ying!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
📚 “Bolalar kitob festivali”

“1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Beg‘ubor bolalik” shiori ostida “Bolalar kitob festivali” o‘tkaziladi. Ko‘rgazma 30-31-may hamda 1-iyun kunlari Toshkent shahridagi “Dream Park” madaniyat va istirohat bog‘ida bo'lib o'tadi.

💥 Kitoblar yarmarkasida siz “Akademnashr”ning barcha kitoblarini 10 foizli, bolalar kitoblarini esa 15 foizli chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin bo'ladi.

Manzil: Dream park (G‘afur G‘ulom bog‘i)
Sana: 30-31-may, 1-iyun

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolaning immunitetini ko‘tarish uchun nima qilish kerak?

▪️Uyqu rejimi. 7 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun kunduzgi uyqu sog‘lik garovi hisoblanadi. Tungi uyqu kechki soat 22:00 dan boshlanishi, ertalabki uyqu esa 9:00 dan kech bo‘lmasligi lozim.
▪️To‘g‘ri ovqatlanish: vitamin A, B guruh, C, D vitaminlari, sinkka boy bo‘lgan mahsulotlar, go‘sht va baliq mahsulotlari, sabzavot, mevalarni ko‘proq iste’mol qilish lozim.
▪️Ko‘proq suyuqlik qabul qilish lozim. Bir kunda bir marta na’matak suvi ichirish kerak.
▪️Sayr qilish. Bir kunda kamida 2 soat toza havoda sayr qilish lozim.
▪️Boladagi stress. Har qanday darajadagi stress immunitet pasayishiga olib keladi.
▪️Suvda chiniqtirish. Kichik yoshdagi bolalarni kuniga 1-2 marta cho'miltirish, katta yoshdagi bolalarni sport to'garaklariga berish.
▪️Gigiyenaga rioya qilish. Ovqatlanishdan oldin qo'llarni sovunlab yuvish.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Чапақай болаларни ўнг қўлга мажбурлаш мумкинми?

◾️Ўнг қўлда ишлашга мажбурлаш мумкинми?

Ўнг қўлда ёзишга мажбурлаш боланинг стресс (руҳий зўриқиш) ҳолатга тушиб қолишига олиб келади. Бунинг натижасида унда невроз хасталиги кузатилади. Ота-оналар шуни унутмаслиги керакки, чапақайлик боланинг мия функциясининг тузилиши билан боғланган бўлади. Шунинг учун уларни ўнгда ёзишга мажбурлаш ёки жазолаш асло мумкин эмас. Бундайлар жуда таъсирчан ҳисобланади. Кўпинча улар аразчи, хавотирланувчан, тез чарчайдиган, ишчанлик қобилияти суст бўлиши мумкин. Бу каби ҳолларда уларни ўнг қўлда ёзишга мажбурлаш акс таъсир этади.

◾️Антиқа болалар билан ишлаш

Чапақайлар билан машғулотлар олиб борилганида уларнинг индивидуал хусусиятини инобатга олиш зарур. Агар устозлар чапақай ўқувчилар билан тўғри иш олиб борса, келажакда улардан иқтидорли ва қобилиятли инсонлар етишиб чиқади.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Ko'krak sutini ko'paytirish

Quyidagi maslahatlar ko'krakda sut ishlab chiqarilishini ko'paytirishga yordam beradi.

1. Emizish bo'yicha mutaxassislar bilan suhbatlashing. Chaqaloq ko'krakni to'g'ri og'ziga olayotganini, ona to'g'ri pozitsiyada emizayotganini, bola ko'krakni qanday emayotganini ko'rib baho bersin.

2. Yomon maslahatchilardan yiroqroq yuring. "Ko'krak suti bilan emizish shart emas", "Men bolamni emizmaganman", "Bola ko'krak sutiga to'ymayapti, qo'shimcha berish kerak" degan do'stlar maslahatiga quloq solmang. Ular bilan iloji boricha suhbat qurmang, chunki bu gaplar emizish uchun o'zingizda ishonch paydo bo'lishiga to'sqinlik qiladi.

3. Uyingizni ko'zdan kechiring. Uyda mehmon juda ko'p emasmi? Siz bolaga qarashdan tashqari ish qilib urinib qolmadingizmi? Uy-yumush ishlari sizni qiynab yubormadimi? Bu ish va yumushlar sizdagi emizishga kerak bo'lgan kuchingizni olib qo'yadi.

