Biznesreport.uz - bank, biznes, iqtisod
978 subscribers
2.5K photos
56 videos
1.69K links
Mahalliy va dunyo biznes, bank, iqtisod yangiliklari

Veb-sayt - biznesreport.uz
Instagram - instagram.com/biznesreport.uz

Savollar va takliflar uchun - @maqompr
Download Telegram
🏆 O‘zbekiston yana oltin sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi

Jahon oltin kengashi (World Gold Council)ning ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aprel oyida ham oltin sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lib qolmoqda.

Aprel oyida dunyo markaziy banklari tomonidan jami 12 tonna oltin zaxirasi yig‘ildi. Bu mart oyiga nisbatan 1,4 barobarga kam.

🇵🇱 Qimmatbaho metall xaridida Polsha yetakchilikni saqlab qolgan bo‘lib, uning Markaziy banki oy davomida 12 tonna oltin xarid qilgan. Shuningdek, Polsha yil boshidan buyon zaxiralarini 61 tonnaga oshirdi.

Undan keyingi o‘rinlarda 🇨🇿Chexiya (3 tonna), 🇨🇳Xitoy, 🇹🇷Turkiya va 🇰🇬Qirg‘iziston (har biri 2 tonnadan), shuningdek, 🇰🇿Qozog‘iston va 🇯🇴Iordaniya (1 tonnadan) qayd etildi.

🇺🇿 O‘zbekiston Markaziy banki esa mart oyida 11 tonna sof oltin sotgan. Shu tariqa, yil boshidan beri mamlakat jami 26 tonna qimmatbaho metall sotib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyodagi eng yirik sotuvchiga aylandi.


Ma'lumot uchun, 2025-yil 1-may holatiga ko‘ra, oltin-valyuta zaxiralari $49,26 mlrdga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida O‘zbekiston $1,91 mlrdlik oltin eksport qildi.

Telegram I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
“Imkon Ventures” tashkil etildi. Fond qanday loyihalarni moliyalashtiradi?

Yangi fondning umumiy kapitali $5 millionni tashkil qiladi.

Fond strategiyasida quyidagi yo‘nalishlarga alohida urg‘u berilgan:

🔵Fintech yechimlar;
🔵Sun’iy intellekt asosidagi texnologiyalar;
🔵SaaS (Software as a Service) asosidagi 🔵B2B platformalar;
🔵DeepTech — chuqur texnologik startaplar.

Har bir loyihaga: $50 000 – $150 000 investitsiya ajratiladi.


Keyingi bosqichlarda qo‘shimcha sarmoya imkoniyati mavjud.

Fond imkoniyatlari haqida batafsil

Telegram I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏1
#statistika

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston eng ko‘p mahsulotni Rossiyaga ($1,2 mlrd) eksport qildi.

Telegram I Instagram I Veb-sayt
1🔥1
O'zbekistonda qancha odam daromad solig'i to'laydi?

O‘zbekistonda so‘nggi bir yil ichida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilari soni 400 ming nafarga ortdi. Bu haqda 3-iyun kuni parlamentdagi chiqishi chog‘ida iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich nolegal (norasmiy) ish o‘rinlarini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida yuzaga kelgan.

2023-yilga nisbatan 400 ming nafarga ko‘payib, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilari soni 6,3 mln kishiga yetdi, — dedi vazir.


Soliq qo‘mitasi bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yili jismoniy shaxslardan 12% lik daromad solig‘i orqali davlat byudjetiga 35,4 trln so‘m tushgan.

Bu umumiy yillik soliq tushumlarining 18,3 foizini tashkil qiladi (umumiy tushum — 199 trln so‘m).

Telegram I Instagram I Veb-sayt
1
Dollar kursi 25 so‘mga pasaydi

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan 5-iyun kuni O‘zbekiston so‘miga nisbatan xorijiy valyutalarning yangi kurslari e’lon qilindi.

