Bog‘ot tumani hokimligi
6.68K subscribers
48.2K photos
5.51K videos
30 files
8.73K links
Bog'ot tumani hokimligining rasmiy Telegram kanali
Veb-sayt: bagathokimiyat.uz
Yagona ishonch raqami: (62) 315-28-07
Elektron pochta: info@bogothokimiyat.uz
Download Telegram
9-fevral — Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi. Ulugʻ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, millionlab kitobxonlar qalbidan munosib oʻrin egallagan.

Alisher Navoiy qalamiga mansub boy maʼnaviy meros asrlar osha insonlar qalbiga ezgulik ziyosini taratib kelmoqda.

〰️〰️〰️

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev:

“Insonparvarlik ruhi bilan yoʻgʻrilgan islohotlarimiz buyuk Alisher Navoiy bobomizning bitta koʻngli oʻksik odamni xursand qilish — Kaʼbani obod etish bilan barobar, degan teran maʼnoli soʻzlariga har tomonlama uygʻun va hamohangdir”.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
@bogottumanihokimligikanali
#Ob_havo_axboroti

Assalomu alaykum aziz Bog‘otliklar!
Bugun, 8 fevral
☁️ +15°...+4°, Bulutli
Hozir: ☀️ +4°, ⬆️ 3.1 m/s
Tong: ☁️ +7°
Kun: ☁️ +14°
Oqshom: ☁️ +13°
Namlik: 42%
Shamol: Janubiy, 5.8 m/s
Bosim: 763 mm sim. ust.

Oy: Eski oy
Quyosh chiqishi: 08:02
Quyosh botishi: 18:20

@bogottumanihokimligikanali
Forwarded from "YUKSALISH" HARAKATI
So‘nggi uch yilda O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi 10 barobarga ko‘paygan. 2023-yilning o'zida olib kirilgan avtomobillarning 35 %i elektromobil va gibridlardir.

Mamlakatimizda o'tgan yilning boshida elektromobillar soni 6 414 ta, ularni quvvatlash stansiyalari soni esa 79 ta bo'lgan bo'lsa, hozirga kelib elektromobillar 4,5 barobarga, quvvatlash stansiyalari esa 5 barobarga ortgan.

Ayni paytda bu boradagi zarur infratuzilma holati qanday?

Maxsus ilovalar va xaritalar ma'lumotlariga tayanilsa, respublika bo‘ylab avtoturargohlar, savdo majmualari, mehmonxonalar hamda ishlab chiqarish korxonalari hududlarida 377 ta elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari o‘rnatilgan (7-fevral holatiga).

YUKSALISH HARAKATI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🎬🎬🎬🎬

OGOH BO’LING!
Har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham kuchli
‼️

😄Davlatimiz Rahbari raisligida 2023-yil 27-oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda respublikada 2 million 400 mingdan ortiq xonadonning egalik hujjati yo‘qligi, ularning kadastr hujjati qilinsa, odamlarga huquqiy, iqtisodiy zamin bo‘lishi ta’kidlanib, hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish bo‘yicha qonun loyihasini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

❗️Ammo hali qonun qabul qilinmagan bo‘lsada, hujjat qilib olish umidida ayrim fuqarolar tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish qilish holatlari kuzatilmoqda.

Batafsil video lavhada.

#kadastr #ijtimoiy_rolik #yer_nazorati

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Камдан-кам учраб турадиган ҳодиса - икки мамлакат етакчиси биргаликда учинчи мамлакат раҳбарига телефон қилмоқда. Президентлар Шавкат Мирзиёев ва Александр Лукашенко озарбайжонлик ҳамкасби Илҳом Алиевни Президентлик сайлови муваффақиятли ўтказилгани билан табрикладилар.

Редкий момент, когда главы двух государств вместе звонят лидеру другой страны. Президенты Шавкат Мирзиёев и Александр Лукашенко поздравили азербайджанского коллегу Ильхама Алиева с успешным проведением президентских выборов.

