BOLAJON PARVARISHI
7.34K subscribers
457 photos
175 videos
5 files
378 links
Bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar berib boramiz!

Bolalar shifokori: @pediatric_uz

Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1
Download Telegram
Bolaning tili chiqishi - pediatr Komarovskiy maslahatlari

Ikki yoshga to'lgan bolaning tili chiqishi kerak. O'zining uchinchi tug'ilgan kuniga qadar bola o'rtacha 300 ta so'zni bilishi, tushunishi, gapira olishi lozim. Bolaning tili vaqtida va ravon chiqishi uchun ota-ona yordam berishi mumkin ekan, deb ta'kidlaydi mashshur Rossiyalik pediatr Komarovskiy.

Buning uchun:
1. Bola bilan homiladorligingizdan boshlab suhbatlashishni boshlang.
Homiladorlikning 3 trimestrida bola tovushlarga juda ta'sirchan bo'ladi. Aynan bu davrdan boshlab ona yoki ota o'z farzandi bilan muloyim gaplashishni, klassik musiqalarni qo'yib berishni odat qilishi kerak.

2. Yangi tug'ilgan chaqaloq bilan doimo suhbatlashib yuring.
chaqaloqligidan ravon nutqni eshitgan bolani tili chiqishi oson bo'ladi.

3. Bolaning ko'zlariga qarab gapiring.
Ota-ona gapirayotganida bola uning lab qimirlashini kuzatadi, shu yo'l bilan uning tili chiqishi osonlashadi.

4. Bolaga ko'p savol bering.
Bola javob bera olmagan taqdirda ham, unga savol berishga odatlaning. Savolingizga javob berish niyatida uning aqliy va nutqiy rivojlanishi kuchayadi.
Telefon va kompyuter o'yinlari bolani tili chiqishini keskin sekinlashtiradi.

5. Bolaga ko'p ertak o'qing.
Kitobdagi yangi so'z va iboralar bolani tili chiqishida muhim ahamiyatni kasb etadi.

6. Bola bilan birga yoki bola uchun qo'shiq ayting.
Musiqa va qo'shiq nutq apparatini rivojlantriadi.

7. Bola bilan doimiy ravishda muloqotda bo'ling.
Ovqat qilish davomida ham bolani sabzavotlarni rangini, soni aytishga undasa bo'ladi. Ko'chada atrfodagi buyum va manzaralarni bola bilan birgalikda tahlil qilsa bo'ladi.

8. Bola tilida suhbatlashmang.
Bola 6 oydan o'tgach u bilan og'izni cho'chchaytirib "shiringina" gapirishning foydasi yo'q. Bolaning tili chiqishida bu qiyinchilik tug'diradi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Forwarded from Doctor Muxtorov
11 oktabr — Xalqaro qiz farzand kuni.

Qiz bor uyning fayzi bo‘lak, deydilar,
Jannat yo‘li – qiz bor yo‘lak, deydilar.
O‘ngirimda o‘g‘lim yo‘q, debdi o‘ksimang,
Tog‘ bo‘lmasa, qir ham tirgak, deydilar.
Elning baxti botirlarga yor bo‘lsin,
Ominalar, Xolidalar bor bo‘lsin.

Qiz yo‘q yurtga ko‘klamlar sep to‘sharmi?
Kelini yo‘q to‘ylar to‘yga o‘xsharmi?
Qizlar borki, o‘lka omon, qo‘rg‘on but,
Qiz kutmasa yigit olov kecharmi?
Jonlar ilhaq, ilinjlar tumor bo‘lsin,
Ma’sudalar, Mahzunalar bor bo‘lsin.

© Muhammad Yusuf

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Emizikli bolasi bor ona quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilmasligi zarur:

Yangi uzilgan bodring, kvas (kvasli yaxna sho‘rva, ya’ni okroshka), poliz mahsulotlari (qovun, tarvuz) – bularning barchasi chaqaloqning qornini og‘ritishi, ichak ish faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Ko‘zga tashlanadigan yorqin ranglardagi meva va sabzavotlarni (qizil olma, apelsin, shaftoli, o‘rik, lavlagi, sabzi, pomidor, malina, qulupnay) ehtiyotlik bilan iste’mol qiling. Ushbu shirin mahsulotlar chaqaloqda allergiya qo‘zg‘ashi mumkin.