Dollar kursi 12 831,81 (-25,54) so‘mni tashkil etdi, yevro ham 66,36 so‘mga tushib 14 606,45 so‘mni tashkil etdi.

Boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo‘ldi:

🔵funt sterling — 17 370,42 so‘m (-6,29);
🔵rubl — 163,75 so‘m (+0,30);
🔵Xitoy yuani — 1 785,07 so‘m (-3,68);
🔵Yaponiya iyenasi — 89,05 so‘m (-0,96);
🔵Qozog’iston tengesi — 25,12 so‘m (+0,03).

Telegram I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
UzAuto Motors avtomobillar uchun onlayn to‘lovni yo‘lga qo‘ydi

🛡 Kompaniya UzAutoSavdo platformasining yangilangan versiyasini ishga tushirdi.

Platformadagi asosiy o‘zgarishlardan biri shartnomani to‘liq masofadan turib rasmiylashtirish imkoniyatining yaratilgani bo‘ldi.

👨‍💻 Shuningdek, avtomobil uchun to‘lovlarni onlayn amalga oshirishlari mumkin.

Dilerlik markaziga faqat avtomobilni qabul qilib olish uchun borish kerak bo‘ladi.

Ayni vaqtda sayt test rejimida ishlamoqda.


⚙️ Kompaniya “tez orada” platformada test-drayvga yozilish va avtomobilga texnik xizmat ko‘rsatish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish funksiyalari qo‘shilishini ma’lum qildi.

Telegram I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanday qilib yirtilgan pulni almashtirish mumkin? Batafsil videoda bilib oling!

Maxsus qo’llanma bilan esa bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Telegram I Instagram I Veb-sayt
🔥41
O‘zbekiston importidagi TOP-10 davlatlar

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar (AQSh dollarida):

🇨🇳 Xitoy – 3,6 mlrd
🇷🇺 Rossiya – 2,5 mlrd
🇰🇿 Qozog‘iston – 986,8 mln
🇰🇷 Koreya Respublikasi – 569,6 mln
🇹🇷 Turkiya – 498,6 mln
🇩🇪 Germaniya – 387,5 mln
🇮🇳 Hindiston – 341,8 mln
🇧🇾 Belarus – 203,2 mln
🇺🇸 AQSh – 198 mln
🇹🇲 Turkmaniston – 164,8 mln

Eslatib o'tamiz, avvalroq ekportdagi TOP-10 davlatlar haqida xabar bergan edik.

Telegram I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1
Toshkent metropoliteni 6-iyun kuni 7 soat davomida bepul ishlaydi

6-iyun – Qurbon hayiti kuni Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni, tonggi soat 3:00 dan ish faoliyatini boshlaydi.

Soat 3:00 dan 10:00 ga qadar esa yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.

7-iyun — shanba kuni uchun belgilangan jadval bo‘yicha;

8-iyun — yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan ish boshlanadi.

Toshkent shahrining ayrim ko’chalarida harakat soat 00:00 dan 08.00 gacha cheklanadi.

➡️ Batafsil ro‘yxat bilan bu yerda tanishing

Telegram I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Bank qutichasi nima? Bilasizmi?

🗳 Bank qutichasi — mijozlarning qimmatbaho buyum, qogʻoz yoki mablagʻlari xavfsiz saqlanadigan joy.

Bank qutidagi pullar omonatlardan farq qiladi.


🔵Xo'sh, qanday farq qiladi?
🔵Nimalar saqlash mumkin?
🔵Qutichalarga buyum joylash uchun nimalar qilish kerak?

➡️Batafsil bu yerda bilib oling!