Facebook|Instagram|X
Bog‘ot tumanining qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish ko‘rsatkichlari

📊  2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Bog‘ot tumanida yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi 2 403,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 4,0 %ga o‘sgan.
Viloyat umumiy hajmida tumanning ulushi 9,2 %ni tashkil qilgan.
Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 50,3 %i dehqonchilik, 49,7 %i chorvachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Batafsil
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
@bogottumanihokimligikanali
Президентлар Шавкат Мирзиёев ва Александр Лукашенко тор доирада учрашув ўтказдилар
#BUGUN
“Payshanba - huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" munosabati bilan Bog‘ot tumani IIB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori tomonidan 18-son umumta’lim maktabi o‘qituvchi-pedagoglar jamoasi bilan "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari" mavzusida huquqiy-targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
———-
#БУГУН

“Пайшанба - ҳуқуқбузарликлар профилактикаси куни” муносабати билан Боғот тумани ИИБ Хотин-қизлар масалалари бўйича катта инспектори томонидан 18-сон умумтаълим мактаби ўқитувчи-педагоглар жамоаси билан "Хотин-қизларни тазйиқ ва зўравонликдан ҳимоя қилишнинг ҳуқуқий асослари" мавзусида ҳуқуқий-тарғибот учрашуви ўтказилди.
@bogottumanihokimligikanali
Forwarded from "YUKSALISH" HARAKATI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Davlatimiz tomonidan rasmiy migratsiya, ya’ni fuqarolarimizni hujjatlar asosida xavfsiz, tartibli tarzda xorijda ishlashiga ko‘maklashish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Mehnat migratsiyasi geografiyasi ham kengaytirilmoqda.

Biroq xorijga ishlashga ketgan migrantlarimizning huquqlari buzilayotgan, kamsitishlarga uchrayotgan holatlar ham yo‘q emas. Bu kabi muammolarga duch kelmaslik uchun fuqarolarimiz nimalarni bilishi kerak?

Bugungi 👉 videomizda zarur tavsiyalar bilan bo‘lishamiz.

YUKSALISH HARAKATI
Xorazm viloyatida aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot qanchani tashkil etdi?

📊 2023- yil yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 18 674,9 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 2,5 % ga o‘sdi.
Batafsil
NAVOIY BOBOMIZGA EHTIROM

Ertaga buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yillik qutlug‘ sanani nishonlaymiz.

Ayni kunlarda Navoiyga ehtirom ko‘rsatish tadbirlari Bog‘ot tumani bo‘ylab o‘tkazilmoqda.

Davlatimiz rahbari buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy- ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy- estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutishini ta’kidlab aytadilar.

Darhaqiqat, ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o‘rin egallagan.

Alisher Navoiy she’riyat mulkining sultoni, tarjimon, tilshunos olim hamda davlat arbobi sifatida millatimiz tarixida munosib iz qoldirgan.

Navoiy ilmiy va adabiy merosidan o‘rin olgan ruboiylar, qit’alar, tuyuqlar, g‘azallar hamda dostonlari insonlarni baxtu-saodatga erishishi, hayotining farovonligi, ahloqining go‘zal bo‘lishiga qaratilgan.

Alisher Navoiyning teran nigohi oila, farzandlik burchi, sadoqat va vafo, sabru toqat, shukronalik singari tuyg‘ularni qalam orqali badiiy ifoda qilgan.

Alisher Navoiy ijodi o‘ziga xos hikmatlar gulshanidir. Bu gulshanga oshno bo‘lgan har bir go‘zallik va ilmu adab shaydosi o‘z ruhiyatiga mos hikmatni topa oladi.

Hayot yo‘lida bu hikmatga tayanib kam bo‘lmaydi. Mutafakkir olam va odam bilan bog‘lik barcha voqea- tushunchalarni tafakkur tarozisiga tortib, dil dardini qo‘shib daftarga tushgan.

So‘zdan bunyod bo‘lgan duru javohirlar asrlar silsilasi osha o‘zining mahobati-yu, ahamiyatini, qadr-qimmatini yanada oshirgan.

Alisher Navoiy o‘zining badiiy hamda ta’limiy-axloqiy asarlarida komil insonga xos axloqiy fazilatlar deb saxovat, adab, qanoat, adolatlilik, insonparvarlik, muruvvat, vafo, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik singari xislatlarni tushungan, shu singari go‘zal axloq egalari bo‘lgan insonlarda yomonlik, razillik, hasadgo‘ylik, jabr-sitam ko‘rsatish kabi holatlar kuzatilmasligi, insonlarning tinch va farovon hayoti evaziga bunyod bo‘lgan jamiyat ham ravnaq topajagi haqida qayg‘urgan.

Alisher Navoiyning o‘zbek tilida yaratilgan she’riy merosi asosan «Xazoyin ul-maoniy» devonida mujassam. Asar to‘rt qismdan iborat bo‘lib, mutafakkir devonning birinchi qismini «Gʻaroyib us-sig‘ar» («Bolalik g‘aroyibotlari»), ikkinchi qismini «Navodir ush-shabob» («Yigitlik nodirotlari»), uchinchi qismini «Badoye’ ul-vasat» («O‘rta yosh badialari») va nihoyat, to‘rtinchi qismiga «Favoyid ul-kibar» («Keksalik foydalari») deya nomlaydi. Ushbu nodir asarlarda buyuk daho Navoiy so‘z va uning imkoniyatlari, til orqali keladigan ranju ofatlar haqida muayyan qarashlarini keltirib o‘tadi.

Alisher Navoiy insonlarga xos bo‘lgan kibru havoga berilish, g‘arazgo‘ylik, noshukrlik, ne’matlarning qadriga yetmaslik singari illatlarni tanqid qilib, gapiruvchining kiyimi-yu, tashqi ko‘rinishiga e’tibor bermasdan, u aytmoqchi bo‘layotgan so‘zning ma’nisini anglashga undaydi.

Bobokalonimiz Alisher Navoiy insonning bu yorug‘ dunyo yuzini ko‘rishligi, jismonan sog‘lom, aqlan yetuk farzand sifatida kamol topishi, ota-ona oldidagi burch va mas’uliyat, farzandlar bu ikki siymo oldida qarzdor ekanligini va toabad xizmatlarida bo‘lmoq va hurmat bajo keltirmoqliklari lozimligini “Hayrat ul-abror”dostonida quyidagi satrlar orqali ifoda etadi:

Boshni fido ayla ato qoshig‘a,
Jismni qil sadqa ano boshig‘a.
Tun-kununga aylagali nur fosh,
Birisin oy angla, birisin quyosh.

Bog‘ot tumani hokimining matbuot kotibi M.Abdullayeva
@bogottumanihokimligikanali
#Hokim_qabuli

SAYYOR QABULLAR - MUROJAATLARGA ENG MAQBUL YECHIM

Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov “Uzumzor” shaharchasida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda  hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar mas’ullari hamda ushbu hududdan saylangan deputat U.Ibrohimovlar ishtirok etishdi.

Qabulda fuqarolar tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish uchun amaliy yordam, ishga joylashish, tibbiy xizmat, moddiy yordam, ichki yo‘llarga asfalt qoplamalari yotqizish, farzandini kontrak pulini to‘lashda amaliy yordam, uy-joyini ta’mirlashga yordam kabi 35 ga yaqin turli soha va yo‘nalishdagi muammolar tuman rahbari tomonidan qabul qilindi.

Sayyor qabul jrayonida bir qancha murojaatlar joyida o‘z еchimini topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olindi.

Bog‘ot tumani hokimligi  axborot xizmati
@bogottumanihokimligikanali