Behruz ibn Zohid al Sharifiy
21 subscribers
53 photos
28 videos
113 links
Download Telegram
Behruz ibn Zohid al Sharifiy
https://t.me/bkhrz/39
Eksklyuziv kontentlar shu kanalda🚬
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Abdusattor
Dunyodagi eng zo’r tana

Dunyodagi eng zo‘r sportchini o‘ylang, o‘sha insonni jismoniy holati ertagani o‘zida sizda bo‘ladi. Nima deb o‘ylaysiz? Sizga berilgan yangi tanani qancha vaqtda yana hozirgi holatingizga qaytarib qo‘yasiz? Qaytarib qo‘yasiz, ishoning. Chunki u tanani eng yuqori darajadagi formada ushlab turish uchun qanday jismoniy mashg‘ulotlar, kun tartibini, nima yeyishini bilmaysiz. Ko‘nikmangizni o‘zi yo‘q.

Nima demoqchiman? Ba’zida tayyor natija xohlaymiz, ammo xohlaymizmi xohlamaymizmi biz u natijaga tayyor emasmiz. Chunki har qanday yirik natija ko‘nikmalarni talab qiladi, ko‘nikma yo‘q ekan o‘zgarishlarga tayyor emasmiz. Tayyor bo‘lish uchun esa ma’lum bir yo‘lni bosib o‘tish kerak. Va aynan shu yo‘l bizni yutuqlarga tarbiyalaydi.

@abdusattor
👍311
Forwarded from al Sharifiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍41🥰1
Forwarded from al Sharifiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Channel photo updated
Behruz ibn Zohid al Sharifiy
https://t.me/bkhrz
Shu kanalimga obuna boʻlib qoʻying, u yerda koʻproq aktivman.
👍2
Behruz ibn Zohid al Sharifiy
Shu kanalimga obuna boʻlib qoʻying, u yerda koʻproq aktivman.
⚫️⚫️⚫️
⚫️👁️⚫️
⚫️⚫️⚫️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Maqsadli Mijoz
Ko'rinayotgan muammo har doim ham asl muammo emas!

Yaqinda bir loyihada marketing bo'limi rahbari sifatida faoliyat olib bordim.

Loyiha retail industriyaida bo'lib, asosiy marketing harakatlari performance marketing, ya'ni lead generation'ga qaratilgan edi. Deyarli har hafta bitta mavzu muhokama qilinardi: "Lead yetishmayapti." Marketingning asosiy KPI'i ham shu bo'lgani uchun barcha harakatlar lead sonini oshirishga qaratildi va shukur-ki, bu muammoni hal qildik.

Lekin qiziq tomoni shundan keyin boshlandi.

Leadlar ko'paygan bo'lsa ham, call center bilan bo'ladigan deyarli har bir yig'ilishda yana bitta gap takrorlanardi: "Lead sifati yaxshi emas."

Marketing o'z natijasini himoya qiladi, call center esa sifatni past baholaydi. Bunday vaziyatda conflict of interest bo'lishi tabiiy. Chunki har bir bo'lim masalaga o'z KPI'i orqali qaraydi.

Lekin man bu safar aynan shu bahs haqida emas, biznesdagi juda muhim bir qarash haqida gapirmoqchiman.

Bu qarash Survivorship Bias, ya'ni "Omon qolganlar xatoligi."

Bu insoniyat eng ko'p yo'l qo'yadigan mantiqiy va statistik xatolardan biri hisoblanadi. Mazmuni juda oddiy: biz xulosa chiqarayotganda faqat ko'zimizga ko'rinayotgan natijalarni tahlil qilamiz. Ko'rinmayotgan, jarayondan chiqib ketgan yoki muvaffaqiyatsizlikka uchragan holatlarni esa hisobga olmaymiz. Natijada muammo aslida qayerdaligini emas, qayerda ko'rinayotganini tuzatishga urinib qolamiz.

Ushbu tushuncha Ikkinchi jahon urushi davrida matematik Abraham Wald tomonidan amaliyotda isbotlab berilgan.

Urush vaqtida harbiy muhandislar jangdan qaytgan samolyotlarni tekshiradi. Qanotlari va dum qismida o'q izlari juda ko'p bo'lgani uchun aynan shu joylarni qo'shimcha zirhlash kerak degan xulosaga kelishadi.

Ammo Abraham Wald bunga qarshi chiqadi.

U shunday deydi:

"Biz faqat qaytib kelgan samolyotlarni ko'ryapmiz. Demak, qanotiga yoki dumiga o'q tekkan samolyotlar baribir uchib kela olgan. Motoriga yoki kabinasiga o'q tekkanlari esa umuman qaytmagan. Zirhni o'q tekkan joylarga emas, aksincha o'q tegmagan joylarga qo'yish kerak."

Aynan shu qarash minglab uchuvchilarning hayotini saqlab qoladi va keyinchalik tarixga Wald Memorandumi sifatida kiradi.

Xo'sh, buning biznesga qanday aloqasi bor?

Bizning loyihada ham dastlab hamma muammo lead yetishmovchiligida deb o'ylardi. Shunga mos ravishda barcha energiya lead sonini oshirishga sarflandi va natija ham bo'ldi.

Lekin keyinroq jarayonni chuqurroq kuzatganimizda boshqa manzara ko'rina boshladi.

Ma'lum bo'ldiki, muammoning muhim qismi leadlarning o'zida emas ekan. Ularni qabul qilayotgan call center jarayonlarida, operatorlarning salohiyatida va ishlash standartlarida ham katta imkoniyatlar yashiringan edi.

Boshqa tomondan esa ayrim paytlarda ommaviy reklama qilinayotgan mahsulotlarning o'zi omborda mavjud emas edi. Marketing talab yaratmoqda, lekin biznes uni qondira olmayapti. Bunday vaziyatda reklamaning natijasini yomon deyish qanchalik to'g'ri?

Aslida biznesdagi ko'plab muammolar ham shunday. Ko'zga tashlanayotgan KPI'ni yaxshilashga urinamiz, lekin o'sha KPI'ga ta'sir qilayotgan ichki jarayonlarni e'tibordan chetda qoldiramiz.

Xulosa:

Har safar biznesda biror muammo ko'rinsa, uni darhol ko'zga tashlanayotgan sabab bilan bog'lashga shoshilmang.

Ba'zida muammo marketingda emas, sotuv jarayonida bo'ladi. Ba'zida sotuvda emas, mahsulot mavjudligida. Ba'zida esa umuman boshqa bo'g'inda.

Chunki biznesdagi eng qimmat qarorlar ko'rinayotgan ma'lumotlarga emas, ko'rinmayotgan sabablarni topa olishga bog'liq.

Shuning uchun har safar muammo oldida bitta savolni o'zingizga bering:

"Man hozir faqat qaytib kelgan samolyotlarni ko'rayotgan bo'lishim mumkinmi?"

Izohlarda fikringizni yozib qoldiring va bu qarash foydali bo'ladi deb o'ylagan tanishingizga ulashing.

@maqsadli_mijoz
Bu kanalim esimdan ham chiqib ketibti
Hozir bu kanalimda aktivroqman: @alsharifiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from al Sharifiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
https://t.me/miyyamdagifikrlar

Yangi kanalim qoshilib qoying.