Telegram I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
🔂 Hududlar kesimida tashqi savdo aylanmasi qanday?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasining hududlar kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmi quyidagicha:

🔵Qoraqalpog‘iston Respublikasi – $208,8 mln;
🔵Andijon viloyati – $1,2 mlrd;
🔵Buxoro viloyati – $461,3 mln;
🔵Jizzax viloyati – $528,4 mln;
🔵Qashqadaryo viloyati – $316,1 mln;
🔵Navoiy viloyati – $526,8 mln;
🔵Namangan viloyati – $477,3 mln;
🔵Samarqand viloyati – $1,2 mlrd;
🔵Surxondaryo viloyati – $271,6 mln;
🔵Sirdaryo viloyati – $246,7 mln;
🔵Toshkent viloyati – $1,8 mlrd;
🔵Farg‘ona viloyati – $678,5 mln;
🔵Xorazm viloyati – $251,4 mln;
🔵Toshkent shahri – $8 mlrd.

Ma'lumot uchun: Raqamlar yaxlitlangan.

Telegram I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Markaziy bank oltin zaxiralari yana rekordni yangiladi

🥇 Xususan, O‘zbekiston Markaziy bankining oltin-valyuta zaxiralari $410,2 mlnga oshib, rekord darajaga — $49,66 mlrdga yetdi.

Chet el valyutasidagi zaxiralar $11 mlrddan $11,4 mlrdgacha ko‘paygan. Xalqaro qimmatli qog‘ozlar hajmi ham o‘sib, bir oyda $703,9 mlndan $706,3 mlnga yetgan.

Ammo may oyida oltin narxi 0,2% ga pasayib, bir unsiya uchun $3 284,6 bo‘lgan.


Batafsil

Telegram I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Dollar kursi uch kun ketma-ket tushmoqda

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan 10-iyun kuni O‘zbekiston so‘miga nisbatan xorijiy valyutalarning yangi kurslari e’lon qilindi.

Dollar kursi 12 712,05 (-65,47) so‘mni tashkil etdi, yevro ham 65,86 so‘mga tushib, 14 524,79 so‘mni tashkil etdi.

Boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo‘ldi:

🔵funt sterling — 17 252,79 so‘m (-79,92);
🔵rubl — 161,10 so‘m (-0,44);
🔵Xitoy yuani — 1 769,74 so‘m (-9,81);
🔵Yaponiya iyenasi — 88,21 so‘m (-1,01);
🔵Qozog’iston tengesi — 25,03 so‘m (0,00).

Telegram I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
2024-yilda har ming odamning 224 nafarida kredit bor — Markaziy bank

O‘tgan yili banklardan kredit olgan jismoniy shaxslar soni 4,7 mln kishini tashkil etgan. Bu 2023-yildagidan 18% ga ko‘p.

📇 “2024-yil yakunida har ming kishining 224 nafarida kredit mavjud, bu 2023-yilga nisbatan 31 kishiga ortgan”, deyiladi sharhda.

Taqqoslash uchun, 2020-yil boshida har ming kishidan 100 nafardan ko‘prog‘ida bankdan qarz bor edi.


Kreditlarning to‘rtdan biri mikroqarzlarga to'g'ri keladi

🤑 Aholi nega kredit olmoqda?

➡️ Batafsil bu yerda

Telegram I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🔻 Mobiuz davlat ulushini xususiylashtiriladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Universal Mobile Systems (Mobiuz) kompaniyasining ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni boshlanganini e’lon qildi.

Savdo jarayoni xalqaro ochiq va raqobatli shaklda tashkil etiladi. Unda mahalliy va xorijiy investorlar ishtirok etishi mumkin.

Jarayonga quyidagi nufuzli konsultantlar jalb etilgan:

⭐️Rothschild & Co – bitim bo‘yicha yetakchi strategik va moliyaviy konsultant;

⭐️KPMG – moliyaviy konsultant hamda moliyaviy, soliq va yuridik ekspertiza (vendor due diligence) o‘tkazuvchi;

⭐️Deloitte – mustaqil baholovchi.

Arizalar moliyaviy imkoniyat, qonuniylik va sanksiyalar bilan bog‘liq cheklovlarning yo‘qligi asosida ko‘rib chiqiladi.

⚠️ Davlat kompaniyalari va xalqaro sanksiyalar ostidagi subyektlar tanlovda ishtirok eta olmaydi.


