Blog 🆗
396 subscribers
33 photos
10 videos
3 files
53 links
- guy, in pursuit of happiness, love, successful career and peace

▪️︎ La(w/v)er
▪️︎ LL.M candidate 🪔
▪️︎ DAAD AAD'24 scholar 🇩🇪

inquiries/offers: @otabekovich_bot
www.linkedin.com/in/kuvonchbek-otabekov
www.instagram.com/otabekovich_ly
Download Telegram
Forwarded from Mahmudxo'ja🇩🇪
📌 DAADga alternative grantlar

1. Hanns-Seidel-Stiftung

Bu grant dasturining O'zbekistonda vakolatxonasi bor. Ko'p o'zbek talabalar yutgan bu grantni.

2. Friedrich Naumann Foundation

Bu grantga nemis tilidan sertifikatingiz bo'lishi talab qilinmaydi. Faqat interview paytida kamida B2 darajada suhbat qila olishingiz kerak.

3. Friedrich Ebert Foundation

Ushbu grant ham nufuzi bo'yicha DAADdan qolishmaydi. Bundan tashqari moliyalshtirishi ham bir xil.

4. Konrad Adenauer Foundation

Ushbu grantni ham bu yil o'zbek talabar yutdi. Interview Toshkentda bo'lgan.

5. Heinrich-Böll-Stiftung

Bu grant dasturi ham asosan endi rivojlanayotgan davlat talabalari xususan O'zbekistonlik talabar uchun mo'ljallangan.


Endi DAAD nima bo'larkan, yuta olarmikanman deb ikkilanib yurmangda DAAD applicationiga paralel ravishda NEMIS TILINI o'rganib ketavering. Ertaga o'xshamasa yana sizda 5 xil imkoniyat bo'ladi.

❗️Ertaga DAAD javobi nimadir bo'lib o'xshamsa, hayot bevafo ekan, menga emas ekan deb tarki dunyo qilib, aybni boshqalardan qidirmay, bor imkoniyatdan foydalaning.


Vielen Dank im Voraus!
👍2
Forwarded from Mahmudxo'ja🇩🇪
⚡️⚡️ YIL YANGILIGI


📍Bu post ko'proq Germaniyada yuridik sohada o'qimoqchi bo'lganlar uchun tegishli va boshqalarga ma'lumot sifatida foydasi tegishi mumkin.


⚖️Yangilik nima haqida? Yangilik endi siz Germaniyada Master's of Law (LL.M.) o'qib to'g'ridan to'gri German Bar Examga topshira olasiz va qualified German Lawyer bo'lasiz. Bunaqa imkoniyat Germaniya tarixida bo'lmagan.

📌Hozirgacha qanaqa edi? Siz Germaniyada German Bar Examga topshirish uchun Bakalavrni 5 yil Germaniyada o'qigan bo'lishingiz kerak edi. Bu narsasiz iloji yoq edi. Hozir Bakalavrni istalgan joyda o'qib, Germaniyada 2 yil LL.M. o'qiysiz va siz Bar Exam uchun qualified nomzodsiz. Endi siz Germaniyada 5 yil Bakalavr o'qishga majbur emassiz.

❗️Hozircha Germaniyada bunday imkoniyatni faqatgina 2 ta universitet berayabdi. Shu unversitetlardan birida LL.M. o'qiysiz va Bar Examga Advokatlik Litsenziyasini topshirasiz. Agarda imtihondan o'ta olmasangiz, baribir LL.M. degree olasiz. Nima bo'lganda ham yutqazmaysiz.

➡️O'zi Bar Examdan o'tish, litsenziya olish nega muhim?

Agarda Germaniyada qualified Lawyer bo'lsangiz sizning oddiy LL.M. o'qigan nomzodga qaraganda ish taklifi olish imkoniyatingiz karrasiga oshib ketadi. Eng katta gigant Law firmlar, davlat sudlari deysizmi hammasi eshigi ochiq bo'ladi. Keyinchalik O'zbekistonga qaytgan taqdirda ham siz uje German qualified Lawyersiz. Siz o'zingiz bilan status olib borasiz.

