Blog | Muhammadumar
328 subscribers
34 photos
2 videos
21 links
Download Telegram
Forwarded from AIQ | Sun’iy Intellekt
Yangi davr boshlandi

Sun’iy intellekt deyarli barcha sohada o’z potensialini ko’rsatib ulgirdi

Ba’zi sohalarda esa butunlay ishlashni boshladi

Endi bundan buyog’iga boylar boyib, kambag’allar kambag’allashib ketadi

O’z ustida ishlamaganlar ishsiz qoladi

Shuning uchun o’zbek tilida sun’iy intellekt haqida blog boshlashga qaror qildim

Pastdagi rasmlar ham sun’iy intellekt yordamida bir-necha daqiqa ichida yaratilgan
237
Obunachilar 100 ta bo'lganda kimdir obuna bo'lsa darrov e'tiborni tortadi

Kimligiga qiziqamiz, qayta obuna bo'lamiz

Lekin obunachilar 10K, 50K yoki 100K bo'lganida yangi obuna bo'lganlarni sezmay ham qolamiz

Hayotda ham shunday

Siz hali muvaffaqiyatga erishmaganingizda, e'tibor markazida bo'lmaganingizda sizni qo'llab-quvvatlaydiganlar kam topiladi

Lekin ular siz uchun ko'proq qadrli bo'ladi

Chunki ular sizga boshidan ishonishadi, manfaat kutishmaydi

Muvaffaqiyatga erishganingizda esa atrofingizda ko'pchilik paydo bo'la boshlaydi. Sizga ishonadiganlar, maqtaydiganlar soni oshadi

Lekin ko'tarilganingizdan keyin pastda siz bilan bo'lganlarni unutmang

Chunki eng toza munosabatlar bir-biridan manfaat ko'zlamagandagina bo'ladi
132
Oxir zamon ehson qilishga odam topilmay qoladi” degan gapni isbotini ko’rib kelyapman

Kompaniyamiz tomonidan “Yaxshilik karvoni” loyihasini boshlaganmiz

Hozirgacha bir-nechta oilalarga yordam berdik

Lekin endi rostan ham muhtoj bo’lgan oila topishga qiynalyapmiz

Ko’p oilalar o’zini eplab yuribdi, boquvchisi bor

Agar siz haqiqatda qiynalgan, yordamga muhtoj oilalarni tanisangiz @zaylobiddinovic profiliga yozishingiz mumkin

Farg’ona viloyatida bo’lsa yaxshi bo’lar edi
227
Usta toshga bolg’a bilan yuz marta uradi. Toshda aqalli bitta yoriq paydo bo’lganda ham mayli edi

Ammo bir yuz birinchi zarbadan keyin tosh o’rtasidan ikkiga bo’linadi

Biroq bu oxirgi zarbaning ta’siri emas, balki undan oldingi barcha zarbalarning mahsulidir

O’zi aslida, muvaffaqiyat bir marta bo’ladigan hodisa emas

Balki, kundalik odatlarning natijasidir

Odamlarga bizning keskin o’zgarishimiz ko’rinadi holos

Aslida esa bu o’zgarishga undan oldingi son-sanoqsiz harakatlar sababchidir

@blog_muhammadumar
227
Tartibli yashash - zerikarli

Oldinlari men

Bir vaqtda turish, bir xil vaqtda ishlash, bir xil vaqtda uxlash - bu shunchaki matritsa ichida yashayotgan odam hayoti va bunday hayot zerikarli

Erkin odam xohlagan vaqtida xohlagan ishini qiladi


deb o'ylardim

Lekin endi tushindim, haqiqiy erkin odam - hayotini tartiblagan odamdir

Lekin nega
?