Sutni iste’mol qilishdan oldin uni albatta pishirib oling, chunki u chaqaloqning qorni dam bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari pishirilmagan sut ayniqsa yoz mavsumida o‘tkir ichak infeksiyasiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Sarimsoq, piyoz, selderey va turli ziravorlar ona sutiga yoqimsiz ta’m berishi mumkin, shu sababli ularni suiste’mol qilmang.

Alkogol va tamaki ona sutiga taxir ta’m beradi. Buning ustiga ularning tarkibidagi moddalar bolaning rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, chunki ular bola organizmiga tushadigan kislorodni yopib qo‘yadi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolaga qo'shimcha ovqat berish bilan bog'liq muammolar

Ba'zi bolalar qo'shimcha ovqatga tez o'rganishsa, ba'zilari ko'krak suti yoki smesdan boshqa hech narsani yeyishni istamaydilar. Qo'shimcha ovqat odatda bolaning 6 oyidan boshlab beriladi, lekin bola buni istamasa-chi?
U holda shoshilmaslik ayni muddao. Aslida 1 yoshgacha bola o'ziga kerakli barcha vitamin va mikroelementlarni ko'krak sutidan yoki smesdan kerakligicha oladi.
Shuning uchun bola yaxshi rivojlanib, vazni kerakligicha oshib, o'zini yaxshi his qilayotgan bo'lib, qo'shimcha ovqatdan bosh tortsa, bundan havotir olmang. Demak hali erta. Vaqti kelib, albatta qo'shimcha ovqat yeyish istagi paydo bo'ladi.
Lekin kuch bilan bola istamagan holda unga qo'shimcha ovqat yedirish jismonan ham, ruhan ham bolaga hech qanday foyda keltirmaydi.
Olti oyda yeyishni istamayotgan bo'lsa, ozgina vaqt kutib keyin yana harakat qilib ko'ring. Ba'zi bolalar meva yeyishni hush ko'rsalar, ba'zilari sabzi va kartoshka kabi sabzavotlarni hush ko'radilar.

❗️Qo'shimcha ovqat berishda eng muhim tamoyil - bu shoshmaslik.

Siz tayyorlagan taom bolaga yoqmagan bo'lsa, demak uni didini topa olmadingiz. Boshqa mahsulotdan harakat qilib ko'ring.
Eng asosiysi, qo'shimcha ovqat asta-sekinlik bilan bola ratsioniga kiritilib, har bir yangi mahsulot berilish intervali 1-2 haftani tashkil etishi lozim.

Olti oylarda kuniga bir-ikki qoshiq yeyilgan sabzavot yoki mevali pyure bola uchun yetarli bo'lishi ham mumkin. Zo'rlamang. Vaqti kelib o'zi sizni qo'ymay meva berishingizni talab qilib yuradi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
6 oylik bola ovqatlanishi: qo'shimcha ovqat berish

Ko'krak suti yoki smesdan tashqari 6 oylik bolaga qo'shimcha ovqat berish mumkin va kerak.

Bolaning oshqozoni yangi taomlarga o'rganmagani uchun, bu yerda asta-sekinlik va ma'lum bir bosqichlardan o'tish talab etiladi.

6 oylik bola qanday ovqatlanishi mumkin:
Nimadan boshlaymiz:
-Banan;
-Guruchli kasha;
-Nok;
-O'zingiz tayyorlagan olma sharbati.
Taomlarning holati:
-Yaxshilab ezilgan, pyure shaklida qoshiq uchida beriladi.

Bolaga qo'shimcha ovqat berishda eng asosiy qoida bu shoshilmaslik.

Har bir yangi mahsulotni qo'shishni boshlaganingizda kuzating. Bolada unga nisbatan allergiya yoki ichi buzulish holati kuzatilmasa, sekin-sekin porsiyani oshirish mumkin.

Bir-ikki haftalardan so'ng ikkinchi mahsulotni berib ko'ring.
Bunda ham biroz kuzatib, keyin porsiya miqdorini oshirishingiz mumkin.

❗️Mahsulotlar yangi va yaxshilab yuvilgan bo'lishi lozim.