Shunaqa gaplar do'stlar. Endi shoshmasdan sal o'ylab LL.M. dasturlariga apply qilinglar.
🔥61
Mahmudxo'ja🇩🇪
⚡️⚡️ YIL YANGILIGI 📍Bu post ko'proq Germaniyada yuridik sohada o'qimoqchi bo'lganlar uchun tegishli va boshqalarga ma'lumot sifatida foydasi tegishi mumkin. ⚖️Yangilik nima haqida? Yangilik endi siz Germaniyada Master's of Law (LL.M.) o'qib to'g'ridan…
Biz o’qiyotgan LL.M ga bu ta’sir qilmaydi.

Shuning uchun bu yil topshirmoqchi bo’lganlar, yaxshi imkoniyat bor :)

Ha, aytmoqchi, Bar exam Nemis tilida bo’ladi. Shuning uchun nemis tili o’qish kerak :)

🔖 @blog_ko
🔥51
1 year

On August 1, it has been annual anniversary that i moved to Germany. Time flies. It’s been sometimes tough, sometimes exciting. I have not lived on my own before.(technically, yes i did, but unlike this, before not all responsibility was on my shoulder, i was always with my family)

So, i wanted to share couple of habits that I learned and mastered which could be beneficial for you as well, if you find it relevant ofc:

- improved cooking skills (in reality, discovered, because it was not available before lol 😂)

- habituated to brush my teeth every evening before going to bed (I did it as habit, unlike doing time to time before)

- mastered to heal initial symptoms of sickness (throat ache, headache, backpain or etc.)

- established money management (calculated every single transaction monthly. I know when i am in plus or minus in details)

- goated use of Google maps (whenever i go, i only use google maps to find places i need, even for commuting and to know the time of transport, i use it)

- obtained power of exploration (it is about traveling - to other countries, to other lands and cities of Germany, hidden gems, lakes and even small villages nearby - literally every form of exploration)

So far, so good. Noticed that English is getting better but German…. agh.
Hopefully, in the next 6 months i will get a habit of doing other things which is important for the rest of my life.

🔖 @blog_ko
13🔥2
Bu bilimlar daromadingizni 2x oshiradi💸

Bugun marketing, sotuv, progrev degan tushunchalarni o’rganish har bir insonga zarur bo’lib qoldi🔋

Bozorda bu ilmlarni haqiqiy mutaxassislardan o’rganish juda qimmat, dollarda 3-4 xonalik sonlarda💰

Lekin ana shu qimmat kurslardan olgan bilimlarini 0 dan, bepulga o’rgatib bormoqchi bo’lgan bir yigit bor, do’stimiz🔝

Kanalida haqiqiy community yaratmoqchi🫂

Qo’shilib oling, hamma ham bir necha ming dollarlik bilimlarni bepul o’rgatmaydi:

https://t.me/+CruMyAHHU3MyNjVi

P.s: Link tez orada o’chiriladi.

⛱️ | Tavsiya
🔥1
Blog 🆗 pinned «1 year On August 1, it has been annual anniversary that i moved to Germany. Time flies. It’s been sometimes tough, sometimes exciting. I have not lived on my own before.(technically, yes i did, but unlike this, before not all responsibility was on my shoulder…»
#careerinsights

Oxirgi oylarda ishga moslashib oldim. 3 oylik “probation period” tugadi. Managerimdan harakatimga oid feedback so’ragandim, yomon emas, yaxshi ketyapsan, dedi. Ko’p hamkasblar yozda “vacation”ga ketvorishgan.