Bir qancha muddat menda erkinlik bo'ldi. Hayotim o'z qo'limda edi. Boshida istagancha yashadim, nafsim xohlaganda ishlab, xohlaganda dam oldim

Lekin vaqt o'tishi bilan ishlar orqaga yurishni boshladi, vaqtim barakasiz bo'lib qoldi


Agar odam o'zini-o'zi boshqarmasa, uni boshqalar boshqaradi

Har kuni erta turish uchun, ishlarni bajarish uchun, rivojlanish uchun o'zingizda kuch topa olmas ekansiz, ertaga boshqalar uchun shu ishlarni amalga oshirasiz

@blog_muhammadumar
328
Maktabimiz yonida ariq bor edi

Shu kunlarda chiqindilar yig’ilib yoqimsiz hidlar chiqayotgandi

Ko’chadan o’tgan odamlar, jumladan o’zimga ham bu yoqmas edi

Bir kun do’stim qo’lidagi chiqindini ariqqa tashlaganini ko’rdim va aslida bu ariqni bu ahvolga kelishiga o’zimiz sababchi ekanligimizni tushindim

Do’stlarimga ariqni tozalash taklifini berdim va ular rozi bo’lishdi

Ariqni tozaladik. Ko’chadan o’tgan odamlar rahmat aytishdi. O’zimiz ham xursand bo’ldik

Hayotimizdagi ko’plab muammolarni ham boshqalarga ag’darib qo’yganmiz

Bu muammolarni hal qilish aslida o’zimizga kerak

Bularni o’zimiz hal qilmasak, ariqqa o’xshab qarovsiz qolib ketishi mumkin

@blog_muhammadumar
224
3 yil oldin iPhone ishlatish orzu edi

Dubayga sayohat qilish orzu edi

O’zimning ofisim bo’lishi orzu edi

Ko’p pul topish orzu edi

Bunchalik ko’p tanishlar orttirish orzu edi

$2.000 lab pulni 2 oylik o’qish uchun sarflash orzu edi

Professional kamera, videotexnikalar olish orzu edi

Hozir davom etsam tugatolmasam kerak

Demoqchimanki, hozir orzu qilayotgan narsalaringiz albatta keladi

Muhimi to’xtab qolmaslik
146
"Hali ularga ko'rsatib qo'yaman"
"Hali hammasi afsuslanadi"
"Meni tashlab ketganlar yalinib qaytib keladi"


Bu gaplar bizga huddi kuch berayotgandek

Bu gaplarni kuchi bilan ko'p ishlarni qilib yuboradigandekmiz

Biz ko'p maqsadlar qo'yganmiz — lekin kim uchun?

O'zimiz uchunmi? Yoki... boshqalarning fikri uchunmi?

Agar kimnidir afsuslantirish, lol qoldirish uchun maqsad qo'ygan bo'lsak, demak biz hali ham ular tomonidan boshqarilayotgandekmiz

Maqsadlar bizniki bo'lmasa, hayotimiz ham bizniki emas!

O'zingizdan so'rab ko'ring: "Maqsadlarim o'zimnikimi?"
124
Ayol kishi o’ziga yo’ldosh tanlayotganida bir nechta narsani inobatga oladi.

O’sha narsalar orasida pul ham bor va bu normal holat.

Erkak kishi buni normalligini qancha erta tushunsa shuncha erta muvaffaqiyatga erishadi.
321
Tarix yozildi🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1015
Barcha musulmon ahlini hayit ayyomi bilan tabriklayman. Alloh taolo ikki dunyo saodatini bersin!
121
Kinoni yorishibdi lekin

Kinoni ko’rish davomida “Nega shunday buyuk davlat keyinchalik kuchsizlanib, mustamlaka bo’lib qolgan?” degan savol tug’ildi

Bir qancha izlanishlarim va o’zimning shaxsiy fikrlarimga asoslangan holda buning asosiy sabablarini quyidagicha deb hisobladim:

Fitna. Bunday buyuk davlatni tashqi kuchlar tor-mor qilishi imkonsiz. Lekin ichki nizo va fitnalar davlatning sekinlik bilan yemirilishiga sabab bo’ldi

