BOLAJON PARVARISHI
7.37K subscribers
420 photos
163 videos
5 files
376 links
Bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar berib boramiz!

Bolalar shifokori: @pediatric_uz

Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1
Download Telegram
❗️Мактаб сумкасини танлаш ва ундан фойдаланишда нималарга эътибор бериш керак?

🗓 Янги ўқув йили бошланишига саноқли ҳафталар қолди. Ҳозирданоқ бозору дўконларда ўқув қуроллари ва кийим-кечаклар савдоси авжида. Бундай вазиятда энг кўп харид қилинадиган маҳсулотлардан бири — мактаб сумкалари!

🔎 Аммо кўпчилик болалар уларни танлашда портфелнинг ташқи кўринишига, ота-оналар эса чидамлилиги, қулайлиги ҳамда баҳосига алоҳида эътибор қаратишади.


Хўш, бу борада тиббиёт мутахассисларининг тавсиялари қандай?


🔽 Республика болалар ортопедия маркази директори Акбар Тиляков шу мавзудаги мулоҳаза ва хулосалари билан ўртоқлашди.

🩻 — Нотўғри танланган ва фойдаланилган рюкзаклар мактаб ёшидаги болаларнинг умуртқа поғонаси ҳамда мушаклари учун ортиқча юкламани келтириб чиқаради, — дейди мутахассис. — Бу ҳолат келгусида сколиоз каби касалликларнинг ривожланиш хавфини ошириши мумкин.

🔹 Мактаб сумкаси боланинг орқа қисмига қулай жойлашадиган ўлчамда, тасмалари елка қисмига ботмайдиган кенг ва юмшоқ ёстиқчали қопламалар билан таъминланган бўлиши лозим.

🩺 Матоси сув ўтказмайдиган, орқа астари эса юпқа бўлмаслиги керак. Акс ҳолда, сумка ичидаги қатиқ буюмлар, китоблар жилдининг бурчаклари кураклар ҳамда бел соҳасида оғриқ ва жароҳатларни келтириб чиқариши хавфи бор.

❗️Рюкзакларни икки елкага баравар осиш тавсия этилади. Бу оғирликнинг тана бўйлаб мувозанатли тақсимланишига хизмат қилади ва умуртқа поғонаси эгрилиги билан боғлиқ патологиялар келиб чиқишидан асрайди.

Мактаб сумкаси белдан пастга тушмаган ҳолатда, лекин ундан 5 сантиметрдан кам бўлмаган узунликда тақиб юрилиши мақсадга мувофиқ.

‼️ Рюкзакнинг умумий оғирлиги бола вазнининг 10-15 фоизидан ошмаслиги керак. Бу меъёр кичик ёшдаги ўқувчилар учун тахминан 3-5 килограмм, ўрта синфдаги болажонлар учун 6-8 килограммга тенг.

▶️ Сумкага ўқув қуроллари ва жиҳозларини жойлаштириш ҳам муҳим жараён. Жумладан, оғир нарсалар рюкзак ўртасига, енгиллари ҳар икки томонига мувозанатли солингани маъқул.

📌 Қолаверса, катта ҳажмдаги, оғир ва ноқулай рюкзаклардан фойдаланиш болажонларнинг зинапоя ва йўлакларда йиқилиш хавфини оширади.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.


Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Foydali o'yin

Bolalar oʻyinni shunchaki vaqt oʻtkazish va xursandchilik uchun oʻynashadi. Lekin, shuni bilishmaydiki — oʻyinlar ularni miya faoliyatini, ruhiyatini va salomatligini rivojlanishida muhim omil.

📱 Bolani qoʻliga telefon berib "jim oʻtir" degandan koʻra, u bilan birgalikda miriqib oʻynagan qanday ham yaxshi a?!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolasining sog'ligiga befarq bo'lmagan onajonlardan so'rovnomada faolroq qatnashishni so'rab qolamiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥👨‍👩‍👧‍👧 Бугун 11 август - Фарзандлар куни

Бу кун ота-она ҳаётининг энг қимматли бойликлари – фарзандларга бағишланади.

Шу куни ота-оналар фарзандларини маҳкам қучоқласинлар, уларни мақтасинлар ва кичик бўлса ҳам совғалар улашсинлар.
Агар фарзандлар улғайиб, бошқа ҳовлига чиққан бўлсалар, уларни телефонда табрикласинлар.