4. Bolani yoningizga yotqizib emizing. Sizning tanangiz bola tanasi bilan qanchalik yaqin bo'lsa, sut ishlab chiqarilishi shunchalik kuchayadi.

5. Emizish davomida bolani yechintiring. Agar sovuq bo'lsa ustidan adyol yopib qo'yish mumkin. Lekin bolaning badani sizning badaningizga tegib tursa, uxlab qolayotgan bola uyg'onib yaxshilab emishiga yordam bo'ladi.

6. Emizish davomiyligidan ko'ra soni ko'p bo'lishi kerak.

Charchagan ayol nafaqat emizishga, balki bolaga kerakli mehr ajratishga ham holi bo'lmaydi.

7. Bola haqida, sut haqida ko'p o'ylang. Bolani ko'p silab erkalang. Bu onalik mehr onada sut ishlab chiqaruvchi gormon ko'payishiga ta'sir qiladi.

8. Bola uxlaganda uxlang. Qancha ko'p dam olsangiz, sut shuncha yaxshi keladi.

9. Emizayotganingizda chap va o'ng ko'krakni almashtirib berishni unutmang.

10. Bolani ko'tarib yuring. Bola ko'krakka yaqin bo'lsa sut ishlab chiqish jarayoni jadallashadi.

11. Emizishdan oldin va emizishdan so'ng ko'kragingizni massaj qiling.

12. Emizish davomida asabiylashmasdan, tinch va xotirjam bo'ling.

13. Sut ko'payishiga ta'sir qiluvchi maxsus o'tlik choy(pajitnik)dan iching.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Kinotavsiya: Farzandlaringiz bilan tomosha qilishga arziydigan eng yaxshi filmlar (video)

Bolalik bu — nima bo‘lishidan qat’i nazar, sodir bo‘ladigan sehr va mo‘jizalar davri. Quyida bolalarga ham, kattalarga ham yoqadigan hayotning ushbu davri haqidagi eng yaxshi filmlarni oila davrasida tomosha qilishni tavsiya qilamiz.

“Uyda yolg‘iz”, 1990-yil
Rejissor Kris Kolambus tomonidan suratga olingan, Makoley Kalkin bosh rolni ijro etgan “Uyda yolg‘iz” filmi Amerika Rojdestvo haqidagi kinoning haqiqiy klassikasiga va millionlab tomoshabinlarning sevimli komediyasiga aylandi. Ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan sujet kichkina bolakay Kevin haqida hikoya qiladi, uning oilasi shoshib Rojdestvo uchun Fransiyaga sayohatga olib ketishni unutgan yosh qahramon hech narsa qilishga odatlanmaganidan tashqari, uning uyini o‘g‘irlashni orzu qilgan “ho‘l o‘g‘rilar”ga ham duch kelishi kerak.

“Ikkimiz: men va soyam”, 1995-yil
Erik Kestnerning “Das doppelte Lottchen” romani asosida opa-singil Olsenlar ishtirok etgan “Ikkimiz: men va soyam” filmi 1995-yilda ekranlarga chiqdi va bir zumda omma mehrini qozondi. Ikki juda o‘xshash qiz o‘rtasida qanday kuchli do‘stlik paydo bo‘lishi haqida ta’sirli film.

“Ota-onalar uchun tuzoq”, 1998-yil
Nensi Meyersning “Ota-onalar uchun tuzoq” filmi tomoshabinga bolaligida ajralgan ikki opa-singilning kutilmagan uchrashuvi haqida hikoya qiladi, ular ota-onalarini har qanday holatda ham yarashtirishga va oilalarini birlashtirishga qaror qilishadi. Londondan Kaliforniyaga sayohat qilish, aqlbovar qilmaydigan firibgarlik va o‘z ota-onalari bilan tanishuv — bolalik qanchalik ajoyibligini eslatadi.

“Lemoni Snikett: 33 baxtsizlik”, 2004-yil
Bred Silberlingning 2004-yilda ekranlarga chiqqan ertak-filmida yetim qolgan Bodlerlarning og‘ir taqdiri haqida hikoya qilinadi — zukko Vayolet (Emili Brauning), aqlli Klaus (Liam Eyken) va chaqaloq Quyoshcha (Kara Xoffman). Ota-onalaridan sirli yong‘inda ayrilganlaridan so‘ng, bolalarni graf Olaf o‘z qaramog‘iga oladi.