Bu oydan Germaniyadagi ofisga yana bitta “working student” olishdi. Manga yangi sherik 🙃. Xuddi manga o’xshab uni onboarding qilish jarayoni bo’ladi. Lekin…

Lekin… onboaring qiladigan hamkasblardan biri Vengriyadagi ofisda, 3 tasi Germaniyada. Ammo biri “vacation”ga chiqib ketgan, biri sog’lig’i tufayli uydan ishlayotgan ekan. Yana biri, mani onboarding qilgan inson, anchadan beri “sick leave”da. Man bormanu 😅

Yordam berish taklifi o’zimdan ham chiqdi. Asosan binoga kirish, yangi olingan xodimga noutbuk va shaxsiy ID kartasini olib berish kerak. O’zimda ham sal muammolar bo’lgan. O’zimdagi muammolarga qarab, bularni to’g’irlamoqchi bo’ldim va yangi sherigimni kutib oladigan bo’ldim.

O’zi payshanba kuni ofisga bormayman. Lekin shu sababli bordim. Hamma soft skillarimni ishga solib, deyarli hamma narsani hal qildik. Faqat, tizim yaxshi ishlamayotgan ekan, ID ishlamadi. Orada yangi muammolar ham chiqqandi, uniyam hal qildim. Har qalay onboarding yomon o’tmadi.

Odatda bunday ishlarni ancha yaxshi tajribali, full-timedagi xodimlar qiladi. Man kelganimga endi 4 oy bo’lmay, “aqllilik” qilib yurdim 😂

Global teamga alohida manga rahmat aytilgan email yuborishdi. Yaxshigina appreciation oldim. Bir qop semirdim o’ziyam )

Nima xulosa?
Ishdan tashqari ham tashabbus va uddaburonlik ko’rsatish kerak. Ishlaydi, agar hammasi to’g’ri qilinsa.


🔖 @blog_ko
👍84
What is happiness in short?

Peace of mind.

In every single part and piece of our lives. You can see it in different things according to what age you are in or what situation you are in. That’s it.

🔖 @blog_ko
💯7
You can read about DAAD on almost every grant channel.

Today, I’m going to share with you some open information that you won’t come across very often.

There is a separate DAAD grant for the STEM field.
With this, you can significantly reduce the competition for yourself, if you are of course in STEM field. Requirements are the same (almost). Read the info for more. But, unfortunately, this is not for Uzbekistan. )

There is also a separate DAAD AIESEC: Global Talent Programme. The programme sets up paid and unpaid internships mostly in the fields of business administration and marketing, business development, finance and IT. Participants broaden their professional knowledge in an international environment, increase their employability and contribute to the development of a company abroad.

The Kurt Hansen Fellowship supports teachers, trainee teachers, and students of teaching subjects or pedagogy in the STEM area (mathematics, computer science, natural sciences and technology). It is not specifically from DAAD, but you can find in its site.

and many more... There are overall 100 scholarship and grants for Uzbekistan
*according to DAAD website.

Disclaimer: I am sharing general information for basic knowledge purposes. It is up to you to explore deep. 🙂

🔖 @blog_ko
5
Blog 🆗 pinned «Tanishtiruv | Introduction Blogdagi insonlar soni ko'paygani uchun alohida o'zim haqimda post qilishga qaror qildim. Har doimgi blog yoki shaxsiy kanallardagidek ma'lumotlar beraman. Lekin bu tanishtiruvning bir farqli jihati bor. Qanday tarzda tanishni…»
Forwarded from Top 100 Uni
Let's welcome our TopCoach Giveaway Mentors!

🤩 We are excited to introduce 12 incredible mentors who can give you reliable advice for your application journey.

You can learn more about each mentor and their achievements on our website (Topcoach.uz)

Note: There are only 3 free sessions with one mentor. 20+ available free sessions have been booked, and other 20 more free sessions will be available soon. Please stay attentive and check our website: Topcoach.uz
❗️Don’t miss your chance to book a 1-1 session with one of these mentors!
Yuridik yo’nalishda klassik karyera yo’li

Hozir yuridik universitetda o’qiyotgan blog o’quvchilari uchun ko’proq kerakli post. Faqat bunisi faqatgina kirish. Universitetda ustozlardan shunga oid bir ikki savol so’raganimda hech qachon to’liq javob ololmaganman. To’g’rirog’i mening tasavvurimdagidek javob sifatini bera olishmagan. Balki research qilib topishim ham kerak edi. O’sha payti bunaqa boshim bo’lmagandir, qaydam.