🎊 Байрам муборак!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Forwarded from Shunchaki... (Zulfiya Rashidova)
#millat_til_tarbiya
"Men o'zbekman" deymiz-u, tilimizga tupurib qo'yganmiz. Ism-familiyasi g'irt o'zbekcha bo'lgan (uni ruscha talaffuz qilish yoki qisqartirishga harakat qiladigan) qorako'zlarga do'kon, bank, kafeda murojaat qilsang, o'zbek tilida javob berolmaydi eplab. "Meshat qildi", "ustanovka qildi", "skachat qildi" qabilidagi so'zlar urchigandan urchidi..

Bu ketishda yana ellik yildan keyin sof adabiy yoki badiiy matn tuza oladiganlar anqoning urug'iga aylanadi.

Videodarslarga tayyorlanish asnosida shularni o'ylab o'tirgandim, o'quvchilarimdan biri yozib qoldi.

U (ya'ni men bir pytlar litseyda o'qitgan, ayni paytda Anqara universiteti Ta’lim bilimlari instituti Maktabgacha ta’lim bo’limi magistranti bo'lgan Iroda Oripova) hozir "O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimining shakllanishida Sovet mafkurasining o'rni" mavzusida magistrlik dissertatsiyasini yozyapti. Ta'tilining ilk kunlaridan to'lib-toshib rejasini aytgan edi. O’zbek bolalariga o’zbek tilini tanitmoqchiman, har yakshanba bolalarni Respublika bolalar kutubxonasiga yig'ib ularga kitob o'qib beraman, - degan edi. - Keyin o'sha kitob haqida suhbatlashamiz.. Keyin.. Keyin..

Unga "ovora bo'lma, bizning yosh onalar bolasini rus tili yoki ingliz tili yoki pazandalik kursiga olib borishi mumkin, ona tilini o'rgatish uchun HECH NIMA qilmaydi" demadim, ishtiyoqini o'ldirgim kelmadi. Ammo.. Mana kecha undan olgan xatim:

"Ustooooz !!!! (...)
Shaxsiy kuzatuvlarimdan qilgan xulosam - kutubxonaning aynan maktabgacha yoshdagi bolalar auditoriyasi rusiyzabon bolalar (ruslar va rusiyzabon o’zbeklar) ekanligi. Shunga yarasha kutubxonadagi ko’p mahorat darslari, to’garaklar rus tilida. Talabga ko’ra taklif. Ular har hafta oxiri ota-onalari bilan kutubxonani to’ldirishadi, to’garaklarga qatnashib, o’zlari uchun butun boshli muhit yaratishgan.

Kutubxonaga o’zbek bolalarining ham oqimini ko’paytirish, bizda ham bolaga kitob o’qish, kutubxonaga olib borish madaniyatini shakllantirish maqsadida faqat va faqat o’zbek tilida kitob o’qish to’garagini tashkil qilgim keldi. Kutubxona rahbariyati meni juda ochiq qarshiladi, faoliyatim uchun hamma sharoitni yaratib berdi.

Ularga o’zbek tilida mashg’ulotlar yetishmayotganini, o’zbek auditoriyasini ham chaqirish kerakligini ta’kidlashdi. Dunyoning har xil chekkasidan yig’ib kelgan kitoblarimdan birga ro’yxat qildik, kutubxona tasdiqladi. Har bitta kitobni o’zbek tiliga o’girish, bolalarga moslashtirish, hikoyadan so’ng so’z boyligini oshirish, harflar va tovushlarni tanish, nutq malakasini oshirish bo’yicha turfa xil mashqlar, o’yinlar o’ylab chiqdim, reja tuzdim.

Ijtimoiy tarmoqdagi e'lonlarimizdan keyin birinchi haftada shov-shuv bo’lib ro’yxatdan o’tishdiki, uni erta to’xtatishga to’g’ri keldi. Shuncha bola sig'may qoladi deb cho'chiganimdan azbaroyi...

Keyin nima bo’ldi deb o’ylaysiz? Ro’yxatdan o’tgan 20 ta boladan 5 tasi ham kelmadi. Keyingi haftalarda ham ro’yxatning yarmi yo’q…

Bu ma’suliyatsizlikning sababi nima? Bitmas-tuganmas pishir-kuydirdan, supur-sidirdan, tog’ora, to’y bazmdan haftada bir soatgina bolasi uchun vaqt ajratish shunchalik qiyinmi? Qiyin bo’lsa ro’yxatdan o’tmasdan, boshqani joyini olmasdan, hammani kuttirmasdan yashash-chi? Uyam qiyinmi?