Kattalar ovqatidan hali bermay turing. Bolaga yoqib albatta iste'mol qilishi mumkin, lekin uning oshqozoniga bu katta yuk bo'lib, bola kuchi va energiyasi butunlay o'sha ovqatni hazm qilish uchun ketib qoladi. 6-oylik bolaning oshqozoni va ichaklari kattalar ovqatini hazm qilishga tayyor bo‘lmaydi!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
⁠Alisher va Gripp (virusi) suhbati

Alisher o‘z xonasi devorida o‘rmalab yurgan g‘aroyib maxluqchani ko‘rib qoldi. Yaqinlashib qarasa, gripp ekan. Chaqqon bola emasmi, oshxonadan tezda shisha idish olib kelib, grippni qamab qo‘ydi.
– Ushlab oldimmi?! Ana endi, singlim Nargizani kasal qilganing uchun ta’ziringni beraman!
– U men emas, boshqa gripp edi. Men yaqinda ish boshladim, hali ko‘p narsani bilmayman, – dedi qo‘rqib ketgan maxluqcha.
– Unda bu yerda nima qilyapsan? – so‘radi Alisher qovog‘ini uyib.
– Haligi... Seni kasal qilgani keluvdim, – dedi gripp uyalib.
– Hali shunaqami?! – Alisherning jahli chiqib ketdi.
U idishga qaynoq suv quyib grippni yo‘q qilmoqchi bo‘ldi.
– To‘xta, meni jazolama. Balki, kelisharmiz?.. – ko‘zlari yoshlanib iltimos qildi u.
– Kelishamiz, gripp bilan-a?!
– Nima qipti? Meni qo‘yib yuborsang, kasallikdan saqlanishning hech kim bilmaydigan sirlarini aytib beraman.
– Mayli, roziman, lekin shunda ham boshqalarni kasal qilmaslik sharti bilan, – dedi Alisher.
– Unda, eshit. Biz, asosan, havo orqali yuqamiz. Gripp bo‘lmaslik uchun quyidagi maslahatlarimga amal qil.
💊 Maktabda va avtobusda, albatta, dokali niqob taqib yur. Chunki bunday joylarda biz judayam ko‘p bo‘lamiz.
💊 Qo‘ling bilan burning va og‘zingni ko‘pam ushlayverma. Biz ko‘proq bolalarning qo‘llariga yopishib olamiz. Shu uchun ham qo‘lingni tez-tez sovunlab yuv.
💊 Kasal bo‘lib qolgan o‘rtoqlaring bilan masofa saqla. Chunki ular aksa urganda menga o‘xshagan grippchalar senga ham yopishib oladi.
💊 Xonangni tez-tez shamollatib tur. O‘shanda devor va buyumlarga joylashib olgan viruslar uzoqlarga uchib ketadi.
💊 Vaqtida ovqatlanib, vaqtida uxlashni unutma. Charchagan va qorni och bolalarni biz osongina kasal qilib qo‘yamiz.
– Agarda shu qoidalarga amal qilsang, hech qachon gripp bo‘lmaysan!
– Tushunarli. Albatta, bularga amal qilaman. Sen-chi, endi nima qilasan? – so‘radi Alisher.
– Ishdan bo‘shayman. Bolalarni kasal qilish o‘zimga ham yoqmaydi. Keyin esa sayohatga chiqaman. Kichkinaligimdan asalariga o‘xshab guldan gulga qo‘nib yurishni orzu qilardim. Sen esa, hech qachon kasal bo‘lma! Xayr, do‘stim.
Alisher bilan xayrlashgan gripp oyna orqali tashqariga chiqib, ko‘zdan g‘oyib bo‘libdi.

Qadrli onalar! Ushbu hikoyani bolalaringizga o‘qib bering! Va ularni grippdan asrang!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
👞👟Bola uchun birinchi poyabzalni qanday tanlash kerak?

Bolaning birinchi poyabzali chiroyli va ko‘rkam bo‘lishi bilan birga sifatli va qulay ham bo‘lishi kerak.