Savdo jarayoni haqida batafsil bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Telegram I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😨2👎1🤔1🤩1
Bolalar nafaqasi miqdori oshdi, lekin oluvchilar 2 barobar qisqardi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ijtimoiy yordamlar, ayniqsa bolali oilalarga to‘lanadigan nafaqalar soni va hajmida keskin o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Davlat statistikasiga ko‘ra, 2024–2025-yillar oralig‘ida bolalar nafaqasi oluvchilar soni deyarli ikki baravarga kamaydi.

➡️ Raqamlar nima deydi?

Telegram I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliarder Baffet pul sarflash befoyda bo‘lgan 5 ta narsa haqida gapirdi

Milliarder Uorren Baffet mablag‘larni oqilona sarflash va investitsiya qilishdagi ajoyib intizomi bilan mashhur.

💰 Newtraderuʼning yozishicha, Baffetning yondashuvi boylik to‘plashga xalaqit beradigan keng tarqalgan xarajatlar tuzoqlaridan qochish imkonini beradi.

Uning fikricha, yangi avtomobil sotib olmaslik kerak.


Batafsil bu yerda

Telegram I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Abdulla Butaev | Qaydlar (Abdulla Butaev)
⚡️O‘zbekistonda 17 ta bank islomiy bank litsenziyasiga harakat boshlagani aytilmoqda

O‘zbekistondagi 34 ta bankdan 17 tasi islomiy moliya litsenziyasi olish jarayoniga kirishgan. Bankxabar kanali yozishicha, Agrobank, Anor bank, Asakabank, Asia Alliance Bank, Aloqabank, BRB, Infinbank, Ipak Yo‘li banki, Kapitalbank, MKBank, Open bank, Orient Finans bank, Universal bank, O‘zsanoatqurilishbank, Hamkorbank, Hayot bank va Xalq banki. Shuningdek, Tayanch mikromoliya banki ham bu jarayonda ishtirok etmoqda.

https://t.me/abdullabutaev
👍1
Forwarded from Abdulla Butaev | Qaydlar (Abdulla Butaev)
2,2 million odam nega o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilishini taqiqladi?

Kredit-axborot tahliliy markazi (KATM) xabar berishicha, 1-aprel holatiga ko‘ra, “Kreditga taqiq” xizmatiga ulanganlar soni 2,2 milliondan oshgan. Bu xizmat 2025-yil iyun oyida ishga tushirilgan edi.

Eng qiziq joyi oxirgi oylar ichida xizmat juda tez ommalashgan. Xususan, 2025 yil 1 oktyabrda 149 ming nafar, 2026 yil 1 yanvar holatiga 438 ming nafarga yetgandi.

Odamlar endi kredit olishning o‘zidan ko‘ra, o‘z nomiga o‘zlari bilmagan holda kredit rasmiylashtirib qo‘yilishidan ko‘proq xavotir ola boshlagan.

Foydalanuvchilarning 58 foizi erkaklar, 42 foizi ayollar. Eng katta ulush esa 26–35 yosh toifasiga to‘g‘ri keladi.

Aynan shu qatlam iqtisodiy jihatdan faol, kredit bozoriga eng yaqin va raqamli xizmatlardan eng ko‘p foydalanadigan segment hisoblanadi.

Demak, xizmat aynan eng faol auditoriya orasida tez tarqalmoqda. Bu banklar va boshqa maoliya tashkilotlari uchun juda muhim signal.

Odamlar kreditdan voz kechayotgani yo’q.

Hozircha kredit qo‘yilmalarida sezilarli pasayish kuzatilmadi. Aksincha, bu odamlar o‘zini kredit fraudidan yoki xabarisiz kredit rasmiylashtirilishi xavfidan himoya qilayotganini ko‘rsatadi.

Asosiy motivatsiya - “kredit olmayman” emas, balki “meni xabarimsiz kredit rasmiylashtirilmasin” degan ehtiyoj.

Bank tizimida ishonch va xavfsizlik masalasi hali ham juda muhim bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi.

