Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati | Rasmiy kanal
6.53K subscribers
47.7K photos
5.47K videos
30 files
8.64K links
Bog'ot tumani hokimligining rasmiy Telegram kanali
Download Telegram
ALISHER NAVOIY - SHE’RIYAT MULKINING SULTONI

Bugun Bog‘ot tumanidagi 4-son Musiqa va san’at maktabida tuman hokimligi, tuman Axborot-kutubxona markazi hamda tuman Ma’naviyat bo‘limi hamkorligida buyuk bobomiz, she’riyat mulkining sultoni, o‘zbek tilining asoschisi Alisher Navoiyning 583 yilligiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda uchinchi Renessans poydevori qo‘yilayotgan hozirgi davrda Navoiy asarlari milliy g‘oya atrofida jipslashishga, yurtimizda kechayotgan yangilanish jarayonlariga daxldorlik hissi bilan yashashga undayapti. Umuman, mutafakkir bobomiz ko‘plab asarlarida har bir insonni bilimli, hunarli bo‘lishga undab, olimlikning foydalarini hayotiy misollar asosida ko‘rsatib bergan.

Davlatimiz rahbari raisligida 5 fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokama qilinar ekan, yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi masalasiga ham urg‘u berilgani xalqimizni juda xursand qildi. Axir besh asr muqaddam Alisher Navoiy bobomiz ham o‘z asarlarida ayni shu masalani badiiy talqin qilgan, ertangi kunimiz egalari baxtu saodati uchun kuyungan. Buyuk alloma orzularining bugungi ro‘yobi har birimizni masrur qiladi.

Tarixda buyuk insonlar ko‘p o‘tgan.  Ammo  Alisher Navoiydek o‘zining butun hayotini insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligi va farovonligini ta’minlashga, obodonchilik ishlariga, adabiyotga bag‘ishlaganlari kam.
Hayotda ko‘rib turibmizki, kimdir qisqa umrini mazmunli o‘tkazib, elga nafi tegadi. Kimdir esa mazmunsiz umr kechiradi. Alisher Navoiy ta’kidicha, har bir inson umrining bahori — yigitligini ilm-hunar egallashga safarbar etmog‘i lozim.

Bugun tadbirda Bog‘otlik yoshlar Alisher Navoiy asarlarini tarannum etish bilan birga, she’riyat mulkining sultoni kitoblaridagi ta’lim-tarbiya, xalqparvarlik, mardlik, hamjihatlik, mehnatsevarlik g‘oyalari haqida yanada ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

BOGʻOT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва расмий ташриф билан мамлакатимизда бўлиб турган Беларусь Республикаси Президенти Александр Лукашенко “Амирсой” тоғ дам олиш масканига ташриф буюрдилар.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Беларусь Александр Лукашенко, пребывающий в нашей стране с официальным визитом, посетили горный курорт «Амирсой».

#Mirziyoyev #tashrif #Belarus #turizm

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президентлар Шавкат Мирзиёев ва Александр Лукашенко биргаликда чанғи учдилар

Президенты Шавкат Мирзиёев и Александр Лукашенко вместе покатались на лыжах

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#OB_HAVO_AXBOROTI

Assalomu alaykum aziz Bog‘otliklar!
Bugun, 10 fevral
☁️ +17°...+9°, Bulutli

Hozir: ☀️ +10°, ⬆️ 4.1 m/s

Tong: ☁️ +11°
Kun: ☁️ +17°
Oqshom: ☁️ +14°
Namlik: 30%
Shamol: G'arbiy-janubi-g'arbiy, 8.3 m/s
Bosim: 761 mm sim. ust.

Oy: Yangi oy
Quyosh chiqishi: 08:00
Quyosh botishi: 18:23

@bogottumanihokimligikanali
“Фармацевтика маҳсулотлари хавфсизлиги маркази” давлат муассасасининг айрим дорихоналарда қалбаки дориларнинг сотилаётгани билан боғлиқ ҳолат юзасидан мурожаати:

Хабарингиз бор, Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ўтказилган тезкор тадбирда Чортоқ туман тез ёрдам бўлими фельдшери томонидан яширин цех шароитида тайёрланган «Зодак», «Анаферон», “Хилак Форте” ва “Витамин B6” номли қалбаки дори воситалари Андижон, Фарғона ва Тошкент шаҳарларидаги дорихоналарда сотувга чиқарилганлиги аниқланди.