Bolaga birinchi poyabzalni qachon olish kerak?
Ba’zi mutaxassislar fikricha, bola o‘zining birinchi qadamlarini tashlamasdan turib unga oyoq kiyim kiydirishning hech qanday zarurati yo‘q. Shuning uchun bolaga birinchi oyoq kiyimni u bir-ikki qadam tashlay boshlagandan keyin sotib olishingiz mumkin.
Birinchi poyabzal qanday bo‘lishi kerak?
Oyoq kiyimning shakli qanday bo‘lishiga o‘zingiz qaror qiling. Lekin sifatiga kelganda, poyabzallarning biroz (5-15 mm) poshnasi bo‘lishi kerak. Bu poshnalar bolaning orqa tomonga yiqilish ehtimoliga yo‘l qo‘ymaslik uchun kerak. Bolalar poyabzalining tovonni mahkam ushlab turadigan va bolani tasodifiy shikastlanish xavflaridan saqlaydigan qattiq dastagi bo‘lishi kerak. Poyabzal ichida olinadigan yumshoq patak bo‘lishi kerak. Kerak bo‘lganda bu odatdagi patakni supinatorli maxsus patakka almashtirish mumkin. Tag charmi egiluvchan va juda yupqa bo‘lishi lozim. Poyabzal aniq o‘lchamda olinishi, ya’ni bolaning oyog‘i uning ichida “o‘ynab” turmasligi kerak.
Bolaga ortopedik poyabzal kerakmi?
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ortopedik poyabzal faqat kasal odamlar uchun mo‘ljallangan.
Onalarga “ortopedik poyabzal” deb sotiladigan oyoq kiyimlar ko‘pchilik hollarda hamma talablarga (tabiiy charm, tumshug‘i keng, tovoni qattiq va h.k.) javob beradigan va haqiqatan ham ichiga bolalar yassioyoqligida yordam beruvchi maxsus supinator-pataklar qo‘yilgan bo‘ladi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Chaqaloqni kechki uyquga to'g'ri kiyintirish

Chaqaloqning tinch uyqusi uning kiygan kiyimiga ham bog'liq ekan. Chaqalog'ingizni kechasiga kiyintirayotganingizda asosiy bir qoidaga rioya qilishingiz lozim: siz qanday kiyingan bo'lsangiz, chaqaloqni ham shunday kiyintirasiz va qo'shimcha bir qavat kiyim yoki yengil adyol qo'shasiz.
Bolangizning tana haroratini qo'lingiz bilan his etishga o'rganing. Qo'l va oyog'i muzdek bo'lib qolgani bola sovuqqotganidan dalolat beradi. Demak, bolani yaxshilabroq yopish kerak. Agar bola tanasi issiq bo'lib terlagan ham bo'lsa, u holda bola isib ketmoqda, uning kiyimini yengillashtirish yoki xona haroratini pasaytirish lozim.
Agar chaqalog'ingiz muddatidan oldin tug'ilgan yoki 3.5 kg dan kam tug'ilgan bo'lsa, u holda bola qo'shimcha isinishga ehtiyoji bor, uni issiqroq kiyintirish lozim.
Ko'pchilik chaqaloqlar o'ralgan holatni xush ko'radilar. Albatta qattiq o'ralgan emas, balki biroz qo'l oyoqchalari birlashgan holda, asta o'ralgan bo'lmog'i qulay. Bolaning harakatlari siqilmagan bo'lishi kerak.
Eng asosiysi, chaqaloqning kiyimi 100% paxta tolasidan tayyorlangan bo'lishi shart. Bunday matolarda havo yaxshi aylanadi va bola tanasiga nafas olishga yordam beradi.
Bolaning kiyimida har xil boylagichlar bo'lmagani qulay, bola g'imirlab iplarga bo'g'ilib qolishi oson.
Agar bola yotog'i sovuq bo'lsa, birinchi bir necha oy bolaga yengil bosh kiyim kiydirishingiz mumkin.
Agar chaqalog'ingiz kechasi yaxshi uxlamasa, ko'p yig'lasa, uning kiyimlarini bir ko'zdan kechirib chiqing. Ko'pincha bolalar tinch uxla olmasligiga isib ketishi, sovuqqotishi yoki noqulay kiyimi sabab bo'lishi mumkin.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
🤧Chaqaloqning burnini tozalash

Chaqaloqning burni bilan nafas olishda qiynalishini shamollash bilan adashtirmaslik muhim!
1. Bolangizni qorniga yotqizib, boshini asta yon tomonga qarating. Bunday holatda bola yaxshiroq nafas oladil chunki bu holat bola nafas yo'llarida yig'ilib qolgan so'lakni chiqarib tashlashga yoki tili nafas yo'llariga to'sqinlik qilishidan asraydi.
2. Bola uxlaydigan xonani iloji boricha chang va pardan xoli qiling. Xonadan chang yig'adigan narsalarni olib chiqing, ya'ni yumshoq o'yinchoqlar, parli yostiqlar. Agar bola burni yaxshi nafas olsa o'yinchoqlar qolaverishi mumkin.
3. Bolani nafas yo'liga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi hidlardan yiroqda ushlang. Sigaret tutuni, kraska hidi, mashina chiqindi gazlar hidi, atir va boshqa parfyumeriya buyumlari nafas olishga to'sqinlik ko'rsatishi mumkin. Bola bor uyda chekilmasligi lozim.
4. Bolani burni bitib qolganda, bola emishga qiynalsa sho'r suvdan (1 litr qaynatib ilitilgan suvga 2 choy qoshiq tuz) foydalanib burnini tozalang. Buning uchun bolani vertikal ushlab burniga 1-2 tomchi sho'r suvdan (Natriy Cloride) quyib yoki tuzli suvlik spreydan 1 marta sepib bolani bir daqiqaga boshini tanadan pastroq bo'lgan holatda ushlab turing. Burun ichidagi suyuqlik yumshatiladi. Agar suyuqlik o'zi chiqishi uchun juda ko'p yoki quyuq bo'lsa, u holda aspirator (suyuqlikni so'rib oluvchi vosita) dan foydalaning. Sho'r suvdan yumshagan suyuqlikni burnini boshidan ichkariga tiqmay turib aspirator bilan tortib oling.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Tish chiqishi alomatlari