Huquqdan yiroq kuzatuvchilar ham yuridik yo’nalish “faqatgina konstitutsiya, mers 222da rahbarlar kelayotgan, har zamon pistolet ham bo’ladigan videolardan” iborat emasligini ko’rishadi, deb o’ylayman )

Chetga ketishimdan maqsad O’zbekistondagi klassik karyera yo’lidan boshqa yo’llar borligini ko’rish, topish, sinab ko’rish va ko’rsatish bo’lgan. Albatta, yagonasi emas.

Shu haqida postlar seriyasi bo’ladi. Kanalga huquqshunoslikda o’qiyotgan, ishlayotgan yoki o’qimoqchi bo’lganlarni taklif qilib qo’ying ungacha. :)

Disclaimer: oxirida kichik disclaimer berib ketay. Yozilajak postlar faqatgina mandagi qarashlar, bilimlar va researchga asoslanadi. Sizdagi qo’shimcha bilimlar postdagi bilimlarga qo’shimcha bo’ladi (o’zingiz uchun). To’g’ri deb hisoblamasligingiz mumkin.


🔖 @blog_ko
8👍2
Klassik yuridik karyera yo’llari
#lawcareers

Yuridik universitetga kirgan talabaning kelajak uchun har xil maqsadlari bo’ladi. Albatta, orzu qilishga cheklov qo’yilmagan. Lekin, o’sha orzular o’zimiznikimi, ularni yaxshi o’rganib bilib tanlaganmizmi yoki ko’rko’rona? Keling, shu haqida tahliliy o’rganib ko’ramiz.

Karyerani shartli ravishda 2 turga bo’lish mumkin:
- davlat sektori (public)
- xususiy sektor (private)

“Public sector”dan boshlasak. Ko’pchilik reja qiladigan prokuratura. Katta qism talabalar bosh prokuror yoki viloyat prokurori bo’lishni xohlaydi. Lekin ungacha nimalar qilish kerakligini bilmaydi yoki bilish unchalik muhim emas deb hisoblaydi. Prokuraturada nima ish qilishidan ko’ra u beradigan obro’ga ko’pchilik uchadi. Bu juda ko’p sabablar bilan bog’liq. Hozir bu haqida emas. Nima ish qiladi?
Bunda ko’proq jinoyatlar bilan ishlanadi. Suddan oldingi jarayonlarda ko’p qatnashish. Xullas, faqat o’rganish.

Huquqdan xabari borlar biladi, hokimiyatlarning bo’linishiga ko’ra prokuratura hech qaysi hokimiyatga kirmaydi. Ya’ni siz qonunni himoya qilasiz, lekin ijro etuvchi hokimiyatda emassiz, sud bilan birga ishlaysiz, lekin sud hokimiyatiga ham kirmaysiz. Shaxsan manga bunaqa beqarorlik uncha yoqmaydi. Bu ko’ptomonlama talqin qilish va huquqlarning o’ta kengayib ketishiga olib keladi.

Iyerarxik ko’tarilish qancha yilda bo’lishini uncha yaxshi bilmayman. Manbalar va AI bilan ishladim lekin baribir aniq ma’umot topilmadi. Biladiganim faoliyat inspektorlikdan boshlanadi. Uyog’iga unvonlar bilan birga lavozim ko’tarilib boradi.

Umuman olganda, noaniqliklar va yozilmagan qoidalar bor. Shularga rozi bo’lsangiz, prokuraturaga xush kelibsiz 🙂

📥 | fikr va qarashlarni izohlarda bo’lishing

🔖 @blog_ko
6👍1
Blogda “o’qishga arzirli” nimalar bor?

