Biologiya Jasurbek blogi
158 subscribers
319 photos
149 videos
616 files
258 links
TURSUNPO'LATOV JASURBEK USTOZNING SHAXSIY BIOLOGIYA KANALI

BIZNING KANALDA :

1. BIOLOGIYAGA OID MALUMOTLAR.
2. TESTLAR VA SAVOL JAVOBLAR.
3. VIDEODARSLAR
4. AUDIODARSLAR
5. KERAKLI MOTIVATSIYA TOPASIZ

Creatorga murojaat: @Tursunpulatov_Jasurbek
Download Telegram
#Masala_Vaqti

DNK dagi a,b,c genlardan hosil bo’lgan oqsil monomerlarining umumiy soni 315 ta, b gendan hosil bo'lgan oqsildagi monomerlar soni a gendan hosil bo'lgan oqsil monomerlar sonidan 10 taga ko'p, c gendan hosil bo’lgan oqsil monomerlar sonidan esa 1,25 marta kam. DNK ning b genidagi umumiy vodorod bog’lar sonini aniqlang (Nukleotidlar nisbati
a genda A/G=1/3,5
b genda S/T=1/1,5
c genda A/S=2/1 ga teng)
A) 750
B) 875
C) 720
D) 300

#YECHIMI

1)   a = x
       b = x+10
       c = (x+10)1,25

2)  x+(x+10)+(x+10)•1,25=315
      x=90

3) a genda nukleotid
    90•3=270
A/G=1/3,5  270/4,5=60 A
A = 60
G = 210
  
4)   b genda nukleotid
      100•3=300
S/T=1/1,5  300/2,5=120 S
S = 120
T = 180

5)   c genda nukleotid
      125•3=375
A/S=2/1   375/3=125 S
A = 250
S = 125

Bizdan b gendagi [H] bogʻlar soʻralgan
180•2=360
                    } 720
120•3=360

Javob: C) 720

@Jasurbek_Tayyorlov_kursi
@Biologiya_Kimyo_Online_darslar
@Biologiya_Mega_Ziyo
#Masala_vaqti

DNK ning 3/5 qismidan hosil bo'lgan aminokislota va DNK nukleotidlari farqi 1350 ta bo'lsa DNK dagi nukleotidlar sonini aniqlang?

A) 750                      B) 1500

C) 100                      D) 2500

#Yechim

1⃣- usul  Tenglama yordamida

DNK da jami ---> X ta nukleotid bor

X ----------------------- 5
0,6X=a----------------3

0,6X ---> DNK ning 2ta zanjiridagi nukleotidlar soni.

Oqsil sintezi DNK ning 1ta zanjir  hisobiga boradi. Shuning uchun

0,6X:2=0,3X

0,3X ----> i-RNK dagi yoki DNK ning 1ta zanjiridagi nukleotidlar soni .

1ta aminokislotani 3ta nukleotid kodlaydi.
Demak

1 ------------------- 3
0,1X=b---------0,3X

0,1X ---> aminokislotalar soni

Masala sharti bo'yicha tenglama qilsak

X - 0,1X = 1350

      X=1500

DNK da jami ---> 1500 ta nekleotid mavjud.

2⃣- usul Proporsiya usulda

DNK da jami ---> 100 ta nukleotid bor deb olamiz. Shunda

100 ---------- 5
60=X----------3

60 ---> DNK ning 2ta zanjiridagi nukleotidlar soni.

60:2= 30

30 ---> i-RNK dagi yoki DNK ning 1ta zanjiridagi nukleotidlar soni .

1ta aminokislotani 3ta nukleotid kodlaydi.
Demak

1 ------------------------ 3
10=X-------------------30

10 ---> aminokislotalar soni

Masala sharti bo'yicha

100 - 10 = 90 ga teng farq .

90 ga farq -------- 100 ta nukleotid
1350 ----------------- X= 1500


Javob : B