Baraka topgur, bolangni olib kel, bolangga tekinga kitob o’qib beraman deb turgan odamning mehnatiga tupurib qo’yishning zavqi juda boshqacha bo’lsa kerak…

Agar bugungi vaziyatga duch kelmaganimda, bularning hech qaysinisini yozmasdim. Bitta bola kelsa ham o’sha bitta bolaga o’zbekcha kitob o’qiyman deb o’zimga va’da berganman chunki.

Bugun.. Mashg’ulot boshlanmasidan oldin xonada ikkita rus bola o’tirganini ko’rdim, ularga kitobni o’zbek tilida o’qishimni tushuntirdim, baribir qatnashmoqchiligini aytishdi. Kitob yakunlab qolganida bir rus ayol (ularning onasi) kirdi, nega mashg'ulot o’zbekcha bo’layotganini so’radi. Ruschada ham bo’lishi kerak deb jahl qildi. Zarda qilib narsalarini yig’ishtirib, bolasi bilan xonadan chiqib ketdi.
Forwarded from Shunchaki... (Zulfiya Rashidova)
Ayol ro’yxatdan o’tayotganda mashg’ulot tiliga qaramagan bo’lishi mumkin. Kutubxonaning doimiy tashrif buyuruvchisi sifatida mashg’ulotlar baribir rus tilida bo’ladi deb o’ylagan bo’lishi ham mumkin. Yoki mening o’zbekcha bilmaydigan bolamga tarjima qilib berishadi deb ham o’ylagan bo’lishi mumkin. Taxminlar juda ko’p, lekin ularning hech qaysi biri meni umuman qiziqtirmaydi.

Meni qiziqtiradigan yagona narsa - biz qayerdamiz?

O’zbekistonning barcha bolalari uchun ochilgan Respublika bolalar kutubxonasidan nega foydalanmaymiz, nega xonalarni, zallarni, mashg’ulotlarni to’ldirmaymiz? Joyimizga, haqqimizga ega chiqish shunchalik qiyinmi? Nimani kutyapmiz? Bolamizga nega o’zbek tilida kitob o’qiyotganimizning hisobini berishnimi?"

... Nima dey o'quvchimga? Bizda hamma onalar yakshanba kuni uy tozalash bilan, bolalari ularga yordamlashish bilan band bo'ladi, aks holda, albatta, kelishardi, deymi?

Aziz onalar, har yakshanba (BUGUN HAM) soat 13:00dan 14:00gacha Respublika bolalar kutubxonasiga 5-7 yoshdagi bolajonlaringizni olib boring. Bir fidoyi talaba bolalaringizga kitob o'qib bermoqchi, nutqi bilan ishlamoqchi. Tekinga.

Bir soatgina vaqt ajratib, bolajoningiz bilan boring.
Bolalarizga rus, ingliz, koreys, yapon, qo'yingki, har qanday tilni o'rgating, bu, albatta, yaxshi. Ammo o'z ona tilini bilmaydigan bolani tarbiyalamang! Iltimos!

Tilimiz yo'qolsa, millat sifatida biz ham yo'qolib ketamiz.
@suvaydo
Respublika bolalar kutubxonasi

11-avgust yakshanba kuni

Tadbirlar dasturi:

13:00-14:00 – Bolalar kitob to‘garagi yig‘ilishi. Iroda Oripova bilan birga “Nuqta” asarini o‘qib, ijodiy tajriba va o‘ziga ishonch muhimligini muhokama qilamiz. 5-7 yosh
Muloqot tili: o’zbek tili

16:00-17:00 – Inglizzabon kitoblar to‘garagi. Umida Qodirova bilan birga “Favourite Paddington Stories” kitobini o‘qib, bog‘dorchilik qiyinchiliklari haqida suhbatlashamiz. 6+
Muloqot tili: ingliz tili

To‘liq jadval acdflibrary.uz’da mavjud.
Joylar soni cheklangan. Iltimos, acdflibrary.uz’da roʻyxatdan oʻting.

📍Manzil: Yahyo Gulyamov ko'chasi 47, Тоshkent,

↗️Geolokatsiya

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Otalar uyg'onmasa, shumtaka bolajonlar shunday uyg'otadi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥Buni ko'rmasangiz bo'lmaydi

Nega ayollar beva?
Nega bolalar yetim?
Nimaga qizlar yupun?
Senday ko‘zi buzuqlar,
Hirsga qulligi uchun!

