Kuzda to'kilmay qolgan barg boshqa barglar nazdida xoin, daraxt nazdida vafodor, fasllar nazdida esa isyonkordir.
Birov yordam so'rab kelganda, "uning o'rnida men ham bo'lishim mumkin edi" deb ko'rishning o'zi yetarli.
Har qanday ahmoq bilishi mumkin, gap tushunishda
©️ Albert Enshteyn
Boriga shukur qilmagan ortig'iga loyiq emas.
Inson tabassumi bilan tarbiyasini, nimaga kulgani bilan saviyasini ko'rsatadi
©️Jaloliddin Rumiy
Muhim inson bo'lish yaxshi, lekin yaxshi inson bo'lish ancha muhimroq
Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi. Yoshlik. Sog'lik. Tinchlik.
©️ Daftar hoshiyasidagi bitiklar
Ovozing boricha solmagin faryod,
Jim so'yla va lekin yig'lasin hayot,
Maysani o'stirmas momaqaldiroq,
Shivirlagan yomg'ir ulashar hayot!
©️ Xayrulla Hamidov (1978)
Bu kunlar ham o'tadi ...
Hech kim hech kimni yaxshi ko'rmaydi... Lekin hamma hamma bilan samimiy va do'stona ... )
O'lim ham bir nasibadir.
©️ Aso
Hamma haq!
Haqiqat hayron )
Muammolarimiz (va ularning yechimlari) hayotimizni rang-barang qilishi mumkin
Kutma, kutganingday bo'lmasa ko'ngling qoladi ...
Qaytar dunyo!
Sb: Boshqalarning fikrini hurmat qil!

boshqalarning fikri: 3²=6
Hayot shunday g'alati narsaki, bir kemaning oshxonasida o'lishini kutgan qisqichbaqalar uchun ham Titanikning cho'kishi bir mo'jiza edi, lekin cho'kdi. Kimningdir falokati boshqa birovning mo'jizasi bo'lishi mumkin ...
©️ movie
Eng buyuk jang — odamning o‘z nafsi bilan bo‘lgan jangidir.
©️ Men
Ehtiyot bo'l, agar kimgadir yaxshilik qilmoqchi bo'lsang, bu yaxshilikni shunday tarzda qilginki ular buni sening burching deb o'ylamasinlar!
©️ movie
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo,
G‘urbat izlaganga g‘urbatdir dunyo,

Illat izlaganga illatdir dunyo,
Ne izlasang, shuni beradi dunyo.
©️ Ahmad Yassaviy