Engineering Notes
2.46K subscribers
137 photos
5 files
208 links
Kanalda asosan backend engineeringga oid postlar yozib boriladi.

Ba'zi postlarda xatoliklar bor.
Postlar foydali bo’lgan bo’lsa adminni duo qilib qo’ying. Rahmat.

Contact: @Bobosher_Musurmonov
LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/bobosher-musurmonov
Download Telegram
😁23
Leetcodedagi "Valid Parentheses" masalasini ko'pchilik ko'rgan va yechgan bo'lsa kerak. Klassik yechimda stackdan foydalaniladi: input string bo'ylab yurib agar belgi "opening bracket" bo'lsa u stackka qo'shiladi; "closing bracket" bo'lsa stackdan belgi pop qilinib hozirgi belgi bilan pair ekani tekshiriladi. Agar birorta pair to'g'ri chiqmasa yoki input string bo'ylab yurib chiqish tugaganidan keyin ham stackda belgilar qolib ketsa parentheses invalid bo'ladi.

Bu yechimni bilishingiz mumkin, lekin u nega to'g'riligini ko'rsatib bera olasizmi? Buning uchun tepadagi yechim:
a) birorta valid inputga invalid deb natija chiqarmasligini;
b) birorta invalid input uchun valid deb natija chiqarmasligini isbotlash kerak bo'ladi.

Isbotingizni commentda qoldirishingiz mumkin.
👍13
Yaqinda hozirgi ish joyimdan bo'shayman va shu sabab yangi ish joyi izlayapman. LinkedIndan ko'ra shu yerda e'lon qilganim foydaliroq ekan menimcha (3-4 oydan beri LinkedIndan aktiv foydalanmayapman).

Ideal holatda product-oriented kompaniyada, backend yoki low-level development bo'yicha ishlamoqchiman (lekin menda hozircha low-level bo'yicha experience yo'q). Agar ish yetarlicha qiziq bo'lsa hybrid yoki remote full time ishlashim mumkin. Onsite bo'lsa faqat part time ishlay olaman.

P.S. Sharing is caring 🙂
👍51
Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin, azizlar.
👍41
Men "Dasturchilar AI sabab ishini yo'qotmaydi" deganda mana shunga o'xshash tashqaridan oddiy ko'rinadigan, aslida ko'plab olim va muhandislarning yillab mehnati ketgan ishlar bilan shug'ullanadigan, sohada yangilik qiladigan dasturchilarni nazarda tutaman.

https://www.youtube.com/watch?v=SO83KQuuZvg
👍20
Forwarded from Dark Voyage (Orzklv)
Goodbye Hashipcorp! You've been quite a good company who brought many good things to the table. Now IBM has acquired you, prolly you won't do amazing things like you've used to anymore. 🥲

https://www.hashicorp.com/blog/hashicorp-joins-ibm
😢3
Things only Apple can do

P.S. Yes, I'm downloading a black hole ))
👍12
Alright, it's time to try NixOS.
Bilsangiz, dangasalikning ham 2 xil turi bor: "prosto yoqmadi" dangasalik va "ishim osonlashadi" dangasalik. Numbering (yoki indexing) 1 emas 0 dan boshlanishi 1-tur dangasalik deb o'ylardim. Yo'q, 2-tur ekan: shu orqali kodning orasida bir dunyo (avval men tasavvur qilganimdan aaancha ko'p) faqat chalg'itadigan "-1" yozishdan qutilingan ekan. Kudos BCPL ))
Which one do you prefer in general?
Anonymous Poll
48%
Efficiency
52%
Maintainability
Savol: Bu narsa nima?
Yaqinda OS communitydan sohaga yangi kirgan odam sifatida qaysi OS source codeni case study sifatida o'rganib chiqish bo'yicha maslahat so'ragandim. Ko'pchilik xv6 ni maslahat bergani sabab bo'sh vaqtimda shuni ko'rib chiqayotgandim. Ochig'ini aytsam xv6 menga yoqdi: eng asosiy konsepsiyalar sodda usulda implement qilingan va extend qilish oson.

Universitetda Operating Systems fanidan group project sifatida xv6ning ustida bir-ikkita kichkina tajriba o'tkazib ko'rdik. Yaxshiroq process management (+scheduling algorithm), sodda IPC, memory managementga bog'liq ba'zi optimizationlar va h.k.. Virtual memory qo'shmoqchi edik, hozircha sal murakkablik qildi. Umuman olganda, menimcha "amalladik". Afsuski, hozircha reponi share qila olmayman ((
👍15🍾4😁1
Falastin xalqi uchun har kungidan ham ko'proq duoda bo'lib turing.
👍45😢13