© Erkin Bozorov

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu yoshidan onasiga yordamchi

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉
@Bolajon_parvarishi
❤️ ​​Farzandingizga har kuni 15 daqiqa kitob o'qib berishning foydasi

  Bola miyasining 90% uning 3 yoshiga qadar rivojlanib bo'ladi. Shu davrda bolaga kitob o'qish miya rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

  Uch yoshlik bolaning so'z boyligiga qarab u 3 sinftda "o'qish"dan necha baho olishini oldindan bilsa bo'ladi.

  Kuniga 15 daqiqa davomida bolaga kitob o'qib berilsa, u 1 yil mobaynida 1 millionga yaqin yangi so'zni eshitgan bo'ladi.

Birinchi sinf kitoblarini o'qiy olmagan bola, keyinchalik 4 sinf kitoblarini ham o'qiy olmaydi.

  Maktabgacha yoshdagi bolalar ko'p kitob o'qigan bo'lsa, ular 1 - sinfga qadar boshqalarga nisbatan tezroq alifbeni o'rganadi, 20 gacha sanay oladi va o'z imslarini yoza oladi.

  Bolaning maktab yoshigacha bo'lgan davrida ota-onasi bilan kitob o'qishi, uni maktab davrida kitobga qiziquvchanligi oshishiga olib keladi.

  Yoshligidan kitob o'qishga odatlangan bolada til nuqsonlari, gapirishda qiyinchiliklar bo'lishi kam namoyon bo'ladi.

  O'qish boshqalarning hissiyotlarini tushunishga yordam beradi.

  O'qish bolaning bilimlari asosidir.

  Kitobdan olingan ma'lumot televizor, internet va radiodagi qabul qilingan ma'lumotdan ko'ra ko'proq miyaga ijobiy ta'sir qiladi. Undan tashqari kitob o'qish zehnni charxlab, bola diqqatini bir joyda uzoq vaqt ushlay olish qobiliyatini kuchaytiradi.  

  Statistikani ko'rsatishicha, maktabgacha yoshdagi bolalarga ota-ona kitob o'qib bersa, kitobga bo'lgan qiziqish 100% bo'ladi. To'rtinchi sinfga kelib kitobga bo'lgan qiziqish 54% gacha tushib ketadi. Buning sababi, bola bilan ota-ona birga o'qimasligida ekan.

  Kitob tili adabiy va chiroylidir.

  Kitobni qiziqish va ishtiyoq bilan bolaga o'qib berish, keyinchalik unda kitobga mehr uyg'onishiga olib keladi.

  Televizordagi berilayotgan "lug'at" dan ko'ra kitobda berilayotgan tekstdagi "lug'at" ikki barobar ko'pdir.

  Uyda 6-8 yoshli bolalarga ota-onasi kitob o'qib berish davrini bolalarning biri kitobni sevganlari uchun xush ko'rsalar, biri ota-onasi bilan ajoyib vaqt o'tkazayotganlari uchun yaxshi ko'rar ekanlar. 

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
#audio_ertaklar

🎶Bolajoningizga albatta uyqusidan oldin qo'yib bering

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
169. Yo'qolgan so'z (6+) (belorus xalq ertagi)
<unknown>
#audio_ertaklar

🎶Bolajoningizga albatta uyqusidan oldin qo'yib bering

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Yosh bolalar ko‘p savol berishadi. Bu savollarga javob berish shartmi?

🔹4-6 yoshdagi bolalar juda ko‘p savol beradilar. Ba’zida haddan ortiq savol berganidan be’zor bo‘lib ketamiz. Ammo bu xato! Farzand qachon savol bersa ham, unga doimo javob berishingiz shartdir!

🔹Bolakay o‘z savollariga bir necha marotaba javob olmasa, u savol berishni to‘xtatdi. U sizdan zerikadi. U siz bilan muloqot qilishni xohlamay qolishi ham mumkin.

🔹Savol berishni to‘xtatgan bola o‘zicha ish qilishga o‘tadi ya’ni u o‘z bilganicha ish qiladi. Tabiiy-ki yosh bolaning aqli ko‘p narsaga yetmaydi. Bu bilan u xato ish qilishi mumkin.

🔹Shuning uchun bola bilan doimiy, iloji boricha har qanday vaziyatda aloqada bo‘lishga harakat qiling.