Ilm-fanda to’xtab qolish. O’rta asrlarda ilm-fan bo’yicha yuqori cho’qqiga chiqqan bo’lsa-da, g’arbiy dunyo sanoat inqilobiga o’tayotgan bir paytda, bizning hududda yangilanish to’xtab qoldi

Tizimning eskirishi. Naslga qarab rahbar tayinlash oqibatida malakasiz rahbarlar, tanish-bilishchilik va ma’naviy inqiroz yuzaga kelgan. Bu esa davlatning zaiflashishiga sabab bo’lgan
116
Tezda davomini olish kerak buni)
120
Sun'iy intellekt bugungi kunda jadal rivojlanib, millionlab ish o'rinlarini olib qo'yyapti

2030-yilga borib 300 millionga yaqin ish o'rinlarini to'liq SI egallashi tahmin qilinyapti

Bu kimga foyda?

Katta kompaniyalarga. Xodimlarga yuqori maosh to'lash o'rniga 24/7 ishlaydigan, anchagina arzon bo'lgan sun'iy intellektlardan foydalanishyapti

Zamon tez o'zgarayotgan davrda kim och qolmaydi?

Albatta, o'rganishni bilgan odam

Shuning uchun, o'rganishni o'rganing
217
Ba’zida o’zimni kam pul topayotgandek his qilaman

Atrofimdagilar “Boshqa joyda ishlasang 2-3 barobar ko’proq pul topasan” deb ko’p gapirishadi

Lekin o’ylab qarasam hozirda asosiy maqsad pul topishda emas

Pul ortidan quvgan odam bir umr shunday o’tib ketadi

Tajriba orttirish, bilim olish, tanish-bilishni ko’paytirish va tanlagan sohasida top mutaxassis bo’lishni maqsad qilgan odamga pul kelishi hech narsa bo’lmay qoladi

Qo’shimchasiga, umrini pul topish bilan emas, yashash bilan o’tkazadi

Shunday ekan, agar yosh bo’lsangiz, katta majburiyatlaringiz bo’lmasa pul ortidan quvmang
224
Oldingi yozgan postlarimni o’qib chiqib ancha narsa o’rganyapman)

Ko’p gaplar esdan chiqib qolgan yoki amal qilinmay qo’ygan ekan

Blogning foydasini shu yerda yana bir bor his qildim

Blogimdagi oldingi postlardan oldin qaysi darajada bo’lganim va hozir qaysi darajada ekanligimni bilib olish mumkin ekan

Lekin men o’zimda o’sish sezmadim, siz qanday fikrdasiz?
116
San’at asarlarining qiymatini uning ko’rinishi emas, uni yaratgan ijodkorning shaxsiyati va asar yaratilish tarixi belgilab beradi
112
Zerikish aslida yomon emas

Hozirgi zamonda har doim nimadirlar bilan bandmiz

Bo’sh vaqtimiz bo’ldi deguncha reels, kino, nari borsa har xil ko’rsatuvlar tomosha qilamiz

Zerikishga umuman vaqtimiz yo’q

Lekin zerikish bizga yangi g’oyalar kelishiga, qilayotgan ishlarimiz ustida bosh qotirishga sharoit yaratib beradi
113
Boshqalardan kutuvni eng past darajada qo’ying

Chunki kutgan narsangizdan pastroq narsa berishsa, hafa bo’lib qolishingiz mumkin

Agar kutuvni eng past darajada qo’ysangiz bu muammo bo’lmaydi

Misol uchun, konkursda qatnashyapsiz va g’oliblar tasodifiy tarzda aniqlanadi

Agar siz yutishingizga qattiq ishonib qolsangiz va yuta olmasangiz tushkunlikka tushib qolasiz

Aksincha, shunchaki qatnashib hech narsadan umid qilmasangiz, yutganingizda xursand bo’lasiz yutmaganingizda hech narsa o’zgarishsiz qoladi
514