Bolaning tishi chiqayotganda quyidagi alomatlar yuzaga kelishi mumkin, lekin shart emas:
1 Bolaning milki shishib qoladi;

2. Bolaning milki oqsih rangga bo'yaladi;

3. Ko'p so'lak oqadi;

4. Bola hamma narsani og'ziga olib chaynashni istaydi;

5. Tana harorati oshadi ( ko'pi bilan 37-38 gradusgacha);

6. Bola injiqroq bo'lib qoladi;

7. Bolaning uyqusi buziladi yoki uyqu rejimi o'zgaradi;

8. Bola ona ko'kragini yoki qo'lini tishlashni xohlaydi;

9. Bolaning ishtahasi yo'qoladi;

10. Bolaning najasi suyuqlashadi, ichi ketadi.
Yuqoridagi alomatlarni ayrim kasalliklar alomatlari bilan adashtirib yubormang. Masalan, bolaning tana harorati oshib, bola yo'talib, burni oqayotgan bo'lsa, u holda bola shamollagan bo'lishi mumkin. Yoki bolaning ichi ketishi kuchayib borib, unga qusish ham qo'shilib ketsa, demak bola infeksion kasallikka uchragan, uni darhol davolash lozim.

Onaning o'zi bolasi uchun birinchi shifokor. Shuning uchun yuqoridagi alomatlarni bolada kuzatsangiz va ular kasallik emasligiga shubhalanayotgan bo'lsangiz, u holda vrachga murojaat qilganingiz ma'qul. Bolada tishi chiqishi jadvali va tish chiqishi bilan bog'liq muammolar bilan ham tanishing.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bu kun ko‘pchilik onalar bola tinchligini o‘ylab pampersdan foydalanishadi…

Bolalarga uy sharoitida pampers taqishda me’yorga amal qilish shart. Ayniqsa o‘g‘il bolalarga pampersni uzoq muddat taqish kelajakda o‘z salbiy asoratlarini berishi (bepushtlikka olib kelishi) mumkin.

Bolalar qisqa muddatga, (ya’ni uni poliklinikaga olib chiqqanda yoki mehmonga borganda) ortiqcha noqulayliklarning oldini olish maqsadida pampersdan foydalanish mumkin. Ayrim onalar kun davomida bolalarni pampersda qoldirishadi, bu mutlaqo noto‘g‘ri.

Pampers tanlaganda albatta uning havo o‘tkazuvchanligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Uzoq muddat pampersda yuradigan bolalarda hojatga chiqish ko‘nikmalari shakllanmay qoladi, natijada bunday bolalar maktabgacha ta’lim muassasalariga borganda qiynalishadi.

Onalar o‘z farzandlarini uy sharoitida pamperssiz parvarish qilishlari hamda ularda zarur ko‘nikmalar shakllanishida yordam berishlari kerak.

Bolani qanday kiyintirgan ma’qul?
Yil fasllari almashadigan paytda bolalar salomatligiga alohida e’tibor talab etiladi, chunki iqlim, ob-havo salomatlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Faslga qarab ovqatlantirish kabi, faslga mos qilib kiyintirish alohida ahamiyat kasb etadi.

Bolalarga paxtali matodan tikilgan, tana uchun qulay (tor yoki juda ham keng bo‘lmagan) kiyimlar kiydirish ular organizmi uchun foydali. Kiyim bola tanasiga havo o‘tkazadigan bo‘lsa, u organizmda moddalar almashinuvi me’yorida kechishiga yordam beradi.