Marhamat:

- Tanishtiruv | Introduction

- “failurelar” haqida yozib turaman.
Ideal hayot bo’lmaydi. Shunga #failures bilan topasiz postlarni (qiziq bo’lsa)

- DAAD guide
Link orqali postga o’tsangiz, matn formatidagi yo’riqnomani ham topishingiz mumkin

- Mono podacst | 1

- Allianzdan offer olganim haqida

- Podcast | Mahmud bilan

- Gap year for Masters

- Yuridik klassik karyera postlar seriyasi postlarni keyinchalik #lawcareers bilan topasiz

Hozircha shu. Yana ora-orada aqllilik qilib turaman. Zerikkaningizda tepalarni o’qib kelarsiz, balki.

Fikrlarimni tizimlashtirib yozma tarzda kimgadir yetkazishning bir yo’li bu blog.

Foydali bo’lsa xursandman.

🔖 @blog_ko
👍3
Yashirin “skillaringiz” bo’lsin

Qaysi sohada o’qishingizdan qat’i nazar unikal nimadir qilishni eplay olishingiz kerak. Ishoning sizni qutqaradi bu xislat.

Masalan:
- ijtimoiy tarmoqni yaxshi tushunasiz, lekin o’qituvchisiz;
- nutqingiz judayam zo’r, diqqatni tortib tura olasiz lekin dasturchisiz;
- hech kim bilmaydigan dasturlarni ishlatishni bilasiz qiziqishingiz sabab lekin tibbiyotda o’qiysiz;
- hujjatlarni yaxshi tushunasiz lekin kosmetologsiz va hkz.

Bular shunchaki misollar. Bir-biriga nisbatan paradox qobiliyatlarni egallab qo’yavering. Hayotiy keys: hozirgi ishlab turgan “working student” positionga PowerPointni yaxshi tushunishim uchun olishgan (deb o’ylayman). Albatta, huquqiy va fundamental bilimlar asos. Lekin PPT skill - bonus. (Excelda yaxshi emasman lekin, siz yaxshi bo’lvoling😁)

Universitetda har xil taqdimot qilib borardim. Ko’p resurs va manbalardan foydalanganman. Yaxshi bo’lgan ekan deb hozir eslab qo’yaman

Shunaqa gaplar :)

🔖 @blog_ko
7👍1👏1
Blog 🆗 pinned «Blogda “o’qishga arzirli” nimalar bor? Marhamat: - Tanishtiruv | Introduction - “failurelar” haqida yozib turaman. Ideal hayot bo’lmaydi. Shunga #failures bilan topasiz postlarni (qiziq bo’lsa) - DAAD guide Link orqali postga o’tsangiz, matn formatidagi…»
G’alati odatlarim bor

👨🏻‍💻 Kino ko’rib bo’lib uni
research qilaman.
Ingliz tilida. O’zi oxirgi 3 yildan beri asosan kinoni o’zining original tilida ko’raman. Research qilish odatiga esa adashmasam 1 yilcha bo’lib qoldi. Ko’radigan kinolarimning 80 foizi ingliz tilida. Nimani research qilaman? Ending explained, plot twist explained yoki kino haqida yozilgan essaylarni o’qiyman. Kino bilan bog’liq qiziq holatlar, aktyorlar tarkibini o’rganishim mumkin. Kino qanchalik mukofotlar olganini o’rganaman. Qaysidir aktyorni kashf qilsam, uning boshqa kinolarini o’rganaman. Xullas, bir-biriga bog’lanib ketadi.

⚽️ Futbolni analiz qilish yoqadi.
Oxirgi 2 yildan beri futbolni shunchaki gol uchun ko’rmaydigan bo’lganman. Twitterda DataMB degan akkaunt bor. Shunda xohlagan futbolchingizni bir-biriga solishtira olasiz. Shuni o’qib boraman. Yoki yangiliklarni ko’proq o’qish yoqadi. Taktika analizlari haqida videolar tomosha qilaman ba’zan. Hammasidanam futboldagi shartnomalar juda qiziq. Qachondir yevropa futbol klubining Legal teamida bo’lish reja ham yo’q emas. )

Albatta, bularning foydali taraflari bor, deb hisoblayman :)

Sizda qanaqa g’alati odatlar bor?

🔖 @blog_ko
👍4