Ушбу хабар юзасидан, Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳузуридаги Фармацевтика маҳсулотлари хавфсизлиги маркази Ўзбекистон Республикаси ҳудудида дори воситалари ва тиббиёт буюмларнинг чакана савдоси билан шуғулланувчи (идоравий мансублиги, мулкчилик ва хўжалик юритиш шаклларидан қатъий назар) барча ташкилотларни огоҳликка чақириб, қуйидагиларни маълум қилади.

Дори воситалари ва фармацевтика фаолияти тўғрисидаги қонун ва қонуности ҳужжатларига, шунингдек дори воситалари ва тиббий буюмлар муомаласини техник жиҳатдан тартибга солиш соҳасидаги норматив ҳужжатлар талабларига мажбурий риоя этиш фармацевтика соҳасида лицензия талаблари ва шартлари этиб белгиланган.

“Дори воситалари ва фармацевтика фаолияти” тўғрисидаги қонуннинг 20-моддасига мувофиқ, сифатсиз, қалбакилаштирилган, Ўзбекистон Республикасида рўйхатдан ўтказилмаган дори воситаларини ва тиббий буюмларни, шунингдек Ўзбекистон Республикасида рўйхатдан ўтказилган дори воситаларининг ғайриқонуний нусхаларини харид қилиш, чакана реализация қилиш ҳамда улардан фойдаланиш тақиқланади.

Шу ўринда, Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 21 февралдаги 80-сон қарори билан тасдиқланган “Махсус электрон тизим орқали айрим фаолият турларини лицензиялаш тартиби тўғрисида ягона низом”га мувофиқ, Ўзбекистон Республикасида рўйхатдан ўтказилмаган, сифатсиз, қалбакилаштирилган дори воситаларини ва тиббий буюмларни, шунингдек Ўзбекистон Республикасида рўйхатдан ўтказилган дори воситаларининг ғайриқонуний нусхаларини сақлаш ва (ёки) реализация қилиш лицензия талаблари ва шартларини қўпол равишда бузилиши ҳисобланиб, лицензиянинг амал қилишини белгиланган тартибда тўхтатилишига олиб келишини эслатиб ўтамиз.

Юқоридагиларга асосан, мазкур лицензия талаблари ва шартларини бузган дори воситалари ва тиббий буюмларнинг улгуржи ва чакана савдоси билан шуғулланувчи (идоравий мансублиги, мулкчилик ва хўжалик юритиш шаклларидан қатъий назар) барча ташкилотларни фаолият учун берилган лицензияси бекор қилиниб, қатъий чоралар кўрилиши тўғрисида огоҳлантирамиз!

https://t.me/hudud_inform
❗️Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining biron-bir talabasi ko‘chada qolmaydi — vazirlik

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun 6 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotining tegishli litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudga da’vo arizalari kiritilgan.

Shundan 5 tasining tegishli litsenziyasi sud qaroriga ko‘ra bekor qilingan, 1 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

Bugungi kunga qadar sud jarayonlari to‘liq yakunlangan va litsenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlari – “Valley Innovative University”, Urganch shahridagi Binari universitetining barcha talabalari tegishli tartibda oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirildi.

Hozirda litsenziyasi bekor qilingan boshqa oliy ta’lim tashkilotlarining talabalarining o‘qishini ko‘chirish ishlari tashkil etilmoqda.@xushnudbek
#MUROJAAT_VA_YECHIM
#HOKIM_VA_YOSHLAR_UCHRASHUVI

Bog‘ot tumanida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, muammolarini joyida tezkor hal etish maqsadida tuman hokimi Jahongir Nazarov 1- sektor hududida joylashgan Paxtaobod mahallasi yoshlari bilan uchrashdi.

Tuman rahbari har bir murojaat qilgan yoshning taklif va muammolarini batafsil tingladi.

O‘tgan muloqot davomida tuman hokimi tomonidan ularning o‘qish va mehnat faoliyatlarini davom ettirishlari, ishga joylashishlariga yordam berish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi,  ayrim muammolarga joyida amaliy yordamlar berildi. Qabul davomida tadbirkorlikni boshlayotgan yoshlar murojaatlarining yechimi bo‘yicha tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi. Bu borada ishlar tizimli davom etmoqda.

Uchrashuvdan keyin tuman rahbari tomonidan subsidiya asosida 4 nafar «Yoshlar daftari”da turgan yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida mehnat qurollari va asbob-uskunalar berildi.
@bogottumanihokimligikanali