Bolaning boshiga oq matodan tikilgan soyabonli qalpoqcha kiydirish lozim (sababi, u quyosh nurlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri bola yuziga tushishidan saqlaydi).

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Forwarded from Bolalar uchun ehson
Assalomu aleykum. Aziz aka-ukalar va opa-singillar!

Bugun sizlarga yana iltimos bilan yuzlanmoqdaman. Qizalog'im Odinaxon Gidrosefaliya(miyada ortiqcha suv), Spina bifida va pastki paraparez(siydik, najas ushlay olmaslik tashxisi bilan tug'ilgan. Shu qizalog'im uchun yordaminglarni ayamanglar, imkoni bor saxiy insonlar iltimos!

Qizimni davolashga har oy 4 mln so'm ketadi. Bundan tashqari ichagida yarachalar paydo bo'lib issig'i tushmayapti. Alloh yo'lida yordam berishingizni so'rayman.

Manzilimiz: Andijon shahar, Navro'z Mfy, Uyg'ur ko'cha.

Uzkard
8600 1204 7316 3536.
Humo
9860 0301 6595 6217
Kartalar Ismoilova Husnigul nomida(onasi)

Bog'lanish uchun +998932560359.
Bemalol tel qilib ko'rishinglar mumkin.

https://t.me/bolalar_uchun_ehson
​​Qadrli onalar,

kun tartibiga ancha ko'nikib qolgan bolajonlarga 4 mahal yegulik berish zarurligini bilib oldingiz. Lekin, qanday ovqat qilsam ekan, deb o'ylanishingiz tabiiy hol.
Chunki 1 haftada 7 kun xilma-xil ovqat turini topish kerak bo'ladi. Siz qancha berish kerakligini bilib olingda, pazandalik san'atingizni ishga solavering.
Ishoning, sizning bu mehnatlaringiz evaziga, albatta, polvon bolalar onasiga aylanasiz.)

1-3 yoshli bolalar uchun taomnoma
Nonushta: sutli kasha - 200 gr;
Sutli kofe -100 gr;
Sariyog' surtilgan non - 65gr;

Tushlik: Sho'rva - 150 gr;
Grechka shovla - 100 gr;
Salat- 80 gr;
Non - 30gr va kompot - 100 gr;

Tolmachoy (yengil tamaddi): qatiq - 200 gr va bulochka - 60 gr.

Kechki ovqat: kartoshkali kotlet va tomatli sous - 200 gr va non - 35gr, kompot -100gr.

Shu shaklda ovqatlarni kunma kun qilib boring, mevalarni esa, yuvib kuniga 3 mahal berishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Chaqaloqning burnini tozalash

Chaqaloqning burni bilan nafas olishda qiynalishini shamollash bilan adashtirmaslik muhim!

📌Bolangizni qorniga yotqizib, boshini asta yon tomonga qarating. Bunday holatda bola yaxshiroq nafas oladil chunki bu holat bola nafas yo'llarida yig'ilib qolgan so'lakni chiqarib tashlashga yoki tili nafas yo'llariga to'sqinlik qilishidan asraydi.

📌Bola uxlaydigan xonani iloji boricha chang va pardan xoli qiling. Xonadan chang yig'adigan narsalarni olib chiqing, ya'ni yumshoq o'yinchoqlar, parli yostiqlar. Agar bola burni yaxshi nafas olsa o'yinchoqlar qolaverishi mumkin.

📌Bolani nafas yo'liga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi hidlardan yiroqda ushlang. Sigaret tutuni, kraska hidi, mashina chiqindi gazlar hidi, atir va boshqa parfyumeriya buyumlari nafas olishga to'sqinlik ko'rsatishi mumkin. Bola bor uyda chekilmasligi lozim.

📌Bolani burni bitib qolganda, bola emishga qiynalsa sho'r suvdan (1 litr qaynatib ilitilgan suvga 2 choy qoshiq tuz) foydalanib burnini tozalang. Buning uchun bolani vertikal ushlab burniga 1-2 tomchi sho'r suvdan (Natriy Clorid) quyib yoki tuzli suvlik spreydan 1 marta sepib bolani bir daqiqaga boshini tanadan pastroq bo'lgan holatda ushlab turing. Burun ichidagi suyuqlik yumshatiladi. Agar suyuqlik o'zi chiqishi uchun juda ko'p yoki quyuq bo'lsa, u holda aspirator (suyuqlikni so'rib oluvchi vosita) dan foydalaning. Sho'r suvdan yumshagan suyuqlikni burnini boshidan ichkariga tiqmay turib aspirator bilan tortib oling.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Emizikli farzandi bor onalar uchun muhim tavsiyalar

🍀 Bolani har gal karavotdan yoki beshikdan olayotganingizda uni qoʻltigʻi ostidan koʻtarib turing. Bu bolaga qorinda yigʻilgan damlardan xalos boʻlishiga yordam beradi. 