“13 dan 30 gacha”, 2004-yil
Gari Vinikning “13 dan 30 gacha” komediyasi tomoshabinga Jenna Rink ismli 13 yoshli qizning hayoti tafsilotlarini ochib beradi. Maktab o‘quvchisi o‘smirlik davridagi odatiy qiyinchiliklarni boshidan kechiradi — maktabdagi eng mashhur qizlar bilan do‘stlashishga harakat qiladi, birinchi muhabbatidan rad etiladi va imkon qadar tezroq ulg‘ayishni orzu qiladi. Omadsiz tug‘ilgan kun bazmi paytida Jenna qaznoqqa qamalib oladi va sehrli chang yordamida kelajakka — mashhur nashrning taniqli muharriri va aslzoda bo‘lgan hayotiga borib qoladi.

“Vaqt qo‘riqchisi”, 2011-yil
2011-yilda jahon premyerasi bo‘lgan kinooperator Martin Skorsezening “Vaqt qo‘riqchisi” filmi rejissorning bolalar uchun birinchi loyihasi bo‘ldi. Sarguzashtli film Hyugo (Asa Batterfild) ismli bola haqida hikoya qiladi, u marhum otasining (Jud Lou) rejasini amalga oshirishga va muzeydan topib olgan eski avtomat qo‘g‘irchoqni yig‘ishga qaror qiladi. Qahramonning rejasi tavakkal va qurbonlikni talab qiladi, lekin Hyugo o‘z maqsadi yo‘lida hamma narsaga tayyor, bu esa oxir-oqibat unga mutlaqo kutilmagan haqiqatni ochib beradi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠Bolalarda ko'ruv xotirasini rivojlantirish uchun ajoyib o'yin. Videodagi detallarni hamma uyda topsa bo'ladi.

Yaqinlaringizga ham ulashing!

Kanalga ulanish:
@Bolajon_parvarishi
⚡️Ўзбекистонда янги туғилган чақалоқларга энг кўп қўйилган исмлар маълум бўлди.

Адлия вазирлиги 2023 йилда янги туғилган чақалоқлар орасида энг кўп қўйилган исмларни маълум қилди.

Ўғил болалар орасида энг машҳур исмлар:
1. Муҳаммадали - 9806;
2. Мустафо - 7898;
3. Абдуллоҳ – 6591;
4. Муҳаммад - 6008;
5. Муҳаммадюсуф – 4915.

Қизлар орасида эса энг машҳурлари:
1. Солиҳа - 9241;
2. Муслима - 5990;
3. Ясмина - 4705;
4. Имона - 3639;
5. Шукрона - 3625.

Kanalga ulanish:
@Bolajon_parvarishi
📚 Kimning uyida oilaviy kutubxonasi bor?

— Uyida oilaviy kutubxonasi boʻlgan oilalar juda kam boʻlsa kerak deb oʻylagandim. Ammo bola bor uyda albatta kitob boʻladi. Koʻp oila vakillari bilan turli mavzularda suhbat qilganman, ularni uyida hech boʻlmaganda oʻnga yaqin kitob boʻlishi, boʻsh vaqtida farzandlar davrasida kitob mutolaa qilishlari, turli xil kitobiy kechalar boʻlishi haqida aytishdi. Bundan juda ham xursand boʻldim, quvondim.

— Ammo ba‘zi oila vakillari bilan suhbatlashganimda esa, ularning deyarli barchasi kitob oʻqimasligi, oʻqisa ham qisqa vaqt, moddiy qiziqish sabab oʻqisnlarini ham bildim. Ba‘zi insonlar bor oxirgi marta qachon miriqib kitob oʻqiganini eslolmadi...

— Oila boshligʻi boʻlgan inson va ota sifatida uyingizda oilaviy kutubxona tashkillang. Uni diniy, badiiy, siyosiy, ilmiy va boshqa mavzudagi bolalar uchun moʻljallangam kitoblar bilan toʻldiring. Oilangizda boshqacha muhit shakllanadi, baraka kiradi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Forwarded from PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) (Doctor Muxtorov)
🎉TABRIK!

🎈Barcha bolajonlarni 1-iyun “Xarqaro bolalarni himoya qilish” kuni bilan tabriklayman. Ularni doimo sog‘u-salomat bo‘lishi tilakdoshiman.

Bolalarimizni asraylik! Chunki bu dunyoda ulardanda ortiqroq boyligimiz yo‘q!

Hurmat bilan Doctor Muxtorov!

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube