Engineering Notes
2.46K subscribers
137 photos
5 files
208 links
Kanalda asosan backend engineeringga oid postlar yozib boriladi.

Ba'zi postlarda xatoliklar bor.
Postlar foydali bo’lgan bo’lsa adminni duo qilib qo’ying. Rahmat.

Contact: @Bobosher_Musurmonov
LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/bobosher-musurmonov
Download Telegram
Matematika, fizika, va umuman, scienceda siz eng yaxshi ko'radigan formula/teorema qaysiz?
O'zimnikini kechroq yozaman ))
Engineering Notes
Matematika, fizika, va umuman, scienceda siz eng yaxshi ko'radigan formula/teorema qaysiz? O'zimnikini kechroq yozaman ))
Menga eng yoqadigan teorema(lar) bu Gödelning to'liqsizlik teoremalari. Bu 2 ta teorema o'ta sodda va qo'pol qilib aytganda, sistemaning ichida turib shu sistemaning ishlashini to'liq isbotlab bo'lmasligining "ilmiy isboti". Tepadagi gapni yana bir marta o'qib ko'rishni tavsiya qilaman. Tasavvur qilyapsizmi, matematika bilan hamma narsani isbotlab bo'lmasligining matematik isboti bor (albatta, ozgina "ko'pirtirib" aytganda).

Teoremaga qiziqib qolgan bo'lsangiz uning tarixiga ham qiziqib ko'rishni tavsiya qilaman. Teoremaning asosiy tushunchalarini wikipediadan, original ilmiy ishning inglizchaga tarjimasini mana bu yerdan topishingiz mumkin. Tushuna olmasangiz havotir olmang, siz yolg'iz emassiz ))
Birinchi teoremaning original isboti anchagina murakkab, lekin boshlang'ich to'plamlar nazariyasi va matematik mantiqqa asoslangan qisman alternativ isboti ham bor ekan.
🤯13👍6👎1
Engineering Notes
Menga eng yoqadigan teorema(lar) bu Gödelning to'liqsizlik teoremalari. Bu 2 ta teorema o'ta sodda va qo'pol qilib aytganda, sistemaning ichida turib shu sistemaning ishlashini to'liq isbotlab bo'lmasligining "ilmiy isboti". Tepadagi gapni yana bir marta o'qib…
Noto'g'ri ma'lumot berib qo'ymaslik uchun yana aytaman. Tepadagi tushuntirish O'TA SODDALASHTIRILGAN. Bizning olam to'liqsizlik teoremalarida aytilgan formal sistemaga qo'yiladigan shartlarni qanoatlantirmaydi. Hammasi bunchalik oson emas ))

P.S. Lekin yaxshi "hint" menimcha.
🤯7👍1
Forwarded from Shohruh 🫥
2x2=5
Engineering Notes
2x2=5
Oramizda JSchilar ham bor ekan ))
😁14🍾10
Forwarded from Yumor AI 81±
Natsist benzin

@Intellektual_yumor 👈
😁10👍1
Har yili bo'ladigan AI hackathonlarni ko'rib o'ylab qolaman. Bizdayam qachondir cyber security, low level yoki shunga o'xshash, qisqasi faqat chiroyli gapirishni biladiganlar suqilib kira olmaydigan hackathonlar bo'larmikan?

P.S. AI va ML mutaxassislarini juda hurmat qilaman, haqiqiy soha mutaxassislarini. Bilmadim, lekin ko'pincha ular chetda qolib chiroyli prezentatsiya qiladiganlar o'rin olib ketayotganga o'xshayapti.
👍58
– DNS?
– Not this time.
😁11
Engineering Notes
https://blog.cloudflare.com/pingora-open-source/?utm_campaign=cf_blog&utm_content=20240228&utm_medium=organic_social&utm_source=twitter
Sal qolsa yangilikdan bexabar qolib ketibman. Networking va umuman, low level developmentni Rust ko'pchilik kutganidan ko'ra tez egallab olayapti.

Rust tili menga juda yoqdi. Lekin bir narsaga tushunmayman, nega Rustchilarning ko'pchiligi "anime"shniklar? ))
😁29👍3😢2
Aytgancha, yaqinda Hussein Nasser Udemyda Operating Systems bo'yicha kurs chiqaradi. Kursni yozish boshlangandan beri o'tgan vaqt va chiqqan teaserlarga qaraganda zo'r kurs bo'lsa kerak. Shu kurs chiqsa kanalda 3-4 kishiga gift qilishni o'ylab turibman.
Stay tuned ))
🍾45👍22
O'zbekzabon kommunitylari va soqqakashlik haqida yuz gram

Uzunquloq gaplarga qaraganda It(it deb o'qilsin)-park tomonidan O'zbek kommunitylarni yig'ib koloboratsiya qilishga urinish bo'lgan, qiziq tomoni kommunitylarni linkedinga (suqa, karyera leveli) olib chiqib biznes modelga o'girish hakatini asti qo'yaverasiz.

Nega ming yildirki odam bo'lmaysan ey xalq. Qaysidir katta kompaniyada ishlab kelgan desa rahbarlik darajasiga ko'tarib qo'yaveramizda, oxiri hammayoqga shu rahbar degani chichishni boshlaydi. Hech kim o'ylab ko'rmaydi balkim shu katta kompaniyada oddiy pol yuvuvchi bo'lib ishlab kelgandir?!

Kommunitylarni biznes modelga o'girish bu odamzotning yadro qurolini ixtiro qilishidan farqi bo'lmagan narsa:

1. Bu narsani umuman injineringdan xabari yo'q odam aytishi
2. Xuddi shu injineringdan xabari yo'q odammi o'z gapida tutrug'i yo'qligi (bir qarasa dasturlashni o'rganish deydi, bir qarasa bir necha yil o'tib dasturchi kerakmas)
3. Kommunitylar shu kunchaga biznes modelga aylanmagani sababli biznesni o'zi gullab boryapti (menga kommunitysiz va opensourcesiz rivojlangan ayti biznes modelni ko'rsata olmaysiz)

Kommunity degan joy chisto yong'oqni shaqur-shuquriga qarab rivojlanadi. Undan asosiy maqsad odatda o'rganish va o'rgatish xolos. Shuningdek eng yaxshi bilim almashish modeli (Meni o'zimda xinuxda nimadir so'rab qolishsa bilmasam xotya google qilib ko'raman, demak uyerdagilar meni o'rganishga majburlayapti). Biznesda esa bu tushunchalar ish bermaydi, biznes bu yovvoyi maydon, uyerda yashash uchun kurash bor xolos. Biznes pul olib kelmaydigan har qanday narsani o'limga mahkum etadigan maxluq.

Iltimos Shavkat aka, bir amallab rivojlanayotgan O'zbek kommunitylarni ketizga tiqmang. Siz SEO bo'lib ishlab kelgansiz, injiner emas. Sizdan yaxshi gap sotuvchi chiqadi, lekin muhandis emassiz. Muhandislar ogorotiga aralashmaganingiz maqul, ba'ribir aqlingiz yetmaydi bu tomoniga. Injiner degani sevimli ishini butun umr shunchaki qilishga tayyor odam.

@yetimdasturchi
👍13
Jamoada task management uchun o'zimizning productimiz – kennekt.com'ni ishlatamiz. Hozir e'tibor beribman, productionda (ya'ni o'zimning asosiy accountim bilan) ham developer tools ochiq holda ishlatar ekanman. O'ylab qoldim, Googleda ishlaydiganlar ham search qilishdan oldin developer toolsni ochib qo'yarmikan?😂

P.S. Reklama tirikchilik huquqi asosida.
😁27👍1
🍾18👍2
Leetcodeda har kuni aktiv masala yechadiganlarga biror oy Codeforcesga o'tib ko'rishni tavsiya qilaman. U yoqdagi masalalar "ko'ngilni kengroq qilib" o'ylashga majburlaydi ))
👍39😁11👎1
Q:
Speaking objectively, OOPni qanday yomon taraflari bor?

A:
Declarative OOPga hech qanday e'tirozim yo'q. Masalan, mashhur "Object Thinking" g'oyasini to'liq support qilaman.

Tepada aytilgan "cho'loq OOP" allaqachon to'liq imperative bo'lib ulgurgan va paradigmlarga xos idealogiya yetishmaydigan OOP. G'oya qolib implementatsiya detallariga yopishib olganmiz. O'sha implementatsiya esa authorning "kayfiyatiga bog'liq". Zarur bo'lib qolganida paradigmning naq belidan ketmon bilan soladigan featurelarni ham bemalol qo'shaverishgan. Static methodlar, DTO va umuman, public attributelar bunga yaqqol misol.

Va menimcha eng katta muammo "it works like in real world" ideasida. Dasturda objectlar orqali real world sifatida simulate qilish yaxshi idea sifatida qaralsa-da, bu juda inefficient (design patternlar bunga yaqqol misol). Ayniqsa, real worlddan building blocks sifatida nimalarni olishga hamma rozi bo'ladigan ilmiy asos bo'lmasa. Plus, Stepanov aytganidek, hamma narsa ham object emas. Masalan, algorithmni object yoki object behaviour sifatida qarashning o'zi antipattern. Boshida modularity orqali dasturchining ishini osonlashtirishni maqsad qilgan OOP imperative style, shared state va single responsibility prinspi orqasidan kirib kelgan "shallow class"lar (va shuning orqasidan paydo bo'lgan design patternlar) sabab naborot, dasturchi kod yozish davomida hayolida turishi kerak bo'lgan componentlar sonini absurd darajada oshirib yubordi.

Qisqasi, menimcha OOPda avval boshidan yaxshi ilmiy asos bo'lganida balki u hozirgidan ko'ra ancha consistent bo'lardi. Shunchaki shaxsiy qarashlar asosida qo'shilgan ba'zi g'oyalar sabab OOPning o'zida yetarlicha contradiction topish mumkin va odatda javob "it depends"ga borib taqaladi.

P.S. Tepada objective javob so'ralgan bo'lsa-da, ba'zi shaxsiy fikrlarim ham qo'shilib qolgan.

P.S.2. Buni 1-2 kun oldin Vohid akaning kanalida comment sifatida yozgandim. Hozir Ahmad akaning postini ko'rib share qilib qo'yay dedim. O'lganning ustiga tepgan degandek ))
👍12😁2🤯1
Mustahkam sistema qurishning eng asosiy talablaridan biri uning asosini to'g'ri tanlash. Ilmiy sohada esa bu odatda eng oddiy va "hamma biladigan" tushunchalarni to'g'ri tasvirlay olishga taqqoslanadi. Xo'sh, bu qanchalik qiyin?

Keling, eng oddiy tushunchalardan boshlaymiz. Tasavvur qiling, sivilizatsiyadan 10 ming yil orqada qolib ketgan do'stingizga (bunaqa do'st hammada bor😂) bir amallab sanashni o'rgatdingiz. Endi u natural sonlar nimaligini biladi. Lekin u hali sonlarni taqqoslash (katta, kichik yoki teng) nimaligini bilmaydi. Sizning vazifangiz "to'rt uchdan katta" degani nimani bildirishini haligi barmoqlari orqali sanashni o'rgangan do'stingizga tushuntirib berish. Xo'sh, buni qanday qilgan bo'lardingiz?
👍6👎2