🍀 Agar bola kechasi choʻchib uygʻonayotgan boʻlsa, uni uxlatishdan oldin yoʻrgaklab yotqizgan maʼqul. 

🍀 Yigʻlayotgan bolani ovqatlantirib boʻlmaydi. Avval uni tinchlantirish lozim.

🍀 Agar uxlayotgan bola ogʻzini ochishini istasangiz, barmogʻingizni uning yuqori labiga tekkizishingizning oʻzi kifoya. 

🍀 Yigʻlayotgan bolani tinchlantirishning eng oson yoʻllaridan yana biri – uni koʻtarib, bagʻringizga bosishingizdir.

🍀 Bolaning boshini yuvayotganingizda oldindan orqaga qaratib yuving. Shunda uning yuzi va koʻziga sovun tegmaydi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
👶Chaqaloq parvarishida nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Kindik tushishi

Kindik qoldig‘i odatda tug‘ruqdan so‘ng 4-5 kun ichida tushib, ba’zi vaqtlarda 8-10 kunlarga ham cho‘zilishi mumkin. Agar kindik sohasida namlik bo‘lsa, 70 foizli spirt eritmasi tomizilib, sterillangan bint yordamida artiladi. Ayrim vaqtlarda chaqaloqning muntazam bezovta bo‘lib, yig‘lashi sababli ham kindikda shish kuzatiladi. Bordiyu chaqaloqning kindigi qoldig‘i 15 kun ichida ham ko‘chib tushmasa yoki soha atrofida qizarish, yallig‘lanishga o‘xshash belgilar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat eting.

Liqildoq

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning bosh aylanasi me’yorda 34-36 santimetrni tashkil etib, hayotining ikkinchi oyida 36-37 santimetratrofida bo‘ladi. Bir yoshga qadar esa bu ko‘rsatkich 46 santimetrga yetadi. Liqildoq chaqaloq boshining tepa qismidagi qotmagan soha, miya ustidagi qalin himoya qavati bo‘lib, me’yoriy holatda chillali chaqaloqlar uchun 26-28 mm, ikkinchi oydan boshlab 22-25 mmatrofida bo‘lib, bir yoshgacha 8-10 mm.gacha kichrayib boradi. Bola boshidagi liqildoq taranglashib, shishgan bo‘lsa va u bezovtalansa, bosh miya bosimining oshgani taxmin qilinadi. Bu holatda albatta shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Tana vaznining o‘zgarishi

Yangi tug‘ilgan chaqaloq hayotining birinchi 4 kuni davomida 10% (200-300 gr atrofida) vazn yo‘qotishi normal holat hisoblanib, organizmning moslashuv jarayoni hisobiga amalga oshadi. Bola hayotining 6-8-kunlariga kelib, tana vaznini asta-sekin tiklab boradi.

Emizish vaqti

Shifokorlar bolani har 1-1,5 soat oralig‘ida emizishni tavsiya etishadi. Bu vaqt oralig‘ining ona suti sifatiga ham ta’siri bo‘lib, bola uchun kerakli ozuqa to‘planadi. Emizishdan avval ko‘krak so‘rg‘ichlarini tozalab, so‘ngra bola og‘zig‘a tutqazish kerak. Agar emizgandan keyin go‘dak ko‘krakni qo‘yib yuborishni xohlamasa, tortib olmang. Burnini biroz qissangiz, og‘zini ochadi. Ona suti sifatli bo‘lishi uchun ayol taomnomasida foydali vitaminlarga boy mahsulotlar bo‘lishi kerak.

Qachon cho‘miltiriladi?