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ona organizmida sut hosil bo'lish jarayoni - mo'jizaning o'zginasi

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Farzand tarbiyasida yo'l qo'yiladigan yetti xato!

1. Bir biriga solishtirish. Bolani bir biriga solishtirib, ajratish uning hayotini barbod qiladi;

2. Jismoniy qo‘pollik, urish yoki qo‘pol, uyat so‘z ishlatish. Bular bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini barbod qiladi;

3. Masxaralash. Doim masxara qilingan bola o‘zini hurmat qilmaydigan bo‘lib qoladi;

4. Ortiqcha erkalatish. Ko‘p erkalatilgan, taltayib ketgan bola mas’uliyatsiz bo‘lib qoladi;

5. Ortiqcha tergash. Doimiy nazorat va ortiqcha izoh talab qilish boshqalar fikrini qabul qilish xususiyatidan mahrum qiladi;

6. Beparvolik. Bolaning dardiga quloq solmaslik, u bilan muloqotga vaqt ajratmaslik undagi xotirjamlik his tuyg‘usini barbod qiladi;

7. Shijoatlantirmaslik. Rag‘batlantirilmagan bola yangilik yaratishdan, ijod qilishdan mahrum bo‘lib qoladi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Bir kinoni koʻrishni tavsiya qilaman

✍🏻 Juda koʻp postlarimizda farzandlarga ishonch bildirish, ularni fikrini hurmat qilish va motivatsiyasini soʻndirib qoʻymaslik haqida koʻp yozganmiz.

Hozir siz ko'rib turgan filmda aynan shu mavzuga urgʻu berilgan. Ilm – johillikdan yorugʻlikka olib chiquvchi yagona yoʻl!

Hayotiy voqealar asosida suratga olingan ekan. Koʻrib oʻzim uchun juda katta "insayd" oldim. Albatta koʻring. Seriallaringizdan oʻlsa - oʻligi afzal film.

🎥 Kino nomi "Shamolni boʻysundirgan bola"

Filmni ko'rish uchun havola👇
http://uzmovi.com/tarjima-kino/3356-shamolni-boysundirgan-bola-premyera.html
Forwarded from Ganiev.S7 
🔴Assalomu alaykum!

📣Agar sizda yoki yaqinlaringizda allergik va immunologik shikoyatlar bólsa, biz bilan bog'laning!

🧠Tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), Allergolog-Immunolog Sherzod Muxtorov qabul qiladi.🤝

🔴Manzil: TOSHKENT SHAXRI, CHILONZOR TUMANI ,7-KVARTAL, LUTFIY KO'CHASI 55a , “ARAM”KLINIKASI.

Móljal: HASANXON QORI JOME MASJIDI (Hi Tech masjid) yon tomonida.

🎤+998901317775

⚙️Qabul vaqti: har kuni (dam olish kunisiz )
1-smena: 7⁰⁰ dan 12⁰⁰ gacha
2-smena: 17°°dan 19°° gacha

🏪Navbatga yozdirib keling!

🌐 +998901317775
🌐 Telegram
🌐 📢 Telegram
🌐 Instagram
▶️ YouTube
🌐 Web Sayt
📌 Manzil
Reklama

https://t.me/allergolog_muxtorov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Emizikli bolasi bor ona quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilmasligi zarur:

Yangi uzilgan bodring, kvas (kvasli yaxna sho‘rva, ya’ni okroshka), poliz mahsulotlari (qovun, tarvuz) – bularning barchasi chaqaloqning qornini og‘ritishi, ichak ish faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Ko‘zga tashlanadigan yorqin ranglardagi meva va sabzavotlarni (qizil olma, apelsin, shaftoli, o‘rik, lavlagi, sabzi, pomidor, malina, qulupnay) ehtiyotlik bilan iste’mol qiling. Ushbu shirin mahsulotlar chaqaloqda allergiya qo‘zg‘ashi mumkin.

Sutni iste’mol qilishdan oldin uni albatta pishirib oling, chunki u chaqaloqning qorni dam bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari pishirilmagan sut ayniqsa yoz mavsumida o‘tkir ichak infeksiyasiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Sarimsoq, piyoz, selderey va turli ziravorlar ona sutiga yoqimsiz ta’m berishi mumkin, shu sababli ularni suiste’mol qilmang.

Alkogol va tamaki ona sutiga taxir ta’m beradi. Buning ustiga ularning tarkibidagi moddalar bolaning rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, chunki ular bola organizmiga tushadigan kislorodni yopib qo‘yadi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi