Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati | Rasmiy kanal
6.57K subscribers
48K photos
5.49K videos
30 files
8.69K links
Bog'ot tumani hokimligining rasmiy Telegram kanali
Download Telegram
#JARAYON
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi “Xorazm viloyatida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, ayni kunlarda Bog‘ot tumanidagi 531 ta uy-joylarning tom qismini yopish, yangidan qurish, ta’mirlash jarayonlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati

@bogottumanihokimligikanali
#DIQQAT
#OGOHLANTIISH

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

О‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan Bog‘ot tumanining Nurli maskan, Gulshan, Obod mahallallarida, Oltinqum shaharchasida joriy yil 14 iyun kuni soat 10.00dan 18.00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bо‘lishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr sо‘raymiz. Ma’lumot “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filialidan olindi.

BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
@bogottumanihokimligikanali
Bog‘ot tumanida transport xizmatlari eng yuqori ulushga ega bo‘lgan

📊 Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yil yanvar-may oylarida Bog‘ot tumanida 61,7 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan.


Batafsil ...

Rasmiy sahifalar

Facebook | Telegram
14 июнь — Халқаро блогерлар куни

Ҳар йили 14 июнь куни бутун жаҳон бўйлаб Халқаро блогерлар куни нишонланади.
Бу кунни байрам қилиш ғояси илк бор 2004 йилда туғилган эди. Бир куннинг ўзида 40 мамлакатда фаолият олиб борувчи 500 блогер ўз байрамларини, ўз кунларини нишонлашга қарор қилишган ва айнан шу кунни блогерлар куни, дея эълон қилинган.

Бу кун турли тилларда блог юритувчи кишиларни ўзаро бирлаштиради, улар ўртасида дўстона муносабат шакллантиради, бутун Интернет фойдаланувчилари билан алоқаларини мустаҳкамлайди.

Барча блогерларимизни фаолиятига омад ва зафарлар тилаймиз.

Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 29- моддасига асосан, «Ҳар ким фикрлаш, сўз ва эътиқод эркинлигига эга.Ҳар ким ўзи истаган ахборотни излаш, олиш ва уни тарқатиш ҳуқуқига эга», зотан ушбу маълумотлар тўғри, холис ва барқарор бўлса, албатта!

Сизларни «Блогерлар куни» билан қутлар эканмиз, халқ фаровонлиги, эл тинчлиги йўлидаги ишларингизга омадлар тилаймиз.

Боғот тумани ҳокимлиги ахборот хизмати
#ИИБ_ХАБАРЛАРИ
#ФОТОРЕПОРТАЖ
#РЕЙДЛАР_ДАВОМ_ЭТМОҚДА

Ҳурматли Боғотликлар!

Боғот тумани Ички ишлар бўлими ходимлари томонидан туманимиз бўйлаб жиноятчиликни ва ҳуқуқбузарликларни олдини олиш мақсадида рейд тадбирлари ўтказилмоқда.
@bogottumanihokimligikanali
#Kun_xabari
#Jarayon

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT BILAN KURASHAYLIK!

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasining Xorazm viloyati Bog‘ot tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi Jahongir Matchanov hamda tuman targ‘ibot guruhi bilan hamkorlikda “Jaholatga qarish ma’rifat” shiori ostida “Ogohlik davr talabi” mavzusi Abu Rayhon Beruniy mahallasida joylashgan Madaniyat uyi binosida mahalla faollari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlari, IIB xodimlari ishtirokida umumprofilaktik tadbir tashkil qilindi.

Davra suhbatida diniy ekstremizm, diniy mutaasiblik, aqidaparastlik, aholini o‘rtasida, ayniqsa yoshlarni internetdagi tahdidlardan himoya qilish, yurish turish, kiyinish, muomala madaniyati, odob-axloq qoidalariga rioya etishlari, uyali telefondan unumli foydalanishlari to‘g‘risida gapirib o‘tishdi.Tadbirda “Soxta davolar”nomli videorolik qo‘yib berildi.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati

@bogottumanihokimlihikanali