2,2 million nafar odamlar banklar va fintexlar uchun juda aniq signal beryapti.

Bozorda endi faqat kredit mahsulotlari emas, moliyaviy xavfsizlikni ta’minlaydigan produktlar ham kerak bo‘layapti. Push va SMS monitoring xizmatlari, real-time ogohlantirishlar va mijozga o‘zini himoya qilishga yordam beradigan vositalar endi asosiy qiymatga aylanadi.

Menimcha, bu trend juda muhim bir o‘zgarishni ko‘rsatmoqda: odamlar moliyaviy tizimlarga shunchaki ishonib qo‘yishdan chiqib, endi o‘zini mustaqil himoya qilish bosqichiga o‘tyapti.

Bu esa bozorda moliyaviy madaniyat, ehtiyotkorlik va xavfsizlikka bo‘lgan talab yanada kuchayib borayotganini anglatadi.

https://t.me/abdullabutaev
Forwarded from Abdulla Butaev | Qaydlar (Abdulla Butaev)
Naqdsiz islohotda kim yutyapti?

1-apreldan boshlab O‘zbekistonda AYoQShlarda benzin va metan uchun naqd pulda to‘lash cheklab qo‘yildi. Endi ushbu to‘lovlar asosan bank kartalari va elektron to‘lovlar orqali amalga oshirilyapti. Bu o‘zgarishdan maqsad naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirish va to‘lovlarni shaffoflashtirish .

Markaziy bank haftalik statistikasi e’lon qilib borayapti , AYoQShlardagi tushumlar quyidagicha :
— 3-aprel — 92,0 mlrd so‘m
— 4–6-aprel — 395,5 mlrd so‘m
— 7-aprel — 116,1 mlrd so‘m
— 8-aprel — 117,1 mlrd so‘m
— 9-aprel — 113,9 mlrd so‘m
— 10-aprel — 108,9 mlrd so‘m
— 11–13-aprel — 320,6 mlrd so‘m

Naqdsiz hisob -kitobga o’tishdan kimlar yutayapti?

Ayni paytda to’lovlarning 90–95 foizi amaldagi bank kartalari orqali o‘tgan. Eng asosiy foydani ham bank tizimi olayapti.

Odamlar asosan o‘zlarining avvaldan ishlatib kelgan kartalari bilan to‘layapti. Asosiy tranzaksiya oqimi hali ham bank kartalarida qolmoqda. O’zbekistonda bank kartlari soni 70 milliondan ortgani aytilmoqda.

Bozorda yangi yangi mahsulotlar ham paydo bo‘lyapti. O’tish davrida ATTO va PAYNET hamkorlikda haydovchilar uchun maxsus yoqilg‘i kartasi chiqarmoqda. Bu mahsulot bank kartasi yo‘qlar uchun “ko‘prik” vazifasini bajarib berayapti.

Banklar ham Uzcard va Humo bilan hamkorlikda moment kartalar taklifini ham oshirgan. Ba’zi banklar yoqilg’i quyish shaxobchalarida o’zining moment kartalarinin bepul tarqatyapti. Bugunga kelib 210 mingdan ortiq moment kartalar va 70 mingdan ortiq yoqilg‘i kartalari faollashgan.

Paynet naqdsiz to’lovlarga o’tishda eng tez foyda olayotgan ishtirokchi. O’zbekistonda 7 000 agentlik punktlari, 25 000 dan ortiq terminallarga ega bo’lgan Paynet o’zining masshtab va infrastrukturasi hisobiga naqd pullarni kartaga o’tkazishda katta ustunlikka ega bo’layapti.

Lekin, naqdsiz to'lovga o'tishning eng katta bosimi sotuvchilarga tushmoqda. Endi ayrim holatlarda naqd pul qabul qila olmaydi, tizim ishlamasa, mijoz noroziligi birinchi ularga tushadi. Terminal, QR, integratsiya va kassa intizomi xarajati ham ularga yuklangan.

https://t.me/abdullabutaev
👍1