Chaqaloq kindigi hali tushmagan bo‘lsa, cho‘miltirishni biroz keyinga qoldirish darkor. Bu holatda chaqaloqning badanini iliq suvga shimdirilgan nam paxta bilan tozalash kifoya. Kindigi to‘liq tushgach esa 37-37,5 darajali iliq suvda cho‘miltirish mumkin. Bola terisida turli toshmalar toshishining oldini olish uchun suvga moychechak damlamasidan ozroq qo‘shish tavsiya etiladi. Sovuq kunlarda chaqaloqni 2-3 kunda bir marta 8-10 daqiqa davomida cho‘miltiriladi. Suvli muolajalardan so‘ng terisiga turli yog‘lar surtmang. Chunki tayyor yog‘lar teriga turlicha ta’sir etishi mumkin.

Uyqu vaqti

Chillali chaqaloq bir kunda 4-5 martagacha uxlashi mumkin. Bu uyqu vaqtlari avvaliga uzoqroq davom etib, so‘ng asta-sekin kamayib boradi. Bolaning tungi uyqusi osuda o‘tishi uchun uni kechga yaqin cho‘miltirish tavsiya etiladi. Bordiyu go‘dak uyqusida tartibsizlik yuzaga kelsa, kun boshidan emizish va uxlatish tartibini nazorat qiling.

Qayt qilishi nimadan?

Bola emib bo‘lgach, uni chayqatish, qorni bilan yotqizish mumkin emas. Tik ko‘targan holda biroz ushlab turing. Agar emizishdan so‘ng ozroq qayt qilsa, bu xavfli emas. Bola oshqozoniga ortiqcha bo‘lganini shu tariqa chiqarib tashlaydi. Chaqaloqlarda hazm qilish faoliyati hali yaxshi rivojlanmagani bois emib bo‘lgach, qayt qilishi mumkin. Biroq tez-tez va emizish vaqtidan tashqari ham qayt qilsa, shifokorga ko‘rsating.

Nega tez-tez aksiradi?

Chaqaloqlar kuniga 3-4 martagacha aksirishi mumkin. Bu jarayon bola organizmi uchun normal holat bo‘lib, ortiqcha tashvishga asos emas. Ammo aksirish burundan shilimshiq suyuqlik kelishi bilan bo‘lsa, shamollash taxmin qilinib, bolalar shifokoriga ko‘rsatish lozim.

Yo‘rgaklash mumkinmi?

Shifokorlari chaqaloqni oyoq-qo‘llarini qattiq bog‘lab yo‘rgaklashni tavsiya etishmaydi. uyquga yotqizishda zichlab yo‘rgaklangan bolada qon aylanishi buzilishi mumkin. oyoqlarini zichlab yo‘rgaklash tos-son suyaklari rivojiga ta’sir etadi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
❗️BOLALAR UCHUN GADJETLARDAN FOYDALANISH MEʼYORI

🕘 Bir yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar kompyuter bilan shug’ullanishlari umuman tavsiya etilmaydi.

🕘 5 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar kompyuter va planshet bilan 10 minut, maksimum 20 minut (24 soat ichida) shug’ullanishlari tavsiya etiladi.

🕘 1-sinfdan 5- sinfgacha bo’lgan bolalar kun davomida 10 − 15 minut foydalanishi tavsiya etiladi. 10 yoshdan boshlab bir kunda 3 mahal 20 minutdan shug’ullanishi mumkin.

🕘 Uyqudan 30 minut oldin televizor ko’rmaslik, gadjetlardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.

Yaqinlaringizga ulashing!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
​​Qadrli onalar,

kun tartibiga ancha ko'nikib qolgan bolajonlarga 4 mahal yegulik berish zarurligini bilib oldingiz. Lekin, qanday ovqat qilsam ekan, deb o'ylanishingiz tabiiy hol.
Chunki 1 haftada 7 kun xilma-xil ovqat turini topish kerak bo'ladi. Siz qancha berish kerakligini bilib olingda, pazandalik san'atingizni ishga solavering.
Ishoning, sizning bu mehnatlaringiz evaziga, albatta, polvon bolalar onasiga aylanasiz.)

1-3 yoshli bolalar uchun taomnoma
Nonushta: sutli kasha - 200 gr;
Sutli kofe -100 gr;
Sariyog' surtilgan non - 65gr;

Tushlik: Sho'rva - 150 gr;
Grechka shovla - 100 gr;
Salat- 80 gr;
Non - 30gr va kompot - 100 gr;

Tolmachoy (yengil tamaddi): qatiq - 200 gr va bulochka - 60 gr.

Kechki ovqat: kartoshkali kotlet va tomatli sous - 200 gr va non - 35gr, kompot -100gr.

Shu shaklda ovqatlarni kunma kun qilib boring, mevalarni esa, yuvib kuniga 3 mahal berishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi